{"id":116995,"date":"2024-05-08T18:54:07","date_gmt":"2024-05-08T15:54:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116995"},"modified":"2024-05-08T18:54:18","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:18","slug":"manbashunoslik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/manbashunoslik-2\/","title":{"rendered":"Manbashunoslik"},"content":{"rendered":"\n<p>Manbashunoslik &#8212; tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] iz- lab topish, qayd etish, to&#8217;plash, o&#8217;rganish va qo&#8217;llanish nazariyasi va amaliy usul- lari haqidagi fan. M. tarixshunoslik- da yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya \u2014 nasabshu- noslik, metrologiya \u2014 o&#8217;lchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya \u2014 matnshu- noslik, xronologiya \u2014 davrshunoslik, geraldika \u2014 gerbshunoslik, numizma- tika \u2014 tangashunoslik va sfragisti- ka \u2014 muhrshunoslik) qatorida etakchi o&#8217;rinda turuvchi alohida ilmiy soha. M.ning bevosita tadqiqoti yozma man- balar ustida bo&#8217;lsada, ammo, uning aso- siy ilmiy va amaliy uslubiyati tari- xiy qadriyatlarning barcha turlarini o&#8217;rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo&#8217;llaniladi. M. ikkiga \u2014 amaliy va nazariy M.ka bo&#8217;linadi. Amaliy M. tarixning ay- Rim soha va yo&#8217;nalishlari hamda davr va bosqichlari b-n shug&#8217;ullanib, izlab to- pilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va kutubxonalarning maxsus xazinalari- da to&#8217;plash, qayd etish, saqlash, ta&#8217;mir- lash va ta&#8217;riflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy M. tarixiy manba- larning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayon- larini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalar- ni tartibga solish va turkumlarga ajra- tish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. M.ning nazariy masa- lalari, asosan, yozma manbalar zaminida- gi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi. Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayo- nida quyidagi masalalar belgilab oli- nadi: qo&#8217;lyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va so&#8217;nggi qo&#8217;shimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, as- liy yoki ko&#8217;chirma nusxaligini aniqlash; M. jihatidan qo&#8217;lyozma matni qanchalik to&#8217;liqligi, unda berilgan ma&#8217;lumotlar- ning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayo- ni M. jihatdan keng qamrovlik va mu- kammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davri- ning anikligi M.da muhim ahamiyatga mo-likdir. Chunki, yozilgan yoki ko&#8217;chirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va o&#8217;rta asrlar yozma yod- gorliklariga xosdir. Yozma manbalarni yuzaga kelish ta- rixini o&#8217;rganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydi- gan davr va sanalar, og&#8217;irlik va uzunlik o&#8217;lchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgi- lash M.da ayniqsa muhimdir. Chunki ta- rixiy asarlarning aksariyati o&#8217;z davrida muallifi tomonidan ma&#8217;lum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar ki- ritilgan bo&#8217;lsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir o&#8217;zgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan bo&#8217;lishi mumkin. Natijada matn, mazmun va g&#8217;oyaviy yo&#8217;nalish jihatidan aslidan o&#8217;zgacha nusxalari paydo bo&#8217;lgan. Shu bo- isdan tarixiy manba muallifi, tarji- moni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning as- liy va ko&#8217;chirma nusxalarining yaratili- shi b-n bevosita bog&#8217;liq bo&#8217;lgan muarrix- larni belgilab olish b-n manba nusxala- ri, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda kelti- rilgan tarixiy atama, nom va sanalar- ning haqqoniyligi aniqlab olinadi. M. ko&#8217;p asrlik tarixga ega. Amaliy M. dastavval Sharqning Misr va Mesopota- miya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizim- lari shakllanayotgan davrlarda yuzaga kel- Di. M.ning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo- sotiq kabi xo&#8217;jaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy exti- yojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr ierogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilim- larning vujudga kelishi b-n chambarchas bog&#8217;liq holda paydo bo&#8217;ldi. M.ning asosi hisoblangan ilk yozuvlar mil. AV. 