{"id":116894,"date":"2024-05-08T18:16:00","date_gmt":"2024-05-08T15:16:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116894"},"modified":"2024-05-08T18:16:09","modified_gmt":"2024-05-08T15:16:09","slug":"mongoliya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mongoliya\/","title":{"rendered":"Mongoliya"},"content":{"rendered":"\n<p>Mongoliya (Mongol uls) &#8212; Mar- kaziy Osiyoda joylashgan davlat. Mayd. 1565 ming km2. Aholisi 2 mln. 655 ming kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ulan-Bator sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga bo&#8217;linadi. Ulan-Bator, Darxan va er-denet sh.lari mustakil ma&#8217;muriy birlik bo&#8217;lib, be- vosita Markaziy hokimiyat organlariga bo&#8217;ysunadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 parlamentli re- spublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 13 yanv.da qabul qilingan va 12 Fev.da kuchga kirgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Prezi- dent (1997 y. dan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y. muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk dav- lat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga bi- noan, prezident b-n kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar Mahkamasi boshlig&#8217;ining nom- zodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi. Tabiati. M. hududi aksari qismining bal. 1000-2000 m. Yirik tog&#8217;tizmala- ri: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Tog&#8217; tepalari, asosan, yasen. Jan. va Jan.- sharqida Gobi cho&#8217;lining bir kismi bor. Bu erda vulkan tepalari qad ko&#8217;targan. Shim. va shim.-g&#8217;arbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning Sharqiy qismi shim.-Sharq, Jan. va Jan.-Sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Ko&#8217;llar soyligi va Gobi cho&#8217;lida 30 ming km2 er kum b-n qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, Jan. qismi gersin burmalariga ajralgan. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi -10\u00b0, -35\u00b0 (eng past t-ra -50\u00b0), yozi iliq, qisqa, iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 18-26\u00b0 (eng yuqori t-ra 40\u00b0). Yillik yog&#8217;in 100-300 mm, tog&#8217;aarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzli- klar bor. Yirik daryolari: Selenga, keru- Len, Onon, Dzab-Xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va ezda to&#8217;lib oqadi. Yirik ko&#8217;llari: Ubsu- Nur, Xirgis-nur, Xubsugul va Xara-US- Nur. M. hududining aksari qismi (60%) da kashtan, shuningdek, qo&#8217;ng&#8217;ir, tog&#8217;larda qora, vodiylarda o&#8217;tloqi tuproqlar tarqalgan. O&#8217;simliklarning 2 mingdan ziyod turi o&#8217;sadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, Jan. va Jan.-sharqi chala cho&#8217;l va cho&#8217;ldan iborat. Chala cho&#8217;lda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% o&#8217;rmon. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida tilog&#8217;och, kedr, qarag&#8217;ay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut Emi- zuvchilarning 100 dan ortiq turi uchray- Di. Qumsichqon, qo&#8217;shoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, Maral, bo&#8217;ri, tulki va h.k. bor. Ba&#8217;zi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, Gobi ayig&#8217;i) M.dan boshqa erda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-o&#8217;la qo&#8217;riqxonasi tashkil etilgan. Aholisining 90% dan ortig&#8217;i mon- gollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-g&#8217;arbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili \u2014 mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yo&#8217;nalishiga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet. Tarixi. M. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk Pa- leolit davrida matriarxal-urug&#8217;chilik, jez davrida patriarxal-urug&#8217;chilik tu- zumlari shakllandi. Mil. AV. 4\u2014 3-a. lardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar Ittifoqi yuzaga keldi. Mil. 4-10-a.larda Jujan, Turk, uy-G&#8217;ur, Qirg&#8217;iz xoqonliklari vujudga keldi. 10-12-a.larda M. hududi Kidonlar sal- tanati tarkibiga kirdi. 13-a. boshida ko&#8217;pgina mo&#8217;g&#8217;ul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi mo&#8217;g&#8217;ul dav- latini tashkil etdi. 1206 y. mo&#8217;g&#8217;ul Noy- onlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon \u2014 Chingizxon deb e&#8217;lon qilindi. 