{"id":116891,"date":"2024-05-08T18:15:48","date_gmt":"2024-05-08T15:15:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116891"},"modified":"2024-05-08T18:16:00","modified_gmt":"2024-05-08T15:16:00","slug":"moskva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moskva\/","title":{"rendered":"Moskva"},"content":{"rendered":"\n<p>Moskva \u2014 RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. M.da Rossiya Federasiyasi Prezidenta, Federal Maj- lis, RF hukumati, Konstitusiey sud, Oliy sud, Oliy arbitraj sudi, RF Pro- kuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 ma&#8217;-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-G&#8217;arbiy, G&#8217;arbiy, Shim.-G&#8217;arbiy, Shimoliy, Shim.- Sharqiy hamda Zelenograd sh.) bo&#8217;lingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yo&#8217;lidan o&#8217;tadi. Maydoni (M. meriyasiga karashli bo&#8217;lgan Zelenograd va b. aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km2, shu jumladan, Moskva halqa avtomo- bil yo&#8217;li doirasida 878,7 km2. Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; M. shahar ma&#8217;- muriyatiga qarashli aholi punktlari b-n 8600 ming kishi)dan ziyod. Rossiya- ning Evropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, oka-Moskvoresk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joy- da, oka va Volga daryolari orasida, mo- skva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega bo&#8217;lgan mo- skva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va b.)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-tsial tekisliklari chegara- si ichida o&#8217;rnashgan. Suvayirg&#8217;ichlar (shu jumladan, &#171;etti tepalik&#187; \u2014 Kreml, Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Le- Fort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz ko&#8217;tarilgan qismlari Daryo vodiy- lari va jarliklar b-n almashib bora- Di. Relefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (bal. 254 m gacha) kirib borgan Jan.-Sharq va Smolensk &#8212; Moskva qirlarining Jan. yon bag&#8217;ridagi Ximki suv havzasi xududida joylash- gan. Shaharning Sharqiy, Jan.-Sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining g&#8217;arbiy chekkasida o&#8217;rnashgan. M.ning Mar- kaziy r-nlarida qayta ishlangan grunt, ko&#8217;chalar va h.k. qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4-6 m (ko&#8217;milgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar o&#8217;rnida 10-20 m)ga etadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya er osti quvurlari orqali o&#8217;tkazilgan. M. iqlimi mo&#187;tadil kontinental. Qishi mo&#187;tadil sovuq. Yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi -10,2\u00b0. Yozi issiq, iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 18,1\u00b0. Shahar Mar- kazi t-rasi chekkalarga nisbatan o&#8217;rta hisobda 1,5\u20142\u00b0 yuqori. Yillik yog&#8217;in 540-650 mm (eng kupi iyul\u2014 avg.da). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bog&#8217;i M. hududida joy- lashgan. M. to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumot 1147 y.dagi solnomada berilgan. Suz- dal va Buyuk Kiev knyazi Yuriy Dolgo- rukiy an&#8217;ana bo&#8217;yicha M.ning asoschisi hisoblanadi. 1156 y. chamasi Borovisk tepaligida, Neglinnaya da-ryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki Qo&#8217;rg&#8217;oncha o&#8217;rnida ke-yinroq Kreml nomini olgan yog&#8217;och-tuproqdan istehkom qurilgan (q. Kreml). Vla- Dimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. M. Chernigovdan Kievga boradigan yo&#8217;llar chorrahasida shak- llangan. 1237 y.da, mo&#8217;g&#8217;ullar bosqini davrida, Botuxon qo&#8217;shinlarining bo- stirib kirishi natijasida M. vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tikla- nib kichikroq udel knyazligining Mar- kazi bo&#8217;ldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303-25 y.larda boshqargan) knyazlik- ka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi bo&#8217;ldi. 14-15-a.larda M. rus erlarini birlashtirish, mo&#8217;g&#8217;ullar zulmidan ozod bo&#8217;lishga qaratilgan kurashning tashki- lotchisi, markaziga aylandi. M. atrofi- da rus erlarining astoydil birlashti- rishni boshlagan Knyaz I. D. Kalitaning (1325-40) faoliyati katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Taxm. 1326 y.da M.ga Vladimir sh.dan rus pravo-slav cherkovi Mitro- politlarining qarorgohi ko&#8217;chirildi. Knyazd. I.Donskoy (1359-89) davrida M. mo&#8217;g&#8217;ullar zulmiga qarshi kurash Mar- kaziga aylandi. 