{"id":116907,"date":"2024-05-08T18:25:24","date_gmt":"2024-05-08T15:25:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116907"},"modified":"2024-05-08T18:25:29","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:29","slug":"mozambik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mozambik-2\/","title":{"rendered":"Mozambik"},"content":{"rendered":"\n<p>Mozambik (Mocambique), mo- zambik Respublikasi (Republica de Mozambique) \u2014 Afrikaning Jan,- Sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Maputu sh. Ma&#8217;- muriy jihatdan 11 viloyat (provincia) ra bo&#8217;linadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega. Davlat tuzumi. M. \u2014 respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi hamd- o&#8217;stlik a&#8217;zosi. 1990 y. 30 noyab.da qabul qilingan Konstitusiya amal qiladi. Dav- lat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1986 y.dan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tug&#8217;ri ovoz berish yuli b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat \u2014 Respublika Assambleya- si (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatil- gan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati. Qirg&#8217;oqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirg&#8217;oqlari qoyali, tik, o&#8217;rtacha balandlikda, Jan.da past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mam- lakatning shim. qismida Sharqiy Af- Rika yassitog&#8217;ligi joylashgan, u g&#8217;arbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozam- Bik paettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir ru- dalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharkda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor. M.ning shim. qismida iqlim subek- vatorial mussonli, Jan.da tropik, pas- satli. Mozambik paettekisligida yanv. ning urtachi t-rasi 26\u00b0-30\u00b0, iyulniki 15\u00b0-20\u00b0, yassitog&#8217;likda (qish va ezda) 3\u00b0-5\u00b0 dan past. Yillik yogin 750-1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryola- ri \u2014 Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yi- rik sut emizuvchilar, asosan, qo&#8217;riqxona va milliy bog&#8217;larda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bog&#8217;ida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qo&#8217;riqxonasida Kafr buyvollari yashaydi. O&#8217;rmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. M.da ba-Nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor. Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, Tsonga, Malavi, shona)dan iborat. M.ning shim. qismida Sharqiy bantu xalqlari, Jan. qismida Jan. -Sharqiy bantu xalqlari yashay- Di. Evropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til \u2014 portugal tili. Mahalliy tillardan \u2014 shim.da imakua va chinyanja, Jan.da chiShona va shangoalan tillarida ko&#8217;proq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yi- rik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula. Tarixi. M.ning eng qad. aholisi Bush- menlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik M.ga bantu tilida so&#8217;zlashuvchi qabilalar kelib o&#8217;rnashgan. Mil. 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida M. hududida Monomotap davlati vujud- ga keldi. 8-a.daarablar, 16-a. boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629 y.gi og&#8217;ir shartli bitimdan so&#8217;ng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe bo&#8217;lib qoldi. 17-18-a.larda Portugaliya mustamla- kachilari M. hududida qul savdosi b-n shug&#8217;ullandi. 1752 y.dan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi erlarida generalkapitan boshliq mustamlaka ma&#8217;- muriyati ta&#8217;sis etildi. 1909 y. Portuga- liya Jan. Afrika itti-foqi ma&#8217;muriyati b-n har yili M. mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida Konventsiya tuzdi. 1920 y. M.dan kelgan afrikalik ta- labalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti \u2014 Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik M.da Afrika assosiasi- yasi, mozambikliklar assosiasiyasi va b. tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilot- lar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925 y. transport ishchilari va do- kerlar, 1949 y. Lorensu-Markish (hoz. Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1964 y. 25 sent. da M.ni ozod qilish fronti &#8212; freli- Mo (1962 y.da tuzilgan) rahbarligida quroldi qo&#8217;zg&#8217;olon boshlandi. Portugaliya qo&#8217;shinlariga qarshi qurolli kurash ja- rayonida FRELIMO o&#8217;z armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okrugla- rida, 1968 y.dan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973 y. oxirida mamlakat hududining &#8216;\/4 qismi FRELIMO nazora- tiga o&#8217;tdi. 1974 y. 25 apr. da Portugaliya- da fashis-tlar istibdodi ag&#8217;darilgach, 1974 y. 5 sent. dan Portugaliya muvaqqat hukumati b-n FRELIMO o&#8217;rtasida mu- zokara olib borildi va 20 sent.da M.da hokimiyat muvaqqat hukumat qo&#8217;liga o&#8217;tdi. 1975 y. 25 iyunda M. rasman mustaqil davlat maqomiga ega bo&#8217;ldi. 1990 y. noyab. gacha mamlakat M. Xalq Respublikasi, so&#8217;ng M. Respublikasi deb ataldi. M.ni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy o&#8217;zgarishlarni nazarda tutgan dastur ish- lab chiqtsi va uni amalga oshirishga ki- rishdi. Biroq portugallar ko&#8217;plab ketib qolishi natijasida malakali mutaxas- sislar etishmay qoldi. Ko&#8217;pgina sanoat korxonalari to&#8217;xtadi, q.x. ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va q.x.ni rivojlantirishga in- tilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy tadbirlar o&#8217;tkazdi. An&#8217;anaviy xususiy xo&#8217;jaliklarga keng yo&#8217;l Ochil- Di. Qo&#8217;shilmaslik va barcha mamlakatlar b-n do&#8217;stlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. M. \u2014 1975 y.dan BMT a&#8217;zosi. 1991 y. 27 dek.da O&#8217;zR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami -25 iyun \u2014 Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. M.ni ozod qilish fronti (freli- Mo) partiyasi, 1962 y. 25 iyunda tuzilgan; M. milliy qarshiligi partiyasi, 1976 y.da asos solingan. M. mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983 y.da tashkil etilgan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ning ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%. Qishloq xo&#8217;jaligi. M.da er fon- Di 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yay- lov, 19,4 mln. gektari o&#8217;rmon va siyrak o&#8217;rmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar erning faqat 5-6 mln. gektari- dan foydalaniladi, qurg&#8217;oqchilik yil- larida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, er yong&#8217;oq, kungaboqar asosiy o&#8217;rin oladi. Maputu, Beyra, Nampula sh.lari atrofi- da oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va b. sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula VI- loyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori ko&#8217;proq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yong&#8217;og&#8217;i, paxta, Shaka- rqamish, kopra, tsitrus mevalar kiradi va ko&#8217;p qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham etishtiriladi. Chorvachiligi, asosan, ichki iste&#8217;- molni ta&#8217;minlaydi. Tsese pashshasi bo&#8217;lmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shu- ningdek, Manika va Sofala vilo-yatla- rining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y boqiladi. Dengizda baliq va b. suv joni- vorlari ovlanadi. Sanoati ning asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va engil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora me- tallurgiya, qurilish materi-allari sa- noati va b. Maputu va Beyra sh.larida un, araxis,kungaboqar yog&#8217;i, pivo, qand- shakar, baliq konserva, go&#8217;sht va keshyu yong&#8217;og&#8217;ini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va shar- BAT i. ch. z-Di Afrikadagi eng yirik shun- Day korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta to&#8217;qimachilik kor- xonasidan 14 tasi Maputuda joylash- gan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq f-kasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakala- da sizaldan yo&#8217;g&#8217;on va ingichka arqonlar to&#8217;qiydigan f-ka bor. Maputu poyab- zal f-kasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ish- lab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yog&#8217;ochsozlik va mebel f-kalari, tsellyulozaqog&#8217;oz k-ti mavjud. Maputudagi mashinasozlik kor- xonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, motosikl, velosiped, sovitkich yig&#8217;iladi, kabel ishlab chiqariladi, ke- malar ta&#8217;mirlanadi. Maputu, Dondo, Na- kalada tsement z-dlari bor. Toshko&#8217;mir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga o&#8217;rtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. M.ning asosiy transport yo&#8217;llari M. portlari orqali qo&#8217;shni mamlakatlar \u2014 Zimbabve, Malavi, Svazilend va JAR o&#8217;rtasida tranzit yuk tashilishini ta&#8217;- minlashga xizmat kiladi. T.y. \u2014 trans- portning eng muhim turi. Uz. 3843 km. Avtomobil yo&#8217;llari tarmog&#8217;ining uz. 39 ming km. Beyra \u2014 Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Ma- Putu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. M. chetga mayda Qisqichbaqa, ke- Shyu yong&#8217;og&#8217;i, kopra, tsitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yog&#8217;och sotadi. Chetdan mashi- na va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, is- te&#8217;mol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSh, Yaponiya, Ispa- niya. Pul birligi \u2014 metikal. Mustaqillik e&#8217;lon qilinganidan so&#8217;ng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari