{"id":116908,"date":"2024-05-08T18:25:27","date_gmt":"2024-05-08T15:25:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116908"},"modified":"2024-05-08T18:25:32","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:32","slug":"misr-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/misr-2\/","title":{"rendered":"Misr"},"content":{"rendered":"\n<p>Misr, Misr Arab Respublikasi (Jumhuriya Misr al-Arabiya) \u2014 Afrika- ning shim.-sharqi va qisman Osiyo (Sinay ya.o)da joylashgan davlat. Mayd. 1001,4 ming km2. Aholisi 69,5 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Qohira sh. Ma&#8217;mu- riy jihatdan 27 muhofazaga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1971 i. II sent. dagi referendumda ma&#8217;qullangan, key- inchalik unga o&#8217;zgartirishlar kiritil- gan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1981 y.dan Muhammad Husniy muborak). Va-kolat muddati \u2014 6 y. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; u bosh vazir va hukumat a&#8217;zola- rini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi. Tabiati. M. hududining deyar- li xdmmasi cho&#8217;l zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5% (35 ming km2) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga to&#8217;g&#8217;ri ke- ladi. Relefi va geologik tuzilishi jihatidan M. hududi shartli ravishda to&#8217;rt zonaga bo&#8217;linadi: 1) Liviya cho&#8217;li; 2) Arabiston cho&#8217;li; 3) Sinay ya.o.; 4) Nil da- ryosi vodiysi va deltasi. Relefi, aso- san, tekislik; qizil dengizga yaqin erlar tog&#8217;likdir. Liviya cho&#8217;li platosining ba- landligi shim.da 100 m, Jan.da 600 m, Jan. garbda 1000 m gacha bo&#8217;lib, er yuzasi qum va Toshloq. Arabiston cho&#8217;li yassitog&#8217;ligi Sharqda 700 m gacha ko&#8217;tarilgan, bu erda bal. 2000 m gacha bo&#8217;lgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100\u2014 200 m. Yassitog&#8217;lik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (M. chegarasida) Jan.da 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Si- nay ya.o.ning u, qismini at-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning Jan.da bal. 2641 m gacha bo&#8217;lgan tog&#8217;lar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganes, mis, rux, qo&#8217;rg&#8217;oshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Si- nay ya.o.da kumir konlari mavjud. Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik Konti-nen- tal cho&#8217;l iqlimi, yog&#8217;in ahyon-ahyondagina yog&#8217;adi. Haroratning sutkalik farqi kat- ta. Mac, cho&#8217;dda kunduzi t-ra 50\u00b0 bo&#8217;lsa, kechasi 0\u00b0. O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yida subtro- pik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryog&#8217;in. Eng issiq oylari (iyul\u2014avg.) ning o&#8217;rtacha t-rasi Iskandariyada 25\u00b0, Qohirada 27\u00b0, Asvonda 33\u00b0. Eng salqin oylari (yanv.\u2014 Fev.)ning t-rasi Iskan- dariyada 14\u00b0, Qohirada 12\u00b0, Asvonda 16\u00b0. Apr. va may oylarida 50 kungacha cho&#8217;l sha- moli (xasmin) esib turadi. O&#8217;rtacha yil- lik yog&#8217;in Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yog&#8217;in aksari qisqa muddatli jala bo&#8217;lib yog&#8217;adi. Mamlakatdan birgina Nil daryosi o&#8217;tadi. Uning suvi to&#8217;g&#8217;onlar b-n tartibga solingan. Baland Asvon to&#8217;g&#8217;oni qurilgach, mamlakat Jan.da Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda si- zot suvlardan keng foydalaniladi. May- da ko&#8217;l ko&#8217;p. Nil deltasida kanallardan sug&#8217;orishda foydalaniladi. Ayrim ka- nallarda kema katnaydi. Jan.dan shim.ga tomon dastlab sariq- qo&#8217;ng&#8217;ir cho&#8217;l tuprog&#8217;i, so&#8217;ngra bo&#8217;z tuproq (arablar bodiya \u2014 &#171;cho&#8217;l&#187; tuprog&#8217;i dey- ishadi), taqir bo&#8217;z tuproq, sho&#8217;rxoklar, Nilning Delta qismi \u2014 botqoq tuproq. Mamlakatning g&#8217;arbiy qismida ko&#8217;chma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasi- ning tuprog&#8217;i juda unumdor. M. hududining katta qismi suvsiz va o&#8217;simliksiz cho&#8217;llardir. Kserofit va li- shayniklar, qisman daraxtsimon usim- liklar, Liviya chulining shim.da qishda efemerlar o&#8217;sadi. Ko&#8217;proq butasimon va ut o&#8217;simliklar tarqalgan. Nil vodiysi- da, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. O&#8217;rta dengiz sohillarida chalov, cho&#8217;l piyo- zi, na&#8217;matak, yantoq va b. bor. Hayvonlardan sudraluvchilar, jumla- dan, kaltakesak ko&#8217;p. Chullarda chiya-bo&#8217;ri, tulki, sirtlon va b. hayvonlar uchraydi. Nil bo&#8217;yida g&#8217;oz, oqqur, o&#8217;rdak, shuning- dek, yirtqich qushlar bor. Aholisining 98% misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (Qibt)lar (mahalliy xristianlar) M.ning tub aholisi bo&#8217;lib, mamlakatga kelgan ara- blar b-n aralashib ketgan qad. misrli- klarning avlodlaridir. Greklar, arman- lar, italyanlar, inglizlar, frantsuzlar ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 Arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gapla- shadi. Aholi, asosan, Islom dinining sunniylik yo&#8217;nalishida; xristianlar 10% ni tashkil etadi. Aholining 43,9% shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoi- liya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, daman- xur, Al-Mahallat-ul-Kubro. Tarixi. M. \u2014 insoniyat tamadsuni (tsivilizasiyasi)ning ilk makonlaridan biri (q. Misr, Qadimgi Misr). 