{"id":116989,"date":"2024-05-08T18:53:59","date_gmt":"2024-05-08T15:53:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116989"},"modified":"2024-05-08T18:54:04","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:04","slug":"marokash-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/marokash-2\/","title":{"rendered":"Marokash"},"content":{"rendered":"\n<p>Marokash, Marokash Podshohligi (Al-mamlaka al-Mag&#8217;ribiya yoki Al- Mag&#8217;rib al-aksa, ma&#8217;nosi \u2014 uzoq G&#8217;arb) \u2014 Afrikaning shim.-g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti\u2014Rabot sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 Konstitusi- yali monarxiya. Amaldagi Konstitu- tsiyasi 1972 y.da qabul qilingan, unga 1992 va 1996 y. referendumlarda qabul qilingan o&#8217;zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 podshoh (1999 y.dan Muhammad VI). U bosh vazir va vazir- larni tayinlaydi hamda lavozimidan bo&#8217;shatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni podshoh va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududining aksar qismini tog&#8217;lar, baland tekisliklar va plato (Meseta)lar egallaydi. Jan.- g&#8217;arbdan shim.-Sharq tomon Atlas tog&#8217;lari cho&#8217;zilgan, uning eng baland nuqtasi \u2014 Tubqol tog&#8217;i (4165 m). Atlantika okeani sohili \u2014 yirik pasttekisliklar. O&#8217;rta dengiz sohilining ko&#8217;p qismi tog&#8217;lik, qulay buxtalari bor. Jan. va Jan.- Sharqdagi Sahroi Kabir cho&#8217;li qumloq va toshloqlan iborat. M. hududida zil- zilalar bo&#8217;lib turadi. Kobalt, marga- nes, qo&#8217;rg&#8217;oshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, ko&#8217;mir konlari bor. M. ko&#8217;p qismining iqlimi subtropik; iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 24\u00b0\u2014 28\u00b0, yanv. niki 10\u00b0-12\u00b0, tog&#8217;lardagi iqlim \u2014 kon- tinental. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in tog&#8217;larda va shim.da 1000 mm ga yaqin, Jan.da 200 mm gacha. Ko&#8217;p daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-ur- Robia. Quruq o&#8217;rmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shim.dagi sohil tekisliklari va tog&#8217;orasidagi soili- klar hamda vodiylarning qumloq, gil- li qoramtir tuproklari g&#8217;oyat umumdor. O&#8217;rmonlar, asosan, tog&#8217;larda saqlanib qolgan va M. hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurg&#8217;oqchil dasht, chala cho&#8217;l va cho&#8217;llarda alfa o&#8217;ti, shuvoq va D-rin, O&#8217;rta dengiz sohilida makvis butalari o&#8217;sadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi cho&#8217;chqa, chiyabo&#8217;ri, ilon, toshbaqa, shuningdek, am- fibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Tog&#8217;larda makaka maymun, sirtlon, PanteRa, tog&#8217;daryolarida xonbaliq uchray- Di. Dengizdan baliq ovlanadi. Aholisining asosiy qismi \u2014 maro- kashlik arablar va barbarlar. Frantsuz- lar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 Arab tili. Davlat dini \u2014 Islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va b. Tarixi. Hoz. M. hududida azaldan Liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik b-n shug&#8217;ullangan, mil. AV. 2-ming yillik oxirlarida sohilda Fi &#8212; nikiylarning bir qancha jamoalari pay- do bo&#8217;lgan; bu jamoalar keyinchalik kar- Fagen qo&#8217;l ostiga, Karfagen emirilga- nidan keyin (mil. AV. 2-a.) Shimoliy M. Rim imperiyasi qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo bo&#8217;ldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, M. ning kup kismida urug&#8217;chilikqabilachilik tu- zumi xukmron edi. 5-a.da M.ning shim. kismini vandallar, 6-a.da Vizantiya bo- sib oldi. 702-711 y.larda M. hududi Arab xa- lifaligiga qo&#8217;shib olindi. Mamlakatda Arab tili va Islom dini tarqala bosh- ladi. 788 y. M.dagi birinchi davlat \u2014 Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-a. ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga bo&#8217;linib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi \u2014 Mariniylar qo&#8217;liga o&#8217;tdi (1195-1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi bo&#8217;lib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana bo&#8217;linib ket- Di. Ana shu davrdan M. hududini Evropa- liklar \u2014 Atlantika okeani sohilini portugallar, O&#8217;rta dengiz sohilini is- panlar bosib ola boshladi. 