{"id":116954,"date":"2024-05-08T18:37:34","date_gmt":"2024-05-08T15:37:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116954"},"modified":"2024-05-08T18:37:40","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:40","slug":"meksika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meksika-2\/","title":{"rendered":"Meksika"},"content":{"rendered":"\n<p>Meksika (Mexiko), Meksi- ka Qo&#8217;shma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) \u2014 Shim. Amerikaning Jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Mexiko sh. Ma&#8217;mu- riy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt Fede- ral okrugiga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 Federativ respublika. Meksika Qo&#8217;shma Shtat- larining 1917 y. 5 Fev.dagi siyosiy Kon-stitusiyasi amal qiladi, unga key- inchalik o&#8217;zgartishlar kiritilgan. Dav- lat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2000 y.dan VI-sente Foks Kesada), u umumiy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li b-n 6 y. muddatga say- lanadi. Konstitusiyaga binoan, Pre- zident qayta saylanishi mumkin emas. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Tabiati. M. qirg&#8217;okdari kam parcha- langan, eng katta yarim orollari \u2014 ka- liforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha Orol xam M. tarkibiga kiradi. Mamlakat qududining katta qismini Meksika tog&#8217;ligi (aksariyat bal. 1000\u2014 2000 m, eng baland joyi \u2014 harakatdagi Orisaba vulkanlari \u2014 5700 m) egal-laydi. Sohilga yaqin joylari pastte- kislik. Meksika qo&#8217;ltig&#8217;ida neftgazli havza, Meksika tog&#8217;ligida rangli metal rudalari (mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vis- mut, qalay, volfram, oltin), mamlakat- ning shim.-sharqida toshko&#8217;mir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi 10\u00b0-25\u00b0, iyulniki 15\u00b0-30\u00b0. Yillik yog&#8217;in tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida esa 2000-3000 mm. Jan.-sharqida daryosoylar ko&#8217;p, shim.- g&#8217;arbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yo&#8217;q). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva \u2014 Usuma- Sinta dare sistemasi. Eng katta kuli \u2014 Chapala. Shim.-g&#8217;arbida, asosan, bo&#8217;z tuproq va cho&#8217;lga xos oddiy tuproqlar; tog&#8217;liklarda surjigarrang, jigarrrang, savanna qizil tuproqlari va tog&#8217;-o&#8217;rmon qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang, savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi. O&#8217;simliklari juda xilma-xil. M.da o&#8217;simliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2\/3 qismi endemic o&#8217;simliklardir. Meksika tog&#8217;ligining shim. kattaroq qismida uziga xos kse- rofil o&#8217;simliklar, shuningdek, MIMO- zadosh butalar o&#8217;sadigan chala cho&#8217;l va cho&#8217;llar asosiy o&#8217;rin tutadi. Tog&#8217;liqning Jan. qismida va bu erlarni o&#8217;rab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna o&#8217;simliklari, tog&#8217;larda bargli va ara- lash o&#8217;rmonlar (dub, grab, jo&#8217;ka, karagay, oqqarag&#8217;ay va b.) usadi; M.ning Jan. va Jan.-Sharqiy qismlarida aksari tro- pik o&#8217;rmonlar, Sharqiy yon bag&#8217;irlarida doim yashil sernam o&#8217;rmonlar, g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarida igna bargli, tog&#8217;etaklarida barg to&#8217;kadigan o&#8217;rmonlar bor. Yovvoyi hayvonlardan chala cho&#8217;l va cho&#8217;llarda kemiruvchilar \u2014 er qazir (er sichqon), koyot (yaylov bo&#8217;risi), Mek- sika tog&#8217;ligi o&#8217;rmonlarida qora ayiq, enot, kizil silovsin, Puma, savanna- larda bug&#8217;u, chumolixo&#8217;r, jayra, Jan. dagi tropik o&#8217;rmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvo-not, o&#8217;simlik dunyosi va b. noyob joylarni qo&#8217;riqlash maqsadida 50 dan ko&#8217;proq bog&#8217; tashkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbre- ode-Monterrey, Serrade-San-Pedro- Martir, Kan-ondelrio Blanko va b. Aholisining kupi meksikanlar bo&#8217;lib, ular indeys kabilalari va elatla- ri, Evropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantasiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan ibo- rat. Aholining yarmidan ortig&#8217;i aralash nikoxdan tug&#8217;ilgan metis va mulatlar- dir. Tub indeys xalqlari o&#8217;z tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, Basklar, nemislar, frantsuz- lar, italyanlar va b. ham bor. Rasmiy til \u2014 ispan tili. Dindorlarning 96% Kato- liklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares. Tarixi. M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20-15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu erda tur- li davrlarda G&#8217;arbiy yarim shardagi eng rivojlangan tsivilizasiyalardan biri mavjud bo&#8217;lgan. Mil. AV. 1ming yillik o&#8217;rtalaridan aholi o&#8217;troq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, san&#8217;at taraqqiy et- gan. Milod boshlarida Markaziy Ame- Rikaning shim.