1380 y.da Kulikovo may- donida mo&#8217;g&#8217;ullar qo&#8217;shinini mag&#8217;lubiyatga uchratgan umumrus qo&#8217;shini M.da shak- llandi. 15-a. oxirida ulug&#8217;Knyaz Ivan III Vasilevich (1462-1505) davrida M. yagona rus davlatining poytaxti bo&#8217;ldi. 15-a. oxiri \u2014 16-a. boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari \u2014 Uspe- Nie, Arxangelskiy va Blagoveshchenie qad ko&#8217;tardi. 1547 y.da ulug&#8217;Knyaz Ivan IV Grozniy (1533-84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodoro- VICh va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri \u2014 notinch yillar- da yoqib tashlangan M. yangidan qurildi. 1687 y.da slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 y.da shahar M. gubernyasi- ning markazi bo&#8217;ldi. Rossiya poytaxtining Sankt- Peterburgga ko&#8217;chirilishi (1712) b-n mo- skva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatida- gi ahamiyatini saklab qoldi. M.da impe- ratorlarga toj kiygizish marosimlari o&#8217;tkazib kelingan. 1703 y.dan boshlab pod- sho Petr I ning tashabbusi b-n &#171;Vedomo- sti&#187; birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-a. oxiridan shaharning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish tizimi shakllan- Di. Izchillikb-n shahar bo-shqaruvi or- gani sifatida Burmistr palatasi, ra- tusha, magistrat, 1785 y.dan \u2014 umumiy va olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 y.da) shahar Dumasi tuzildi, 1812 y.dagi urush davrida Moskva sent.-okt. oylari- da Napoleon I ning frantsuz qo&#8217;shinlari qo&#8217;lida edi. Katta yong&#8217;in shahar binola- rining 2\/3 qismini yo&#8217;q qildi. Frantsuz- lar M.ni tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va t.y. qurilishining rivojlanishi b-n M. Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 y. noyabrda shaharda bolsheviklar xrki- miyati o&#8217;rnatildi. 1918 y. 12 martda poy- taxt yana M.ga ko&#8217;chirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 y. 30 dek. da) M. uning poytaxti bo&#8217;ldi. 1929 y.dan M. \u2014 Moskva viloyati markazi. 1935 y.da M.ni birinchi Bosh plani qabul qilindi. O&#8217;sha yili M.da metropolitan ishga tushirildi. 1941 y. dek.da nemis qo&#8217;shinlari M. ostonalariga etib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Ke-yinroq nemislar chekinishga majbur bo&#8217;ldi. 1945 y. 24 iyunda M.da g&#8217;alaba Pa- radi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1965 y. 8 mayda M.ga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-y. lar o&#8217;rtalaridan shaxarda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 y.da M.da 22-Olimpiada o&#8217;yini bo&#8217;lib o&#8217;tdi. SSSR qulagach, M. (1991 y. 25 dek.dan) \u2014 RF poytaxti. M.da aviasiya, raketa-kosmik, radio- elektronika, priborsozlik sano-atla- rining etakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (M.da Rossiya metall kesuvchi stanoklar- ning 9,3% hamda asboblar, temirchilik- press uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va b.), turli elektronika, avtomobilsoz- lik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% engil avtomobillar) sanoati ri- vojlangan. Sovitkich, kompressor va ko&#8217;targich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va b. ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, tex- nik rezina mahsulotlari, bo&#8217;yoklar, ma- ishiy kimyo mollari), neftni qayta ish- lash z-dlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli po&#8217;latdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall bu- yumlar ishlab chiqariladi. M. \u2014 engil, asosan, to&#8217;qimachilik (Rossiya ip gazla- ma i.ch.ning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sano- atining an&#8217;anaviy markazi. Poligra- fiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda ko&#8217;pgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. Amo &#171;zil&#187;, AZLK avtomobil z-Di, &#171;Moskva podshipniki&#187; va aviasiya kor- xonasi ishlab turibdi. Shahardan turli yo&#8217;nalishlarda t.y. liniyasi ketgan. Har kuni M.ning 9 ta t. y. vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yo&#8217;lovchi kelib-ketadi. M.da 3 yirik dare porti (G&#8217;arbiy, shim. va Jan.) bor. M. 13 avtoyo&#8217;l orqali