{"id":116950,"date":"2024-05-08T18:37:24","date_gmt":"2024-05-08T15:37:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116950"},"modified":"2024-05-08T18:37:27","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:27","slug":"mexanika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mexanika\/","title":{"rendered":"Mexanika"},"content":{"rendered":"\n<p>Mexanika [Yun. mechanike (teche) \u2014 qurol, inshoot] \u2014 tashqi kuch ta&#8217;si- rida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o&#8217;rganish b-n shug&#8217;ullanadigan fan. Moddiy nuqta M.si, moddiy nuqtalar tizimi M.si, mutlaq qattiq jism M.si, gruntlar M.si va tutash muhit M.si kabi bo&#8217;limlarga, bularning har qaysisi dinamika, kine- matika va statika bo&#8217;limlariga bo&#8217;linadi. M.ning mexanika qonunlarini amaliy masalalar \u2014 mashinalar, me-xanizmlar va b. inshootlar yasashga tatbiq qilish b-n shug&#8217;ullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) M. deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ish- lab chiqish b-n shug&#8217;ullanadigan sohasi qurilish M.si deyiladi. M. bilimlari kadimdan mavjud. Ne- olit va jez davrida g&#8217;ildirak ma&#8217;lum edi, bir oz keyin esa richag, polispast va b. qo&#8217;llanilgan. Qadimgi (mil. AV. 3-a.) Misr exrom (piramida) lari, bo- bil, Xitoy, Xorazm, Sug&#8217;diyona va Eronda saqlanib qolgan suv inshootlari ularni qurishda richag, pona, qiya tekisliklardan foydalanilganligini ko&#8217;rsatadi. O&#8217;rta Osiyoda qadimdan charxpalak va chig&#8217;irdan foydalanilgan. Nazariy M. dastlab Yunonistonda (mil. AV. 6-5 a.larda) paydo bo&#8217;lgan deb hisoblanadi. &#171;Mexanik muammolar&#187; asa- ri M. bo&#8217;yicha yozilgan eng qad. Asardir (mil. AV. 3-a.). Bu asarning muallifi Aristotel, degan taxminlar bor. Sta- tikaning geometrik yo&#8217;nalishi Arximed (mil. AV. 287-212 y.) nomi b-n bog&#8217;liq. Geronnkng &#171;Mexanika&#187;, &#171;Pnevmatika&#187;, &#171;Avtomatlar haqida&#187;, &#171;Belo-poyika&#187; degan asarlari tatbiqiy M.ga oid. Ki- nematika qoidalarini ishlab chiqish b-n Evdoks Knidskiy (mil. AV. 4-a.), Platon, Arximed, Kalipi, Apolloniy, Pergayos, Gipparx, Ptolemey shug&#8217;ullangan. M. fanining bundan keying taraqqiyoti 9-12-a.larga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bu davrda Sharq allomalari Banu Muso (aka-uka) lar, sobit ibn Qurra, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Yusuf el- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xay- yom, alHaziniy, Axmad al-Farg&#8217;-oniy M. taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shganlar. M. ning bu davrdagi taraqqiyoti \u2014 ari- Stotel, Geron, Arximedlarning asar- larini tarjima qilish va sharhlashdan boshlanadi. Abu Abdulloh Yusuf al- Xorazmiy &#171;Fanlar kaliti&#187; asarining 2 &#8212; kitobida M.ga bir bob ajratilgan. Sobit ibn Qurra o&#8217;zining &#171;Karastun haqidagi kitobi&#187;da tarozida tortish na- zariyasini yoritgan. Beruniy, Umar Xayyom va al-Xoriniylar metall va qimmatbaho toshlar solishtirma og&#8217;irligini anik- Dash usullarini ishlab chiqqanlar. Ibn Sino &#171;Donishnoma&#187; asarining fizika bo&#8217;limida qarakat haqida chuqur fikr bildirgan. Yulduzlar harakatini tu- shuntiruvchi kinematik modellar sobit ibn Qurra, ibn Sino va Beruniyning ko&#8217;pgina risolalarida berilgan. M. Evropada Uyg&#8217;onish davrida yana- da kuchli taraqqiy etdi. Bu davrda M. fani oldiga ko&#8217;pgina yangi masalalar qo&#8217;yildi, mas, jismning