{"id":116922,"date":"2024-05-08T18:26:21","date_gmt":"2024-05-08T15:26:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116922"},"modified":"2024-05-08T18:26:45","modified_gmt":"2024-05-08T15:26:45","slug":"milliy-hisoblar-tizimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/milliy-hisoblar-tizimi\/","title":{"rendered":"MILLIY HISOBLAR TIZIMI"},"content":{"rendered":"\n<p>MILLIY HISOBLAR TIZIMI &#8212; mamlakat iqtisodiy rivojla- nishining xalqaro statistika ama- liyotida qabul qilingan umumlashti- ruvchi ko&#8217;rsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash meto- dologiyasi. I.ch. jarayonlarining tur- li bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim o&#8217;zaro aloqalarni aks etti- radigan hisoblamalar va balans jad- vallari to&#8217;plamidan iborat. Uning mu- him belgisi xalq xo&#8217;jaligi faoliyati yakunlarida moddiy i.ch. dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyati- ning umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. M.h.t. negizini i.ch., iste&#8217;- mol, jamg&#8217;arish va xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar o&#8217;rtasidagi Real munosa- batlar jarayonida qayta taqsimlash ta- mo-yili tashkil etadi. Bu tizim er va ka-pitalni mehnat b-n teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omil- lar tarzida qaraydigan kontsepsiyaga asoslanadi. M.h.t.da iqtisodiy faoli- yatni umumlashtiruvchi ko&#8217;rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosi- da qo&#8217;shilgan qiymat, ya&#8217;ni shu jarayonda iste&#8217;mol etilgan mahsulotlar va xiz- matlar qiymatiga (&#171;oraliq iste&#8217;mol&#187; qiymatiga) qo&#8217;shilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foyda- lanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, ko&#8217;rilayotgan ko&#8217;rsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan \u2014 ulardan foydala- nish keltiriladi) to-varlar va xizmat- lar hisobi; i.ch. hisobi; daromadlarning hosil bo&#8217;lish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital xarajat- lar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar b-n to&#8217;ldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror i.ch. ja- rayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: i.ch., taqsimot va pirovard foyda- lanish usullarini qo&#8217;llab aniqlash im- koniyati yaratiladi. M.h.t.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija b-n tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xo&#8217;jaligidagi barcha mehnat xarajatlari foydali mehnatdir. M.h.t. ishlab chiqarishdan boshlanib, daro- madlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga o&#8217;tadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qog&#8217;ozlar, o&#8217;rta va qisqa muddatli zayo-mlar ko&#8217;rinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazar- dan ifodalash b-n yakunlanadi. Ma&#8217;- muriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni o&#8217;rganish va tahlil qilish uchun xalq xo&#8217;jaligi balansinit ko&#8217;rsatkichlar tizimidan foydalanil- gan. Ularning asosida A. Smit, K. Mar- ksning siyosiy iqtisod ta&#8217;limotlari: xalq xo&#8217;jaligini moddiy ne&#8217;mat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, ja&#8217;mi ijtimoiy mahsulot, mil- liy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;- ektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq to&#8217;lash, davlat byud- jeti, kredit, to&#8217;lov balansi kabi tushun- chalar va tasniflashlar etarlicha yori- tilmas edi. M.h.t. esa bu kamchiliklar- ni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy M.h.t.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olim- lardan J.Keyns, V. Leontev, S. Kuz- nes, R. Stoun, K. Klark va b. katta hissa qo&#8217;shdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab ol- gan 1929-33 y.lardagi inqiroz dav- lat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lo- zimligini ko&#8217;rsatdi. Shundan kelib chiqib &#171;davlatlarning aktiv iqtisodiy roli&#187;ni bajarish uchun mamlakatlar- ning makroiqtisodiy ko&#8217;rsatkichlarini hisoblaydigan tizimni \u2014 M.h.t.ni yara- tish zaruriyati tug&#8217;ildi. Dastlabki vaqtda M.h.t. milliy daromad ko&#8217;rsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-a.ning 30-y. larida Angliya, Avstriya, Frantsiya, Nor- vegiya, Germaniya va AQShda milliy da- romad ko&#8217;rsatkichi hisoblandi. 40-50- y.larda kapitalistik mamlakatlarda M.h.t.ni qo&#8217;llash kengaya bordi va 2-jahon urushi yakunlangandan so&#8217;ng davlatni boshqarish tizimida M.h.t.ni qo&#8217;llash za- ruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy ko&#8217;rsatkichlar \u2014 milliy mahsulot, mil- liy daromad, iste&#8217;mol, jamg&#8217;arma (ka- pital qo&#8217;yilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951 y.da Parijda Evropa iqtisodiy hamjamiyatiniig M.h.t. Stan- darti loyihasi qabul qilindi. 1953 y. BMT ning statistika bo&#8217;limi to- monidan amaliyotga tadbiq etish uchun M.h.t.ning andozasi qabul qilindi. 1968 y. BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida M.h.t.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993 y.ning Fev.ga qadar qo&#8217;llanildi. 1993 y. Fev.da BMT statistika ko- missiyasining navbatdagi sessiyasida M.h.t.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri si- fatida makro-iqtisodiy statistikaning ko&#8217;rsatkichlari qatoriga to&#8217;lov balan- slari, davlat byudjeti ko&#8217;rsatkichlari kiritildi. Evropa Ittifoqi 1995 y.da BMTning &#171;M.h.t.-93&#187; andozasi asosida &#171;Evropa M.h.t,-95&#187; ni qabul qildi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o&#8217;z iqtisodiy qudrati va aholi turmush da- rajasi ko&#8217;rsatkichlarini M.h.t. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tash- kilotlari bunday tizimga o&#8217;tishni har tomonlama rag&#8217;batlantirmoqdalar. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro Andoza- larga o&#8217;tkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994 y.da &#171;O&#8217;zbekistonda xalqaro amali- yotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o&#8217;tish davlat Das-turi&#187; ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga O&#8217;zbekiston Re- spublikasi statistika davlat qo&#8217;mitasi rahbarlik qiladi va 1991-2002 y.lar bo&#8217;yicha i.ch, daromadlarning hosil bo&#8217;lishi, taqsimlanishi, ulardan foyda- lanish, shuningdek, kapital xarajatlar- ning umumiy hisoblamalari tuzildi. M.h.t.ni &#171;Evropa M.H-T.\u2014 95&#187; metodo- logiyasi asosida O&#8217;zbekiston Respubli- kasi ning bozor munosabatlarini o&#8217;tish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish b-n bog&#8217;liq ishlar amalga oshirilmoqda. Ad.: Ryabushkin B.T., Xomenko T.A., Si- stema nasionalnix schetov, M., 1993. Hamidulla Nabiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MILLIY HISOBLAR TIZIMI &#8212; mamlakat iqtisodiy rivojla- nishining xalqaro statistika ama- liyotida qabul qilingan umumlashti- ruvchi ko&#8217;rsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash meto- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/milliy-hisoblar-tizimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116922","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116922","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116922"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116922\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116941,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116922\/revisions\/116941"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116922"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116922"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116922"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}