1211 y. dan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-a. o&#8217;rtalarida shim. Xitoy, Tangut davlati, O&#8217;rta Osiyo, Zakavkaze, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. Natijada yirik mo&#8217;g&#8217;ullar davlati tash- kil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi bo&#8217;lmagan saltanat bosqinchilik urush- lari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 y. Xitoy, 1380 y.da Rossiya, 14-a. ning 2-yarmida Eron, Zakavkaze va O&#8217;rta Osiyo mo&#8217;g&#8217;ullar zulmidan ozod bo&#8217;ldi. 14-a.ning oxirgi choragida mo&#8217;g&#8217;ullar davlati batamom barham topdi. 15-a. da Esonxon (1440\u2014 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479-1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlash- gan mo&#8217;g&#8217;ul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning o&#8217;limidan key- in mamlakat Jan. Mo&#8217;g&#8217;uliston va shim. Mo&#8217;g&#8217;ulistonga bo&#8217;linib ketdi. Shim. Mo&#8217;g&#8217;uliston ham o&#8217;z navbatida G&#8217;arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uchala qismida jami 200 xonlik bo&#8217;lgan. 16-a. oxiriga kelib M.da bud- da dinining lamaizm yo&#8217;nalishi yoyildi va 17-a. boshida davlat diniga aylandi. 1616 y.da shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan manjurlar davlati 1634 y. Jan. Mo&#8217;g&#8217;ulistonni bosib oldi va uni ichki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Sharqiy Mo&#8217;g&#8217;uliston manjurlar asos solgan Tsin sulolasi (1644\u2014 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Mo&#8217;g&#8217;uliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi. M.da yagona mustaqil davlat \u2014 Oyrot xonligi ham 1758 y.da manjurlar tomo- nidan tugatildi va uning yarim milli- ondan ortiq aholisi qirib tashlandi. O&#8217;z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Tsin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini ko&#8217;rdi. 20-a. boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19- a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida yanada kuchay- Di. 1911 y. aratlarning yirik qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1911 y. noyab.da Urga (hoz. Ulan-Bator)da Tsin sulolasi hokimiyati ag&#8217;darilib, mustaqil M. davlati tuzil- ganligi e&#8217;lon qilindi. Mamlakatdagi Lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi \u2014 Bo&#8217;g&#8217;dixon tuzgan hukumat M. suvere- nitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 y. dan ortiqroq harakat qildi. 1915 y.da Rossiyaning Kyaxta sh.da chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillari- ning uch tomonlama konferentsiyasi bo&#8217;ldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtori- yat b-n cheklandi. 1919 y.da Xitoy M.ga qo&#8217;shin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi. 1921 y. iyulda Urga sh.da M. mustaqilligi e&#8217;lon qilindi. 1924 y. 26 noyab.da mamlakat parlamenti \u2014 Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respubli- kasi (MXR) tuzilganligini ma&#8217;lum qildi va birinchi konstitusiyani qabul etdi. 1992 y.gacha mamlakat shu nom b-n yuritildi. Shu yili qabul qilingan Konstitusiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 y.larning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga o&#8217;tdi \u2014 markazlashgan rejali iqtisodiyot o&#8217;rniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshla- Di, bir partiyali siyosiy tizimdan ko&#8217;p parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi. M. \u2014 1961 y. dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zrb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.da o&#8217;rnatdi. Milliy bayrami \u2014 11 iyul \u2014 Xalq inqilobi kuni (1921). Siyosiy partiya va tashkilotlari, ka- saba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarki- biga kirgan; M. milliy demokratik par- tiyasi, 1992 i. okt.da tashkil etilgan; M. Birlashgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uyg&#8217;onish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. &#171;ko&#8217;katparvarlar&#187; partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikachilar par- tiyasi, 1992 y.da tashkil etilgan; M. so- tsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tu- zilgan; M. demokratik Ittifoqi, parti- yalar bloki, 1990 y.da asos solingan; &#171;va- tan&#187;, koalisiya, 1999 y.da tuzilgan, yangi demokratik sosialistik partiya b-n M. ishchi partiyasini birlashtiradi; to&#8217;rt ittifoq federasiyasi, 1993 y.da tash- kil etilgan (M. demokratik Ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yosh- lari Ittifoqi va M. talabalari itti- foqidan iborat). M. erkin kasaba uyush- malari Ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federasiyasi, 1927 y. tashkil etilgan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 34%, q.x.ning ulushi 16%. Qishloq xo&#8217;jaligi. 