{"id":116906,"date":"2024-05-08T18:25:22","date_gmt":"2024-05-08T15:25:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116906"},"modified":"2024-05-08T18:25:27","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:27","slug":"moldaviya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moldaviya\/","title":{"rendered":"Moldaviya"},"content":{"rendered":"\n<p>Moldaviya, Moldova Respublika- si (Republika Moldova) \u2014 Evropaning Jan.-Sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 33,7 ming km2. Aholisi 4,432 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Kishinyov sh. Ma&#8217;mu- riy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 respublika. 1994 y. 29 iyulda kabul etilgan Konsti- tusiya amal qiladi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 parlament tomonidan saylanadigan Pre- zident (2000 y.dan V. Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi \u2014 bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi \u2014 hukumat (Vazirlar kengashi). Tabiati. M. Sharqiy Evropa tekis- ligining Jan.-g&#8217;arbiy qismida joylash- gan. Er yuzasi o&#8217;rqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning o&#8217;ng sohilini Dnestr bo&#8217;yi qirlari (bal. 250-300 m, eng baland joyi 347 m) egal- lagan. Shim. Moldaviya tekisligi (250\u2014 300 m), Jan. Moldaviya tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shag&#8217;al, shu- ningdek, neft va gaz konlari topilgan. Iqlimi \u2014 mo&#187;tadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yog&#8217;adi, yozi uzoq va iliq. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014 shim.da 19,5\u00b0 va Jan.da 22\u00b0; eng yuqori t-ra 41\u00b0; yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi shim. da \u2014 5\u00b0 va Jan.da \u2014 3\u00b0; eng past t-ra -36\u00b0. Yiliga shim.da 560 mm, Jan.- g&#8217;arbda 370 mm, qirlarda 500-560 mm, tekisliklarda 400-450 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Daryolari qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari \u2014 Dnestr (irmoklari \u2014 Reut, Bik, botna), Prut (irmoklari \u2014 Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sa- RATA). Tuproqlari \u2014 asosan, qoratuproq (75%), qo&#8217;ng&#8217;ir va kulrang o&#8217;rmon tuprog&#8217;i (10%); dare qayirlarida \u2014 allyuvial- o&#8217;tloqi tuproqlar. Hududining aksari- yati dasht va o&#8217;rmon dasht mintaqasida joylashgan bo&#8217;lib, ko&#8217;p qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan o&#8217;rmonlarda dub, shum- tol, grab, qora qayin, jo&#8217;ka o&#8217;sadi. Chalov, betaga kabi dasht o&#8217;simliklari kamay- ib ketgan. Hayvonlardan o&#8217;rmonda elik, to&#8217;ng&#8217;iz, bo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq, Olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, mayna, qora- shaqshaq, qarchig&#8217;ay, boyqush, bedana va b.) uchraydi. &#171;Kodru&#187;, &#171;Gredina Turchaske&#187;, &#171;Yagorlik&#187;, &#171;Playul Faguluy&#187;, &#171;Prudil de Jos&#187; kabi qo&#8217;riqxonalar tashkil etil- gan. Aholisining 65% moldavanlar; Ukra- inlar, ruslar, ruminlar, gagauz va bol- garlar ham bor. Davlat tili \u2014 Moldavan tili. Ko&#8217;pchilik aholi (95%) xristian dinining pravoslavie oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels, Tiginya. Tarixi. Hozirgi M. hududidagi Brin- zeni, Rashkov, Chutuleshti va b. joylardan topilgan ko&#8217;xna manzilgohlarning dalo- lat berishicha, bu erda aholi paleolit davridayoq o&#8217;troklashgan. Neolit davri- ning manzilgohlaridan bug-Dnestr ma- daniyati yodgorliklari