Ko&#8217;rildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olin- Di, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, ba&#8217;zi doridarmonlar bepul beriladigan bo&#8217;ldi; aholini qizamiq, bezgak, sil ka- salligiga karshi emlash yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Maputuda bezgak va b. yuqumli kasalli- klarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro Mar- kaz ochilgan. Maputu untining tibbiyot f-tida vrachlar tayyorlanadi. M.lik yosh &#8212; lar chet ellardagi tibbiyot oliy va o&#8217;rta o&#8217;quv yurtlarida ham ta&#8217;lim olib kela- yotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;- rifiy muassasalari. M. mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta eshdagilarga ta&#8217;lim berish milliy bo- shqarmasi tuzildi, muallimlar tayyo- rlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq ta&#8217;limi davlat ti- zimi, umumiy majburiy boshlang&#8217;ich ta&#8217;- lim joriy etildi. Hunartexnika ta&#8217;- limi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol sh.chasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. tex- nikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va b. shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. M.dagi 6 ta maxsus o&#8217;quv yurti q.x. uchun mexaniza- torlar tayyorlaydi. Mazkur o&#8217;quv yurtlari va maktablar uchun o&#8217;qituvchilar E. Mond- dane nomidagi un-tda va maxsus markaz- larda tayyorlanadi. Ko&#8217;pgina yoshlar chet ellarga borib o&#8217;qib keladi. Maputuda E. Mondlane nomidagi un- t, ped. in-ti, M. ilmiytadqiqotlar in- ti, astronomiya va meteorologiya rasad- xonasi, paxta tadqiqoti in-ti, sog&#8217;liqni saqlash in-ti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, geol. xizmati kutubxona- si, munisipal kutubxona, axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxo- nasi, Nampulada industrialped. texni- kumining kutubxonasi mavjud. 1980 y. Maputuda ishchilar uchun mamlakatda bi- rinchi ommaviy kutubxona ochildi. Mapu- tuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy san&#8217;at muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada badiiy galereya bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da bir necha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#171;Vangu- Arda&#187; (&#171;Avangard&#187;, portugal tilida chi- kadigan oylik gaz., 1989 y.dan), &#171;Diariu Di Mozambik&#187; (&#171;Mozambik kundalik ga- zetasi&#187;, portugal tilida chikadigan gaz., 1981 y.dan), &#171;domin-gu&#187; (&#171;yakshanba&#187;, portugal tilida chikadigan yakshanbalik gaz., 1981 y.dan), &#171;Kampu&#187; (&#171;dala&#187;, por- tugal tilida chiqadigan oylik gaz., 1984 y.dan), &#171;Notisiash&#187; (&#171;Yangiliklar&#187;, por- tugal tilida chiqadigan kundalik gaz., 1926 y.dan), &#171;Tempu&#187; (&#171;vaqt&#187;, Portu- gal tilida chiqadigan oylik jur., 1970 y.dan). M. axborot agentligi hukumat axborot agentligi bo&#8217;lib, 1975 y.da tu- zilgan. M. radiosi qukumatga qarashli radiost-ya, 1975 y.da asos solingan. M. televideniesi, hukumat xizmati, 1981 y.da tuzilgan. Adabiyoti. M. xalqlarining folklo- ri ko&#8217;p janrli va ko&#8217;p tilli bo&#8217;lishiga qaramay, kam o&#8217;rganilgan va yozma ada- biyotda to&#8217;liq ifodalanmagan. Ammo ko&#8217;pgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning ta&#8217;siri sezilib turadi. M.da madaniy va ijtimoiy o&#8217;zlik namo- yon bo&#8217;lishining ilk shakli jurnalistika bo&#8217;lgan. Jurnalistika 20-a. boshlarida portugal mustamlakachilari o&#8217;tkazayotgan ma&#8217;naviy qorishish siyosatiga qarshi no- rozilik ifodasi tarzida paydo bo&#8217;ldi. 1918 y.da asos solingan &#171;Bradu Afri- Kanu&#187; haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda bo&#8217;lib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, M. adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. M.da badiiy adabiyot Portu- gal tilida 20-a.ning 20-y.larida paydo bo&#8217;ldi, unda 2 ta \u2014 mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yo&#8217;nalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini (&#171;g&#8217;am-g&#8217;ussa kitobi&#187;), R. Di Noronya va b. mustaqillik ruhida Kito- blar yozishdi. 2jaxrn urushidan keyin M. adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrine va Noemiya Di sozning otashin she&#8217;rlari, M. dush Santushning jo&#8217;shqin publisistikasi xalqni ozod- lik kurashiga ruhlantirdi. J. Dia- shning hikoyalar to&#8217;plami \u2014 &#171;Godido&#187; qullarcha itoatgo&#8217;ylikni itqitib tash- lashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va o. