{"id":116952,"date":"2024-05-08T18:37:28","date_gmt":"2024-05-08T15:37:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116952"},"modified":"2024-05-08T18:37:32","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:32","slug":"menejment-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/menejment-3\/","title":{"rendered":"Menejment"},"content":{"rendered":"\n<p>Menejment (ing. Management \u2014 boshqarish, tashkil etish) \u2014 Max- sus boshqarish faoliyati; boshqarish to&#8217;g&#8217;risidagi fan. M.ning holati i.ch. samaradorligiga, texnika va texnolo- giya darajasi hamda ishchi kuchining si- fatiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. M.fanining maz-muni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob&#8217;ekti orasidagi o&#8217;zaro munosabat bo&#8217;lib, uning asosiy vazifasi boshkaruv- ning zamonaviy usullarini, rahbarlik san&#8217;ati sirlarini urganishdan ibo- rat. Boshqaruv \u2014 tanlov, qaror Kabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida bar- cha bo&#8217;g&#8217;inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlash- dan iborat. M. ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy, kibernetika va b. fanlar b-n aloqadordir. M. dastavval iqtisodiy nazariya fani b-n yaqindan bog&#8217;liq. U iqtisodiy qonunlarni bi- lib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usul- larni qo&#8217;llashga, har bir xodimga va jamoaga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishga asosla- nadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot, sta- tistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham M. fani b-n chambarchas bog&#8217;liqtsir. O&#8217;zbekistonda M.ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14-15-a. lardan Amir Temur davrida shaklla- na boshlagan. Buyuk sarkarda &#171;Temur tuzuklari&#187; asarida davlat, qo&#8217;shin va b.ni boshqarish san&#8217;ati to&#8217;g&#8217;risida o&#8217;z qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. M. fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida to&#8217;plangan ama- liy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab tur- li xil kontsepsiyalar, nazariy g&#8217;oyalar, ish printsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi si- fatida M. 19-a.ga kelib shakllana bosh- ladi. Boshqarish fanining asoschisi \u2014 amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish ta- moyillarini Teylorning zamondoshi frantsuz olimi Anri Fay-ol ishlab chikdi. Korxonada amalga oshirilayot- gan barcha operasiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qo&#8217;riqlash, hisobkitob, ma&#8217;- muriy)ga bo&#8217;lib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. M. yoki boshqarishning ob&#8217;- ekti korxona faoliyati, uning sub&#8217;- ekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. M. b-n maxsus tay-yorgarlik ko&#8217;rgan, boshqarishning qonunqoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar \u2014 yollanma boshqaruvchilar \u2014 menejer- lar shug&#8217;ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning yuqori (firma strate- giyasini ishlab chiqish), o&#8217;rta (i.ch., so- tish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (tsex, bo&#8217;lim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriklari bajarilishi- ni boshqarish) bo&#8217;g&#8217;inlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy marta- bali, o&#8217;rta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga bo&#8217;linadi. Ayrim tadqiqotlar M.ni kishilar- dan nafli samaralar olish san&#8217;ati, deb hisoblaydilar. Mukammal M.ning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga ta- rafdorlik; odsiy tuzilma va kamson- li xodimlar; iste&#8217;molchiga yaqinlik; unumdorlikni ta&#8217;minlashda insonning hal qiluvchi o&#8217;rni; tadbirkorlikni rag&#8217;batlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi e&#8217;tibor; hammadan ko&#8217;ra yaxshiroq tanish bo&#8217;lgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qo&#8217;llash. Firmalarning M. tizimi umumiy M., funktsional M., moliyaviy M., Mar- keting ishi, xodimlar ishini boshqarish, i.ch. M.i., ilmiytexnika ishlarini boshqarish va b.ni o&#8217;z ichiga oladi. M. nazariyasi va amaliyoti evolyusi- yasi turli xil qarashlarda o&#8217;z ifodasini topdi. Mac, 20-a.ning 50-60 y.larida asosiy e&#8217;tibor boshqarishning tashki- liy tuzilishiga qaratilgan bo&#8217;lsa, 60\u2014 70-y.larda strategik rejalashtirish- dan strategik boshqarishga o&#8217;tish davri bo&#8217;ldi. 20-a.ning o&#8217;rtalariga kelib M. O&#8217;zbekistonda tez sur&#8217;atlar b-n rivoj- landi. 1966 y.da O&#8217;zR FA kibernetika in-tining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib boril- gan nazariy, uslubiy, amaliy i.t. ishlari respublikada M. fanining rivojlani- shiga asos bo&#8217;ldi. 20-a. oxiri \u2014 21-a. boshlarida M. O&#8217;zbekistonda maxsus fan sifatida oliy o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qitila boshladi, M.ga doir tadqiqotlar yo&#8217;lga qo&#8217;yildi, dars- liklar yozildi. Ad.G&#8217;ulomov S. S, Abdullaev Yo., Me- nejment, T., 2002. Sadir Salimoe, Dilfuza Rahimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Menejment (ing. Management \u2014 boshqarish, tashkil etish) \u2014 Max- sus boshqarish faoliyati; boshqarish to&#8217;g&#8217;risidagi fan. M.ning holati i.ch. samaradorligiga, texnika va texnolo- giya darajasi hamda ishchi kuchining si- fatiga ta&#8217;sir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/menejment-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116952","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116952","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116974,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116952\/revisions\/116974"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116952"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116952"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}