{"id":116953,"date":"2024-05-08T18:37:31","date_gmt":"2024-05-08T15:37:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116953"},"modified":"2024-05-08T18:37:36","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:36","slug":"mendeleev-davriy-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mendeleev-davriy-sistemasi\/","title":{"rendered":"MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi \u2014 D. I. Mendeleevning o&#8217;zi kashf etgan davriy qonun asosida tuz- gan elementlar davriy sistemasi, dav- riy qonunning grafik ifodasi. M. D. s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular o&#8217;rtasida ob&#8217;ektiv qonuniy aloqa borli- gini ko&#8217;rsatadi va hali ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan elementlarni, ularning xossalarini ol- dindan aytishga imkon beradi. Mendeleevgacha ham kimyoviy ele- mentlarni sistemaga solishga urinib ko&#8217;rilgan (frantsuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari u. Odling, Ame- rikalik olim J. Nyulends va b.). J. Nyulends 1863 y.da elementlarni atom og&#8217;irliklari ortib borishi tarti- bida ketma-ket joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning xossa- larini, muzikadagi sakkizinchi notaga o&#8217;xshash, ma&#8217;lum darajada takrorlashini topdi. Nyulends bu qonuniyatni &#171;oktava- lar krnuni&#187; deb atadi va unga asoslanib, o&#8217;ziga ma&#8217;lum elementlarni guruh (sak- kizlik)larga bo&#8217;lishga urinib ko&#8217;rdi. 1864 y.da L. Meyer kimyoviy elementlarni va- lentliklariga qarab olti guruhga bo&#8217;ldi. Shunday qilib, Mendeleevdan oldin ele- mentlarni kimyoviy o&#8217;xshashliklari aso- sida guruhga bo&#8217;lishdan nariga o&#8217;tilmadi. Bu olimlar har qaysi elementni boshqa elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleev, o&#8217;zidan il- Gari o&#8217;tgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning at.m. qiymatlariga, Fi- zik va kimyoviy xossalariga katta e&#8217;ti- bor berdi. Mavjud elementlarni at.m. ortib borishi tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham o&#8217;sha tartibda asta-se- kin o&#8217;zgarib borishini va ma&#8217;lum xossa- larning o&#8217;zi elementlar qatorida davriy suratda, ya&#8217;ni bir necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. Bu krnuni- yat davriy qonunda o&#8217;z ifodasini topdi. Mendeleev davriy qonunni quyidagicha ta&#8217;rifladi: oddiy moddalar (element- lar)ning xossalari, shuningdek, ele- mentlar birikmalarining shakl va xos- salari elementlarning at. m.lariga dav- riy ravishda bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. U barcha ele- mentlar bo&#8217;ysunadigan davriy qonunni to&#8217;liq namoyon qildi va ba&#8217;zi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, ti- tan, vanadiy, erbiy, tseriy, uran, toriy) ning o&#8217;sha vaqtda qabul qilingan at.m.ni 1,5\u20142 marta o&#8217;zgartirish, ba&#8217;zi element- lar (kobalt, tellur, argon)ning joyla- shish tartibini o&#8217;zgartirish va nihoyat 11 elementning (frantsiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnesiy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi. Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda o&#8217;zgaradi (jadvalga k,.). Faol ishqoriy metall \u2014 litiydan so&#8217;ng FA- olligi kamrok, metall \u2014 berilliy, un- dan keyin kuchsiz metalloidlik xossa- larga va metallarning ba&#8217;zi xossalariga ega bo&#8217;lgan bor turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli metalloid \u2014 ugle- rod, so&#8217;ng metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol me- talloid \u2014 kislorod va niho-yat eng faol metalloid, ettinchi element \u2014 ftor ke- ladi. Yuqorida aytib o&#8217;tilgan 7 ta ele- ment xossalarining qisqacha ta&#8217;rifidan ko&#8217;rinadiki, litiyda ifodalangan me- Tallik xossalari bir elementdan ikkin- chisiga utishi b-n asta-sekin zaiflashib, metalloidlik xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga etadi. Shu b-n birga at.m.lari ortib borgan sari elementlarning kislorodga nisbatan va- lentligi litiyda birdan boshlab, undan keyingi har qaysi elementda muntazam suratda bittadan ortib boradi. Ftordan keyin keladigan element \u2014 neon boshqa elementlar b-n birikmaydigan inert gazdir. Neondan