{"id":116958,"date":"2024-05-08T18:37:44","date_gmt":"2024-05-08T15:37:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116958"},"modified":"2024-05-08T18:37:50","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:50","slug":"mahalla-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mahalla-4\/","title":{"rendered":"Mahalla"},"content":{"rendered":"\n<p>Mahalla \u2014 O&#8217;zbekistonda ma&#8217;muriyhududiy birlik; o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarishning xalqimiz an&#8217;analari va qadri-yatlariga xos bo&#8217;lgan usuli. M. ta- rixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi bo&#8217;lgan so- pollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urug&#8217;jamoasigina emas, balki i.ch. manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriar- xal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qo&#8217;shilgan. Katta oilalar jamoa- sini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar o&#8217;z navbatida oliy oqsoqollar Kengashiga Birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa \u2014 qishloq hayoti b-n bog&#8217;liq barcha masalalar- ni oliy kengash orqali hal qilishgan. Mil. AV. 3-a.dan mil. 5-a.ning boshlari- gacha Farg&#8217;ona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falar- ni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tu- zish, Vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush e&#8217;lon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar b-n shug&#8217;ullangan. &#171;Mahalla&#187; atamasi Arabcha bo&#8217;lib, &#171;o&#8217;rin-joy&#187; degan ma&#8217;noni anglatgan. U turli mintaqalarda Mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda ata- lib kelingan. Adabiyotlarda M.larning ko&#8217;p ming yillik tarixga ega ekanligi haqida ma&#8217;lumotlar uchraydi. Mac, Nar- shaxiy o&#8217;zining &#171;Buxoro tarixi&#187; asari- da Buxoroda bundan 1100 y. ilgari bir qancha M.lar bo&#8217;lganini qayd etib o&#8217;tgan. Alisher Navoiy o&#8217;zining &#171;hayrat ul- Abror&#187; asarida M.ni &#171;mahalla shahar ichidagi shaharcha&#187;dir deb ta&#8217;riflaydi, Hirot sh. yuz shaharcha ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan M.lardan tashkil topganligi- ni aytib o&#8217;tadi. M.lar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. M.lar fuqarolarning kasbkori asosida shak- llangan va shunga qarab nomlangan. Mas, zargarlik, misgarlik, ko&#8217;nchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egar &#8212; chi, Taqachi va h. k. M. qadimda mahalliy hokimiyatning o&#8217;ziga xos bir shakli, ko&#8217;rinishi tarzida faoliyat ko&#8217;rsatgan. M.ni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, o&#8217;zining yozilmagan ichki tartibqoidalariga ega bo&#8217;lib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan. M. kichik ma&#8217;muriy hudud bo&#8217;lishi b-n birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an&#8217;analar, urf-odatlar umumiyligi b-n bog&#8217;langan kishilar jamoasi birligi- dir. Tarixning turli bosqichlarida dav- rlar, tuzumlar o&#8217;zgarishiga qarab M.ning vazifalari ham o&#8217;zgarib turgan. 20-a.ning boshlaridayoq M.lar daha boshliqlari \u2014 mingboshilar saylay- digan yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordam- chilari M.dagi barcha jamoat ishlari va marosimlarni boshqarganlar, shuning- dek, fuqarolarning shahar yig&#8217;inlari va shahar muassasalarida M. manfaatlari- ni himoya qilganlar. M.ning asosiy vazifalari: marosim- larni birgalikda o&#8217;tkazish, o&#8217;z hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, ja- miyat hayotida tartib saqlanishini ta&#8217;- minlash, barcha an&#8217;anaviy me&#8217;yorlarning bajarilishi ustidan nazorat o&#8217;rnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buz- gan, jamoat maj-buriyatlaridan bo&#8217;yin tovlaganlarni jazolashdan iborat bo&#8217;lgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, ko&#8217;chalar, yo&#8217;llar qurish va M. obodonchiligi b-n bog&#8217;liq boshqa jamo- at ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlar- ning barchasi birgalikda hashar yo&#8217;li b-n amalga oshirilgan. M. jamiyatimizning tuzilmasi si- fatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib o&#8217;tdi. U 20-a.ning 1-choragida o&#8217;zining an&#8217;anaviy shaklini oldi. Sovet hukumati M.ga o&#8217;z umrini yashab bo&#8217;lgan o&#8217;tmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u an&#8217;anaviy mil- liy boshqaruvlarni bekor qilish yo&#8217;li b-n bu erda sanoatlashgan &#171;ilg&#8217;or&#187; jami- yatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-y.lar boshlaridan sovet hukumati M.lar vazifasini che- klash, o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirishga intildi, bu hol M. faoliyatiga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazdi. Biroq M. o&#8217;zining yashovchanligini namo- yon etib, an&#8217;anaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ular- ni yo&#8217;qotish yo&#8217;lidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saklab qoldi. 