topilgan (mil. AV. 6-5 ming yilliklar). Bu davrda odam- lar urug&#8217;chilik jamiyatiga birlashib, ovchilik, dehqonchilik, baliqovlash b-n shug&#8217;ullangan. Mil. AV. 4ming yillikda hukmronlik qilgan Tripoli madaniyati davrida ko&#8217;pgina manzilgoqlar (Varva- rovka, karaku-Shan, Kuban) barpo etil-gan, kulolchilik rivojlangan. Mil. AV. 1ming yillikdan mil. 1ming yillikkacha M. qududida daklarning qabilaviy birlashmalari va davlatla- ri mavjud bo&#8217;lgan. Mil. 2-a. boshlarida rimliklar Dakiyani bosib oldi va uni asta-sekin Rimning viloyatiga aylantir- Di. Lotin tili yoyilib, u Sharkiy roman, shuningdek, moldavan tillariga asos bo&#8217;ldi. 2-4-a.larda bu erda sarmatlar, skiflar, hunnlar, gotlar yashaganligi taxmin qilinadi. 10-12-a. boshlarida M. ning bir qismi qad. Rus davlati ta&#8217;sir doirasiga, so&#8217;ng Galisiya va ga- lisiyavolin knyazligi tarkibiga kir- gan. Lekin 12-a.da ko&#8217;chmanchi bijanaq va qipchoklarning hujumidan keyin sla- vyanlar deyarli barxam topdi. 13-14-a. larda M. hududi mo&#8217;g&#8217;ullar qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. Bosqinchilar vengerlar tomoni- dan haydab yuborilgandan keyin M. er- lari Vengriya qaramog&#8217;iga o&#8217;tdi, 1359 y. ozodlik kurashi natijasida mustaqil M. knyazligi (poytaxti yassi sh.) vo&#8217;judga keldi. 14-a. 2-yarmida Karpat b-n Dnestr oralig&#8217;idagi erlar unga qarashli bo&#8217;ldi. Shu davrda valaxlar va Sharqiy slavyanlar b-n aloqa rivojlanib, natijada molda- van elati shakllandi. 16-18-a.larda M. Usmoniylar imperiyasi xukmronligida bo&#8217;ldi va 300 y. mobaynida o&#8217;lpon to&#8217;lab turdi. Avvaliga Tira, Benderi, Kiliya, 18-a.da xotin M.dan ajratib olindi va ularga turk garnizonlari joylashtiril- Di. Chet el bosqinchilariga qarshi mil- liy ozodlik kurashi turli shakllarda olib borildi. 18-a. 2-yarmi va 19-a. bosh- laridagi Rossiya-Turkiya urushlari na- tijasida M. ozod etildi. Ammo Evropa davlatlarining o&#8217;zaro raqobati tufayli M. yana Turkiyaga qaytarib berildi. 1775 y. M. knyazligining shim. qismi Avstri- yaga, 1791 y. Yassi sulh shartnomasiga bi- noan, Dnestrning so&#8217;l sohili Rossiyaga, yana bir qismi keyinchalik Rech Pospo- litaga qo&#8217;shib olindi. 1812 y. Buxarest sulh shartnomasiga ko&#8217;ra, M. knyazligi- ning Prut va Dnestr oralig&#8217;idagi erla- ri Rossiyaga o&#8217;tdi va Bessarabiya viloyati nomini oldi. Kishinyov sh. uning ma&#8217;- muriy markazi bo&#8217;lib qoldi. Bessara- biya Rossiyaning agrar o&#8217;lkasi sifatida rivojlana boshladi. 1917 y. Rossiyadagi Fev. inqilobidan keyin bu erda ham qo&#8217;sh hokimiyatchilik vujudga keldi. 1917 y. noyab.dek.da ayrim shahar va qishloklarda hokimiyat sho&#8217;rolar qo&#8217;liga o&#8217;tdi. Vako- latli hokimiyat organi \u2014 &#171;Sfatul Tse- riy&#187; (&#171;o&#8217;lka kengashi&#187;) 1917 y. 2 dek. da M.ni demokratik respublika deb e&#8217;lon qildi. 1918 y. 24 yanv.da o&#8217;zining Rossi- yadan mustaqil ekanini bildirdi. 1918 y. 27 martda M. Demokratik Respubli- kam (Bessarabiya)ni Ruminiyaga qo&#8217;shishga qaror qildi. 1918-19 y.larda M. so&#8217;l sohil tumanlarida Avstriya-Germaniya, Antanta qo&#8217;shinlari hukmronlik qildi. 1920 y. Fev.da bu erda sho&#8217;ro hokimiyati o&#8217;rnatildi. 1924 y. 12 okt.da Ukraina tarkibida M. Muxtor sho&#8217;ro Respublikasi tuzildi. 1939 y.gi Ribbentrop-Molotov paktining qo&#8217;shimcha maxfiy bayonnomasi asosida Sovet itti-foqi 1940 y. 26 va 27 iyunda Ruminiyadan Bessarabiya va shim. Bukovinani darhol SSSR ga topshirish- ni talab qildi. 1940 y. 2 avg.da M. Sho&#8217;ro Respublikasi tuzildi. 