{"id":116962,"date":"2024-05-08T18:37:55","date_gmt":"2024-05-08T15:37:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116962"},"modified":"2024-05-08T18:38:01","modified_gmt":"2024-05-08T15:38:01","slug":"matbuot-erkinligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/matbuot-erkinligi\/","title":{"rendered":"Matbuot erkinligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Matbuot erkinligi &#8212; so&#8217;z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri bo&#8217;lib, matbu-otning erkin faoliyat ko&#8217;rsatishini, kishilar- ning matbuotda o&#8217;z fikr va tuyg&#8217;ularini to&#8217;siqlarsiz ifoda eta olishini ifoda- laydi. M.e. \u2014 matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi o&#8217;rnini belgi- laydi. Siyosiy jihatdan M.e.ga demo- kratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi. &#171;Erkinlik&#187; so&#8217;zining tub ma&#8217;nosi har qanday to&#8217;siq, monelik va sh. k.dan xoli bo&#8217;lish, mustaqillik, ozodlik degan ma&#8217;noni beradi. Ammo aslida erkin- lik \u2014 anglangan zaruriyatdir: inson o&#8217;z oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyo- siy zaruratni anglab etgandagina erkin bo&#8217;ladi, erkin fikrlay oladi. M.e. ham ana shunday xususiyatga ega, ya&#8217;ni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga ja- vob beruvchi matbu-otgina erkin matbu-otdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh ma- salalarini chukur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir. M.e.ning 3 asosi mavjud: ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, ma&#8217;naviy. M.e.ning ijtimoiysiyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlik- da, qanday tuzumda faoliyat ko&#8217;rsatishi, qaysi ijtimoiy ongning ko&#8217;rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g&#8217;oyalarga xiz- mat qilishidan kelib chiqadi. M.e.ning mazkur bosh asosi uning huquqiy imko- niyatlari b-n ifodalanadi: har bir ja- miyat, har bir tuzum M.e. huquqini bel- gilar ekan, uning faoliyatini ma&#8217;lum qonunlar, ko&#8217;rsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat b-n belgilab qo&#8217;yadi. M.e.ning iqtisodiy asosi esa mat- buot nashrlari va ommaviy axborot vo- sitalarining kim tomonidan, qaysi mablag&#8217;lar evaziga chikarilishi b-n bog&#8217;liq, ya&#8217;ni matbuot kimning mablag&#8217;i evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, o&#8217;sha uchun erkin bo&#8217;ladi. M.e. ning ma&#8217;naviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, guruh, unda ishlov- chi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyoqarashi, e&#8217;tiqodi b-n bog&#8217;liq. Yuk- sak ma&#8217;naviyatli, chukur e&#8217;tiqodli, in- soniyat, jamiyat oldidagi o&#8217;z mas&#8217;uliya- tini chuqur anglab olgan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi jurnalist doimo erkin bo&#8217;ladi. Aksincha, qoloq, qotib qolgan tushunchalar, aqidalar asosida va b. maqsadlar yo&#8217;lida xizmat qiluvchi jurnalist hech qachon ruhan erkin bo&#8217;la olmaydi. M.e. muammosi matbuot paydo bo&#8217;lganidan beri mavjud bo&#8217;lib, turli jamiyatda turlicha hal etib kelingan. Matbuotning ilk davri bo&#8217;lmish va yakka hukmdorlar tomonidan chiqarilgan Avto- ritar matbuot keng omma uchun erkin bo&#8217;la olmadi. Bu \u2014 matbuotning egalari bo&#8217;lgan yakka hukmdorlar man-faatiga zid edi. Shu bois o&#8217;sha davrdayoq matbuotni erkin qilish haqidagi talablar paydo bo&#8217;lgan. Yangi o&#8217;sib kelayotgan taraqqiyparvar kuch- lar o&#8217;zlari uchun, o&#8217;z fikrlarini erkin bayon etish uchun M. e.ni talab qildilar. 