3\u2014 4-a. larda M. Rim imperiyasi tarkibiga kir- gan. Rim imperiyasi emirilgach (395), VI- zantiyaning bir viloyati bo&#8217;lib qoldi.7-a. boshlarida butun M. aholisi Vizantiya- ning rasmiy pravo-slav cherkoviga qarshi bo&#8217;lgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (Qibt) tilida so&#8217;zlashar edi. Shu davrda M.ni sosoniylar, 639-642 y.larda esa arablar bosib oldi va mamlakatda Islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tulu- niylar (868 \u2014 905), abbosiylar (905\u2014 935), ixshidiylar (935-969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969-1171 )da Falastin, Shom (Suriya) va G&#8217;arbiy Arabiston M.ga qaram bo&#8217;lgan. 1113 y. salib yurishi qatnashchilari M.ga bostirib kirdi. Shim. Suriya va Irokdagi Saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146-74) salibchi- larga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160-71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 y. ayyubiylar- sulolasi (1171 -1250) ning asoschisi Salohiddin taxtga chikdi. 1174 y. esa u Sulton nomini oldi. 1187 y. Suriya va M. harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin b-n Suriyani ulardan ozod qildi. M.da 13- a. yarmigacha Ayyubiylar, 14-15-a.larda mamluklar hukmronlik qildi. 1517 y. turk sultoni Salim I M.ni egallab, uni Usmonli turk davlati tar- kibiga qo&#8217;shib oldi. 18-a. 2-yarmidan US- monli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan so&#8217;ng taxt uchun kurash ku- chaydi. 18-a. oxiri \u2014 19-a. boshlarida Frantsiya va Angliya M.ni bosib olishga harakat qildilar. 1798 y. M.ni Napole- on armiyasi egalladi. 1801 y. da in-gliz floti frantsuz floti ustidan g&#8217;alabaga erishdi. 1805 y. da hokimnyat Muhammad Ali Posho qo&#8217;liga o&#8217;tdi. Muhammad Ali M.ni kuchli, mustaqil davlatga aylan- tirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi bo&#8217;lgan q.x.ni rivojlantirdi. Bu davrda birinchi mo- vut, to&#8217;qimachilik f-kalari, Metallur- giya, qand, oyna z-dlari qurildi. Evropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar G&#8217;arb davlatlariga o&#8217;qishga yuborildi. Frantsuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar bo&#8217;lar edi). Muhammad Ali Su- riya, Falastin va Arabiston ya.o.ning bir kismini bosib oldi (1831-33). Turkiya- ga qaramlikdan qutulish uchun 1831 y.da unga qarshi urush ochib, turk armiyasini mag&#8217;lubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-M. urushi (1839-40)ga aralashuvi natijasida M. armiyasi en- gildi. Bundan tashqari, Angliya 1838 y.gi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlar- ni M.ga maj-Buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari ko&#8217;plab kirib kelishiga yo&#8217;l ochib berdi. Su- vaysh kanali ishga tushirilishi (1869) b-n Angliya va Frantsiya M.da zo&#8217;r berib o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatishga urindi. 1882 y. inglizlar armiyasi M.ni egallab oldi va xalq qo&#8217;zg&#8217;olonini sha-fqatsiz bo- stirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi o&#8217;rnatildi. Inglizlar bank va moliya ish- larini, irrigasiya qurilishlari, aloqa yo&#8217;llarini o&#8217;z qo&#8217;llariga oldi. M. faqat paxta etishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-a. boshlarida Mustafo ko- mil (1874\u2014 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mu- stamlakachilar xalq harakatini bostir- dilar. 1914 y.da M.da Britaniya protek- torati o&#8217;rnatildi. 1918 y.da Zag&#8217;lul Sa&#8217;d boshchiligi- da &#171;Misr delegasiyasi&#187; (keyinchalik &#171;Vafd&#187;) partiyasi tuzildi. Bu par- tiya 1919-1924 y.larda inglizlarga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, M. mustaqil podshoxlik deb e&#8217;lon qilindi (1922). 1923 y. M. Konstitusiyasi Kabul etildi. Bu Konstitusiya parlament tu- zishni nazarda tutdi. U ayrim erkin- liklar \u2014 siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu b-n birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari mud- datini surish, vazirlarni tayinlash va bo&#8217;shatish huquqini ham berdi. Shunday bo&#8217;lsada, Angliya M.da o&#8217;z mavqeini, ya&#8217;ni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament say- lovida &#171;Vafd&#187; partiyasi g&#8217;alabaga erish- Di va Zag&#8217;lul Sa&#8217;d boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda mil- liy ozodlik kurashi to&#8217;xtamadi. 1936 y. Angliya b-n M. o&#8217;rtasida shart- noma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, in- glizlar M.ni bosib olishni to&#8217;xtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va ar- miya sakdash huquqini oldilar. 2-jahon urushi davrida M. Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari o&#8217;rtasidagi jang may- doniga aylandi. Urushdan keyin M.da milliy ozodlik harakati yanada kuchay- Di. Arab-Isroil urushi davri (1948\u2014 49)da mamlakatda reaktsiya avj oldi, so&#8217;l vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936 y. gi Angliya-M. shar- tnomasini bekor qilish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya M.ga qarshi agressiya uyushtirdi. M. xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan uru- shini boshladi. 1952 y. 23 iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi &#171;Zubbot al- Ahror&#187; (&#171;ozod zobitlar&#187;) uyushmasi ar- miyaga tayanib, davlat to&#8217;ntarishi o&#8217;tkazdi. Davlat hokimiyati inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga o&#8217;tdi. General M. Na- JIB kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga No- sir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot o&#8217;tkazib, fallohlarni er b-n ta&#8217;minladi, mamlakatni industrlashti- rish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953 y. 23 iyunda M. respublika deb e&#8217;lon qilindi. 1953 y. o&#8217;rtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim \u2014 Najib boshchili- gidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo bo&#8217;ldi. Zidtsiyat ke- skinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir bo&#8217;lib qoldi (1954). Angliya &#8212; M. shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956 y. 18 iyunda oxirgi ingliz askari M.dan chiqib ketdi. M.ning siyosiy suverenite- ti tiklandi. 