Ros- siyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari b-n bog&#8217;langan. M. mamlakat havo yo&#8217;llarining eng yirik tugunidir (Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). M.da Rossiyaning to&#8217;ng&#8217;ich va eng katta masofaga cho&#8217;zilgan (1999 y. da 160 stantsiya) metro- politeni mavjud. Poytaxtda Rossiya FA, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya q. x. akademiyasi, Rossiya ta&#8217;lim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va b. faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1000 dan ziyod i.t. instituti va konstruktorlik byuro- lari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy o&#8217;quv yurti, shu jumladan, 13 un-t mav- jud. Shaharda 140 dan ziyod professio- nal teatr bor, shulardan: katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. Nemirovich- Danchenko nomidagi, operetta teatrla- ri; dramatik teatrlar \u2014 kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Evgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Ermolova nomidagi, Rossiya armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, kichik Bronniy, Satira, &#171;Sovremennik&#187;, A. I. Raykin nomidagi &#171;Satirikon&#187;, S. V. Obraztsov nomidagi Markaziy qo&#8217;g&#8217;ir-choq teatri va b. 2 tsirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning kontsert zali va b. bor. M.da &#171;Mosfilm&#187; kino-kontserni va b. kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele &#8212; va radioeshittirish tizimining markazi, bu erda mashhur Ostankino te- leminorasi mavjud. M.da 70 dan ziyod muzey bor. Ular ora- sida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy san&#8217;at muzeyi, tarixiy muzey, Politex- Nika muzeyi, Kremlning qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi me&#8217;- morlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnesov uy- muzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetaeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va b. mavjud. M.ning eski qismi radialhalqa tsha- klidagi tuzilishga ega. M.ning tarixiy markazi \u2014 Moskva Kremli ansambli- dir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saklanib qolgan edgorliklar orasida \u2014 Kolomenskoedagi Voznesenie cherkovi, monastirlar me&#8217;moriy majmuasi (An- dronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, No- vodevichiy, Simonov va b.), qo&#8217;rg&#8217;onlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, kuz- Minki, Tsarisino va b.), 17-a. cherkov va ayrim binolari, 18-a. \u2014 19-a. larning 1-yarmidagi klassisizm uslubidagi tu- rar joy va jamoat binolari \u2014 Pashkov uyi (hoz. Rossiya davlat kutubxonasi bi- nosi), Oliy Majlis binosi, M. univer- sitetining eski binosi, katta teatr bor. 1920-70 y.larda M. markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jara- yon davomida ko&#8217;pgina Nodir tarixiy va me&#8217;morii edgorliklar buzib tashlandi). 50-y.lar o&#8217;rtalaridan zamonaviy loyixa bo&#8217;yicha katta shahar r-nlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat insho- otlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobev te-paligidagi un-t), Lujni- kidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi s&#8217;ezdlar saroyi, yangi Arbat ansambli, Olimpiya ob&#8217;ektlari barpo qilindi. 1990-y.lar boshlaridan ko&#8217;pgina me&#8217;morii va tarixiy edgorliklar (shu jumladan, Iso payg&#8217;ambar ibodatxonasi) ta&#8217;mirlanmoqda. Poklonnaya tepaligi- dagi Zafar bog&#8217;i memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadi- on ta&#8217;mirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilan- Di. Moskva atrofida RF dagi eng yirik shaqar aglomera-tsiyasi vujudga keldi. 2001 y.da M.dagi Dobrininsk maydoni- da Alisher Navoiyga haykal o&#8217;rnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiev).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Moskva \u2014 RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. M.da Rossiya Federasiyasi Prezidenta, Federal Maj- lis, RF hukumati, Konstitusiey sud, Oliy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moskva\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116891","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116891"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116903,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116891\/revisions\/116903"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}