17-a. oxiri va 18-a. boshlarida ma- rokashliklar evropaliklarni M.dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-a.ning 40-y.laridan Evropa davlatlarining qo&#8217;shinlari yana kirib kela boshladi \u2014 1844 y. Frantsiya, 1859 y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Evropa davlatlarining mamlakat ichka- risiga kirib borishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, parokandalikka barham berish, shuning- dek, to&#8217;xtovsiz qo&#8217;zg&#8217;olonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873\u2014 94) bir qancha islohot o&#8217;tkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907 y. Fran- tsiya qo&#8217;shinlari M.ning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, so&#8217;ngra Kasablan- ka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Me- Lilya sh. atroflarini bosib oldi. Bun- ga javoban mustamlakachilarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarildi. 1912 y. tuzilgan Frantsiya-M. (30 mart) va Frantsiya-Ispa- niya (27 noyab.) shartnomalariga ko&#8217;ra, M. hududining katta qismi (80%)da Fran- tsiya, kichikrok, shim. va Jan. qismlarida Ispaniya protektorati o&#8217;rnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona bo&#8217;lib qoldi. M. xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. 1921 y. rif qabilalari AB- dulkarim rahbarligida rif viloyatida ispanlar qo&#8217;lidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Frantsiyaning Birlashgan kuchlari b-n bo&#8217;lgan shiddat- li janglardan keyin rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Frantsiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilar- ga karshi qattiq qarshilik ko&#8217;rsatishni davom ettirdilar. 2-jahon urushi yil- larida ozodlik harakati kuchayib ketdi. 50-y.larning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qo&#8217;shildi. Frantsiya protektorati hokimlari mil- liy ozodlik harakati qatnashchilarini quvg&#8217;in ostiga oldi. 1952 y. 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoy- ish qatnashchilaridan yuzlab kishilar o&#8217;ldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955 y.larda M.da yana ish tashlashlar va namoyishlar bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Dunyodagi boshqa ilg&#8217;or kuchlar M. xalqining milliy ozodlik harakatini qo&#8217;llab quvvatladilar. Oqibatda Fran- tsiya protektorata M.da milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955 y. 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo&#8217;ldi (1957 y. 2 mart). 1956 y. 7 apr.da Ispaniya protek- torata ham bekor qilindi, 1957 y. 1 yanv. da Tanjer M. tarkibiga qo&#8217;shildi. 1962 y. dek.da M.ning birinchi Konstitusi- yasi qabul etildi, 1963 y. mayda parla- ment saylovi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar so- nining ko&#8217;payishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat a&#8217;zolari tez-tez al- mashinib turdi. &#171;Istiqlol&#187; partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida bo&#8217;linish ro&#8217;y berdi; uning so&#8217;l qismi Xalq kuchlari milliy Ittifoqi partiyasi nomi b-n ajralib chikdi (1959). 1964\u2014 65 y.larda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiy- ijtimoiy o&#8217;zgarishlar o&#8217;tkazilishi shior&#8217;?1ari ostida ish tashlashlar va om- maviy mitinglar bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bosti- rildi. 1965 y. 7 iyunda M.da fav-qulodda holat e&#8217;lon qilindi, podshoh hukumat iste&#8217;fosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga oldi. 1970 y. iyulda favqulodda holat be- kor qilindi. 21 va 28 avg.da parlament saylovi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1972 y. 1 martda re- ferendum bo&#8217;lib, yangi Konstitusiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi. Podshoh Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973 y.da bir qancha iqtisodiy tadbirlar o&#8217;tkazilishini e&#8217;lon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini o&#8217;tkaza boshladi. Konstitusiyaga 1992 y.da ki- ritilgan o&#8217;zgartirishlarga bi-noan, par- lamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, M.ning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. M. 1956 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n Di- plomatiya munosabatlarini 1993 y. 11 okt.da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 30 iyul \u2014 taxt kuni (1999). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Istiqlol partiyasi, 1943 y. tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy Ittifoqi partiyasi, 1959 y. tuzilgan; taraqqiyot va sosializm partiyasi, 1974 y. asos so- lingan; Konstitusiyachi ittifoq, 1983 y. ta&#8217;sis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981 y. asos solingan; Xalq mil- liy harakati, 1991 y. tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978 y. ta&#8217;sis etilgan; Xalq kuchlari sosialistik itti- foqi, 1974 y. tuzilgan; Sosialdemokra- tik harakat, 1996 y. asos solingan. M. mehnatkashlari umumiy Ittifoqi, 1960 y. tashkil etilgan; M. mehnat Ittifoqi, 1955 y. tuzilgan; demokratik mehnat konfederasiyasi, 1978 y. asos solingan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 agrar mamlakat bo&#8217;lib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik q.x. fermalari va zamonaviy sa- noat korxonalari b-n bir katorda qad. sektor \u2014 yarim natura va mayda Tovar dehqon xo&#8217;jaliklari katta o&#8217;rin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin M. hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xo&#8217;jalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tar- tibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda q. x.ning ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi. Qishloq xo&#8217;jaligi \u2014 M. iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan erlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu erlar- ning ko&#8217;p qismiga donli ekinlar ekila- Di. Iqtisodiy faol aholining 50% q. x.da band. Yalpi ichki mahsulotning 1\/5 va eksportning 1\/3 qismini q.h. ta&#8217;min- laydi. Dehqonchilik mahsulotining yar- midan ko&#8217;prog&#8217;ini donli ekinlar beradi. Bug&#8217;doy, arpa, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, pax- ta, dukkaklilar ham etishtiriladi; tok- zorlar, zaytunzorlar, tsitruszorlar ko&#8217;p. Jami er fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va o&#8217;tloklar, 12% ni o&#8217;rmon va buta- zorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan erlarning 95% mamlakat shim.da joy- lashgan. Mayda falloh xo&#8217;jaliklari b-n bir katorda yirik mexanizasiyalashgan serdaromad ho&#8217;jaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qo&#8217;y, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. O&#8217;rmonlarda po&#8217;kakli dub qobig&#8217;i va evkalipt yog&#8217;ochi, palma bargi tayyorlanadi. Sanoati. M.ning i.ch. sanoatida ik- tisodiy faol aholining 23% band. M.da dunyodagi fosfat xom ashyosi za- xiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida M. dunyoda 3-o&#8217;rinda, eksport qilish jihatidan 1 -o&#8217;rinda tu- radi. I.ch. sanoatining to&#8217;qimachilik, ko&#8217;nchilik, kimyo, neft kimyosi, farma- tsevtika va tsement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot i.ch.ga yo&#8217;naltirilgan. Yangi qurilgan o&#8217;nlab korxonalar sano- atning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha o&#8217;zgartirib yubordi. Mamlakatda ka- zib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va tsement z-dlari, rangli metallurgiya korxonala- ri barpo etildi. Yiliga o&#8217;rtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-y.larning o&#8217;rtalaridan boshlab chet- dan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foy- dalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ish- lab chiqaruvchi korxonalar shu jum- laga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim o&#8217;rin egallaydi. Oziq-ovqat va to&#8217;qimachilik i.ch. sa- noatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut z-dlari bor. To&#8217;qimachilik sanoati tarkibidagi kor- xonalarning aksariyat qismi mayda va o&#8217;rta f-kalardan iborat. Fos sh.da yirik to&#8217;qimachilik k-ti qurilgan. Rabotda va ko&#8217;hna shaharlarda hunarmandlar ko&#8217;proq gilamdo&#8217;zlik b-n shu-g&#8217;ullanadi. Og&#8217;ir sanoatning muhim tarmog&#8217;i bo&#8217;lmish kimyo sanoati, asosan, fos- Fat xom ashyosini qayta ishlash b-n shug&#8217;ullanadi. Fosfor kislota va ki- myoviy o&#8217;g&#8217;it olish uchun safi yaqinida qurilgan kimyo z-dlari yiliga 4 mln. T dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash z-dlari va b. shaharlardagi 9 ta tsement z-Di (eng yirigi Kasablankada), 7 ta me- Tall ishlash va avtoyig&#8217;uv z-dini ko&#8217;rsatib o&#8217;tish mumkin. Nadordagi po&#8217;lat prokat tsexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda t.y. asosiy rol o&#8217;ynaydi. 