20-30-y.larda M. eski turmushga qarshi &#171;hujum&#187;da \u2014 paranji tashlash va xotinqizlarni ozodlikka chiqarish harakatida ishtirok etdi. Shu b-n birga M. savodsizlikni tugatish, ommani ma&#8217;- rifatli qilish, joylarni obodonlashti- rish (yo&#8217;l, choyxona, maktablar qurilishi) da muhim ahamiyat kasb etdi. 1932 y. 17 apr.da O&#8217;zbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi M. qo&#8217;mitalari to&#8217;g&#8217;risida Nizom chikdi. 1935\u2014 36 y.larda M.larda oqsoqol bosh- chiligida M. qo&#8217;mitalari tashkil etilib, aholi o&#8217;rtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan. 2-jahon urushi davrida M. Baynal- milalchilik tabiatini namoyon etdi. Urush davrida M. qo&#8217;mitalari armiyaga chaqiruvni tashkil etish, aholidan po- silka jo&#8217;natish, ko&#8217;chirib keltirilgan aholini, bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi. 1961 y. avg.da O&#8217;zbekiston Oliy kenga- shi tomonidan chiqarilgan &#171;Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovul- laridagi M. qo&#8217;mitalari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi Nizomda ham M.ga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. &#171;M. qo&#8217;mitalari biron- bir moliyaviy xo&#8217;jalik faoliyati b-n shug&#8217;ullanishi mumkin emas, ular oldi- sotdi, ijaraga berish ishlarini baja- rishda qatnashishlari mumkin emas&#187; edi. M.ning huquq va vakolatlari cheklangan edi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erish- gach, M.larga bo&#8217;lgan munosabat tubdan o&#8217;zgardi. O&#8217;zR Konstitusiyasining 105mod- dasiga va 1993 y. sent.da qabul qilingan &#171;fuqarolarning o&#8217;zini-o&#8217;zi boshqarish organlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunga binoan, M.lar o&#8217;z huquqiy maqomiga ega bo&#8217;lib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. M. lar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida o&#8217;z mol- mulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga \u2014 jamg&#8217;armasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. o&#8217;z hududida i.ch.ni tashkil etishi, ki- chik korxonalar ochishi, o&#8217;zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, o&#8217;z hududidagi aholini ish b-n ta&#8217;minlashi, aholiga madaniymai- shiy xizmat ko&#8217;rsatishi mumkin. Hoz. paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, o&#8217;z fao- liyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, to&#8217;yma&#8217;raka marosimlarini o&#8217;tkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni Barta- raf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari b-n shug&#8217;ullanadi. Ko&#8217;pchilik M.larning o&#8217;z masjidi bor, turli ma&#8217;- rakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va b.) mavjud. 90-y.larda M. hokimiyatning ras- man quyi yuridik organiga aylandi. M. vazi-falari ancha kengaydi, u demokra- tik davlatning eng muhim bo&#8217;g&#8217;inlaridan biri. M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuk- salishiga har tomonlama yordam berish, milliy an&#8217;ana va urf-odatlarni boyi- tish, M. qo&#8217;mitalari ishlarini muvofi- klashtirish, M.lardagi kam ta&#8217;minlan- gan oilalar, keksalar, faxriylar, nogi- ronlar, ko&#8217;p bolali oilalar, etim-esir- lar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993 y. 17 avg.da O&#8217;zbekiston &#171;Mahalla&#187; xayriya jamg&#8217;armasi tashkil etidtsi. &#171;Mahama&#187; gaz. chiqa boshladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezi- Denti I. A. Karimov M.ning hoz. zamon jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: &#171;o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarishning xalqimiz an&#8217;analari va qadriyatlariga juda xos bo&#8217;lgan usuli \u2014 mahallalar tizimi so&#8217;nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo&#8217;lib bormoqda. Ular amalda o&#8217;z huquqlaridagi barcha ishlar uchun mas&#8217;uldirlar. Zero, mahallaning qo&#8217;lidan kelmaydigan ish yo&#8217;q. Uning nufuzini ko&#8217;tarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma&#8217;naviy masa- ladir. Biz mahallalarga shu nuqtai na- zardan qarashimiz lozim&#187;. Har bir M. aniq tashkiliy tuzilma- ga ega. Unga M.ning umumiy yig&#8217;ilishida saylanadigan M. kengashi rahbarlik qiladi. Kengash o&#8217;z tarkibidan rasman M. yig&#8217;ini raisi (oqsoqol)ni, o&#8217;rinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. Kengashiga keksa, tajribali kishi- lardan M. oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida to&#8217;y maro- simlarini o&#8217;tkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari b-n ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obo- donlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. bo&#8217;yicha komissiyalar tuzi- ladi.M. rahbariyati 2,5 y.ga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot bera- Di. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yig&#8217;iladi. Endilikda fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega bo&#8217;lib, belgilangan namu- nadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro&#8217;yxatga olina- Di. 1998 y. 23 apr.da O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#171;Fuqarolarning o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish or- ganlarini qo&#8217;llab-quvvatlash haqida&#187;gi farmoniga ko&#8217;ra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ij- timoiy muhofaza qilish va qo&#8217;llab- quvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensi- yani to&#8217;liq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaat- dorligi va nufuzi ortdi. Fuqarolik jamiyatini qurish, al- batta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o&#8217;tish orqali ro&#8217;y beradi. 1999 y. 14 apr.da O&#8217;zbekiston Res-publikasining &#171;fuqarolarning o&#8217;z- o&#8217;zini boshqarish organlari haqida&#187;gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning o&#8217;zini- o&#8217;zi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi qonunning 7moddasiga asosan, fuqarolarning o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish or- ganlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri belgilab qo&#8217;yildi. Bu qonunda M. baja- rishi zarur bo&#8217;lgan vazifalar belgilab berilgan. M.ga yuqorida sanab o&#8217;tilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U o&#8217;z hududida savdo va ma- ishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga ko&#8217;maklashadi, yong&#8217;in xavfsizligi, turar joy fondi- ni saklash, aholidan soliq va majbu- riy to&#8217;lovlarning o&#8217;z vaqtida to&#8217;shishini ta&#8217;minlashga yordam beradi. Ana shu pul mablag&#8217;lari tushumining muayyan miqdori o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish organlari jamg&#8217;armasiga o&#8217;tkaziladi. Bu mablag&#8217;kam ta&#8217;minlangan oilalarning uy-joy, kom- munal xizmatlari to&#8217;lovlariga, shuning- dek, M.ni obodonlashtirishga sarflana- Di. Endilikda, har bir M. o&#8217;z madaniy markazini, guzarini qurib, shu erda choy- xona, novvoyxona, do&#8217;kon, maishiy xiz- mat shoxobchalari, turli sport o&#8217;yinlari maskanini barpo etmoqda. M. qo&#8217;mitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xo&#8217;jalikmadaniy qurilish tadbir- larini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xo&#8217;jaligini saqlash, ozodalikni ta&#8217;min etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit mav- jud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin o&#8217;sib bormoqda. Ular mamlakatimizda tinchlik, osoyish- talik va barqarorlikni ta&#8217;min etish- da, omma kuch-g&#8217;ayratini bunyodkorlik- ka yo&#8217;naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi Preziden- ti I. A. Karimovning tashabbusi b-n 2003 y. O&#8217;zbekistonda &#171;Obod mahalla yili&#187; deb e&#8217;lon qilindi. Shu munosabat b-n O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 y. 7 Fev.da qabul qilgan &#171;Obod mahalla yili&#187; dasturiga bino- an, M. nufuzini ko&#8217;tarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi. O&#8217;zbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning o&#8217;zini-o&#8217;zi boshqarish organi faoliyat ko&#8217;rsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega. Ad.: Karimov I. A., Bizdan ozod va- obod Vatan qolsin, T., 1996; Maliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Mahalla: o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish huquqiy kafolati (Qonunchilik va me&#8217;yo- riy hujjatlar to&#8217;plami), T., 1999; tosh- kent mahallalari: an&#8217;analar va zamona- viylik, T., 2002. Davron Shorahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mahalla \u2014 O&#8217;zbekistonda ma&#8217;muriyhududiy birlik; o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarishning xalqimiz an&#8217;analari va qadri-yatlariga xos bo&#8217;lgan usuli. M. ta- rixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi bo&#8217;lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mahalla-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116958","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116958","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116958"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116958\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116980,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116958\/revisions\/116980"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116958"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116958"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116958"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}