{"id":116918,"date":"2024-05-08T18:26:09","date_gmt":"2024-05-08T15:26:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116918"},"modified":"2024-05-08T18:26:12","modified_gmt":"2024-05-08T15:26:12","slug":"mineral-oziqlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mineral-oziqlanish\/","title":{"rendered":"MINERAL OZIQLANISH"},"content":{"rendered":"\n<p>MINERAL OZIQLANISH &#8212; 1) (o&#8217;simliklarda) o&#8217;simliklarning o&#8217;z hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy element- larni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan o&#8217;zlashtirish jarayonlari maj &#8212; mui. M.o. tuproqdan mineral tuzlar ion- larini o&#8217;zlashtirish, ionlarning Alma- shinuv jarayoniga ko&#8217;shilishi va o&#8217;simlik bo&#8217;ylab harakatlanishidan iborat. M.o. elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, sa, Mg) va mikroelementlar (G&#8217;e, V, Mn, Cu, Zn, Mo) kiradi. Azotni o&#8217;simliklar anion NO3 yoki kation NH+4, fosfor va oltingugurtni N2R04va SO4&#8243; anionlari shaklida, metallarni K+, Sa2+ va Mg2f kationlari shakllarida o&#8217;zlashtiradi. Ba&#8217;zi o&#8217;simliklar boshqa elementlarga ham talabchan bo&#8217;ladi. Mac, qand lavlagining o&#8217;sishiga va rivojlani- shiga natriy ijobiy ta&#8217;sir etadi, DUK- kaklilarga kobalt zarur (tuganak bakte- riyalar molekulyar azotni to&#8217;plashi uchun). O&#8217;simliklarning modda almashinuvi va o&#8217;sishiga alyuminiy, nikel, qo&#8217;rg&#8217;oshin, kadmiy, xrom va b. elementlarning, gar- chi zarur bo&#8217;lmasa ham, ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi kuzatilgan. Ionlar ildiz tukchalaridagi ildiz hujayralarining tashqi qobig&#8217;i yuzasi orqali shimilib, keyin hujayra tsitoplazmasiga ularni o&#8217;rab olgan lipoproteidli membrana, ya&#8217;ni plazmolemma orkali kirib keladi. Ionlar passiv ravishda diffuziya yo&#8217;li b-n, shuningdek, molekulalar va ionlar- ni tashuvchi ion nasoslar yordamida faol ravishda tsitoplazmaga kiradi. Dala sharoitlarida o&#8217;simliklar uchun tuproq eritmalari bevosita ozuqa ionlar manbai bo&#8217;lib xizmat qiladi. O&#8217;simlik bir kecha-kunduzda bir necha bor (mas, ray- Gras 10 marta) tuproq eritmasidagi fos- forni to&#8217;liq o&#8217;zlashtirib oladi va uning yangi mikdorlarini bog&#8217;langan holatdan chiqaradi. Natijada M.o. elementlari- ning so&#8217;rilishi tezligi ularning tuproq eritmasiga utishi tezligi b-n me&#8217;yorla- shadi. M.o.ni me&#8217;yorlashtiruvchi yana bir boshqa omil \u2014 tuprokdagi ildizlar sir- tiga ionlarning diffuziyalanishi (etib kelishi) tezligidir. Shu bois ildiz tizimining morfologik tavsifi (uzun- ligi, tarqalishi, tarmoqlanishi, o&#8217;sishi tezligi) M.o.uchun fiziologik (o&#8217;simlik sirti yuqori qismi birligining so&#8217;rish faolligi) tavsifiga karaganda ko&#8217;proq ahamiyatlidir. Bu holat selektsiya ishla- rida e&#8217;tiborga olinadi. O&#8217;simliklarda M.o. elementlari il- diz, shox va barglardan o&#8217;tadigan ksi- lemmaning o&#8217;tkazuvchi tomirlari orqali o&#8217;tadigan suv oqimi b-n taqsimlanadi. Ular, asosan, yosh, o&#8217;sayotgan a&#8217;zolar- ga va shakllanayotgan mevalarga tomon yo&#8217;naladi. Pastki barglar qarigan sari M.o. elementlari (sa va V dan tashqari) ulardan o&#8217;sayotgan organlarga oqib