1956 y. 23 iyunda M. Respublikasi- ning Konstitusiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib say- landi. Prezident Suvaysh kanali kompa- niyasi davlat ixtiyoriga olinganligini e&#8217;lon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablag&#8217;b-n ta&#8217;min- lashning muxim manbai qo&#8217;lga kiritil- Di. Shundan keyin M.ga qarshi Angliya\u2014 Frantsiya \u2014Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;aldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi b-n ingliz, frantsuz (1956 y. dek.) xamda is- roil (1957 y. mart) armiyasi M.dan chiqib ketishga majbur bo&#8217;ldi. 1958 y. 1 Fev.da M. va Suriya hukumatlarining o&#8217;zaro kelishuvi na- tijasida yangi unitar (Birlashgan) dav- lat \u2014 Birlashgan Arab Respublikasi (Bar) tuzildi. Suriyada 1961 y. 28 sent. da davlat to&#8217;ntarishi o&#8217;tkazilib, Suriya Bar tarkibidan chikdi. M. Bar nomini saqlab qoldi. 1971 y. sent.dan bar M. Arab Respublikasi deb nomlandi. 1963 y.da J.A.Nosir rahbarligida Arab sosialistik Ittifoqi (asi) tu- zildi. Asi 1952 y. iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni o&#8217;zining asosiy burchi deb bildi. 1964 y. 23 martda yangi muvaqqat Konstitusiya qabul qilindi. Konstitusiyaga muvofiq, hamma korxo- nalar xalqniki deb hisoblandi. Shu b-n birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir Pre- zidentligi davrida muhim ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar o&#8217;tkazildi. Ban- klar, ko&#8217;pgina yirik va o&#8217;rta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxona- lar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi. 1967 y. bahoridaYaqin Sharqdagi mo- jaro keskinlashdi. 5-10 iyun kunla- ri Isroil qo&#8217;shinlari Sinay ya.o.ni bo- sib olib, Suvaysh kanalining Sharqiy sohiliga etib keldi. Xalqaro jamoat- chilik va avvalo BMT xavfsizlik Ken- gashining talabi b-n urush harakatlari to&#8217;xtatildi. Ammo urush natijasida M.ning iqtisodiyotiga katta talafot etdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zo- nasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975 y.gacha to&#8217;xtab qoldi. 1968 y. 30 martda J.A.Nosir Isro- il tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2 may umumxalq referendumi bu dasturni ma&#8217;qulladi. 1970 y. 28 sent.da J.A.Nosir vafot etdi. O&#8217;sha yil 15 okt.da A. Sadat Pre- zident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini ku- chaytirish va faollashtirish, mamlakat- da ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo iste&#8217;mol mollari xamda xizmat- lar hajmini oshirish, xorijiy inve- stisiyalarni jalb etish yo&#8217;lini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967 y. &#171;olti kunlik&#187; urushda Isroil tomoni- dan bosib olingan M. erlarini (Sinay ya.o.ni) qaytarib olish muammosi hal bo&#8217;lmay qolayotgan edi. 1973 y. okt.da M. armiyasi Suvaysh kanalidan o&#8217;tib, uning Sharqiy sohiliga tushdi. Urush nati- jasida muammoni hal etishning iloji bo&#8217;lmagach, o&#8217;t ochish to&#8217;xtatildi va 1974 y.da qo&#8217;shinlarni bir-biridan yiro- klashtirish haqida bitim imzolandi. 1979 y.da Kemp-Devid (AQSh)da tuzil- gan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan erlarni M.ga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa Arab davlatlari qarshi chikdi va M.ni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981 y. 6 okt.da A. Sadat diniy tashkilot a&#8217;zolari to- monidan o&#8217;ldirildi va o&#8217;sha yil 13 okt. da Husniy muborak prezident etib say- landi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vazi- yatni, xalq noroziligini yumshatish tad- birlarini ko&#8217;rdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sog&#8217;lomlashtirish yo&#8217;lida katta qadamlar qo&#8217;ydi. I.ch. tarmoqlarini jadal rivoj- lantirish orq-Ali iqtisodiyotdagi nomu- tanosiblikni bartaraf etish yo&#8217;li tu- tiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor mu- nosabatlarini shakllantirish yo&#8217;lidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshiril- Di. Xalqaro maydonda og&#8217;ir-vazmin va ep- chil siyosat o&#8217;tkazila boshladi. Jumladan, Qo&#8217;shilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-tsiyasi tash- kiloti b-n hamkorlik FA-ollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini da- vom ettirish, Arab-Isroil mojarosini bartaraf qilish M. tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qo&#8217;yildi. 1989 y.da M.ning Arab davlatlari uyushmasi- ga a&#8217;zoligi tiklandi. M. \u2014 1945 y. dan BMTa&#8217;zosi. O&#8217;zrsuverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 23 yanv. da diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 23 iyul \u2014 inqilob kuni (1952). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy demokratik partiya, 1978 y.da tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (so&#8217;l) partiya, 1976-77 y.larda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 y.da asos solin- gan; liberallar partiyasi, 1976-77 y.larda tashkil etilgan, 1990 y. yanv. gacha Liberalso-tsialistik partiya deb atalgan; &#171;Al-Vafd&#187; partiyasi, 1978 y.da tuzilgan; &#171;Al-Umma&#187; (&#171;millat&#187;) parti- yasi, 1983 y.dan oshkora faoliyat yurita boshlagan. M. mexnat federasiyasi kasaba uyushmasi, 1957 y.da asos solingan, Af- Rika kasaba uyushmalari birligi tashki- lotiga kiradi. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 agrar-Industri- al mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan to&#8217;qilgan gazlamalarni ko&#8217;p mikdorda etkazib beradi. 70-y.lar oxiri \u201480-y. lar boshlarida neft qazib olish va eks- port qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga ko&#8217;maklashuvchi tarmoqlarni rivojlan- tirishga e&#8217;tibor kuchaydi. 90-y.larning o&#8217;rtalarida yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 28,5%, q.x. ulushi 20% ga etdi. Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskanda- riyada neftni qayta ishlovchi, avtomo- bil shinalari ishlab chiqaruvchi z-dlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 y.dan beri 1000 dan ortiq yangi sa- noat ob&#8217;ektlari ishga tushirildi. Sa- noat korxonalari, asosan, Qohira, is- kandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 y.da Qohira yaqinida qurilgan Hulvon me- tallurgiya z-Di mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu z-D Asvon yaqinidan qazib olingan si- fatli temir (40-60%) rudasi asosida ishlaydi. Asvon sh.da yiliga 300 ming t po&#8217;lat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr ka- bellari z-Di va metall buyumlar ishlab chiqarish f-kasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, po&#8217;lat quvurlar z-dlari, is- kandariyada to&#8217;qimachilik sanoati usku- nalari z-Di, Qohirada velosiped va televizor z-dlari, Port-Fuod, Iskanda- riyada kemasozlik korxonalari, keying yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stano- klari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta sh.lari neftni qayta ishlash markazlari- dir. Kime sanoati faqat mineral o&#8217;g&#8217;it i.ch.dan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuza&#8217;- baldagi z-dlar yiliga 200 ming t super- fosfat i.ch. quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan z-D mavjud. Abuza&#8217;balda qurilgan antibio- tiklar z-Di farmasevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmasevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kaltsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda z-dlari, Xulvonda kokskimyo z-Di bor. Qurilish ashyolari sa- noati korxonalari Hulvon, Al-Ma&#8217;sara, Al-tur va Iskandariya atroflarida bo&#8217;lib, asosan, tsement ishlab chiqaradi. Yirik to&#8217;qimachilik korxonalari Al- Mahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat sh.laridadir. Oziq-ovqat sanoati q.x. mahsulotini qayta ishlay- Di. Armant, ko&#8217;m-Umbo&#8217;, Adfu sh.larida yirik qand z-dlari bor. Asvon gidroe- nergetika majmuiga kiruvchi elektr st- yalar va yoqilg&#8217;i b-n ishlaydigan elektr st- yalar yiliga o&#8217;rtacha 525 mlrd. kvtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi. Qishloq xo&#8217;jaligining etakchi tarmog&#8217;i \u2014 dehqonchilik. Q.x., asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlan- gan, bu erda 3 mln. gektarga yaqin (mam- lakat hududining 3%) maydonda yiliga 2 marta, Asvon to&#8217;g&#8217;oni qurilgandan beri 3 marta (qishda ham) ekin ekib, hosil oli- nadi. Birinchi navbatda ko&#8217;proq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash bo&#8217;yicha dunyoda 1-o&#8217;rin) rivojlangan. Bundan tashqari, bug&#8217;doy, arpa, makkajo&#8217;xori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Tsitrus meva- lar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shim.da etishtiriladi. Tabiiy yaylov va em-xashak kamli- gi sababli chorvachilik durust rivoj- lanmagan. O&#8217;troq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qo&#8217;y, echki va xonaki parranda, ko&#8217;chmanchilar esa tuya, qo&#8217;y va echki boqadi. Asal-ari- chilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki ko&#8217;llarda, shuningdek, O&#8217;rta dengizda baliq ovlanadi. Transporti. Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85%) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10% t.y.larga, 5% chasi suv transportiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Avtomobil yo&#8217;llari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistral- lari: Qohira \u2014 Iskandariya, Iskandariya \u2014 Marso Matruh, Qohira \u2014 Suvaysh, Suvaysh \u2014 Port-Said, Qoqira \u2014 al- G&#8217;ardaqa, Qohira \u2014 Asyut. T.y. uzunligi \u2014 8,8 ming km. Asosiy t.y. magistralla- ri: Qohira \u2014 Asvon, Qohira \u2014 Iskan- Dariya, Qohira \u2014 Suvaysh, Port-Said \u2014 Ismoiliya. Nil va magistral kanallar- dagi kema qatnovi yo&#8217;llari uz. \u2014 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji \u2014 1,68 mln. tonna dedveyt. Tashqi savdo yuklari, asosan, xori- jiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti \u2014 is- kandariya (O&#8217;rta dengizda), boshqa yirik portlari \u2014 Port-Said va Suvaysh (Su- vaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safa- ga (qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor. M. chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyumi- niy va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va b. oziq-ovqat maxsu- lotlari, tsement, metall, yog&#8217;och va b. ola- Di. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh. Chet el say-yohligi anchagina da- romad keltiradi. Pul birligi \u2014 Misr funti. Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sog&#8217;liqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sog&#8217;liqni saqlash Depar- tamentlari bor. Mamlakatda bepul tib- biy xizmat yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Xususiy shi- foxonalar ham bor. Vrachlar un-tlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta Far- masevtika f-tida, shuningdek, chet ellar- da tayyorlanadi. O&#8217;rta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Un-tlarning tibbiyot f-tlarida i.t.lar o&#8217;tkaziladi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. M.ni 7-a.da arablar istilo qilganidan keyin Islom diniy maktablari ko&#8217;plab ochila boshladi. 10-a. da al-Azhar musulmon untiga asos so- lindi. Dastlabki dunyoviy o&#8217;quv yurtlari 19-a. 2-yarmida paydo bo&#8217;ldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etil- Di. 4 y.lik boshlang&#8217;ich maktab eng ko&#8217;p tarqalgan o&#8217;quv yurti edi. .1952 y.dan keyin boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta maktab isloh qilindi. 