-g&#8217;arbiy qismida Mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning bosh- larida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida asteklar ham bor edi, ular hoz. Mexiko sh.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdi- lar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu erda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy san&#8217;at birmuncha rivoj topdi. 1517 y. M.ni is- panlar bosib ola boshladilar. 16-a. oxi &#8212; riga kelib M. xududi butunlay zabtetil- Di. Yangi Ispaniya viseqirolligi tuzil- Di, butun hokimiyat ispan zamindorlari qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. Mahalliy aholining aksar qismi o&#8217;z erlaridan mahrum etil- Di, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe bo&#8217;lib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar ko&#8217;plab indeys- larning yostig&#8217;ini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, 1605 y.ga kelgan- da 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi etishmay qolgach, Afrikadan ko&#8217;plab negr qullar keltirila boshladi. I. ch. sanoatining rivojlanishiga turli yo&#8217;llar b-n to&#8217;sqinlik qilindi, ko&#8217;pchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat mono- poliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh ko&#8217;tarib bir necha bor qo&#8217;zg&#8217;olon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bo- zorning vujudga kelishi, milliy ong- ning uyg&#8217;onishi ta&#8217;sirida 19-a.ning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi. Amerikadagi ispan mustamlakalari- ning mustaqillik uchun olib borgan uru- shi davrida (1810-26), xususan, 1810\u2014 15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Mo- relos rahbarligida dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lib o&#8217;tdi, bu qo&#8217;zg&#8217;olon sha-fqatsiz bo- stirildi. Ispaniyadagi 1820-23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan ko&#8217;tarilishiga sabab bo&#8217;ldi. A. Iterbude boshchiligida- gi harakat keng xalq ommasi tomonidan ko&#8217;llab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb e&#8217;- lon qilindi. 1845 y. AQSh Texasni, 1846-48 y.lardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Frantsiya-Yspa- niya interventsiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, in- terventlarning mag&#8217;lubiyati b-n tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident bo&#8217;lib turdi; ana shu davr- da fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, Kongress o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotdi. 20-a. ning boshlaridan inqilobiy yuksalish ro&#8217;y bera boshladi. 1910 y.da dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng Yi- rik rahbarlari edilar. 1910-17 y.larda M.da inqilob bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1911 y. may oyida Dias rejimi ag&#8217;darib tashlandi. Yangi Konstitusiya qabul qilindi. 1929-33 y.lardagi jahon iktiso- diy bo&#8217;hroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy parti- yaning radikal qanoti vakili L. Karde- nas-idelrio prezident qilib saylan- Di. Uning hukumati (1934-40) mu-him o&#8217;zgarishlar qildi, er islohoti o&#8217;tkazdi. 2-jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildir- Di; lekin 1942 y. may oyida fashistlar blokiga qarshi urush e&#8217;lon qildi. Urush- dan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol o&#8217;zgarmadi. 60-y.lardan boshlab L. Ma- Teos (1958-64) va D. Ordas (1964-70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yo&#8217;lini tutdi. 1970 y.da hokimiyat tepasiga kelganl. Echever- RIA hukumati ahvolni yaxshilash uchun er islohoti to&#8217;g&#8217;risida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy capital qo&#8217;yilishini rag&#8217;batlantirish va chet el kapitalini tartibga solish to&#8217;g&#8217;risida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmat- chilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning G&#8217;arbiy Evropa mamlakat- lari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar b-n tashqi savdo aloqalari kengaytirildi. 1976 y.da saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 y.da say- langan E. Sedilo hukumatlari sanoat va q.x.ni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar o&#8217;tkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, i.ch. quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 y. &#171;O&#8217;ng Mar &#8212; kazchi alyans&#187; blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga say- lanishi 1929 y.dan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan institusion- inqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qo&#8217;ydi. Keyingi yillarda xo&#8217;jalik boshqaruvini maxalliylashtirish, dav- latga qarashli norentabel korxonalar- ni qisqartirish, iqtisodiyotning &#171;ochi- kligi&#187; va tadbirkorlik FA-oliyatini kuchaytirish, o&#8217;zaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati o&#8217;tkazila boshladi. M. 1991 y. 26 dek.da O&#8217;zR mustaqilligini tan olgan va 1992 y. 16 martda u b-n diplomatiya munosa- batlari o&#8217;rnatgan. M. 