urilish kuchi, sna-ryadlarning uchish nazariyasi, kemalar chidamliligi, mayatniklar tebranishi va b. Nazariy M.ning asosiy qonunlari ham xuddi shu davrda ishlab chiqildi va bun- da Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, I. Kepler, G. Galiley, I. Nyutonning o&#8217;rni katta bo&#8217;ldi. Nazariy M.da moddiy ob&#8217;- ektlar sifatida moddiy nuqta va mexa- nik tizimlar (mas, mutlaq qattiq jism) olinadi. Fazo, zamon va vakt, kuch va mas- sa, inersial sanok sistemasi, o&#8217;zgaruvchan tutash mu-hitlar haqidagi tushunchalar nazariy M.ning asosiy tushunchalaridir. Galiley \u2014 Nyuton inersion qonuni, harakat tenglamasi (Nyutonning ikkin- chi qonuni), ta&#8217;sir va aks ta&#8217;sirning tengligi haqidagi qonun (Nyutonning uchinchi qonuni) nazariy M.ning asosiy qonunlari hisoblanadi. Bu qonunlardan mexanik sistema harakatini tekshirish- da J. L. Lagranjnit birinchi va ikkin- chi tur tenglamalari, u. R. Gamiltonnmt kanonik tenglamalari, Gamilton \u2014 Yakobi tenglamasi, AP-pel tenglamala- ri, dinamikaning umumiy teoremalari chiqariladi. Shuningdek, K. F. Gaussshtt kichik yo&#8217;nalishlar printsipi, Gamil- ton, B. S. Yakobi, L. Eyler va Monertyun- ning variasion printsiplari M.ning asosiy printsiplaridir. Harakat ustu- vorligi (turg&#8217;unligi) nazariyasi osmon balli-stikasi va osmon M.si \u2014 nazariy M. ning tatbiqiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan sohalaridir. Harakat ustuvorligi nazariyasi AV- tomatik boshqarish texnikasi (samolyot va raketa, kosmik kemalar parvozini boshqarish) ning asosidir. Bu nazariya harakat ustuvorligi shartlarini, tex- nik tizimlar ustuvorligi xususiyatla- rini oshirish yo&#8217;llarini ko&#8217;rsatadi, OS- mon ballistikasida kosmik apparatlar harakatining t-raektoriyasi hisoblab chiqariladi. Amaliy (tatbiqiy) M.da mexanik si- stema harakatini boshqarish usullari nazariy M. ning umumiy qonunlari va printsiplari asosida ko&#8217;riladi, mexa- nik sistemaning tegishli xususi-yatga ega bo&#8217;lish yo&#8217;llari aniqlanadi. Ama- liy M. boshqariladigan sistemalar- ni boshqarishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Boshqarish ob&#8217;ekti sifatida mexanik xususiyatli ob&#8217;ektlar, mas, o&#8217;ziyurar va uchar apparatlar (kemalar, samo-lyotlar, raketa hamda vertolyotlar), turli mashi- nalar (stanoklar, turbinalar, elektr va elektron mashinalar, kuyish va Pro- kat mashinalari) va sinaluvchi mexanik qurilmalar, rostlagichlar, reaktiv DVI- gatellar va b. ko&#8217;riladi. Deformasiyalanuvchi qattiq jismlar, gazeimon suyuq jismlar harakati tutash muhitlar M.sida o&#8217;rganiladi. Elasti- klik va plastiklik nazariyasi, gidrodi- namika va aeromexanika, gaz va to&#8217;lqin dinamikasi tutash muhitlar M.sining eng rivojlangan sohalaridir. Tutash muxitlar M.sida qattiq jism, suyuklik va gazlarnnng strukturasi uzluksiz struktura deb, shuningdek, tutash mu- xit hajmining har bir elementi qo&#8217;shni elementlar b-n o&#8217;zaro ta&#8217;sirida bo&#8217;ladi, deb qaraladi. Magnit gidrodinamikasp, aeroelastiklik nazariyasi va yorilish nazariyasi tutash muhitlar M.sining sohalari hisoblanadi. M. ko&#8217;pgina muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ulardan ba&#8217;zilari: suvda katta (100 m\/s va undan yuqori) tezlikda harakat qiladigan jismlarga qarshilik kuchini kamaytirish; t-rasi million gradusga etadigan plazmalar yaratish va ularni saqlash; katta bosim hamda t-ralar ta&#8217;- siridagi materiallar