{"id":116914,"date":"2024-05-08T18:25:39","date_gmt":"2024-05-08T15:25:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116914"},"modified":"2024-05-08T18:25:42","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:42","slug":"mir-arab-madrasasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mir-arab-madrasasi\/","title":{"rendered":"Mir Arab madrasasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mir Arab madrasasi &#8212; 1) Buxo- rodagi me&#8217;moriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon in&#8217;om etgan mablag&#8217;hisobiga Shayx Abdulla tomoni-dan qurilgan (1530-36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (er osti arig&#8217;i) qazdirgan, suv chiqargan, qal&#8217;a bino etib, Shofirkon, Vobkent, G&#8217;ijduvonda ko&#8217;p joylarni obod qilgan (Shofir- konda Mir Arab qal&#8217;asi saqlangan). U Naqshbandiya tariqatining rivojla- nishiga katta hissa qo&#8217;shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga etkaza olmagan, 1536 y. boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko&#8217;ra kuyovi Shayx Zaka- riyo qurilishni oxiriga etkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy \u2014 Bu- xoriy ushbu forsiy qit&#8217;ani madrasa darvozasiga yozgan: &#171;Mir Arab faxri Ajam onki kard \u2014 Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab&#187;. Madrasa Mi- Norai Kalonning qarshisida joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go&#8217;rxona joylashgan. Koshin- kori naqshlar yozuvlar b-n uyg&#8217;unlashgan (saqlanmagan). Go&#8217;rxona ichi gumbaz osti bag&#8217;ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o&#8217;ymakorligida bez- atilgan, izorasi rangbarang koshinli. Go&#8217;rxonada Ubaydullaxon (1537 y. v. e.) ning yog&#8217;ochdan xotamkori usulida ish- langan sag&#8217;anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor. Madrasaning umumiy tarhi 68,5&#215;51,8 m, hovli 35,4&#215;31,3 m, darsxona 8&#215;8 m. Hovlisi to&#8217;rtburchak shaklida bo&#8217;lib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra o&#8217;rab turadi. Tomonlar o&#8217;rtasidagi 4 baland peshtokli darsxona \u2014 ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor Jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduz- Simon bezaklar uchraydi. Undagi bez- AKlarning saqlanib qolgan ayrim par- chalaridan naqshlar g&#8217;oyat nafis va nozik bo&#8217;lganligini bilish mumkin. Rivoyatlar- ga kura, madrasa asosi chuqur qilinib, tog&#8217;toshlari b-n mustahkamlangan, qor, yomg&#8217;ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo&#8217;rg&#8217;onidan tashqariga chiqarilgan. M.A.m.da O&#8217;rta Osiyo diniy maktablari qurilishiga xos an&#8217;anaviy loyiha va mu- jassamot o&#8217;z ifodasini topgan. Buxoro- ning 2500 y.ligi munosabati b-n Madra- sa peshtog&#8217;i va gumbazlaridagi to&#8217;kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi; 2) diniy o&#8217;quv yurti. Ma- drasada talabalar Islom dinidan saboq oladilar. O&#8217;zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Sho&#8217;rolar davri- da faoliyati vaqtincha to&#8217;xtatilgan, 1945 y.da yana tiklangan. O&#8217;quv muddati 4 y. O&#8217;quv yurti kunduzgi bo&#8217;limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo&#8217;lgan o&#8217;rta va to&#8217;liqsiz o&#8217;rta ma&#8217;lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta&#8217;lim fanla- ri o&#8217;qitiladi. Talabalarga Arab, ingliz, rus va fors tillari ham o&#8217;rgatiladi. Darslar o&#8217;zbek va Arab tillarida olib boriladi. Po&#8217;lat Zohidov, Abduqayum Azimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mir Arab madrasasi &#8212; 1) Buxo- rodagi me&#8217;moriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon in&#8217;om etgan mablag&#8217;hisobiga Shayx Abdulla tomoni-dan qurilgan (1530-36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mir-arab-madrasasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116914","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116914","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116914"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116914\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116932,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116914\/revisions\/116932"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116914"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116914"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116914"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}