{"id":116885,"date":"2024-05-08T18:15:36","date_gmt":"2024-05-08T15:15:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116885"},"modified":"2024-05-08T18:15:42","modified_gmt":"2024-05-08T15:15:42","slug":"muzeylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muzeylar\/","title":{"rendered":"Muzeylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Muzeylar (Yun. musion \u2014 muzalar- ga bag&#8217;ishlangan joy) \u2014 tarixiy, mod- diy va ma&#8217;naviy yodgorliklarni to&#8217;plash, saqlash, o&#8217;rganish va targ&#8217;ib qilish ish- larini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy- ma&#8217;rifiy muassasalar. M. xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san&#8217;at asarlari jamlanadi, shu b-n birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha bo&#8217;lgan tarixiy qimmatga ega qo&#8217;lyozmalar, bosma hujjatlar, Kito- blar) saqlanadi. Zamonaviy M.ning ko&#8217;plariga tadqiqot va ta&#8217;limtarbiyaviy vazifa- larning bir butunligi xos. M.ning o&#8217;ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shak- llari \u2014 ekspozisiya, ko&#8217;rgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda M. tur va sohalar bo&#8217;yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko&#8217;ra ilmiy tadqiqotma&#8217;rifat (M.ning asosiy qismini tashkil etadi, ba&#8217;zan ular xalq M., ommaviy M. deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot in- tlari qoshida o&#8217;ziga xos lab. vazifasini o&#8217;tovchi) va o&#8217;quv M.iga bo&#8217;linadi. Sohalar bo&#8217;yicha tarix, q.x., tabiatshunoslik, san&#8217;atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa M.ga bo&#8217;linadi. Shuningdek, M.ning memorial muzeylar, maj-mua o&#8217;lkashunoslik kabi turlari bor. M. katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to&#8217;plamlarni but- laydi va o&#8217;rganadi; ilmiy qujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta&#8217;mirlash tartibini yaratadi, mono- grafiya, katalog, yo&#8217;l-ko&#8217;rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosi- da ekspozi-tsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar b-n ishlash- ning eng muhim shakli ekskursiyadir. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi M.ning pay- do bo&#8217;lish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. M.ning o&#8217;tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyum- larni xo&#8217;jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl nar- Salar sifatida saqlana boshlagan davr- da yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (mil. AV. 16-a.), Vanlar saroyi va Ink ko-hinlarining arxivi (mil. AV. 13-12-a.lar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (mil. AV. l-z..) va b. shular jumlasidan. Kdtsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy to&#8217;plamlarda (mil. AV. 3-a.dan) asosan san&#8217;at asarlari jamlan- gan (Varres, Sulla galereyalari, Servi- liy, Krase, Lukull, Pompei, Tsezar va b. to&#8217;plamlari). Vizantiya sobor va Mona- stirlarida, keyinroq Frantsiya, Italiya, Germaniya va b. mamlakatlar soborlarida turli xil to&#8217;plamlar saqlangan. Evropa- da ilmiy vazifalar yuklatilgan M.ning paydo bo&#8217;lishi buyuk geografik kashfiyot- lar, amalga oshayotgan davr \u2014 Uyg&#8217;onish davriga to&#8217;g&#8217;ri keladi; bu davrda xayvonot va o&#8217;simlik dunyosi namunalari, mineral- lar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jam- langan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlan- gan saroy to&#8217;plamlari (kunstkameralar, myuntskabinetlar va b.) Shuxrat krzongan. Dastlab M. va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davr- da paydo bo&#8217;ldi. Florentsiya (L. Medi- chi, 15-a.), Rim (Vatikan muzeyi, 16-a.), Drezden (avgust Saksonskiy, 16-a.) va b. joylardagi antik davr yodgorliklari to&#8217;plamlari shu davrga mansub. 17-18-a. larda keyinchalik ko&#8217;plari davlat mil- liy M. negizini tashkil qilgan xususiy to&#8217;plamlar (tarixiy, arxeologik, tabiat- shunoslik, san&#8217;atshunoslik) shakllandi. O&#8217;zbekistonda M. 19-a.ning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-a. boshida O&#8217;zbekistonda faqat 3 muzey \u2014 tosh- kent o&#8217;lkashunoslik muzeyi (1876, hoz. O&#8217;zbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hoz. A. Ikromov no- midagi O&#8217;zbekiston xalqlari madaniya- ti va san&#8217;ati tarixi muzeyi), Farg&#8217;ona xalq muzeyi (1899, hoz. Farg&#8217;ona viloyat o&#8217;lkashunoslik muzeyi) bor edi. Ular- ning to&#8217;plamlari kam, ekspozi-tsiyalari- ning kupi tasodifiy materi-allardan tashkil toptan. 20-a. 20-y.laridan turli sohadagi M. tashkil etila boshladi. Mu- zeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o&#8217;tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspedisiyalar uyush- tirilib, M. uchun kollektsiyalar to&#8217;plash ishi yo&#8217;lga qo&#8217;yildi, ko&#8217;plab M. tashkil etildi. Hozir O&#8217;zbekistondagi M.ning asosiy qismi O&#8217;zbekiston madaniyat ish- lari vazirligi qaramog&#8217;ida. Yirik M.: O&#8217;zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O&#8217;zbekiston san&#8217;- at muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi O&#8217;zbekiston xalqlari madaniyati va san&#8217;- ati tarixi muzeyi, O&#8217;zbekiston tabiat muzeyi (1876) va b., Respublikaning de- yarli barcha viloyatlarida o&#8217;lkashunoslik M.i, jahon ahamiyatiga molik memorial M. bor. M., ta&#8217;limtarbiya va ilmiy vazifa- larga ega bo&#8217;lgan M. tizimi taraqqiyotiga ob&#8217;ektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSh, Italiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. mamlakatlar eng taraqqiy etgan M. tizimiga ega. M.ning xalqaro maydonga chiqishi b-n ularning ta&#8217;sir doirasi kengay- ib bormoqda. Bunda ko&#8217;rgazmalar ay- irboshlash birinchi o&#8217;rinda turadi. M. jahonning turli mamlakatlariga o&#8217;z xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning ko&#8217;rgazmalarini o&#8217;zlarida qabul qiladi va ko&#8217;rgazma hamda M.da namoyish etadi. M. xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga yordam bermoqda, milliy madaniyatlar- ning o&#8217;zaro boyishi va xalqlar o&#8217;rtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qo&#8217;shmoqda. Jahon M.i xalqaro tashkilotga bir- lashgan, YUNESKO tarkibida muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud, uning tarkibiga milliy M.ning qo&#8217;mitalari kirgan. Ad.: Sadikova N. S, Muzeynoe delo v Uzbekistane, T., 1975; Sadikov X., Glase Yu. I., Soy E., Muzei Uzbekistana, T., 1978; Sodiqova N. S, madaniy yodgorli- klar xazinasi, T., 1981. Nafisa Sodisova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muzeylar (Yun. musion \u2014 muzalar- ga bag&#8217;ishlangan joy) \u2014 tarixiy, mod- diy va ma&#8217;naviy yodgorliklarni to&#8217;plash, saqlash, o&#8217;rganish va targ&#8217;ib qilish ish- larini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy- ma&#8217;rifiy muassasalar. M. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muzeylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116885","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116885","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116885"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116885\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116899,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116885\/revisions\/116899"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116885"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116885"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116885"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}