2000 km t.y.dan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy t.y. magistrali Marokash\u2014Kasablanka \u2014 Rabot \u2014 Fos \u2014 Vujda M.ning garbiy va Sharqiy qismlarini jazo-ir va Tunis b-n tutashiradi. Avtomobil yo&#8217;llari uz. 60 ming km. M.da 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi Aero- portdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Ag&#8217;odir, Tanjer. M. chetga, asosan, sanoat va q.x. xom ashyosi \u2014 fosforit, rangli metall ruda- lari, tsitrus meva, baliq va uning kon- servasi, sabzavot, meva va ularning kon- servasi, fosfor kislota, o&#8217;g&#8217;it, po&#8217;kak, ka- LAVA ip, jun, teri, go&#8217;sht va b. chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbob- uskunalari, iste&#8217;mol bu-yumlari, ki- myoviy mahsulotlar, g&#8217;alla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mi- jozlari: Frantsiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, ita- liya. Pul birligi \u2014 M. dirhami. Tibbiy xizmati. Davlat tibbiy mu- assasalari b-n bir qatorda xususiy shi- foxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka un-tlarining tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 859 y. Fosda Afri- kada birinchi musulmon unti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari bo&#8217;lgan. Frantsuzlar hukmronligi davri- da (1912 y.dan) davlat dunyoviy maktabla- rining 2 turi (evropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956 y. mustaqillik e&#8217;lon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savod- sizlikni tugatish choralari kurila bosh- ladi. 1963 y.da bolalarni 6-7 yoshdan 13-14 yoshgacha majburiy o&#8217;qitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlang&#8217;ich maktab- da o&#8217;qish muddati 5 y., o&#8217;rta maktabda 7 y. Oliy o&#8217;quv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi un-t (1957), Fos sh.da Kara- UIN nomidagi musulmon unti (859), Muhammad bin Abdulloh nomidagi un-t (1973), Kasablankada Hasan II no- midagi un-t (1975), 12 ta in-t va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis san&#8217;at maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy in-ti, Agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, Muhammad V nomidagi un-t huzurida i. t. markazi, M. geogr. milliy qo&#8217;mitasi, Milliy gigiena in- ti (Rabotda), okeanografiya in-ti (kasa- blankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977 y. Podshoxlik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada munisipal ku- tubxona, Rabotda Markaziy kutubxona arxivi b-n, un-tlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon sh.larida kutub- xonalar bor. Rabotda antik san&#8217;at va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarog&#8217; muzeyi, Titvonda arxeologiya, san&#8217;at va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjer- da muzeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da 20 ga yaqin gaz. va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiri- klari: &#171;Al-alam&#187; (&#171;bayroq&#187;, Arab tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), &#171;Al-Anba&#187; (&#171;xabarlar&#187;, Arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971 y.dan), &#171;Al-bayon&#187; (Arab va frantsuz til- larida chiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), &#171;Ad-demokrati&#187; (&#171;demokrat&#187;, Arab va frantsuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), &#171;Al-Mag&#8217;rib&#187; (&#171;G&#8217;arb&#187;, frantsuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1977 y.dan), &#171;opinon&#187; (&#171;Fikr&#187;, frantsuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1965 y.dan), &#171;Risolat al- Umma&#187; (&#171;millat risolasi&#187;, Arab tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), &#171;Lyam alif&#187; (frantsuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966 y.dan). Mag&#8217;rib Arab Press \u2014 map \u2014 xukumat axborot agentligi 1959 y.da tuzilgan. M. radio- eshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi, hukumat Mahkamasi. Radioeshittirishlar Arab, ingliz, frantsuz tillarida olib borila- Di. Adabiyoti. M.da adabiy asarlar Arab, barbar, frantsuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz Arab tilidagi adabiyot umumiy Arab adabiyoti yo&#8217;lidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) Arab adabiyoti ta&#8217;- sirida rivojlandi. Mahalliy Arab lax- jasidagi va barbar tilidagi xalq og&#8217;zaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12-14-a.lar she&#8217;riyatida siyosiy hajviya asosiy o&#8217;rinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-Shayd kabi shoirlar). Nasrda ko&#8217;proq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar to&#8217;g&#8217;risida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vaki- li \u2014 Ibn Batuta). 