17-18-a.larda Frantsiya, Angliya kabi mamlakatlarda yuz bergan inqilobiy voqealar davridagi M.e. uchun kurash bunga yaqqol misol bo&#8217;la oladi. Angliyada yashab ijod etgan Jozef Addison, ri- Chard stil, Frantsiyada Kamil Demulen, Jan Pol Marat va b. taraqqiyparvar jurnalistlar o&#8217;z asarlarida xalq om- masining fikr va tuyg&#8217;ularini ifoda etib, M. e. uchun kurashdilar. Rossiyada A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, N.G. Cherni- shevskiy, A.N.Gersen va b. ilg&#8217;or fikrli, o&#8217;z asarlarida xalq ommasining fikr va tuyg&#8217;ularini ifoda etgan adiblar, publi- tsistlar tsenzuraga qarshi kurashdilar. 20-a. boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid matbuoti (q. Jadidchi- lik) namoyandalari ham mustamlaka- chi chor hukumatining M.e. borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar. Bu davrda matbuotda ishlab, publisistika sohasida ijod qilgan Behbudiy, Munav- varqori, Avloniy va b. ham chor Rossiya- si general-gubernatorligining M.e.dan mahrum qiluvchi siyosatiga qarshi keskin fikrlar aytgan edilar. Keyinchalik, dunyodagi qator rivoj- langan mamlakatlarda hokimiyat o&#8217;zgarib, burjuaziya hukmronligi boshlangach, M.e. nisbatan kengaydi. Bu davrda axborot olish va tarqatish yaxshilandi, kishilar- ning matbuotdan foydalanish imkoniyat- lari ancha kengaydi. Umuman olganda, bur- juaziya matbuoti erkin matbuot deb nom oldi. Bunda ma&#8217;lum darajada haqiqat bor edi. Burjua hukumatlari matbu- ot haqidagi o&#8217;z qonunlarida matbuotni hamma uchun erkin, deb e&#8217;lon qildilar, bu qonun ma&#8217;lum darajada amalga oshdi, iqtisodiy jihatdan imkoniyati bor shax- slar, guruxdar uchun matbuot nashrlari chiqarish, axborot yig&#8217;ish va tarqatish er- kinligi paydo bo&#8217;ldi. Shu b-n birga mat- buotning sarmoyaga qaramligi ham oshdi, M.e. undan xohlagancha foydalanish er- kinligiga, boylik orttirish erkinligi- ga aylana bordi. Matbuotda shov-shuvli, oldiqochdi materiallarga, reklamalarga haddan tashqari keng o&#8217;rin berila bosh- landi. O&#8217;zbekistonda sho&#8217;ro tuzumi davrida matbuotning keng tarmog&#8217;i yuzaga kelib, &#171;sovet grajdanlari&#187;ga qonun yo&#8217;li b-n (SSSR Konstitusiyasining 125moddasi) M.e. &#171;ta&#8217;min etilgan&#187; bo&#8217;lsada, amalda butun Ittifoqda bo&#8217;lgani kabi, bu erda ham jurnalistlar faoliyati partiyaviy nazoratning qattiq iskanjasiga olindi. Matbuotning butun faoliyati kommuni- stik partiya mafkurasiga majburan xiz- mat qildirildi. O&#8217;z milliy mustaqilligiga erishgan, demokratik va huquqiy davlat, adolat- li fuqarolar jamiyatini barpo etish yo&#8217;lida borayotgan O&#8217;zbekistonda M.e. masalasi jamiyat taraqqiyoti b-n bir- galikda rivojlanib, takomillashib bormoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67moddasida &#171;Om- maviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Tsenzuraga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi&#187;, deb yozib qo&#8217;yilgan. M.e.ning bu ijtimoiysiyosiy va huquqiy asosi yana bir hujjat \u2014 Oliy maj- lis tomonidan 1997 y. 26 dek.da qabul qilingan &#171;ommaviy axborot vositalari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunda aniq va batafsil aks etgan. Muxtor Xudoyqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Matbuot erkinligi &#8212; so&#8217;z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri bo&#8217;lib, matbu-otning erkin faoliyat ko&#8217;rsatishini, kishilar- ning matbuotda o&#8217;z fikr va tuyg&#8217;ularini to&#8217;siqlarsiz ifoda eta olishini ifoda- laydi. M.e. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/matbuot-erkinligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116962","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116962","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116962"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116962\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116985,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116962\/revisions\/116985"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116962"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116962"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116962"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}