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 16 sent. \u2014 Mustaqillik e&#8217;lon qilingan kun (1810). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Institusion-inqilobiy partiya, 1929 y.da tuzilgan (1938 y.gacha Milliy- inqilobiy partiya, 1946 y.gacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 y.dan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 y.da asos solingan; M. ko&#8217;katparvar ekologiya partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; demokra- tik inqilob partiyasi, 1989 y.da tash- kil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat Kongressi, 1966 y.da tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederasiyasi, 1936 y.da asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederasiyasi, 1918 y.da tashkil etil- gan; ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederasiyasi, 1952 y.da tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lo- pes nomidagi umumiy Ittifoqi, 1949 y.da asos solingan; mehnatkashlarning inqilobiy konfederasiyasi, 1954 y. tash- kil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federasiyasi 1938 y. tuzil- gan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakat- lardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sa- noatning ulushi 24,5%, qishloq, o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe etishtirish- da, neft, gaz, kumush, rux, qo&#8217;rg&#8217;oshin, ol- tingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi o&#8217;rinlarda turadi. Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchi- lik, neftni qayta ishlash, neft kimyo- si, metallurgiya, qurilish, to&#8217;qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qo&#8217;ltig&#8217;i sohilida, kon- chilik va metallurgiya sanoati Meksika tog&#8217;ligi shim.da, i.ch. sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sa- noati muhim o&#8217;rin oladi. Verakrus, Tam- Piko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka sh.lari neft kimyosining, Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora me- tallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon sh.lari rangli metal- lurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-Ebla mashi- nasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, t.y. vagonlari, avtomobil- lar, to&#8217;qimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizor- lar), stanoklar, kemalar ishlab chikara- Di. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmasevtika, to&#8217;qimachilik, tikuvchilik, ko&#8217;n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumla- ri i.ch.ga alohida ahamiyat beriladi. Yi- liga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr st-yalarida). Qishloq xo&#8217;jaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, q.x. aholining ehtiyojini asosan ta&#8217;minlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Erlarning &#8216;\/4 qismiga ekin ekiladi, 3\/4 qismi yaylov. Ekin maydo- nining 5,15 mln. ga sun&#8217;iy sug&#8217;oriladi. Erlarning ko&#8217;p qismi q.x. jamoala- ri \u2014 exidoga qarashli. Asosiy tarmoq \u2014 dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, bug&#8217;doy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, er yong&#8217;oq, ertagi sabzavot, tsitrus meva- lar, ananas va b. bir qancha tropik va sub- tropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Ko&#8217;p mikdorda yog&#8217;och tayyorlanadi. Chorva- chiligida koramol, ot, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. T.y. uz. \u2014 26,4 ming km, avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barcha shtat va shaharlari aviasiya havo yo&#8217;llari orqali tutashtirilgan. Mexiko, Verakrus, Me- rida, Monterreyda katta Aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Vera- Krus, Mexiko, Tampiko, Koasa-koalkos, Salina-Krus. M. chetga tayyor va chala tayyor bu- yumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, kon- chilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskuna- lar, iste&#8217;mol mollari sotib oladi. Sav- do-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSh, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi \u2014 M. pesosi. Tibbiy xizmati. M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Vrachlar un-tlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuerna- Vaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati \u2014 6 y., o&#8217;rta maktabda 5 