{"id":116991,"date":"2024-05-08T18:54:01","date_gmt":"2024-05-08T15:54:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116991"},"modified":"2024-05-08T18:54:06","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:06","slug":"markaziy-afrika-respublikasi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/markaziy-afrika-respublikasi-2\/","title":{"rendered":"MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI (MAP) (Republigue Centrafricaine) \u2014 Markaziy Afrikada joylash- gan davlat. Mayd. 623 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Bangi sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 16 prefekturaga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. MAP \u2014 Respubli- ka. Amaddagi Konstitusiyasi 1994 y. 28 dek.da umumxalq referendumida ma&#8217;- qullangan va 1995 y. 7 yanv.dan kuchga kir &#8212; gan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. U umu- miy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li b-n 6 y. mud- datga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy Majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni Prezi- dent b-n hukumat amalga oshiradi. Vazir- lar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati. Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (bal. 600-900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va bal. 1300-1400 m li gumbazsimon tog&#8217;lar ko&#8217;p. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomg&#8217;ir. Eng issyak, oyi (mart)ning o&#8217;rtacha t-rasi 26\u2014zg, eng salq-in oyi (shim.da dek. yoki yanv., Jan.da iyul yoki avg.)niki 21-25\u00b0. Yillik yog&#8217;in shim.dan Jan.ga tomon 1000-1200 mm dan 1600-1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat Jan. chegaralari bo&#8217;ylab Marning asosiy daryosi \u2014 Uban- gi (Kongo daryosining o&#8217;ng irmogi), shim. qismidan Chad ko&#8217;liga quyiluvchi shari daryosi irmoqlari oqib o&#8217;tadi. Daryolar to&#8217;lib oqqan davrda kema qatnaydi. O&#8217;simliklar qoplami, asosan, Savan- na, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini to&#8217;kuvchi siyrak da- raxtli tropik o&#8217;rmonlardan iborat. Mamlakatning Jan. qismida Daryo so- Hillari bo&#8217;ylab doim yashil o&#8217;rmonlar, eng chekka Jan.dagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial o&#8217;rmonlar o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi boy va xilma- xil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan Arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashay- Di. O&#8217;rmonlarda maymun ko&#8217;p. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilon- lar, kalta-kesaklar, hasharotlar, Jan. da tsese pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan. Aholisining aksari qismini san- go tili shevalarida so&#8217;zlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat Jan.da bantu tili oila- siga mansub xalqlar (Azande, ngiri, Maka va b.) yashaydi. Pigmey kabilalari, shim. da Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili \u2014 frantsuz tili. Aholining aksariyati mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, xri-stianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashay- Di. Yirik shaharlari: bangi, Berberati, Bosan-Goa, Bambari. Tarixi. MARning eng qad. Tarixi etarlicha o&#8217;rganilmagan. Bir vaqtlar bu erda pigmeylar yashaganligi haqida ri- voyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo bo&#8217;lgan. 19-a.da hoz. MAP hududining shim.-g&#8217;arbiy qismi ba- girma va Vadai davlatlari, 90-y.larda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900 y.ga kelib Frantsiyaning Ubangi-shari- Chad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa frantsuz mustamlakalari b-n Frantsiya Ekvatorial Afrikasi tarki- biga kiritilgan. 1914 y.da Ubangi-sha- ri (hoz. MAP) Chaddan ajratildi. 1958 y. Ubangi-Shari Frantsiya Hamjamiyati tarkibidagi Muxtor respublika deb e&#8217;- lon qilindi va MAP deb atala boshladi. 1960 y. 13 avg.dan mustaqil davlat. Mar- da 1966 y. harbiy to&#8217;ntarish sodir bo&#8217;lib, polkovnik J. Bokassa prezident lavo- zimini egalladi. 1976 y.da MAP kon- sti-tusiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator bo&#8217;ldi. 1979 y. yana bir to&#8217;ntarish natijasida imperator ag&#8217;darib tashlandi, mamlakat yana Respu- blika deb e&#8217;lon kdlindi. 1981 y. Marda navbatdagi harbiy to&#8217;ntarish ro&#8217;y berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qo&#8217;mitasi qo&#8217;liga o&#8217;tdi. Kon-stitusiyaning amal qilishi to&#8217;xtatildi. 1993 y. 22 avg. va 19 sent.da bo&#8217;lib o&#8217;tgan umumiy say- lovda Markaziy Afrika xalqi ozodli- gi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 y. muddatga Pre- zident etib saylandi. Yangi Konstitusiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoli- yat ko&#8217;rsata boshladi. MAP 1960 y. sent. dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 1 dek. \u2014 Respublika e&#8217;lon qilingan kun (1958). Asosiy siyosiy partiyalari va kasa- ba uyushmalari. Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979 y.da tuzilgan; Markaziy Afrika demokra- tik uyushmasi partiyasi, 1987 y.da tashkil etilgan; demokratiya va tarak,Qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991 y.da asos solin- gan; demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993 y.da barpo etil- gan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Marka- ziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyush- masi 1981 y.da tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. MAP \u2014 iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda q.x., o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ish- lab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil eta- Di. Iqtisodiy faol aholining 85% q.x.da band. Q.x. mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xo&#8217;jaliklari be- radi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: ma- niok, tariq, oq jo&#8217;xori, makkajo&#8217;xori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek er yong&#8217;oq, kun- jut, moyli palma, geveya, tamaki eki- ladi. Chor-vachilikda qoramol, qo&#8217;y, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning Jan.