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Vieyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli o&#8217;zgarib, tili so&#8217;zlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi. Me&#8217;morligi, tasviriy va amaliy san&#8217;ati. Vumba tog&#8217;i yon bag&#8217;irlaridagi suratlar M. hududidagi eng qad. Yodgor- liklardir. Ular ohularning, yalang&#8217;och va kiyimli odamlarning qizil bo&#8217;yoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. O&#8217;rta asrlardan bir qancha shaharlarda por- tugal istehkomlari (Mozambik sh.dagi qal&#8217;a, Mozambik o.dagi San-Sebash-Tyan qal&#8217;asi) qolgan. Zamonaviy me&#8217;mor A. Gu- edish loyihasi asosida qurilgan murak- kab tuzilishdagi turar joylar va jamo- at binolari (Chikumbandagi q.x. maktabi, Inyambanedagi kottej va b.) shaharlar me&#8217;moriy qiyofasiga o&#8217;ziga xoslik baxsh etgan. Odatda, M. xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yog&#8217;och va chiviqlardan, to&#8217;g&#8217;ri burchak tarhli qilib solinadi va usti- dan loy b-n suvaladi, tomi 2 tomonga Nishab qilib, o&#8217;t-o&#8217;lan b-n yopiladi. Mam- lakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, o&#8217;rtasiga ustun o&#8217;rnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba b-n yopi- ladi. Uy devorlariga ko&#8217;pincha rangba- rang bo&#8217;yoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-a.ning 2-yarmi- da shaharlarda evropacha imoratlar kuri- la boshladi. Amaliy va tasviriy san&#8217;ati- da yog&#8217;ochdan erkak va ayollarning, bola ko&#8217;targan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bor- don to&#8217;qish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat bo&#8217;lgan. Oshqovoq po&#8217;stlog&#8217;idan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va bo&#8217;rtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar o&#8217;ymakorligi urf bo&#8217;lgan. 19-a.ning 40-y. laridan milliy rangtasvir maktabi Vu- judga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-y.larda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga etdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissa- nu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va b.). Musiqasi. M. musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, to&#8217;ytomoshalar, chaqaloq tug&#8217;ilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz o&#8217;tmaydi. Qo&#8217;shiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asbo- blar xilma-xil bo&#8217;lsa ham, ammo ksi- lofon asosiy o&#8217;rinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllar- da do&#8217;mbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qo&#8217;ng&#8217;iroqlar katta o&#8217;rin tutadi. Puflama cholg&#8217;ular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yog&#8217;och hushtaklar, burg&#8217;ular, tilcha- li-klavishli chol-g&#8217;ulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, g&#8217;ijjakka o&#8217;xshagan takare, Rebeka va b., ko&#8217;p torli tsitra (bangue, Pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi bo&#8217;lsa, qo&#8217;shiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). M.da an&#8217;anaviy musiqa b-n bir qatorda Arab va portugal musiqiy mada- niyati ta&#8217;siridagi qo&#8217;shiq va raqslar ham paydo bo&#8217;ldi. Musiqa san&#8217;atini targ&#8217;ib qilish uchun Milliy qo&#8217;shiq ansambli tu- zilgan. Kinosi. Dastlabki hujjatli lenta- lar: &#171;Nachingvea&#187; (1974) va &#171;Rovumdan Maputugacha&#187; (1975)da milliy ozodlik kurashidagi g&#8217;alabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, tur- mushdagi poklik va ozodlik mavzula- ri ham aks etgan. 1975 y.da tuzilgan Milliy kino in-ti filmlar i.ch. va prokat qilish, kino axborot tarqatish va b. mamlakatlar b-n kino ayirbosh- lash b-n shug&#8217;ullanadi. &#171;Yigirma besh&#187; (1977, rej. Z.S. Korrea va S. Lukash), &#171;Mustaqillik yili&#187; (1978, rej. F. Sil- va), &#171;Leopold&#187; operasiyasi&#187; (1980, rej. K. Di Soza), &#171;ozod ovozlar&#187; (1981, rej. J. Koshta) salmoqli filmlar jumla- siga kiradi. &#171;Mueda: qirg&#8217;inbarot xoti- ralari&#187; (1980, rej. R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film &#171;Kuyla, biroda- Rim&#187; (1982) milliy musiqiy festival- larga bag&#8217;ishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mozambik (Mocambique), mo- zambik Respublikasi (Republica de Mozambique) \u2014 Afrikaning Jan,- Sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Maputu sh. Ma&#8217;- muriy jihatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mozambik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116907","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116907","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116907"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116907\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116927,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116907\/revisions\/116927"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116907"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116907"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116907"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}