13-a. boshlarida ba- diiy yilnomalar yaratish an&#8217;anabo&#8217;lib, 19-a.gacha davom etdi. 15\u2014 16-a.larda M. adabiyotida ko&#8217;proq mash-xur kishilar hayotiga bag&#8217;ishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16-18-a.lar she&#8217;riyati- da bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz Arab she&#8217;ri- yati an&#8217;analari M. adabiyotida 20-a.ning o&#8217;rtalarigacha davom etdi. 16-a.dan bosh- lab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi an&#8217;- analari, Marokash sh. va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq she&#8217;riyati musiqa va kuy b-n mustahkam bog&#8217;langan. M.ning Arab va frantsuz tillarida- gi hoz. zamon adabiyoti 2-jahon urushi- dan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi ta&#8217;sirida rivojlana boshla- Di. A. Benjellun (&#171;bolalikda&#187; va b.) va M. Safriui (&#171;Mo&#187;jizalar do&#8217;koni&#187; va b.) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y.larda Fran- suz tilida yozilgan romanlar salmokli o&#8217;rinni egalladi (M. A. Lahbobiyning &#171;Umid qo&#8217;shiqlari&#187; va &#171;zulmatdan ziyo- ga&#187; asarlari). 60-y.lar adabiyotida dra- maturgiya paydo bo&#8217;ldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. G&#8217;allabning &#171;etti eshik&#187;, Lahbobiyning &#171;Tashna avlod&#187; va b.). Bu davrda M. ada- biyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi iste&#8217;dodli yoshlar kirib keldi. 1960 y.da yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblar- dan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbog&#8217;, A. as-Salom, A. Larua, M. Barra- da va b. mashhur. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. M. hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), mil. AV. 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Mil. AV. 1-a.\u2014 mil. 3-a.ga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) xarobalarida me&#8217;moriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar san&#8217;ati rivoj topdi. M. Hududi Arab xalifaligiga qo&#8217;shilgach, Arab badiiy an&#8217;analari va uslublari ki- rib keldi, musulmon me&#8217;morligi rivoj- landi. O&#8217;rta asrlarda bu o&#8217;lkada minora- li, to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchakli devor b-n o&#8217;ralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va serg&#8217;ovakli machitlar, saroy- lar qurildi. Muhim binolar tosh va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi b-n bezatilgan (Kutubiya ma- chitining mi-norasi, 1184-99), 11 -13- a. larda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qal&#8217;alar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, g&#8217;ishtdan keng foydalanidtsi. 13-14-a. me&#8217;morligi- da, ayniqsa, bezakka alohida e&#8217;tibor qilindi, binolar o&#8217;yib naqsh ishlangan marmar, yog&#8217;och, koshin, sopol va oyna mo- Zaika b-n bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi katta machit, 12-13-a., Fosdagi Attarin madrasasi, 1323-25). 16\u2014 17-a. madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari b-n diqqatga sazovor (Marokash sh.dagi maqbaralar majmui, 16-a. 2-yarmi). 19-a.da Fos, Miknas, Ma- rokashda ichki hovlili muhtasham saroy- lar qurildi. Ko&#8217;pgina shaharlarda 1-2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-a.gacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol b-n kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy b-n suvalgan uylar ko&#8217;p qurilgan. O&#8217;rta asrlarda M.da shoyi, kundal matolar to&#8217;qish, gilamdo&#8217;zlik, kulol- lik, jezni badiiy ishlash avj olgan. M. Frantsiya ta&#8217;siri ostida bo&#8217;lgan yillarda mamlakatda evropacha kvar- tallar qurildi. 1950 y.lardan M.da zamonaviy uylar qurila boshladi. M. mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, ko&#8217;p qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta ku- rila boshladi. Marokashlik me&#8217;morlar mahalliy sharoitga moslab, milliy an&#8217;- analar ruhida ishlagan loyihalar asosi- da turar joylar, jamoat binolari, sano- at inshootlari keng ko&#8217;lamda qurila bosh- ladi. M. uchun yangilik bo&#8217;lgan tasviriy san&#8217;at rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi me&#8217;morlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka sh.larida amaliy san&#8217;at ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdo&#8217;zlik, charmni kashta b-n bezash san&#8217;ati rivoj topgan, zargar- lik, kandakorlik, mis idish va buyumlar- ni qadama naqsh b-n bezash san&#8217;ati ham keng tarqalgan. Musiqasi barbar va Arab madaniyat- laryning o&#8217;zaro ta&#8217;sirida rivojlangan. Asl barbar musiqa san&#8217;ati namunalari M. qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa she&#8217;riyat va raqs b-n uzviy bog&#8217;langan. Qo&#8217;shiq b-n ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. M.ning shim.