-g&#8217;arbiy qismidagi o&#8217;rmonlarda eksport uchun qimmatbaho yog&#8217;och tayyorlanadi. Sanoatida konchilik asosiy o&#8217;rinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. I.ch. sanoati q.x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yog&#8217;moy, un, sut-pishlok, z-dlari va b.)dan iborat. To&#8217;qimachilik, ko&#8217;n-poyabzal, bo&#8217;yoq f-kalari, g&#8217;isht- fayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish z-dlari va b. korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kvtsoatdan ko&#8217;proq elektr energiya- si ishlab chiqariladi. Mamlakatda t.y. yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llarining uz. 23,7 mingkm. Xalqaro yuklarning 95% dare orqali tashiladi. Okeanga chiqiladigan suv yo&#8217;llari eng muximidir. Kongo-Ubangi, Kongo-Sanga daryolari havzalari katta ahamiyatga ega. Bangi, zinga, salo va nola portlari, Bangida xalqaro aeroport bor. MAP chetga olmos, paxta, kofe, yog&#8217;och chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-usku- na, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, yoni-lg&#8217;i kel- tiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijoz- lari: Frantsiya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;- rifiy muassasalari. 1962 y. mamlakat- da 6 yoshdan 14 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarga majburiy ta&#8217;lim joriy qilingan. Dav- lat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar xam bor. Barcha maktablar- da bolalar frantsuz tilida o&#8217;qitiladi. Boshlang&#8217;ich maktablarda o&#8217;qish muddati 6 y. 4 y.lik umumiy ta&#8217;lim kollejlari to&#8217;liqsiz o&#8217;rta, 7 y.lik liseylar to&#8217;liq o&#8217;rta ma&#8217;lumot beradi. Hunar maktabla- ri, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va liseylari ham mavjud. Bangida un-t (1969 y.da tashkil etil- gan) va Oliy normal (ped.) maktab, to&#8217;liq oliy ma&#8217;lumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasa- lari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), demografiya tadqiqot markazi, Paster in-ti (1961), paxta va to&#8217;qimachilik sanoati i.t. in-ti, Marka- ziy Afrika Agronomiya tadqiqot in-ti (1948, Bukokoda). Bangi unti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot in-ti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi ku- tubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholg&#8217;u asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, san&#8217;at va hunarmandchilik milliy markazi bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- ko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz.lari: &#171;jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken&#187; (&#171;Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gaz.&#187;, frantsuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974 y.dan), &#171;son- go&#187; (sango xalqi tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1986 y.dan). Markaziy Afri &#8212; ka axborot agentligi hukumat axborot agentligi bo&#8217;lib, 1974 y.da tashkil etil- gan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televidenie xizmati, 1958 y.da tuzil- gan, teleko&#8217;rsa-tuvlar 1974 y.da boshlan- gan. Adabiyoti ilk rivojlanish bosqichida. Asosan, folklor shaklla- ri: ishqiy ko&#8217;shiqlar, yor-yorlar, ovchi qo&#8217;shiqlari urf bo&#8217;lgan. Eng tanikli yozuvchisi Per Maxombo Bambote \u2014 &#171;Af- Rika qahramoni sharafiga marsiya&#187; (Pa- tris Lumumbaga bag&#8217;ishlangan) va &#171;ikki to-g&#8217;am qo&#8217;shig&#8217;i&#187; dostonlarining mualli- Fi. Bu yozuvchi bir necha hikoya va bir par- Dali pesalar ham yozgan. Me&#8217;morligi, tasviriy san&#8217;ati, musiqasi. MAP hududida qad. masjid- lar va Arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari \u2014 doirasimon yoki to&#8217;rtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-a.dan evropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaktda bangi, Berberati, Banga- Su va b. shaharlarda zamonaviy me&#8217;mor- lik usullarida ko&#8217;p qavatli ma&#8217;muriy binolar va turar joylar qurildi. Amaliy va tasviriy san&#8217;at turla- ridan yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, to&#8217;quvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va o&#8217;tdan savat, bordon, qalpoq, sumka- lar to&#8217;qiladi. Buyvol va timsoh terisi- dan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi. Hunarmandlar maktabi tashkil topgan. Xalq marosimlari xor bo&#8217;lib aytila- digan qo&#8217;shiqlar va niqob kiyib ijro eti- ladigan ommaviy raqslar b-n o&#8217;tadi. Yak- kaxon baxshilar tarixiy dostonlar, ma- sallar, rivoyatlar va ishqiy qo&#8217;shiklarni ijro etishadi. Professional sozanda- xonandalar ijodi alohida o&#8217;rin oladi. Ndumu deb ataladigan do&#8217;mbra, makembe deb ataladigan qo&#8217;ng&#8217;iroq, ngombi deb ataladigan 2 torli Arfa, qaqildoq kabi musiqa asboblari bor. Bangida milliy san&#8217;at maktabi bo&#8217;lib, unda musiqa, raqs, drama asoslari o&#8217;rgatiladi. Milliy mu- zeyda xalq san&#8217;ati va an&#8217;analari bo&#8217;limi ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI (MAP) (Republigue Centrafricaine) \u2014 Markaziy Afrikada joylash- gan davlat. Mayd. 623 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Bangi sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 16 prefekturaga bo&#8217;linadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/markaziy-afrika-respublikasi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116991","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116991","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116991"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116991\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117018,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116991\/revisions\/117018"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116991"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116991"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116991"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}