Yaususiyatini, portlash kuchining inshootlariga ta&#8217;si- rini aniqlash; havo aylanishi (tsirkulya- tsiya) ni tushuntirish; obhavoni oldin- dan aytish; o&#8217;simlik va tirik organizm- lardagi mexanik jarayonlarni o&#8217;rganish; o&#8217;zgaruvchan massali jismlar M. si, kos- mik parvozlar dinamikasi, plazmalar- ning magnit maydonidagi harakati va b. Yulduz evolyusiyasi va quyoshda sodir bo&#8217;layotgan hodisalar b-n bog&#8217;liq masa- lalarning ko&#8217;pchiligi klassik mexanika sohalarida, mas, kvant M., statistik Fi- zika, elektrodinamika va b.da qaraladi. Katta tezlikda harakatlanayotgan sistemaga oid hodisalarni klassik M. qonuniyatlari asosida tushuntirib bo&#8217;lmaydi. Bu hodisalar A. Eynshteyn- ning relyativistik M.sida qaraladi. Atom va yadrodagi hodisalar kvant M.da berilib, unda mexanik masalalarni ma- tematik masalalarga keltirish usullari ko&#8217;riladi. Lekin M. ning har qanday ma- salasini matematika yo&#8217;li b-n hal etib bo&#8217;lmaydi. Bunday hollarda masalalar har xil mexanik gipoteza va intuisiyalar asosida takriban echiladi. M. fani ta&#8217;- sirida matematikaning qator sohalari taraqqiy etdi. Mac, kompleks o&#8217;zgaruvchi funktsiyalar nazariyasining ba&#8217;zi sohalari, xusu- siy hosilali tenglamalar nazariyasi va b. Fizika va M. masalalari orasidagi o&#8217;xshashliklarni aniqlashda matemati- kaning roli katta. Mas, M.dagi tebran- gichlar (mayatnik) b-n fizikadagi tebra- nish konturlari orasidagi o&#8217;xshashlik shular jumlasidan. M. ning ko&#8217;p masa- lalari magnit maydonida plazmalar- ning xarakatlanishi b-n bog&#8217;liq (mag- nit gidrodinamika). Gidrodinamikayaya ko&#8217;pgina muhim masalalalar aviasiyadagi katta tezliklar, ballastika, turbosoz- lik va dvigatelsozlik muammolari b-n bog&#8217;langan. O&#8217;zbekistonda M. sohasida mashina va mexanizmlar, konstruktsiya va insho- otlarning mustahkamligi, binolarning seysmodinamikasi, ko&#8217;p fazali va ko&#8217;p komponentli muhitlar, gazlamalarning pishiqligi, parashyutlar nazariyasi, pax- tachilik kompleksidagi mexanizmlar, qobiklar nazariyasi, iqtisodiy kiberne- tika, tutash muxitlar mexanikasiga doyr va b. sohalarda i.t. ishlari olib borila- Di. O&#8217;zbekistonda M. muammolariga doyr i.t.lar O&#8217;zbekiston FA Mexanika va in- shootlarning seysmik mustaxkamligi in-ti, matematika in-ti, &#171;Kiberneti- ka&#187; ilmiy i.ch. birlashmasi, O&#8217;zbekiston milliy unti, Toshkent texnika unti, Avtomobil transporti va yo&#8217;llari in- ti, viloyatlardagi un-tlarda olib bo- riladi. M.ning rivojlanishiga o&#8217;zbek olimlari M. O&#8217;rozboev, X. Raxmatullin, H. Usmonxo&#8217;jaev, M. Hojinova, V. Krbu- lov, T. Rashidov, J. Fayzullaev, I. S. Arjanix, M. F. Shulgin, A. D. Glush- chenko, o. V. Lebedev, S. Qodirov va b. o&#8217;z hissalarini qo&#8217;shishgan. Tursun Rashidov, Abror No&#187;monxo&#8217;jaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mexanika [Yun. mechanike (teche) \u2014 qurol, inshoot] \u2014 tashqi kuch ta&#8217;si- rida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o&#8217;rganish b-n shug&#8217;ullanadigan fan. Moddiy nuqta M.si, moddiy nuqtalar tizimi M.si, mutlaq qattiq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mexanika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116950","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116972,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116950\/revisions\/116972"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}