1956 y.da barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy be- pul boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962 y.gi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy o&#8217;quv yur- tigacha bo&#8217;lgan barcha davlat o&#8217;quv yurtla- rida bepul ta&#8217;limni joriy etdi. Endi- likda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 y.lik boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim, so&#8217;ngra 3 y.lik to&#8217;liqsiz tayyorlov maktabi, 3 y.lik to&#8217;liq o&#8217;rta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega bo&#8217;lgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari, shuningdek, 5 y.lik texni- ka maktablarida olib boriladi. Oliy ta&#8217;lim tizimiga un-t, in-t va 4 y.lik kollejlar kiradi. To&#8217;liqsiz oliy ma&#8217;lumot beradigan 2 y.lik texnika in- tlari xam bor. Mamlakatdagi 14 ta un- tning eng yiriklari: K,Ohira, Ayn ush- Shams, Iskandariya un-tlari, Qohiradagi Amerika unti, Al-Azhar unti. Eng yirik in-tlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika in-tlari, Asvondagi indu- strial in-t va b. Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), M. in-tining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy Majlis kutubxonasi (1924), Qohira unti kutubxonasi (1908), Iskandariya unti kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon unti kutubxonasi, Iskandariyadagi Mu- nisipal kutubxona (1892). Yirik muzeylari: Islom san&#8217;ati mu &#8212; zeyi (1882), geol. muzeyi (1899), M. mu- zeyi, zamonaviy san&#8217;at muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), T.y. muzeyi (1933), Harbiy muzey \u2014 hammasi Qoxirada, is- kandariyadagi yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892). Ilmiy muassasalari: Qohiradagi M. in-ti (1798), I.t. va texnologiya aka- demiyasi (1971, tarkibida i.t. markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya Markaziy tadqiqot in-ti, Okeanogra- fiya va baliq i.t. in-ti, Astronomiya in- ti, neft tadqiqot in-ti, axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mav- jud). Qohirada Ped. tadqiqotlari mil- liy markazi, al-Jizada Arab tili aka- demiyasi, q.x. tadqiqot markazi va b. bor. Matbuoti, teleko&#8217;rsatuvi va radio- eshittirishi. M.da vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: &#171;Al- aqrom&#187; (&#171;ehrom&#187;, kundalik gaz., 1875 y.dan), &#171;Al-Axbor&#187; (&#171;xabarlar&#187;, kun- dalik gaz., 1944 y.dan), &#171;Al-jumhuriya&#187; (&#171;Respublika&#187;, kundalik gaz., 1953 y.dan), &#171;Al-aholi&#187; (kundalik gaz., 1978 y.dan), &#171;Axbor al-Yaum&#187; (&#171;kun yangili- klari&#187;, kundalik gaz., 1944 y.dan). &#171;Al- Ahror&#187; (&#171;liberallar&#187;, haftalik gaz., 1977 y.dan), &#171;Al-Vafd&#187; (&#171;delegasiya&#187;, haftalik gaz., 1984 y.dan), &#171;Axer Saa&#187; (&#171;So&#8217;nggi soatda&#187;, haftalik jur., 1934 y.dan), &#171;Alka-vakib&#187; (&#171;Yulduzlar&#187;, haftalik jur., 1952 y.dan), &#171;oktobr&#187; (&#171;Oktyabr&#187;, oylik jur., 1976 y.dan) \u2014 hammasi Arab tilida; &#171;jurnal D&#8217;Ejipt&#187; (&#171;Misr gazetasi&#187;, frantsuz tilida chikadigan kundalik xususiy gaz., 1936 y.dan), &#171;Ijipshn gazett&#187; (&#171;Misr gazetasi&#187;, ingliz tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1880 y.dan), &#171;Ijipshn meyl&#187; (&#171;Misr pochtasi&#187;, ingliz tilida chikadi- gan gaz., 1910 y.dan) va b. Yaqin Sharq ax- borot agentligi (mena), M.ning rasmiy axborot agentligi, 1955 y.datuzilgan. M. radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv uyush- masi 1928 y.da tashkil etilgan. Adabiyoti eng qad. Adabiyotlardan bo&#8217;lib, mil. AV. 3ming yillikda paydo bo&#8217;lgan. Qad. M. va Qibt adabiyoti ri- vojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qo&#8217;shiklar kabi adabiy yodgorliklarning ko&#8217;pgina namunasi shoxlar sag&#8217;analari devorlariga yozib qoldirilgan. O&#8217;rta va yangi shoxlik (mil. AV. 16-11-a.lar) papiruslarida yozilgan ko&#8217;pgina rivoyat- lar saqlangan. Ularning mu-alliflari ma&#8217;lum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, ma- sal, epos, ishqiy lirika kabilar. Mil. 7-15-a.larda Arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi M. adabiyoti turklar hukmronligi (16-18-a.lar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-a. boshla- ridan M. adabiyoti Evropa mustamlaka- chilariga qarshi kurash ta&#8217;sirida Arab tilida rivojlandi. 19-a.ning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosaba- ti b-n M.da dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birin- chi Arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi ma&#8217;rifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning za- rurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837-1904) o&#8217;z she&#8217;rlari- da ingliz mustabidlariga qarshi kura- shishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 \u2014 1932) va &#171;shoirlar amiri&#187; Ahmad Shavqiy (1869-1932) ham o&#8217;z asarlari- da inglizlar hukmronligiga qarshi ku- rashni tasvirladi. Yangi M. adabiyoti va publisistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874\u2014 1908) ham o&#8217;sha davrning yirik ma&#8217;rifatparvaridir. 1919-24 y.larda M. xalqining inglizlarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-y.lar M. adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy o&#8217;rinni egalladi. Uning asoschisi &#171;Shayx Juma va boshqa hikoyalar&#187; nomli ilk novellalar to&#8217;plami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adi- blar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks et- tiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik g&#8217;oyalariga sodiq qoldilar. 20-y.larda M. adabiyotida maishiy mavzudagi drama- lar ham paydo bo&#8217;ddi. M. Tay-Murning &#171;Halokat&#187;, Farax Antuanning &#171;yangi va ko&#8217;hna Misr&#187;, Antuan Yazbekning &#171;uyda bo&#8217;ron&#187; va &#171;Qurbon&#187; pesalarida zamo- naviy mavzular o&#8217;z ifodasini topgan. 