20-a.ning 20-y. lariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmog&#8217;i mavjud bo&#8217;lib, u ham bo&#8217;lsa ko&#8217;chmanchi yaylov chorvachiligi edi. Asta- sekin q.x.ning boshqa tarmoqlari, jum- ladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bug&#8217;doy, kartoshka, sabzavot, em-xashak etishtirila boshladi. Chorvachilikda qo&#8217;ychilik etakchi o&#8217;rinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joyla- rida qo&#8217;tos, bugu, shahar atrofida cho&#8217;chqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshi- ga to&#8217;g&#8217;ri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi o&#8217;rinlardan birini egallaydi. 1991-92 y.larda sobiq 255 q.x. birlashmasi (q.x. kooperativlari) AK-tsiyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chor- vani xususiylashtirish asosan tugallan- Di. Chorva mollarning 90% xususiylash &#8212; tirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari etishti- rish b-n shug&#8217;ullanib kelgan ko&#8217;p davlat xo&#8217;jaliklari o&#8217;rniga ham aktsiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. Sanoati. M.da dastlab engil va oziq- ovqat sanoati, 20-a.ning 40-60-y.lari- da og&#8217;ir sanoat (konchilik, energetika, yog&#8217;ochsozlik, qurilish ashyolari, metall- sozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka ko&#8217;proq e&#8217;tibor qaratildi. M. er ostida foydali qazilma xazina- lari ko&#8217;p. Hozircha 30 dan ko&#8217;proq tur- dagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshko&#8217;mir, qo&#8217;ng&#8217;ir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, ka- lay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va b. konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shag&#8217;al, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va sh.k.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan ko&#8217;proq issiq va sovuq ma&#8217;danli suv man- balari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun ko&#8217;pgina qo&#8217;shma korxo- na va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga o&#8217;rtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. I.ch. sano- atida gusht, un k-tlari, non z-Di, gilam f-kasi, po&#8217;stin-mo&#8217;yna, oyna va chinni korxonalari, Bosmaxonalar bor. Tsement, g&#8217;isht, uy bloklari, doridarmon, poyab- zal, jun &#8212; gazlama ishlab chikariladi. Transporti. Ko&#8217;p yuklar t.y. va avtomo- bil transportida tashiladi. T.y. uzun- ligi \u2014 1,8 ming, avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 46 ming km. Xubsugul ko&#8217;li, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 y.dan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda. Tashqi savdosi. 1980-y.larning oxi- rigacha mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat o&#8217;zaro iqtisodiy yordam Kengashi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Aso- siy mijozi sobiq SSSR bo&#8217;lgan. 1990-y. lar boshida M. &#171;ochiq eshik&#187; siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakat- lar, chunonchi Yaponiya, AQSh, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va b. b-n munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, engil va oziq- ovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng iste&#8217;mol mollari xarid qiladi. Tashqi savdoda- gi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi \u2014 tugrik. Maorifi, ilmiy va madaniy ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy ta&#8217;lim maktabida 381 ming bola, 47 oliy o&#8217;quv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik bo&#8217;yicha magistr unvonini olish uchun 26265 tala- ba ta&#8217;lim oldi. Ulan-Bator sh.da mongo- liya FA ish olib boradi. M.da bir qancha i.t. muassasalari xam mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiri- klari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va un-t kutubxonalari. Muzeylari: Davlat Markaziy muzeyi, nafis san&#8217;at muzeyi, Din tarixi muzeyi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiylari: &#171;Unen-uu?&#187;(&#171;Haqiqatmi?&#187;, haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigacha &#171;Unen&#187; nomi b-n nashr etilgan; 1996 y. sent.dan hoz. nomda), &#171;Zalgamjlagch&#187; (&#171;o&#8217;rinbosar&#187;, 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1926 y.dan), &#171;Xudulmur&#187; (&#171;mehnat&#187;, haftada 3 Mar- ta chiqadigan gaz., 1928 y.dan), &#171;xumu- un&#187; (&#171;inson&#187;, gaz., 1990 y.dan), &#171;ardin tur&#187; (&#171;Xalq hokimiyati&#187;, yiliga 4 Mar- ta chiqadigan jur., 1950 y.dan), &#171;Mon- golii duu xooloy&#187; (&#171;Mongoliya ovozi&#187;, gaz., 1992 y.dan), &#171;Mongolii xudoo&#187; (&#171;Mongol qishlog&#8217;i&#187;, haftalik gaz., 1970 y.dan), &#171;Ardchilal tayme&#187; (&#171;demokratiya vaqti&#187;, gaz., 1993 y.dan), &#171;Ertons&#187; (&#171;ko- inot&#187; gaz., 1990 y.dan), &#171;sog&#187; (&#171;mash&#8217;-] ala&#187;, 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONTSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol teleko&#8217;rsatuvi 1967 y.da tashkil etilgan. Aaabiyoti. Mongol xalq og&#8217;zaki ijo- diyotida qo&#8217;shiq, Doston, ertak, mad- hiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar ko&#8217;p. Yozma adabiyoti 12\u2014 13-a. larda boshlangan. &#171;Argasun xuurch qissasi&#187;, &#171;etim bolaning to&#8217;qqiz chin- giziy baxrdir b-n suhbati&#187;, &#171;togon- Temurning yig&#8217;isi&#187; kabi asarlar keng tarqalgan. 