{"id":116889,"date":"2024-05-08T18:15:41","date_gmt":"2024-05-08T15:15:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116889"},"modified":"2024-05-08T18:15:46","modified_gmt":"2024-05-08T15:15:46","slug":"moturidiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moturidiy\/","title":{"rendered":"Moturidiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Moturidiy, Abu Mansur al- Moturidiy (to&#8217;liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Max- mud al-hanafiy al-Moturidiy as- Samarqandiy) (870 \u2014 Samarqand \u2014 944) \u2014 Imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. &#171;Imom al-Xudo&#187;, &#171;Imom al-mutakallimin&#187; (&#171;Hidoyat yo&#8217;li imomi&#187;, &#171;mutakallimlar imomi&#187;) nomlari b-n ulug&#8217;langan. Motu- Rid qishlog&#8217;i (hoz. Jomboy tumani)da ta- vallud topib, to umrining oxirigacha shu erda yashagan, bu erda katta bog&#8217;ham bar- po etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o&#8217;qidi, mahalliy hanafiy faqixlardan ta&#8217;lim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin o&#8217;zi fiqh va kalom ilmlaridan dare ber- Di. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug&#8217;faniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmu&#8217;in an-Nasafiy, Abulyusr al- Pazdaviy kabi shogirdlar etishtirdi. Vasiyatiga ko&#8217;ra, Samarqanddagi Chokar- diza qabristoniga dafn etildi. M.ning asosiy asarlari &#171;kitob attavhid&#187; (&#171;yakkaxudolik haqidagi kitob&#187;), &#171;Ta&#8217;vilot axl assunna&#187; (&#171;Sunniylik an&#8217;analari sharhi&#187;) dir. &#171;Kitob attavhid&#187; bilish na- zariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta&#8217;- rifi berilgan muqaddimasida bilim- ning 3 manbai: hissiy (sezgi) a&#8217;zolari vositasida, nakl \u2014 rivoyatlar vositasi- da va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan xrlda akl- idrokni ulug&#8217;laydi va mantiqan asoslan- gan bilimning ahamiyatini ta&#8217;kidlaydi. Kitobda o&#8217;sha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekan- ligi taxlil etilgan. M. &#171;din yo&#8217;lidagi barcha adashuvlarning sababi \u2014 riyokor kimsalarga ko&#8217;r-ko&#8217;rona ergashishdadir&#187;, deb ta&#8217;kidlagan edi. M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar \u2014 juz&#8217;iy ixti-yor, e&#8217;tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. &#171;Ma&#8217;-xaz ash- shari&#8217;a&#187; (&#171;shariat asoslari sarasi&#187;), &#171;Kitob al-usul&#187; (&#171;diniy ta&#8217;limot asoslari kitobi&#187;), &#171;kitob aljadal&#187; (&#171;Dialektika haqidagi kitob&#187;) kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib be- rib, uni rivojlantirdi. Abul Xasan al-Ash&#8217;ariy (873-935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomil- lashtirib, uni sunniylik e&#8217;tiqodiga kirib qolgan noto&#8217;g&#8217;ri, g&#8217;ayri sahih aqidalardan tozaladi. M. qarashlari o&#8217;z davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab bo&#8217;lgan. Chunki M. din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tan- lov huquqi, dinlararo bag&#8217;ri-kenglik, ijtimoiy hamjihatlikni qaror top- dirish g&#8217;oyalarini rivojlantirgan. M. jami 15 ga yaqin asar ta&#8217;lif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo&#8217;lib, ular saqlanib qolmagan. M.ning bizgacha etib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qur&#8217;on tafsiriga bag&#8217;ishlangan &#171;Ta&#8217;vilot al- Qur&#8217;on&#187; asari va uning uzviy davomi hisoblanmish &#171;irshod al-mubtadiyin fiy tajvidi kalomi rabbil olamin&#187; (&#171;Qur&#8217;on o&#8217;qishga kirishganlar uchun qo&#8217;llanma&#187;) kitobi O&#8217;zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Mamlakatimizda M. merosi- ni o&#8217;rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. O&#8217;zR Vazir- lar Mahkamasining qaroriga bino- an 2000 y.da M. tavalludining 1130 y.ligi O&#8217;zbekistonda keng nishonlan- Di. Prezident I. Karimov tashabbu- si b-n Samarqandda alloma xotirasi- ga yodgorlik majmui bunyod etildi (q. Moturidiy yodgorlik majmui). Tosh- kent va Samarqandda M. ta&#8217;limoti va uning Islom olamida tutgan mavqeiga bag&#8217;ishlangan xalqaro ilmiy Anju- manlar o&#8217;tkazildi. M. hayotining tur- li qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. M. merosini o&#8217;rgangan xorijlik olim- lar b-n samarali hamkorlik aloqalari o&#8217;rnatildi. 2001 y.da Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub &#171;Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti&#187; kitobi o&#8217;zbek ti- lida nashr etildi. 2002 y.da mazkur kitobning keng om- maga, jumladan, oliy o&#8217;quv yurtlarining talabalari va o&#8217;rta maktablarning yuqori sinf o&#8217;quvchilariga mo&#8217;ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz M. merosi b-n o&#8217;z ona tilida tanishish imkoniga ega bo&#8217;ldi. Ad:. Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas&#8217;ulmiz [Imom Moturidiy tavalludining izo yilli- giga bag&#8217;ishlangan tantanali marosim- da so&#8217;zlangan nutq], 9-j, T., 2001; Al- Moturidiy ta&#8217;limoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi o&#8217;rni 1ma&#8217;ruza- lar to&#8217;plami], T., 2000; Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning ta&#8217;limoti, T., 2000; katta eV K, Imom al-Moturidiy va Chokardiza, Samarqand, 2000; Abdulaziz Mansur, Al-Moturidiy ta&#8217;limoti, T., 2003 ; Ziyodov Sh., Al-Moturidiy hayoti va merosi, T., 2000. Abdulaziz Mansur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Moturidiy, Abu Mansur al- Moturidiy (to&#8217;liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Max- mud al-hanafiy al-Moturidiy as- Samarqandiy) (870 \u2014 Samarqand \u2014 944) \u2014 Imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moturidiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116889"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116901,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116889\/revisions\/116901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}