20-30-y.larda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. M. adabiyoti tarixiga oid &#171;Kleopatraning o&#8217;limi&#187;, &#171;Antara&#187; kabi she&#8217;riy t-ragediyalar yaratdi. 30-y.larda she&#8217;riyat taraqqiyotida &#171;Apolo&#187; (&#171;Apol- lon&#187;) to&#8217;garagi muhim rolo&#8217;ynadi. M. adabiyoti 2-jahon urushidan keying yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr ada- biyotida demokratik g&#8217;oyalarni Kuyla- gan bir qancha iste&#8217;dodli yoshlar paydo bo&#8217;ldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui bo&#8217;ldi. 40\u2014 50-y.lar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ash- Sharkaviy ijodi asosiy o&#8217;rinni egal- laydi. Hamisiyning &#171;qonli ko&#8217;ylak&#187;, &#171;Qotmagan qon&#187;, &#171;biz o&#8217;lmaymiz&#187; va shar- kaviyning &#171;bayroq&#187;, &#171;Markaziy ko&#8217;cha ortidan&#187; kabi to&#8217;plamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xud- Di shu mavzu romantik ruxda Yusuf as- Siboyining &#171;Yuragimni qaytarib ber&#187; va Ishoq Abdul Quddusning &#171;o&#8217;yimizda erkak bor&#187; asarlarida o&#8217;z ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan so&#8217;nggi davr haqida yirik asar- lar yaratdi. &#171;Ovloqko&#8217;chalar&#187;, &#171;Ibtido va in-tiho&#187; nomli romanlari va &#171;Bayn al-Qasrayn&#187;, &#171;As-Sukkariya&#187; trilogiya- si adibga Shuhrat keltirdi. U 50-y.larda tanqidiy realizm an&#8217;analarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi &#171;kuzgi be- danalar&#187;, &#171;yo&#8217;l&#187;, &#171;gado&#187; kabi romanlar yozdi. M. jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yo&#8217;nalishdir. 60-90-y.lar adabiyotning dolzarb mavzu- dagi asarlari orasida al-Hitaniyning &#171;Za&#8217;faron&#187; ko&#8217;chasidagi hangomalar&#187;, al-Kuayidning &#171;Misr diyoridagi jang&#187;, &#171;Qishki tush&#187;, S Ibrohimning &#171;avgust yulduzi&#187; romanlari bor. Me&#8217;morligi. M. qad. me&#8217;moriy yod- gorliklarga boy mamlakat. 4 ming yil- lik rivojlanish davrini o&#8217;z ichiga oluvchi qad. M. me&#8217;morligida ehrom, maqbaralarning Nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon san&#8217;atining noyob namunalaridir. Yunon &#8212; Rim davri (mil. 300 y.)da qad. me&#8217;moriy an&#8217;analar b-n yonma-yon yangi me&#8217;moriy obidalar yuza- ga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, So&#8217;hoj sahrolaridagi Mona- stirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelishi natijasida musulmon me&#8217;mor- ligining rivojlanishiga asos solin- Di. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qal&#8217;alar shahar me&#8217;morli- gining asosiy unsurlari bo&#8217;lib qoldi. Nilning Sharqiy qirg&#8217;og&#8217;ida qurilgan Fustat qal&#8217;asi (640-41) arablarning M.da qurgan dastlabki me&#8217;moriy insho- otidir. 8-9-y.lardayoq to&#8217;g&#8217;ri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar b-n o&#8217;ralgan o&#8217;ziga xos masjid binolari pay- do bo&#8217;ldi (Amir masjidi, 641 \u2014 827; Ibn Tulun masjidi, 876-79 va b.). Fo- timiylar Fustatni bosib olib, uning shim.da M.ning hoz. poytaxti \u2014 Al- Qohira (g&#8217;olib)ni qurdilar (969). Fo- timiylar (10-12-a.lar) va ayyubiylar (12-13-a.lar) davridan Qohirada ko&#8217;p masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qal&#8217;asi qolgan. Mamluklar davri (13\u2014 16-a. boshlari)da katta masjidlar, ma- drasalar qurilishi mu-him o&#8217;rin egal- ladi. Bu binolar bezagida koshinkor- lik, tosh va oyna katta o&#8217;rin oldi. 16-a. dan imoratlar, asosan, turk an&#8217;analari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qal&#8217;ada, 1630-48). 19-a. oxi- ri \u2014 20-a. boshlarida M. me&#8217;morligida qad. milliy an&#8217;analarni tiklashga inti- lish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Evropa klassisizmining ham ta&#8217;siri zo&#8217;raydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835\u2014 69) b-n yangi shaharlar: Port-Said, Su- vaysh, Ismoiliya qurildi. M.ning o&#8217;ziga xos sharoitida Evropa me&#8217;morligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi si- fatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yo&#8217;li b-ngina bordi. 20-a. boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-a.ning 30-50-y.larida M.ning ij- timoiy va madaniy hayotida oldinga sil- jish yuz berishi natijasida M. me&#8217;mor- ligida zamonaviylik asosiy o&#8217;rin egal- ladi. Iskandariya qayta qurilib, Sharqda al-Muntaz, g&#8217;arbda Ras at-din qal&#8217;alari b-n tutashdi. Oralikda istirohat bog&#8217;lari, sport klublari qurildi. M. xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy ti- klash bayrog&#8217;i ostida o&#8217;tdi. An-Naxda &#171;Uyg&#8217;onish&#187; nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va san&#8217;atga kuchli ta&#8217;- sir etdi, me&#8217;morlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi M. me&#8217;morlari o&#8217;zining yangi yo&#8217;nalishida jahrn zamo- naviy me&#8217;morligining nazariya va ama- liyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) sh.larini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-y.lar- da yangi me&#8217;morlik uchun olib borilgan kurash, asosan, g&#8217;alaba qozondi. Zamo- naviy uslubda ko&#8217;pgina jamoat binola- ri (qo-hira aeroporti, Iskandariyada &#171;Falastin&#187; mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959\u2014 62, bosh me&#8217;mor Sayd Karim), hukumat uyi, un-t shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming o&#8217;rinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda o&#8217;rta asr Arab me&#8217;mor- ligi an&#8217;analaridan ham foydalanilgan. Tasviriy san&#8217;ati. M.da qad. san&#8217;- at obidalari ko&#8217;p saqlangan (q. Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy san&#8217;-atining bizgacha etib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga man- subdir. Fustatdagi xammom devoriga chi- zilgan rasmlar, tosh, yog&#8217;och, fil Su-yagiga o&#8217;ymakorlik usulida ishlangan sozanda- lar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyura- lar, &#171;maqomot&#187; kitobiga ishlangan Su- ratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va Qibt san&#8217;- ati an&#8217;analari ta&#8217;siri seziladi. O&#8217;rta asr manzarali-amaliy san&#8217;atida kashta, to&#8217;qima yoki bosma gulli matolar, rang- barang gulli so-Pol buyumlar, tog&#8217;bil- luridan tarashlab va o&#8217;yib naqshlangan idishlar, sirkorlik b-n ishlangan shisha buyumlar, nafis o&#8217;yma va qadama anjom- lar, jimjimador yog&#8217;och mehroblar, min- barlar yasash keng urf bo&#8217;ldi. M.dagi Arab san&#8217;-atining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida o&#8217;rin oladi. 10\u2014 12-a.lar san&#8217;at asarlarining bezakla- rida odam va jonivorlar tasviri ko&#8217;p uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va o&#8217;simliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida M.da yangi tasviriy san&#8217;at vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi evropalik ustalar tajribasi va san&#8217;- atini o&#8217;zlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati ta&#8217;sirida qad. va o&#8217;rta asr milliy badiiy an&#8217;analari- ni qayta tiklash muddaosi b-n izoxla- nadi. Zamonaviy M. san&#8217;ati nisbatan yosh. Ilk davrda u G&#8217;arb modern oqimlari ta&#8217;sirida bo&#8217;lsada, tezlikda milliy an&#8217;analar va qad. merosni o&#8217;rganishga kirishdi. Yangi san&#8217;-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-a.ning 20-30-y.larida gul- lash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-y.larda yangi davr san&#8217;atining Yi- rik vakili Muhammad Nag&#8217;i qo&#8217;shildi. Ularning ijodi o&#8217;z xalqining qad. ba- diiy madaniyatiga intilishi, insonpar- varligi va xalqparvarligi b-n ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan &#171;Uyg&#8217;onayotgan Misr&#187; monumenti keng Shuhrat qozongan. Nag&#8217;ining &#171;Efiopiya hayotidan parcha&#187;, &#171;Pardoz&#187;, &#171;Qohiradagi ko&#8217;prik&#187; va b. asarlari mashhur. 1952 y. gi inqilob yosh realist rassomlar: man- zarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va b.ning ijo- diga keng yo&#8217;l ochdi. 50-a.lar rassomligi- da bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sag&#8217;inning &#171;ozod- lik&#187;, &#171;tinchlik g&#8217;alabasi&#187;, &#171;Afrikaning uyg&#8217;onishi&#187; kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq g&#8217;alabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan M. Muso, A. Usmo- niy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkof- lar milliy mavzuni ifodalashning re- alistik usullariga murojaat etadilar. Ba&#8217;zi yosh rassomlar G&#8217;arbdagi eng yangi modernistik oqimlar yo&#8217;lidan borishga intiladi. An&#8217;anaviy manzarali-ama- liy san&#8217;at turlari, suyak, yog&#8217;och, metal o&#8217;ymakorligi, zargarlik, to&#8217;quvchilik, ku- lollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, izzat, al-Buxgo&#8217;ri, Zuxdiy Roha va b. xalq ama- liy san&#8217;atida chinni, oyna, tosh va za- monaviy sintetik materiallardan foy- dalanila boshladi. Qohiradagi nafis san&#8217;at maktabi badiiy in-tga aylanti- rildi. Musiqa \u2014 M. madaniy qayotining ajralmas qismi. Qad. dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mash- xur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholg&#8217;u as-boblari benihrya xilma-xil. Mu- stamlakachilik asorati M. madaniyati taraqqiyotiga g&#8217;ov bo&#8217;ldi. Said Darvish (1892-1923) yangi M. musiqasining qaldirg&#8217;ochidir. Uning yorqin vatanpar- varlik ruhidagi qo&#8217;shiqlari ko&#8217;pgina Arab mamlakatlariga yoyilgan. &#171;Al-Barux&#187;, &#171;Shahrizoda&#187;, &#171;o&#8217;nlik g&#8217;ishtin&#187; kabi musiqali sahna asarlari M. zamonaviy musiqasiga asos bo&#8217;ldi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida M. musiqasida kontsert- lar katta o&#8217;rin oldi. Yangi kontsert janr- lari vujudga keldi. 1910-20 y.larda Arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914 y.da Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929 y.dan Arab musiqasi in-tiga) aylantirildi. 1927 y.da M. musiqa jamiyati tashki l etildi. 1952 y. inqilobidan so&#8217;ng M. musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator o&#8217;rta va oliy o&#8217;quv yurtlarida musiqachilar tayyorla- na boshladi. 60-80-y.larda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoy- ildi. Qohira konservatoriyasi poy- taxt opera teatrining milliy kad-rlar o&#8217;chog&#8217;idir. 1962 y.da Kohirada Operet- ta teatri ochilgan. M. musiqasida yangi g&#8217;oyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga e&#8217;tibor ko&#8217;paydi. M. san&#8217;- atkorlari orasida um Kulsum, Shams, Sag&#8217;ira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh sin- Gari yakkaxonlar mashhur. Teyatri. M.da teatr san&#8217;ati unsur- lari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. O&#8217;rta as- rlarda soya teatri bo&#8217;lgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlari qam keng yoyildi. &#171;Araguz&#187; qo&#8217;g&#8217;irchoq tea- tri, ayniqsa, mashhur bo&#8217;ldi. 1869 y.da Suvaysh kanali tantanali ochilishi mu- nosabati b-n Opera teatri qurildi va J. Verdining &#171;Rigoletto&#187;, 1871 y.da &#171;Aida&#187; operalari ko&#8217;rsatildi. 