17-a.da yilnomalar vujudga keldi. 19-a.da yaratilgan &#171;ko&#8217;k kitob&#187; trilogiyasi (muallifi Injinash) va b. ko&#8217;pgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-a.da M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi an&#8217;analariga taya- nib, ilg&#8217;or jahon adabiyoti b-n aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929 y.da adiblar to&#8217;garagi tashkil topdi, u 1930 y.da M. yozuvchilari uyushmasiga ay- lantirildi. D. Na-tsagdorj, Ts. Damdin- suren kabi yozuvchilar pesalari, she&#8217;- rlari b-n mongol adabiyoti rivojida muhim rol o&#8217;ynadilar. 40\u2014 50-y.larda S. Dashdendev, D. Tsevegmid, Ch. Lxam- suren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar do&#8217;stligi va hamkorligi samaralari to&#8217;g&#8217;risida asarlar yaratdilar. 50\u2014 60-y.larda Yi- rik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida &#171;Ayushi&#187; qissasini (1947), B. Rinchen &#171;cho&#8217;l ton- gi&#187; romanini (1955), Ch. Lodoydam &#171;Ol- toyda&#187; romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Udval kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bag&#8217;ishlandi. Hoz. davr adabiyotida Ts. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Pu- revdorj va b. shoirlarning she&#8217;rlari alohida ajralib turadi. Ja-hon ada- biyotining eng yaxshi asarlarini tarji- ma qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, G&#8217;. G&#8217;ulom, Mir-Muhsin, Rahmat Fayziy, Turob to&#8217;la va b. o&#8217;zbek yozuvchilarining asarlari mongol tili- ga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari o&#8217;zbek tiliga tarji- ma qilingan (L. Tudevning &#171;Suxe-Bator&#187; qissasi, D. Na-tsagdorjning &#171;tanlangan asarlari&#187;, &#171;Mongol ertaklari&#187; va b.) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga o&#8217;yib tushirilgan yoki bo&#8217;yoq b-n ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, bo&#8217;ri, ilon)larning tasvirlari topil- gan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya tosh- lariga ishlangan odamlar va to&#8217;rtta ot qo&#8217;shilgan to&#8217;rt g&#8217;ildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6-8-a.larda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchi- larning ot abzallari va qurol-yarog&#8217;lari o&#8217;simliksimon naqshlar b-n bezatila boshlagan. 6-9-a.lardagi shahar vayro- nalaridan toshga ishlangan bo&#8217;rtma va bosma usulda naqshlangan sopol idish- lar topilgan. M.ning turli joylarida g&#8217;isht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar o&#8217;rnatilgan. 10-a. dagi mamlakat poytaxti O&#8217;rda baliq (key-inroq Xara Balgas) xarobalari ora- sida mudofaa istehkomlari, uylar, ibo- datxonalar ko&#8217;zgaTashlanadi. 10-12-a. larda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorug&#8217;lik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepali- klar b-n o&#8217;ralgan, darvozalari va Mino- ralari bo&#8217;lgan. Bir yoki bir necha ko&#8217;cha chetlaridagi ma&#8217;muriy binolar, ibodat- xonalar va turar joylar atrofi devor b-n o&#8217;ralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning o&#8217;tov hamda chodir- lari bo&#8217;lgan. Qad. Bars-xot (10-12-a. lar) sh. kavlanganda budda ibodatxona- si va pagodalari qoldiqlari, ma&#8217;bu- da va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, o&#8217;yma yog&#8217;och bezaklar va me&#8217;moriy bo&#8217;laklar chiqqan. 16-a.dan 20- a. boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yog&#8217;och sinchli, surma panjara devorli, eshikli o&#8217;tovlardan iborat bo&#8217;lgan. Monastir va ibodatxona- lar ko&#8217;plab qurilgan. 20-a.ning 20-y.laridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, sayn- Shand) barpo etildi. Binolar kurishda 20\u2014 30-y.larda konstruktivizm ta&#8217;si- ri ko&#8217;rindi. 40-50-y.larda binolar- ning old tomonlari hashamli \u2014 Kolon- nali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi un-t). 