2-jahon urushi yillarida M. jang maydoniga aylandi va 1944 y. avg.da bosqinchilardan ozod qilindi. Shundan keyin M.ning salkam yarim asrlik tarixi SSSR b-n bog&#8217;liq bo&#8217;ldi. 1987-89 y.lardagi qayta qurish davrida milliy tiklanish qarakati boshlandi. 1990 y. 23 iyunda M. Respu- blikasi suvereniteta e&#8217;lon qilindi. 1991 y. 27 avg.da M. Respublikasining mustaqilligi to&#8217;g&#8217;risida Deklarasiya qabul etildi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ayirmachilik harakati yuzaga kelib, bu narsa mam- lakatda ichki qurolli mojaroga sabab bo&#8217;ldi. Keyingi paytda nizoni bartaraf etish uchun muzokara olib borilayotir. M. \u2014 1992 y.dan BMT a&#8217;zosi, shuning- dek, MDX tarkibiga kiradi. O&#8217;zR suvere- nitetini 1994 y. 23 avg.da tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 27 avg. \u2014 Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyalari. Agrardemokra- tik partiya, kommunistlar partiyasi, so- tsialistik partiya, Xristiandemokratik xalq partiyasi, tiklanish va inoklik partiyasi. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 38%, q.x.ning ulushi 42%, qurilish, transport va aloqaning ulushi 11%. Sanoati&#8217;. Oziq-ovqat sanoatida me- vasabzavot konservalari tayyorlash, VI- nochilik, qand-shakar, yog&#8217;moy i.ch. asosiy tarmoqlardir. Og&#8217;ir sanoat maj-muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metal- lurgiya sanoati etakchi o&#8217;rinda. Engil sanoat (tikuvchilik, to&#8217;qimachilik va b.) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sa- noatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan ko&#8217;proq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sa- noati mamlakatning shim.da joylash- gan. Tamaki-fermentasiya, parfyume- riya, farmasevtika va qandolatchilik, shuningdek, go&#8217;sht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxo- nalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziq- ovqat sanoati uchun texnologiya usku- nalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, q.x. mashina-mexanizmlari, nasoslar, o&#8217;zgaruvchan tok elektr dvigatellari, so- vitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ish- lab chiqaradi. Sun&#8217;iy teri, rezinatexni- ka buyumlari, lok-bo&#8217;yoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, o&#8217;rmon va yogochsoz- lik, poligrafiya korxonalari bor. Yili- ga o&#8217;rtacha 15,7 mlrd. kVtsoat elektr ener- giyasi hosil qilinadi. Qishloq xo&#8217;jal igida tokchilik va bog&#8217;dorchilik etakchi o&#8217;rinda. Uzumning xo&#8217;raki va vinobop turlari etishtiri- ladi. M. Jan. va shim.da .kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shim. va Markaziy tumanlarda o&#8217;stiriladi. G&#8217;allachilikning makkajo&#8217;xori hamda bug&#8217;doy etishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva etishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, xo&#8217;jalikda bozor iqtisodiyoti shakllari- ni joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qo&#8217;shma korxonalar barpo etildi. Q.x.da dehqon (fermer) xo&#8217;jaliklari tuzish uchun erlarni xusu- siy mulk qilib berishga kirishildi. Trans porti. T.y. uzunligi -1,1 ming km, avtomobil yo&#8217;llari \u2014 10,2 ming km. Dnestrda kema qatnaydi. Kishinyovda xalqaro aeroport bor. Sog&#8217;liqni saqlash. 2001 y. M.da 12,8 ming vrach, 545 tibbiyot muassasasi, 25 mingo&#8217;rinli kasalxonalar ishladi. Che- mal tog&#8217;iqlimiy kurorti, bolalar sana- toriylari bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 2001\/2002 o&#8217;quv Yi- lida 1577 maktab, gimnaziya, liseylar- da 618,4 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi, 42,5 ming o&#8217;qituvchi ishladi. 