1869 y.da Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va o&#8217;zining Arab tilidagi ope- rettasini ko&#8217;rsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional dra- ma teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dra- maga asos bo&#8217;ldi. Ko&#8217;pgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. M. teatri taraqqiyotining key-ingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi iste&#8217;dodli teatr arboblari nomi b-n bog&#8217;liq. 1920 y.da &#171;Al-Ezbakiya&#187; teatri, 1923 y.da yu. Vahbiy boshchiligida &#171;Ram- zes&#187; teatri, 1933 y.da &#171;Milliy truppa&#187;, 1935 y.da alhakim boshchiligida &#171;mil- liy teatr&#187; tashkil etildi. M. sekin-asta Arab teatr madaniyatining markaziga ay &#8212; landi. 1952 y. gi inqilobdan keyin Arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy o&#8217;zgarish milliy san&#8217;-at, jumladan, teatr san&#8217;ati taraqqi-yotida muhim rol o&#8217;ynadi. Qohiradagi Mil- liy teatr, Xalq teatri, &#171;Arab teatri&#187; kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga ko&#8217;tarildi. Teatr san&#8217;ati in-ti (1952), &#171;26 iyul teatri&#187; (1959), &#171;Al-Jumhuriya&#187; (1961) teatri ochildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, &#171;Kleopatra&#187; teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik trup-palari ham mashhur. Teatrlar repertu-arlaridan yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. alhakim, M. Tay- Mur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda ja-hon klassiklarining asarlari o&#8217;rin olgan. Ularda M. ko&#8217;cha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna san&#8217;atining boshqa turlari kabi xalq raqs san&#8217;ati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta o&#8217;rin beradi. Mumtoz baletga qiziqish M. sahnasiga G&#8217;arb mumtoz baletining kirib kelishi b-n boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet san&#8217;atini o&#8217;rganish uchun Ev- ropa shaharlariga yuborildi. 1959 y.da milliy xoreografiya maktabi ochildi. Kiiosi. 1896 y. da Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xori- jiy filmlar ko&#8217;rsatilgan. 1912 y.da hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki Arab badiiy fil- mlari \u2014 &#171;Jar yokasida&#187; va &#171;uzilgan gul&#187; 1917 va 1918 y.larda ekranga chiqarilgan bo&#8217;lsada, ularni muttasil i.ch. 1927 y.dan boshlangan. Ilk Arab ovozli filmla- ri (&#171;Laylo&#187;, rej. A. Jalol; &#171;Qalb qo&#8217;shig&#8217;i&#187;, rej. J. Abyod va Nadra; &#171;boy- larning bolalari&#187;, rej. M. Karim) 1931 y.da Parijda suratga olingan. 30-y.lar oxiri \u2014 40-y.lar boshida milliy kino- ni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935 y.da Qohirada &#171;Misr&#187; milliy ki- nostudiyasining ochilishi b-n Arab kine- matografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927-38 y.lar mobaynida 70 ta kino- film, 1952 y.dan esa har yili 60-70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va M. kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. &#171;Yurakdagi o&#8217;q&#187;, &#171;oq gul&#187; (rej. M. Karim), &#171;do&#8217;zax osmoni&#187;, &#171;Jamila&#187; (rej. Yu. Shaxin), &#171;Iroda&#187; (rej. K. Salim), &#171;Sevgi va ko&#8217;z yoshlari&#187; (rej. K. ash-Shayx), &#171;qora ko&#8217;zoynak&#187; (rej. X. Mustafo) kabi Arab filmla- ri mamlakat va chet el kino-ekranlarida Shuhrat qozongan. 1963 y.da kino, radio va teleko&#8217;rsatuv bosh boshqarmasi tuzil- Di. 60-y.larda g. Barakatning &#171;Gunoh&#187;, T. Salohning &#171;qahramonlar kurashi&#187;, S. Sayfining &#171;sevish mavridi emas&#187; filmlarida xotinqizlar ozodligi ma- salasi, yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari ko&#8217;tarildi. 70-80-y.larda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islo-hoti va b. mav- zularga bag&#8217;ishlangan. 1975 y.dan milliy kino festivallari, 1976 y.dan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam o&#8217;tkazila boshladi. M.ning ko&#8217;plab fil- mlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofe- stivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdar b-n takdirlangan. Mamlakatda 8 kinostudiya, 350 kinoteatr bor. O&#8217;zbekiston \u2014 M. munosabatlari. 1992 y. yanv.da M. rasmiy delegasiya- sining O&#8217;zbekistonga va 1992 y. dek. da O&#8217;zR Prezidenti I. Karimovning M.gatashrifi vaqtida ikkala mamlakat- ning turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish mud- daolari tasdiklanib, ularga aniklik kiritildi. 2000 y.gacha mamlakatlar o&#8217;rtasida 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. O&#8217;zR b-n M. o&#8217;rtasidagi mu- nosabat va hamkorlik asoslari, inve- stisiyalarni rag&#8217;batlantirish va o&#8217;zaro himoya qilish, iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik, aviasiya qat- novi va havo transporti sohasidagi hamkorlik, Toshkent sharqshunoslik in-ti b-n M.ning Al-Azhar unti o&#8217;rtasida fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik, O&#8217;zbekiston va M. tashki ish- lar vazirliklari o&#8217;rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to&#8217;g&#8217;risidagi bitimlar shu hujjatlarning eng muhimlaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Misr, Misr Arab Respublikasi (Jumhuriya Misr al-Arabiya) \u2014 Afrika- ning shim.-sharqi va qisman Osiyo (Sinay ya.o)da joylashgan davlat. Mayd. 1001,4 ming km2. Aholisi 69,5 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Qohira &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/misr-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116908","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116908","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116908"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116908\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116928,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116908\/revisions\/116928"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116908"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116908"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116908"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}