{"id":116944,"date":"2024-05-08T18:37:06","date_gmt":"2024-05-08T15:37:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116944"},"modified":"2024-05-08T18:37:10","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:10","slug":"mikrobiologiya-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mikrobiologiya-instituti\/","title":{"rendered":"MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI, O&#8217;zbekiston FA mikrobiologiya il- miy tadqiqot instituti \u2014 nazariy va eksperimental mikrobiologiya hamda biotexnologiya masalalari bo&#8217;yicha yirik ilmiy markaz. 1947 y. O&#8217;zbekiston FA Zoologiya va botanika in-tida mikrobio- logiya lab., 1965 y. mazkur lab. negizida mikrobiologiya bo&#8217;limi tashkil etilib, 1977 y. in-tga aylantirildi. In-tning asosiy ilmiy yo&#8217;nalishi O&#8217;rta Osiyo (O&#8217;zbekiston) mikroflora- sining xilma-xilligini o&#8217;rganish, AJ- ratib olingan mikroorganizmlarni sistemaga solish hamda nopatogen va shartli patogen mikroorganizmlarning yirik regional (yaqin va O&#8217;rta Sharq mintaqasida yagona bo&#8217;lgan) mahalliy to&#8217;plami (kollektsiya)sini tuzishdan iborat. In-tda mikroorganizmlar Fi- ziologiyasi, tsitomorfologiyasi va bio- kimyosi, mikrobiologik yo&#8217;l b-n fizio-logik faol birikmalar, antibiotiklar va mikroorganizmlardan zahar olish o&#8217;rganildi. O&#8217;simlik qoldiqlari va sano- at chiqindilaridan em-xashak tayyorlash, mikroorganizmlarda qarama-qarshilik tabiati va ular ishlab chiqargan biolo- gik preparatlarni o&#8217;rganish natijalari- dan dehqonchilik, ipakchilik, chorvachi- lik va sanoat tarmoqlarida foydalanish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. In-tda mevali daraxtlar, sabzavot, poliz, texnika va boshqa q.x. ekinlari- ning bakteriya, zamburug&#8217;va viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasalliklari o&#8217;rganilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi. Mikroorganizmlarning geoki- myoviy faoliyatiga oid tadqiqotlar olib borildi. Rudalardan mis, rux, kobalt, mo- libden, oltin, kumush va b. metallarni mikrobiologiya yo&#8217;li b-n ajratib olish imkoniyatlari mavjudligi is-botlandi va texnologiyasi ishlab chiqildi. Q.x. va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik usulda tozalash biotexnologiyasi joriy etildi. Tanlash, gen va hujayra muhandisligi yordami- da mikrobiologiya va oziq-ovqat sano- ati hamda chorvachilik uchun oqsillar, Fer-mentlar, vitaminlar, biologic o&#8217;g&#8217;itlar; shifobaxsh sutqatiq tayyorlash uchun tomizg&#8217;i mikroorganizmlarning o&#8217;ta mahsuldor shtammlarini olishda kamchiqitli va chiqitsiz biotexnologiya usullari yaratildi. G&#8217;o&#8217;zaning oq palak va b. kasalliklariga qarshi biologic himoya vositalarining ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Lipaza \u2014 li-polaktin preparatini i.ch.ning ilmiytexnik hujjatlari tayyorlandi hamda uni qo&#8217;llashning aniq sohasi belgilandi. Gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida tsellyuloza hamda oqsil ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarning yangi xillari topildi. In-t xodimlari oldida turgan vazifa atrof muhitni muhofaza qilish hamda foydali mikroorganizm- lardan xalq xo&#8217;jaligi tarmoqlariga jo- riy etishdan iborat. In-tda 9 lab. bo&#8217;lib, ularda 200 dan ortiq xodim, jumladan, O&#8217;zbekiston FA 1 akad. (M. Mavloniy), 10 fan D-ri, 42 fan nomzodi faoliyat ko&#8217;rsatadi (2003). Mashhura Mavloniy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI, O&#8217;zbekiston FA mikrobiologiya il- miy tadqiqot instituti \u2014 nazariy va eksperimental mikrobiologiya hamda biotexnologiya masalalari bo&#8217;yicha yirik ilmiy markaz. 1947 y. O&#8217;zbekiston FA Zoologiya va botanika in-tida mikrobio- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mikrobiologiya-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116967,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116944\/revisions\/116967"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}