va 6 y. 6-15 yoshdagi bolalar uchun boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim \u2014 bepul. Davlat maktablaridan tashqari, ko&#8217;pgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy o&#8217;quv yurti, shu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng Yi- riklari,: Mexikodagi M. milliy Muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-ti (1936), Gvadalaxara, Moreliya, Puebla- dagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix Akademi- yasi (1940), Milliy tabiiy fanlar aka- demiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-ti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutub- xonasi \u2014 Mexikodagi Milliy kutubxo- na (1833), boshqa shahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Za- monaviy san&#8217;at muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy ta- rix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da 2 mingdan ko&#8217;proq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kunda- lik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: &#171;Dia&#187; (&#171;Kun&#187;, 1962 y.dan), &#171;in-formador&#187; (&#171;Xabarchi&#187;, 1917 y.dan), &#171;Universal&#187; (1916 y.dan), &#171;Uno Mae UNO&#187; (&#171;bir plyus bir&#187;, 1977 y.dan), &#171;Ekselsior&#187; (1917 y.dan), &#171;Eraldo de Mexiko&#187; (&#171;Meksika xabarnomasi&#187;, 1965 y.dan); Informaso- nes Mexikanas \u2014 Informeks Milliy axborot agentligi aktsiyadorlik jamiya- ti bo&#8217;lib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas \u2014 Notimeks xukumat axbo- rot agentligi bo&#8217;lib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan ko&#8217;proq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning etak- chi &#171;Televisa&#187; teleko&#8217;rsatuv tijorat konsortsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televidenie sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan. Adabiyoti 16-a.ga kadar tub joy in- deys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan AV- valgi davrda Mayya (3-9-a.lar) va ATS- teklar (14-16-a.lar) adabiyoti g&#8217;oyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davrida- gi adabiyot evropacha an&#8217;analar yo&#8217;lidan bordi. Xalq og&#8217;zaki ijodiyoti ham uzluk- siz rivojlanib adabiyotga kuchli ta&#8217;sir etib turdi. Ispan gumanist ma&#8217;rifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol o&#8217;ynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning &#171;ispan qirollariga MAK-tublar&#187;, B. Dias del Kastilo- ning &#171;yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi&#187; asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning &#171;Meksikaning la- tofati&#187; dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar bo&#8217;ldi. 17-a. adabiyotida she&#8217;riyat asosiy o&#8217;rinni egalladi. 18-a. da R. Landivarning &#171;Meksika qishlog&#8217;i&#187; (1781), F. Klavixeroning &#171;Meksikaning qadimgi tarixi&#187; (1780-81) dostonla- ri maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810-24) A. Kintan Rooning inqilobiy she&#8217;rlari Shuhrat qozondi (milliy madhiya \u2014&#187;o&#8217;n oltinchi sentyabr&#187; va b.). X. X. Fernandes de Li- sardaning &#171;Perikilo Sarniento&#187; ro- manida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi. Mustaqil M. adabiyotida paydo bo&#8217;lgan birinchi badiiy yo&#8217;nalish roman- tizm edi. M. Akunya, G. Prietoning she&#8217;- rlari va M. Payno (&#171;Shaytonning nay- ranglari&#187;), L. Inklan (&#171;Astusia&#8230;&#187;)ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanla- ri romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. she&#8217;riyatida modernizm paydo bo&#8217;ldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.) 19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamla- kat ijtimoiysiyosiy hayotining qarama- qarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910-17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabi- yotning rivojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. M. Asuelaning &#171;pastdagilar&#187; (1916) Roma- nida kurashayotgan xalqsiymosi va om- maviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman (&#171;Burgut bilan ilon&#187;, 1928), g. Lopes-i-Fuentes (&#171;harbiy lager&#187;, 1931; &#171;Mening generalim&#187;, 1934) va b. yozuvchi- larning asarlari ham shu ruxda yozildi. 