so&#8217;ng (keyingi qatorda) li- tiyga o&#8217;xshash bir valentli metall \u2014 na- triy keladi. Natriydan keyin element- lar xossalarining o&#8217;zgarib borishi tar- tibga qarab joylashadi, ya&#8217;ni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriy- dan so&#8217;ng berilliy analogi bo&#8217;lgan mag- niy keladi; undan keyin alyuminiy tura- Di. Alyuminiy, garchi bor kabi metalloid bo&#8217;lmay, balki metall bo&#8217;lsa ham, u ba&#8217;- zida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin ko&#8217;p jihatdan uglerodga o&#8217;xshash to&#8217;rt valentli metalloid \u2014 kremniy, un- dan so&#8217;ng kimyoviy xossalariga ko&#8217;ra, azot- ga o&#8217;xshash besh valentli fosfor, so&#8217;ngra metalloidlik xossalari kuchli ifoda- langan element \u2014 oltingugurt undan keyin juda faol metalloid bo&#8217;lgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz \u2014 argon keladi. Ma&#8217;lum sondagi elementlardan keyin, go&#8217;yo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; shundan keyin, ma&#8217;lum daraja- da, undan oldingi elementlarning xos- salari xuddi o&#8217;sha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorla- nadi. 1869 y.da Mendeleev davriy siste- maning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni dav- rlarga bo&#8217;ldi (u paytda 63 element ma&#8217;- lum bo&#8217;lib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga o&#8217;xshagan, hosil qiladigan birikmalari o&#8217;xshash bo&#8217;lgan elementlarni bir-birining ostiga tu- shadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yo&#8217;li b-n jadval tuzdi. Mendeleev o&#8217;sha vaqtda hali ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan elementlar uchun Bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasisiliy deb atadi) mavjudligini ay- tibgina qolmasdan, balki ularning xos- salarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleev ba-shorat kilgani- Day bo&#8217;lib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871 y.da M.D.s. ning ikkinchi varianti e&#8217;lon qilindi. Bu variantda uzaro o&#8217;xshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan bo&#8217;lib,&#8217; qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Men- deleevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlani- shida katta rol uynadi. Davriy siste- ma jadvalining hoz. ko&#8217;rinishi keying yillardagi kashfiyotlar va ma&#8217;lumotlar b-n to&#8217;ldirilgan. Ayni vaktda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ular- dan eng keng tarqalgan shakllari qu- yidagilardir: 1) Mendeleev taklif et- gan davriy sistemaning kiska variant (shu jadval keltirildi). 2) M.D.s.ning shveytsariyalik kimyogar A. Verner tomo- nidan 1905 y.da takomillashtirilgan uzun varianti. 3) daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921 y.) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli. So&#8217;nggi yillarda ko&#8217;rinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli M.D.s.ning qisqa va uzun variantilari keng kulla- nadi. Ma&#8217;lum bo&#8217;lgan 109 ta element (110-elementning sintez qilinganligi haqida ma&#8217;lumotlar bor, 104-109 elementlar IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan) at.m.larning ortib bo- rishi tartibida vertikal va gorizontal katorlarda joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar deb nomlangan. Jad- valda I\u2014VIII va 0 guruh mavjud. I\u2014VII guruhlarning har biri ikki \u2014 asosiy va qo&#8217;shimcha guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha va guruh (VIII, 0)da joy- lashgan elementlar bir-biriga o&#8217;xshaydi, mas, 1 guruhning asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II guruhning asosiy guruhchasida \u2014 ishqoriy-er metallar va VII guruhning asosiy guruhchasida \u2014 ga- logenlar va nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir guruhda, asosiy yoki qo&#8217;shimcha guruhchada joylashgan elementlarning xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo ba&#8217;zi xossalari farq qiladi. Gorizon- tal qatorlar davrlar deb ataladi. Bi- rinchi 3 ta (kichik) davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta element bor. 4, 5 va 6 (katta) davrlarda 18 ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7 davrda 23 ta element bo&#8217;lib, u hali tugallanmagan. 