o&#8217;tadi va qayta foydalaniladi. O&#8217;simliklar uchun makro &#8212; va mikroele-mentlarning hammasi bir xilda zarur (elementlarni almashtirib bo&#8217;lmaslik qonuni). Ammo, ko&#8217;pincha, tuproqda N, R va K etishmay- Di. Shuning uchun ular o&#8217;g&#8217;itlar shaklida beriladi. Ammo barcha ekinlar va na- Vlar uchun \u2116R:Kning o&#8217;rtacha nisbati bir-biriga yaqin va 73:5:32 at. % ga teng. M.o.ning fizologik ahamiyatini, ele- mentlarning harakati va so&#8217;rilishini bilish o&#8217;g&#8217;itlardan to&#8217;g&#8217;ri foydalanish uchun zarur bo&#8217;ladi. O&#8217;g&#8217;itlar yordamida M.o.ni tartibga solish q.x. ekinlari hosildorligini oshirishning asosiy yo&#8217;lidir. M.o. fotosintez b-n birgalik- da o&#8217;simliklarning yagona oziklanish ja- rayonini tashkil etadi; 2) hayvonlar organizmida rasiondagi mineral moddalarning hazm bo&#8217;lishi va qonga so&#8217;rilib, to&#8217;qima va hujayralarda sarflanishi. Mineral moddalar orga- nizmdagi jami fiziologik jarayonlar- da ishtirok etadi. Hayvonlar iste&#8217;mol qilgan ozuqalar va mineral qo&#8217;shimchalar tarkibidagi mineral tuzlar oshqozon- ichak tizimidan qonga suvda erigan holda so&#8217;riladi. Ular organizmda, garchan energiya bermasada, juda muhim funk- tsiyalarni bajaradi. Ortiqcha iste&#8217;- mol qilingan ba&#8217;zi mineral moddalar to&#8217;qima va hujayralarda zaxira holida saqlanadi. Mac, kaltsiy va fosfor tuz- lari suyaklarda, natriy va xlor terida, temir jigarda zaxira holida to&#8217;planadi. Mineral elementlar to&#8217;qima, hujayra, Fer-mentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kirib, organizmda ro&#8217;y be- radigan modda almashinuvi jarayonini boshqarishda qatnashadilar. Organizmda uchraydigan erkin tuzlarning ionlari qonning osmotik bosimini me&#8217;yorida saqlab turishda, ishqoriy va kislotali muhit muvozanatini saklashda ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nerv sistema- sining faoliyati, qon ivishi jarayoni, yurak muskullarining ritmik ishlashi, so&#8217;rilish, gaz almashinuv jarayoni, sekre- tsiya va chikaruv organlarining me&#8217;yordagi faoliyatida ham mineral moddalarning hissasi kattadir. Hayvonlar to&#8217;qimalari yoqilganda hosil bo&#8217;lgan kulning 99,6% ni makroelementlar, 0,4%ni mikroele- mentlar tashkil qiladi. Organizmdagi barcha mineral moddalarning 65\u2014 70% kaltsiy va fosfordan iborat. Kaltsiy hayvonlar tanasida g&#8217;oyat ko&#8217;p. Uning 99% suyak, tish va shoxlar tarkibida uchraydi. Bu element suyak ti- zimining takomillashuvida, laktasiya- ning bir me&#8217;yorda kechuvida, qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi. Rasion- da qisqa vaqt mobaynida kaltsiy etish- masa organizm zaxiradagi kaltsiyni ishlatadi. Agar bu etishmovchilik uzoq vaqt davom etea yosh mollarda raxit, katta yoshli mollarda esa suyaklarning kaltsiy- sizlashuvidan osteomelyasiya kasalligi paydo bo&#8217;ladi. Yangi tuqqan sigirlar qon zardobida kaltsiyning kamayishi ayrim hollarda tug&#8217;ruq sholi kasalligiga sabab bo&#8217;ladi. Raxit va osteomelyasiya kasalli- gi rasionda fosfor yoki D vitaminining etishmasligidan ham kelib chiqishi mum- kin. Fosfor hayvonlar uchun zarurli- gi bo&#8217;yicha kaltsiydan keyingi o&#8217;rinda turadi va u kaltsiy b-n birgalikda suyakning tarkibiga kiradi. Fosfor