82 o&#8217;rta hunar ta&#8217;lim tizimida 23 ming, 67 kollejda 17 ming bola o&#8217;qidi. 47 oliy o&#8217;quv yur- tida 86,4 ming talaba ta&#8217;lim oldi, shu jumladan, davlatga qarashli bo&#8217;lmagan 31 in-tda 22,9 ming talaba o&#8217;qidi. 2001 y. M.da doktoranturaga ega bo&#8217;lgan 45 i.t. muassasasi ishladi. Res-publikada i.t.larni muvofiqlashtiruvchi M. Fan- lar akademiyasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Milliy tabiat va etn. muzeyi, Tarix, Arxeologiya, Etn., Tasviriy san&#8217;at, Xalq hunarmandchiligi, Gagauz tarix-etn. mu- zeylari bor. Hammasi bo&#8217;lib 71 ta muzey, 1,4 ming kutubxona, 1,2 ming klub muas- sasasi mavjud. Matbuoti, radio-eshittirishi va te- lekursa guvi. M.da 2001 y. 1,7 ming nom- dagi kitob va risola 0,8 mln. nusxada, gaz.lar 1,2 mln., jur. va b. davriy nash- rlar 3,4 mln. nusxada nashr etildi. M.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: &#171;mol- dova suverane&#187; (&#171;suveren Moldaviya&#187;), &#171;Nezavisimaya Moldova&#187; (&#171;Mustaqil Moldaviya&#187;), &#171;Tsara&#187; (&#171;Vatan&#187;). &#171;Mold- press&#187; axborot agentligi ishlaydi. 1930 y.dan radioeshittirish, 1958 y.dan teleko&#8217;rsatuv olib boriladi. Adabiyoti. Dastlabki yozma Yodgor- liklar boy xalq og&#8217;zaki ijodi (ertak, qahramonlik eposlari, afsona, qo&#8217;shiq, balladalar) asosida 9-10-a.larda yara- tilgan. Cherkov-slavyan (o&#8217;rta bolgar) ti- lidagi birinchi moldavan kitobi &#171;ka- zaniya&#187; (Injilning izohi) 1643 y.da nashr etildi. 17-a.da yilnomalar, 18-a. da D. Kantemir (1673\u2014 1723) tomonidan badiiytarixiy asarlar yaratildi. 19-a. ning 2-yarmida y. Kryange (1837-1889) va M. Eminesku (1850-1889) ijodi re- alistik Nasr va she&#8217;riyat rivojida katta rol o&#8217;ynadi. 20-a. boshlarida A. Matee- VICh, T. Roman o&#8217;z she&#8217;rlari b-n adabiyotga kirib keldi. 2-jahon urushigacha ijod qilganlar orasida D. Milev, L. Barskiy, N. Markov, L. Kornyaku, M. Andriesku va b. yozuvchilarni ko&#8217;rsatish mumkin. Urush davrida E. Bukov, B. Istru, A. Lupan, T. Menkj kabi adiblar bosqinchilarga qarshi kurashga bag&#8217;ishlangan asarlar yozishdi. 50-y.larda poeziya etakchi janr bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa (E. Bu-kovning &#171;Andriesh&#187;, &#171;Mening mamlakatim&#187;, A. Lupanning &#171;Yuzma-yuz&#187;, L. Delyanuning &#171;mangu yosh- lik&#187;, F. Po-nomarning &#171;Do&#8217;stlik&#187; do- stonlari va she&#8217;riy to&#8217;plamlari), keyin- gi yillarda salmokli nasriy asarlari yaratildi (E. Damian, V. Vasilake, R. Lun- gu, L. Damian, G. Vieru, P. Bosu, E. Lotya- nu va b.ning roman hamda qissalari). An- drey Lupan, Samson Shlyaxu, Emelyan bu- kov va b. larning ayrim asarlari, molda- van yozuvchilarining &#171;hajviy hikoyalar&#187; to&#8217;plami o&#8217;zbek tilida nashr etilgan. Me&#8217;morligi. M. hududidan mil. AV. 3-2-ming yilliklarga oid madaniyat yodgorliklari topilgan. 10\u2014 11-a.lar- da yog&#8217;och, tosh va loydan imorat hamda inshootlar qurilgan shaharlar paydo bo&#8217;ldi. 14-a. o&#8217;rtalaridan me&#8217;morlik ri- vojlana boshladi, shahar atroflari tosh devor b-n o&#8217;rab olindi. 16-a.dan Mino- rali va ravokli qal&#8217;alar qurildi. Sa- xarna, Jabkadagi g&#8217;ormonastirlarning qoldiqlari saqlangan. 