20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Pe- Liser)ning asarlarida xalqning ma&#8217;- naviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. Nasri 50-y.larning o&#8217;rtalaridan yana yuksala boshladi. Ro- mannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni ko&#8217;tarib chiqdi. A. Yanesning &#171;jala oldidan&#187;, X. Rulfoning &#171;Pedro Paramo&#187;, Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning &#171;O&#8217;ta tiniq soha&#187;, &#171;Artemio Krusning o&#8217;limi&#187;, Rosario Kastelyanosning &#171;Zul- matdagi ibodat&#187; romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hoz. zamon milliy voqeligini o&#8217;rganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sha- roitda hal etishga intilmoqda. Me&#8217;morligi. Qad. davrda (16-a.gacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Mil. AV. 1ming yillikda me&#8217;morlik ayniqsa yuk- saldi. M. Markaziy viloyatlarida, Jan.da va Yukatan ya. o.da shaharlar bar-po etil- Di. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega bo&#8217;lgan Mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangba- rang naqshlar b-n bezatilgan gumbazli binolar qurishgan. Mustamlaka davri (16-19-a, bosh- lari)da M.da shaxarsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu b-n birga, me&#8217;morlikda mahalliy an&#8217;ana ham o&#8217;z aksini toddi. 17-a.dan boshlab ba- Rokko uslubi paydo bo&#8217;ldi (Moreliyadagi sobor, 1640-1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692-99; La Profesa cherkovi, 1714-20; Sagrario Metropolitano Cher- kovi, 1749-68; Gvadalaxaradagi San- ta-Monika cherkovi, 1720-33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan Cher- kovi, 1745\u2014 60 va h. k.). 19-a.da ispan, italyan va frantsuz ustalari etakchi rol o&#8217;ynadi. 19-a.ning 2-yarmi \u2014 20-a. boshlarida Mexikoda Yi- rik binolar qurildi, yangi magistrallar ochildi. Binolar beton, temir, temir- betondan qurila boshladi. 1949\u2014 54 y.larda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan un-t shaharchasi 20-a. o&#8217;rtalaridagi M. me&#8217;morligining eng yaxshi xususiyatlarini aks ettirgan; go&#8217;zal joyda qurilgan bu shaharcha o&#8217;quv, sport va turar joy binolaridan iborat bo&#8217;lib, me&#8217;morlik b-n mahobatlidekorativ san&#8217;at mahsulidir. 50-80-y.larda M.da zilzilaga chidamli ko&#8217;p qavatli turar joy va jamoat binolari qad ko&#8217;tardi. Mexikoda bir qancha turar joy dahalari va yo&#8217;ldosh-shaharlar paydo bo&#8217;ldi. Astek stadioni, Sport saroyi qurildi. Tasviriy san&#8217;ati juda qad. bo&#8217;lib, mil. AV. 2-ming y.likdan boshlab rivoj- langan. Bu davrga mansub tosh va Terra- kotadan yasalgan haykalchalar, shakldor idishlar saqlanib qolgan. Mil. AV. 1ming y.liqda M. qo&#8217;ltig&#8217;i bo&#8217;yida yashov- chi olmeklar hoz. Verakrus va Tavasko Shtatlarida qabariq tosh yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, tosh tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasa- ganlar. Mil. 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar go&#8217;zal amaliy va tasviriy san&#8217;at namunalarini yaratdi- lar. 10-16-a,lar san&#8217;atida harbiy man- zaralar, dahshatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boshladi. Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil o&#8217;ymakorlik US- lubida bezatildi, ayniqsa, 18-a.da ul- trabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rang- tasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik aka- demik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf bo&#8217;ldi. 19-a,da M. tasviriy san&#8217;atida evro- Pa badiiy madaniyati o&#8217;ziga yo&#8217;l ocha bosh- ladi. Shu b-n birga, tasviriy san&#8217;-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19- a. oxiri \u2014 20-a.boshlarida M. tasviriy san&#8217;atiga Evropadagi yangi badiiy oqimlar (&#171;modern&#187;, impressi- onizm) ta&#8217;sir eta boshladi. Bir qancha san&#8217;atkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. san&#8217;atini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish g&#8217;oyasini olg&#8217;a surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy an&#8217;anala- ri b-n bog&#8217;liq inqilobiydemokratik sa- tirik grafikaga asos soldi. 50-60-y. larda mahobatli tasviriy san&#8217;atda yangi me&#8217;morlik binolari b-n bog&#8217;liq asar- lar (bezakli mozaika, bo&#8217;rtiq mozaika, naqshlar) asosiy o&#8217;rin tuta boshladi. M.da tasviriy san&#8217;at va grafikaga Kara- ganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq san&#8217;atida indeys va ispan san&#8217;ati an&#8217;analari qo&#8217;shilib ketgan. Musiqasi. M. musiqasi qadimdan o&#8217;ziga xos va boy. Mahalliy aholi, jum- ladan, qad. asteklar turmushida (mas, Di- niy va ibodat marosimlarida, ish payt- larida) musika katta rol o&#8217;ynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika MAK- tablari bo&#8217;lgan. Birmuncha sof &#171;indeys musiqasi&#187; ayrim chekka joylardagi tub aholi o&#8217;rtasida hanuz saqlanib qolgan. Hoz. M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati ta&#8217;sirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholg&#8217;u asboblari \u2014 gitara hamda unga o&#8217;xshash gitarron va xaranita, skripka, Arfa, truba ko&#8217;pdan mashhur. Professional musiqa 16-a.dan ri- vojlana boshladi, 19-a. boshlaridan poy- taxt va yirik shaharlarda italyan kompo- zitorlarining operalari qo&#8217;yildi. 