1940 y.dan beri bu davr sun&#8217;iy yul b-n olingan radio- aktiv (transuran) elementlar b-n tulib bormoqda. Bular tabiatda uchramaydi (q. Radioaktiv elementlar). Kimyoviy xossalari va elektron kavatlarining tuzilishiga ko&#8217;ra, barcha transuran ele- mentlar bir-biriga, shuningdek, toriy, protaktiniy, uranga o&#8217;xshaydi. M.D.s.da aktiniydan so&#8217;ng keladigan (90-103 raqamlardagi) elementlar aktinoidlar oilasiga birlashtirilgan va jadvalda lantanoidlar (58-71 raqamdagi ele- mentlar)dan ke-yinda joylashtirilgan. Kimyoviy xossalari va elektron kavati tuzilishiga ko&#8217;ra, bu ikkala oila bir- biriga uxshaydi. Ular III guruhga mansub. Har bir 2 ta davr, ya&#8217;ni 2 va 3, 4 va 5, 6 va tugallanmagan 7davrlardagi elementlar soni, ularning joylanish tartibi bir xil ekanligi sistemadan aniq ko&#8217;rinib turibdi. Shunga qarab 7davrdagi hali noma&#8217;lum elementlarning urnini kur- satib berish mumkin. Ammo davriy si- stema kaysi element b-n tugashini ay- tish qiyin. Sun&#8217;iy radioaktiv kimyoviy elementlarning at.m.ni izotoplar tabi- iy aralashmasining o&#8217;rtacha massasi deb hisoblash mumkin emas. Shuning uchun bu elementlarning kimyoviy formulasi ostidagi son boshka elementlardagi kabi uning at.m.ini emas, balki eng uzoq mav- jud buladigan izotopning massa sonini kursatadi. Davriy sistemadagi element- larning xossalari qonuniy ravishda uzgarib boradi. Mas, ishqoriy metal- lar guruhchasida yuqoridan pastga, ya&#8217;ni litiydan tseziyga tomon metallarning elektron berish qobiliyati ortib, shu b-n birga ularning kimyoviy faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar guruhchasida esa, aksincha, pastda joylashgan ele- ment yuqoridagi elementga Karaganda elektronni Qi-yinlik b-n biriktiradi. Demak, galogenlar guruhchasida metal- loidlarning faolligi yuqoridan past- ga tomon pasayib boradi. Davrlardagi qonuniyat shundayki, ungda joylashgan elementlarga qaraganda chapda turgan elementlar elektronlarni oson yo&#8217;qotib, Qi-yinlik b-n biriktiradi. Shunga muvofiq, chapdan o&#8217;ngga (faol ishqoriy metallardan yaqqol metallmaslar \u2014 ga- logenlarga) tomon oddiy moddalarning xossalari o&#8217;zgaradi, ayni vaqtda ele- mentlar birikmasining xossalari ham davriy ravishda uzgarib boradi. Mac, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga to&#8217;g&#8217;ri ke- ladigan gidroksidlar (asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib bori- shiga qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter, so&#8217;ng kislota tavsifi b-n Alma- shadi. Guruhchalarda elementlar gidrok- sidlarining tavsifi yuqoridan pastga tomon kuchayib, kislota tavsifi zaifla- shib boradi. M.D.s. ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossa- larini o&#8217;rganishda, bu xossalar orasida- gi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reak- tsiyalarni o&#8217;tkazishda hamda radioaktiv izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq ilmiy asos bo&#8217;lib xizmat qiladi. Ad.: Mendeleev D. I., Periodiche- skiy zakon. Osnovnie stati, M., 1958; Rahimov X., Gulboev T., D. I. Mendeleev- ning elementlar davriy qonuni va atom- lar tuzilishi, T., 1968; Melnikov V. P., Dmitriev I. S, Dopolnitelnie vidi periodichnosti v periodicheskoy sisteme D. I. Mendeleeva, M., 1988. Sayfullo Hamroev, Rustam Ma&#8217;ru- pov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi \u2014 D. I. Mendeleevning o&#8217;zi kashf etgan davriy qonun asosida tuz- gan elementlar davriy sistemasi, dav- riy qonunning grafik ifodasi. M. D. s. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mendeleev-davriy-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116953","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116953","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116953"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116953\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116975,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116953\/revisions\/116975"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116953"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116953"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116953"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}