-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va Jan.-g&#8217;arbda yashaydigan bar- barlarda axuax musiqiy uslublari shak- llangan. Axidu kuylari ixcham diapa- zonli, xromatizmga boy, axuax kuylari evropacha an&#8217;analarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: Kasba (nay), arxanim, bendir, Tarija, skripka va b.lardan iborat. Arab musiqa san&#8217;ati turli-tuman bo&#8217;lib, Arab mumtoz (alo&#8217;va samo&#8217;) va xalq (grix) musiqalarini o&#8217;z ichiga ola- Di. Alo&#8217;va samo&#8217;kuylari ba&#8217;zan bir- biriga yaqin bo&#8217;lsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Alo&#8217; \u2014 du- nyoviy, saroy san&#8217;ati bo&#8217;lib, asosini mumtoz Arab she&#8217;riyati tashkil etadi. Samo&#8217; \u2014 diniy mazmundagi madhiya, Mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qo&#8217;shiqlari \u2014 grixlar qiroatga asos- langan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va b. tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning o&#8217;ziga xos mag&#8217;ribcha US- lubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozan- da (qonun) va musiqashunos S. Sha-rqiy mashhur. M.da Milliy musiqa, raqs va drama san&#8217;ati konservatoriyasi (Rabot- da), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960 y.dan M.da har yili milliy musiqa festivali o&#8217;tkaziladi. Teatri. M. teatr san&#8217;ati xalq maro- simlari, rasmrusumlari va o&#8217;yinlari asosida vujudga kelgan. 12-a.dan soya va qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf bo&#8217;ldi. 19- a. oxirlarida mierlik va suriyalik trup- palar gastrol bera boshladi. Frantsuz va ispan hukmronligi davri (1912-56) da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda ko&#8217;pgina tomoshalar qo&#8217;yildi. Ba&#8217;zi havaskor aktyorlar Evropada ta&#8217;lim olib keldilar. 1923 y. Fosda uyushgan truppa 1929 y.gacha (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha ko&#8217;rsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchili- gidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjer- da ham kichik truppalar tuzildi. 1956 y.dan keyin teatr san&#8217;ati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toy- ib Saddiqining munisipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) etakchi teatrlarda Ev- ropa, Arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961 y. radiola bi- rinchi professional truppa tashkil top- Di. M.da 100 dan ortiq havaskorlik teat- rlari mavjud. 1960 y.dan Marokash sh.da M. san&#8217;ati festivallari o&#8217;tkazildi. 1959 y. Rabotda ochilgan drama san&#8217;ati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962 y.dan musiqa, raqs va drama san&#8217;ati milliy konserva- toriyasi ishlay boshladi. Kinosi. Dastlabki hujjatli fil- mlarni frantsuz operatorlari 1897 y.da yaratishdi. 1919-54 y.larda Fran- suz rej.lari, asosan, Sharq afsonalari asosida 50 ga yaqin to&#8217;la metrajli ba- diiy filmni suratga oldilar. 1944 y. M. kinomarkazi tashkil etildi va bi- rinchi &#171;Sussi&#187; kinostudiyasi qurildi. Mustaqillikdan keyin hujjatli va ba- diiy filmlar chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. 1958 y.dan muntazam &#171;Marokash yangili- gi&#187; kinojur. chiqa boshladi. 1968-70 y.larda Kasablanka yaqinida &#171;Ayn- Shoke&#187; studiyasi tashkil etildi. 80-90- y.larda rej. A. Maanuni, M. Reggab, S. Bin Barka, F. Burkia ijtimoiy mavzuda filmlar yaratdilar. &#171;Izlar&#187;, &#171;Bahor quyoshi&#187;, &#171;kunlar, kunlar&#187;, &#171;neft uru- shi bo&#8217;lmaydi&#187; filmlari shu jumlaga kiradi. Yiliga 450 ta xorijiy (asosan, Frantsiya, Italiya, Hindistondan) fil- mlar sotib olinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marokash, Marokash Podshohligi (Al-mamlaka al-Mag&#8217;ribiya yoki Al- Mag&#8217;rib al-aksa, ma&#8217;nosi \u2014 uzoq G&#8217;arb) \u2014 Afrikaning shim.-g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti\u2014Rabot sh. Ma&#8217;muriy jihatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/marokash-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116989"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117016,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116989\/revisions\/117016"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}