50-y.larning o&#8217;rtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60-90- y.larda qurilishda industrial va yig&#8217;ma uysozlik usullaridan keng foydalanil- Di. Keyingi davrlarda metallsozlik, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kashtachilik kabi an&#8217;- anaviy tarmoqlar b-n bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak o&#8217;ymakorligi rivoj topa boshladi. Musiqasi qad. an&#8217;analarga boy. Qo&#8217;shiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qo&#8217;shiq qilib ay- tish qadimdan odat bo&#8217;lgan. Xalq ayti- shuvlari (ikki xonanda basmabas aytadi- gan qo&#8217;shiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qo&#8217;shiq aytishning o&#8217;ziga xos usuli ham urf bo&#8217;lgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qo&#8217;shiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoy- IBA qo&#8217;shiklari ko&#8217;p. Xalq cholg&#8217;u asbobla- ri: limba (nayning bir turi), morinxur va Xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va b. Zamonaviy M. musiqasi 20-a.ning 20-30-y.larida vujudga kelib, rivoj- lana boshladi. &#171;Shive Kyaxta&#187; deb atal- gan birinchi partizanlar qo&#8217;shig&#8217;i 1921 y.da ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kom- pozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivoj- lana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o&#187;childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, du- xovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor. Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil bo&#8217;lgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tila- guvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Bieleg raqslarida teatr unsurlari ko&#8217;zga tashlanadi. To&#8217;ylar, farzand tug&#8217;ilishiga bag&#8217;ishlangan marosimlar, hosil bayram- larida voqeiy tomoshalar ko&#8217;rsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyili- shi munosabati b-n vujudga kelgan tsam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyo- viy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bay- Rami kunlari ko&#8217;chalarda qo&#8217;g&#8217;irchoq spek- takllari ko&#8217;rsatiladi. 20-a. boshlarida havaskorlik to&#8217;garaklari rivojlana boshladi. 20-y.larda Ulan-Batorda tash- kil etilgan drama to&#8217;garaklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi Ochil- Di va o&#8217;sha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qo&#8217;g&#8217;ir-choq tea- tri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining ta- rixi va hoz. hayotini aks ettiruvchi pe- Salar b-n bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham o&#8217;rin olgan. Kinosi. 1935 y. Ulan-Batorda &#187; Mon- golkino&#187; studiyasi tashkil qilingach, kino san&#8217;ati rivoj topdi. 1936 y.dan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. &#171;Norjmaning yo&#8217;li&#187; birinchi badiiy filmi 1938 y.da suratga olinds. &#171;Bo&#8217;ri galasi&#187; (1939), &#171;birinchi saboq&#187; (1940), &#171;Ikki chorvador&#187; (1955), &#171;yo&#8217;limizdagi to&#8217;g&#8217;anoqlar&#187; (1956), &#171;qalb amri&#187; (1966), &#171;Toshqin&#187; (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyin- gi yillarda &#171;kuyov&#187;, &#171;Visol&#187;, &#171;Motor shovqini&#187;, &#171;Dovon ketidan dovon&#187; fil- mlari yaratildi. Yiliga bir necha badi- iy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekiston \u2014 M. munosabatlari. 1977 y.dan 1994 y.gacha Toshkentda M.ning Bosh konsulxonasi ishladi, M.ning mo- liyaviy ahvoli yomonlashuvi munosaba- ti b-n Bosh konsulxona yopib qo&#8217;yildi. Xoz. paytda ikkala mamlakat o&#8217;rtasidagi diplomatiya munosabatlari M.ning Qozog&#8217;iston Respublikasidagi elchixo- nasi orqali amalga oshirilmoqda. 1996 y. 11\u2014 13 Fev. kunlari M. delegasiyasi O&#8217;zR ga tashrif buyurdi, O&#8217;zbekiston va M. tashki ishlar vazirliklari o&#8217;rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar haqida bayonnoma imzolandi. O&#8217;zR b-n M. o&#8217;rtasida ozroq hajmda bo&#8217;lsada, savdo- sotiq yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. 1998 y.da ikki mamlakat o&#8217;rtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. 1999\u2014 2002 y.larda ham tovar ayirbosh- lash davom etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mongoliya (Mongol uls) &#8212; Mar- kaziy Osiyoda joylashgan davlat. Mayd. 1565 ming km2. Aholisi 2 mln. 655 ming kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ulan-Bator sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mongoliya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116894","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116894","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116894"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116910,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116894\/revisions\/116910"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}