fosfoproteinlar, fosfolipidlar, nu- Klein kislotalari tarkibida uchrab, organizmda kechadigan muhim biologic jarayonlarda \u2014 geksafosfatlar, ADF, ATF sintezida qatnashadi. Fosfor etishmaganda hayvonlarda ayrim kasal- liklar ro&#8217;y beradi. Bu holat surunkali bo&#8217;lsa hayvonlarda bo&#8217;g&#8217;inlarning bukil- may qolishi, mushaklar zaiflashishi yuz beradi. Fosforning kon zardobidagi kontsentrasiyasi qoramollarda 4\u201412mg % bo&#8217;ladi. Organizmda kaltsiyning fosforga bo&#8217;lgan nisbati ham katta ahamiyatga ega bo&#8217;lib, u 2:1 dan 1,2:1 gacha bo&#8217;lishi mumkin. Kaliy va natriy nerv sistemasi, yurak va qon tomirlarining me&#8217;yorida ishlashini, kaliy ionlari esa eritrositlar ichidagi rn muvozanatini ta&#8217;minlaydi. Temir va mis eritrositlar va b. hujayralar (gemoglobin tsitroxrom oqsili) tarkibida uchrab, kon orkali to&#8217;qima va hujayralarni O2 b-n ta&#8217;- minlashda muhim ahamiyatga ega. Yod qalqonsimon bezining tiroksin gormo- ni tarkibiga, oltingugurt va rux me&#8217;da bezi gormon i tarkibiga kiradi. Bun- dan tashqari, rux barcha to&#8217;qimalar tar- kibiga kirib, yosh mollarning o&#8217;sishi va jinsiy bezlarning me&#8217;yorida fao- liyati uchun juda zarur. Kobalt barcha to&#8217;qima va organlar tarkibiga kiradi va, ayniqsa, ichki sekresiya bezlari tarki- bida kup uchrab, modda almashinuvi ja- rayonini boshqarishda faol qatnashadi. Ozuqada kobaltning etishmasligi kavsh qaytaruvchi hayvonlar me&#8217;da oldi bo&#8217;limlarida V12 vitaminining sin- tezlanishini pasaytiradi. Marganes organizmda juda kam uchraydi, lekin u jigar, buyrak, suyak, oshqozon osti bezi va gipofiz tarkibiga kiradi. Bu element oqsil, yog&#8217;va uglevodlarni parchalaydigan fermentlarning faollashuvida ishtirok etadi. Hayvonlarning mineral moddalar b-n etarli mikdorda ta&#8217;minlanganligi- ni tekshirish uchun balans tajribalari o&#8217;tkaziladi. Bunda iste&#8217;mol qilingan ozuqa va ichimlik suvi tarkibidagi mi- neral moddalar miqdori b-n tezak, siy- Dik va sut orqali tashqariga ajratilgan mineral tuzlar mikdori solishtirila- Di. Qisman mineral moddalar jun, teri epidermasi va ter b-n ham ajratiladi. Ko&#8217;pincha rasiondagi kaltsiyning fos-Forga va kaliyning natriyga bo&#8217;lgan nis- bati nazorat qilinadi. Mineral modda- lar balansi manfiy bo&#8217;lsa, hayvonlar mineral moddalar etishmasligidan turli kasalliklarga chalinishi mumkin. Hayvonlarda organizmdagi mineral moddalarning etishmasligi mineral ozuqalar berish yo&#8217;li b-n qoplanadi. Ad.: Imomaliev A., Zikiryoeva., O&#8217;simliklar biokimyosi, T., 1987. Abdukarim Zikiryoev, Ruzimat Hamroqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MINERAL OZIQLANISH &#8212; 1) (o&#8217;simliklarda) o&#8217;simliklarning o&#8217;z hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy element- larni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan o&#8217;zlashtirish jarayonlari maj &#8212; mui. M.o. tuproqdan mineral tuzlar ion- larini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mineral-oziqlanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116918"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116936,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116918\/revisions\/116936"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}