1825 y. Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 y. simfonik orkestr paydo bo&#8217;ldi. 1866 y. konservatoriya ochildi. 19-a.ning o&#8217;rtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo bo&#8217;la bosh- ladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-a. ning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozi- torlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuen- te, skripkami g. Shering, pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitara- chi A. Bribeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas etakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, un-t huzurida oliy musiqa maktabi ish- laydi. Bir qancha Shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan ko&#8217;plab vokal-instrumental an &#8212; sambllar katta muvaffaqiyat qozongan. M.da balet san&#8217;ati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya san&#8217;ati raqs folklori va indeyslarning qad. raq- slari b-n ispan raqqoslarining an&#8217;- analari zaminida paydo bo&#8217;lgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikacha &#171;mo- dern&#187; raqsi ta&#8217;sirida tarkib topa bosh- lagan. Folklor b-n &#171;modern&#187; raqsining qo&#8217;shilishidan o&#8217;ziga xos milliy raqs shakllari paydo bo&#8217;ldi. 1966 y.dan Mexi- Koda har yili xalqaro raqs tanlovlari o&#8217;tkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil ba- let truppasi va b. ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur. Teatri. M. teatr san&#8217;ati qad. in- deyslarning diniy marosimlari asosi- da vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar ko&#8217;rsatilgan. M. 16-a.da evropaliklar tomonidan istilo qilinganidan key- in xalq san&#8217;ati quvg&#8217;inga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda &#171;komediya uyi&#187; teatri ishlay boshladi, 1670 y. birinchi do- imiy &#171;Koliseo&#187; xalq teatri ishga tush- Di, Gvadalaxara (1758), Verakrus (1787) sh.larida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 y. Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ish- tirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis san&#8217;at in-ti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan MAK- Tab ochildi. Eng mashhur teatrlari: &#171;Xi- Menes Rueda&#187;, &#171;Idalgo&#187;, &#171;xoda&#187;, &#171;Re- forma&#187;, &#171;Insurxentes&#187;, bolalar teatri, &#171;Ginol&#187; qo&#8217;g&#8217;ir-choq teatri va b. Kinosi. 19-a. oxiridan kinoxro- Nika paydo bo&#8217;ldi, 1905 y. birinchi badiiy film ko&#8217;yildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi &#171;alam hayqirig&#8217;i&#187; filmi, qisqa metrajli ko- mediya va melodramalar chiqarildi. 30-y. lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931\u2014 32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea bo&#8217;ldi. 20-a. 30-40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizo- lar, xalq hayoti aks ettirildi. &#171;Mariya Kandelyariya&#187; (1944), &#171;Durdona&#187; (1947), &#171;Rio Eskondido&#187; (1948), &#171;Qishloqi qiz&#187; (1949) kabi badiiy jihatdan yuk- sak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur bo&#8217;ldi. M. kino san&#8217;atining key-ingi eng yaxshi asarlari: &#171;g&#8217;isht teruvchilar&#187; (rej. X. Fone), &#171;janubdagi uy&#187; (rej. S. Olxovich), &#171;pastkash odamlar&#187; (rej. X. Estrada),&#8217; &#171;Xuan Peres Xolote&#187; (rej. A. Burns), &#171;100-meridian&#187; (rej. A. Xo- skovich). M.da yiliga 70 dan ortiq ba- diiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, O&#8217;zbekiston \u2014 M. muiosabatla- ri. Garchi O&#8217;zbekiston b-n M. o&#8217;rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan bo&#8217;lsa ham, o&#8217;zaro savdo-sotiq aloqalari yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. O&#8217;zR b-n M. o&#8217;rtasidagi to- var aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSh dollarini tashkil etdi. &#171;Savdo- iqtisodiy hamkorlik&#187; va &#171;investi- tsiyalarni rag&#8217;batlantirish hamda o&#8217;zaro himoya qilish&#187; to&#8217;g&#8217;risida shartnomalar tuzish masalasi ko&#8217;rib chiqilayotir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Meksika (Mexiko), Meksi- ka Qo&#8217;shma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) \u2014 Shim. Amerikaning Jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. Kishi (2001). Poytaxti \u2014 Mexiko sh. Ma&#8217;mu- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meksika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116954","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116954\/revisions\/116976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}