18-a.da shaharlar tez rivoj topdi, mahalliy me&#8217;morlar loyihasi asosida go&#8217;zal va g&#8217;aroyib ibo- datxona binolari qurilishi avj oldi. An&#8217;anaviy shahar va qishloq uylari yog&#8217;och va toshdan, jamoat binolari zamo- naviy konstruk-tsiyalardan barpo etila boshladi. 19-a. oxiri va 20-a. boshla- rida M.ning Rossiyaga qo&#8217;shib olingan qismida klassisizm uslubi, Ruminiyaga karam qismida modern uslubi ustunlik qildi. 20-a. 2-yarmida qurilgan bino va in-shootlarda milliy me&#8217;morlik an&#8217;a- nalaridan foydalanildi (Kishinyovning Mirva Velskiy ko&#8217;chasidagi turar joy- lar, &#171;Inturist&#187; mehmonxonasi va b.). Tasviriy san&#8217;ati. M. hududida mil. AV. 2\u20141ming yilliklarga mansub me- Tall taqinchoklar, mil. 1ming yillik- ka doyr qurollar, sopol, jez, ku-mush, oltin idish va buyumlar topilgan. Ular zargarlik va metallni badiiy ishlash rivojlanganidan darak beradi. 13-14- a.larda xalq amaliy san&#8217;atida Vizantiya va musulmon Sharqining ta&#8217;siri kuch- li bo&#8217;lgan. 14\u2014 17-a.larda zardo&#8217;zlik, 18-19-a.larda gilamchilik yuksaldi. 19-a.dan boshlab dunyoviy tasviriy san&#8217;- at, ayniqsa, portret rassomligi rivoj topdi, rassomlik o&#8217;quv yurtlari ochildi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida hayotiy manzaralar, turli janrlardagi rasm- lar, psixologik portretlar yaratildi (V. Okushko, E. Maleshevskaya va b.). 20-a. 2-yarmida rangtasvirchilardan M. Gam- burd, V. Russu-Chobanu, portretchilardan K. Kitayka, I. Bogdesko, G. Sainchuk, haykaltaroshlardan K. Kobize-va, B. Mar- chenko kabilar tasviriy san&#8217;at rivojiga hissa qo&#8217;shdilar. Xalq san&#8217;atida tosh o&#8217;ymakorligi, gilam to&#8217;qish, kashtado&#8217;zlik, kulollik, yog&#8217;ochsozlik ravnaq topdi. Musiqasi o&#8217;ziga xos milliy folklore asosida shakllangan va qo&#8217;shni xalqlar badiiy madaniyati b-n hamohang rivoj- langan. Xalq qo&#8217;shiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qo&#8217;shiklarda qahramonlik va ozod &#8212; lik g&#8217;oyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qo&#8217;shiklari bor. Eng ko&#8217;p tarqalgan xalq musiqasi doy- na deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan jo&#8217;shqin va o&#8217;ynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholg&#8217;ulardan kobza, tsimbala, tilchali asboblardan D-rimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-er va kaval (nay), chim- Pa, buchum kabilar bor. 19-a.da ilk kom- pozitorlar (g. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, E. Doga, dirijyorlardan T. Gur- tovoy, D. G&#8217;oya, A. Samoile, xonandalar- dan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Bieshu va b. mashhur. 1955 y. Kishinyovda M. opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmo- niyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, &#171;Doyna&#187; xor kapellasi, &#171;Jok&#187;, &#171;Leutar- lar&#187;, &#171;Fluerash&#187; kabi ansambllar fao- liyat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekistonda T. Cheban, M. Bieshu va qator ansambllar gastrolda bo&#8217;lgan. Teatr sarchashmalari xalq o&#8217;yinlaridan boshlanadi. Kolinde-kola- da deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman o&#8217;yinlarda teatr san&#8217;- ati unsurlari bo&#8217;lgan. Iroziy (iro- Di) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (Pehlivan, soptar)larning ma- horatlarini namoyish etishlari va gay- duklarning o&#8217;ziga xos teatri mashhur bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha ko&#8217;rsatishgan. 1816 y.da yozuvchi va ma&#8217;rifatchi g. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl ko&#8217;rsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrussi, A. Russo, M. Kogelnichanu va b. dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-a.ning 20-y.larida tashkil topgan drama to&#8217;garaklari asosida Balta sh.da musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933 y.da Tiraspol- da tashkil etilgan drama teatri (hoz. M. akademik musiqali teatri)ning o&#8217;zagi bo&#8217;ldi. Endilikda M.da 14 teatr, shu jumladan, &#171;Luchaferul&#187; teatri, &#171;Liku- Rich&#187; qo&#8217;g&#8217;ir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, tsirk va b. ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mual- liflarning pesalari b-n bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asar- lari ham sahnalashtirilgan. Teat_r ar- boblari orasida D. Darienko, N. Mas- salskaya, E. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkurya- larni ko&#8217;rsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi g. Muzichesku nomidagi san&#8217;at in-ti tayyorlaydi. Ts Kino tarixi 1927 y.dan boshlanadi. O&#8217;sha yili birinchi hujjatli film yaratil- Di. 1940 y.dan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952 y.da xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957 y. dan &#171;Moldovafilm&#187;)ga aylantiril- Di. 1955 y. da birinchi moldavan filmi \u2014 &#171;Moldaviya taronalari&#187; (rej. A. Zo- lotniskiy) dunyo yuzini ko&#8217;rdi. Shundan keyin &#171;Ataman Kodr&#187; (1958), &#171;kuzning so&#8217;nggi kuni&#187; (1965, rej. V. Derbenyov), &#171;Qotillikda ayblanadi&#187; (1969, rej. B. Volchek), &#171;Lautari&#187; (1971, rej. E. Lotya- nu), &#171;yoningda erkak bo&#8217;lsa&#187; (1978, rej. V. Gajiu) va b. yaratildi. Kino aktyorlari- dan D. Darienko, M. Volontir, K. Tir- tseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. M.da 100 kinoteatr bor. O&#8217;zbekiston \u2014 M. munosabatla- ri. Mustaqillik yillarida O&#8217;zR b-n M. o&#8217;rtasida Do&#8217;stlik va hamkorlik to&#8217;g&#8217;risida, Erkin savdo, ikkiyoklama soliq solishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, xalqaro avtomobil qatnovi, moliyasanoat gu- ruxlari tuzish qoidalari, i.ch. koope- rasiyasi, savdo-iqtisodiy hamkorlik qoidalari to&#8217;g&#8217;risida shartnomalar tu- zilgan. Ko&#8217;p tomonlama hamkorlik masa- lalari bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston \u2014 M. qo&#8217;shma komissiyasi ishlab turibdi. Ikki mam- lakat o&#8217;rtasidagi tovar aylanmasi 2000 y.dagi 4,2 mln. AQSh dollaridan 2001 y.da 7,7 mln. dollarga etdi. O&#8217;zR da M. sarmoyasi ishtirokidagi 1 korxona ro&#8217;yxatga olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Moldaviya, Moldova Respublika- si (Republika Moldova) \u2014 Evropaning Jan.-Sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 33,7 ming km2. Aholisi 4,432 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Kishinyov sh. Ma&#8217;mu- riy jihatdan 40 tuman, 21 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moldaviya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116906","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116906","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116906"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116906\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116926,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116906\/revisions\/116926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116906"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116906"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116906"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}