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. Hujjatlar tosh, sopol, po&#8217;stloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy she&#8217;rlar yozilgan bo&#8217;lsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Xammurapi, mil. AV. 1792-1750 y., Xett, mil. AV. 2-ming yillik \u2014 qonunlari to&#8217;plami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitim- lar (mil. AV. 1280 y. Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnoma- si) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va o&#8217;lka xaritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning teva- rak atroflari) chizilgan. Haqiqiy ta- rixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar mil. AV. 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratil- gan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (ur, nip- pur, Nineviya, Bobil, Ashshur sh.lari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ash- shurbanipalning Nineviyadagi kutubxo- nasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. O&#8217;sha davrlardayoq Shumer, AK- kad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ular- ni jamlab saklovchi davlat kotib (Mir- zo)lari tayyorlanib, amaliy M.ka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va ku- tubxonalaridan esa hatto mil. AV. 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va Geo- grafiyasiga oid ma&#8217;lumotlar topilgan. Tarixiy hujjatlar va yozma manba- larga tanqidiy yondashish, ularda kel- tirilgan ma&#8217;lumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan foy- dalanish yullari qad. dunyo tarixchila- rining nomi va tarixnavislik ijodi b-n bog&#8217;liqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha kuzi b-n boqqan bo&#8217;lsa, Polibiy, Livii, Tasit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar o&#8217;z asarlarida manbalarni tanqidiy AJ- ratish, bir-biriga zid ma&#8217;lumotlarni solishtirish b-n tarixiy manbalarni tekshirib ko&#8217;rish yo&#8217;lini qo&#8217;llaganlar. O&#8217;rta asrlarda manbalarga tanqidiy mu &#8212; nosabatda bo&#8217;lish deyarlik barham topgan bo&#8217;lsada, ammo Uyg&#8217;onish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga ma&#8217;lum da- rajada gumaiistlar o&#8217;z hissalarini qo&#8217;shdilar. 16\u2014 17-a.larda M.ning rivojlani- shi, asosan, diplomatiya ehtiyojlarini qondirish b-n bog&#8217;langan bo&#8217;lsada, ammo bu davrda yozma manbalar, tari- xiy hujjatlarni ilmiynazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Mom-mzen) ishlab chiqildi. O&#8217;zbekistonda amaliy M.ning yuzaga kelishi va rivoji, agarda arxeologik to- pilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix b-n uzviy bog&#8217;lanadi. Zar- dushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestonint charmga bitilgan ilk nus- xalari hamda qad. Niso vatuproqqal&#8217;a shahar xarobalaridan topilgan charm, yog&#8217;och va sopol bo&#8217;laklariga yozilgan xo&#8217;jalik hujjatlarining guvohlik be- rishicha, qad. Turon hududlarida ilk qo&#8217;lyozma manbalar mil. AV. 1ming yil- likda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodat- xonalari va poytaxtlarda qad ko&#8217;targan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Mac, Ko&#8217;hna Niso xarobalarida o&#8217;tkazilgan ar- xeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol bo&#8217;laklariga Parfiya yozu- VI b-n bitilgan xo&#8217;jalik hujjatlari to- pilgan. Ularda Nisoning 17 bog&#8217;dorchilik tumani va 10 ta qishlog&#8217;idan qaysi yilda qancha miqsorda musallas keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazm- shoxlarning qad. poytaxti Tuttroqqal&#8217;a xarobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va yog&#8217;ochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topil- gan. Ularda podsho xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qaerdan keltirilgani belgilangan. Yog&#8217;ochga bi- tilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xiz- matkor, Malika cho&#8217;rilari, Shahzoda xiz- matkorlari, qullari kabi qad. Xorazmda hukm surgan ijtimoiy hayot b-n bog&#8217;liq tabaqalarni belgilovchi atama va ibora- lar tilga olingan. O&#8217;zbekiston hududida qayd etil- gan bunday yozma yodgorliklar va ular- ning ibodatxona va podsho saroy- larida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, Sug&#8217;d va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xo&#8217;jaliklar (ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdo- sotiq mu-nosabatlarining kengayishi oqibatida tashkil topgan qad. Davlat birlashmalarining va ularda boshqaruv tizimlarining shakllanishi b-n chambar- Chas bog&#8217;liq tarzda yuzaga kelganidan da- lolat beradi. O&#8217;rta asrlarda Arab xalifaligi, so- moniylar, Qoraxoniylar, G&#8217;aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil to-pishi, poytaxt shaharlarda masjid, madrasa va rasadxonalar qad ko&#8217;tarib &#171;bayt ul- hikmat&#187; (Bag&#8217;dod), dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), dor ushshifo (Hirot) va kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalo- larning to&#8217;planishi b-n, shubhasiz, M.ka e&#8217;tibor kuchayadi. Bu davrda amaliy M. faoliyati birmuncha kengayib qo&#8217;lyozma manbalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni to&#8217;plash, saqlash va nusxalar ko&#8217;chirish, noyoblarini o&#8217;zga tillardan tarjima qilish b-n bir qatorda asar matnlarini qisqartirish, so&#8217;nggi ma&#8217;lumotlar kiri- tilib, qisman bo&#8217;lsada, ularni to&#8217;ldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina &#171;bayt ul hikmat&#187;da 9-11-a.larda o&#8217;rtaosiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Farg&#8217;oniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu Homid Sag&#8217;oniy, Abdulloh ibn at- Turk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr fo- Robiy, Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon at- Tabariylar faoliyat ko&#8217;rsatgan edilar. Bag&#8217;dodda kutubxonalar ochilib Sharq va G&#8217;arb antik dunyosining ilmiy va ma&#8217;na- viy merosi o&#8217;rganiladi. Hind, yunon, Su &#8212; ryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan ko&#8217;pgina asarlar Arab tiliga tarjima qilinadi. 10-12-a.larda Movarounnahrda ta- rix va geogr.ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga bo&#8217;lgan ehti-yojning ortishi b-n tarixiy Kito- blar Arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda gar- diziynij &#171;Zayn ul-Axbor&#187; (&#171;xabarlar ko&#8217;rki&#187;), Bayhaqiyinng 30 jildli &#171;ta- rixi oli Mahmud&#187; (&#171;Mahmud xonadoni tarixi&#187;) tarixiy asari, Maji-duddin Adnoning &#171;tarixi muluki Turkiston&#187; (&#171;Turkiston mamlakati tarixi&#187;), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning &#171;Tarixi Buxoro&#187; kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. 943-944 y.larda Arab tilida yozilgan &#171;Buxoro tarixi&#187; kitobining tarjimoni va muxarriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning Arab tilidan fors tiliga tar- jima qilinishi haqida quy-idagilarni yozgan edi: &#171;&#8230;Ko&#8217;pchilik kishilar Arab tilida yozilgan kitobni o&#8217;qishga rag&#8217;bat ko&#8217;rgazmaganliklari sababli, do&#8217;stlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qshshilar&#8230; 522 y.ning jumad ul-avval oyida&#187; (1128 y. may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Birok, Arab tilidagi nusxada keraqsiz va buning ustiga o&#8217;qiganda [kishi] tabi- atiga malollik orttiradigan narsalar [haqida ham] so&#8217;zlangan ekan. U narsalar- ning bayoni [tarjimaga] kiritilmadi&#187;. 1178 y.da esa &#171;tarixi Buxoro&#187; kitobi Muhammad ibn Zufar tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2 marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hoz. kungacha saqlanib qolgan. O&#8217;rta asrlarda M.da tarixiy asardan nusxa ko&#8217;chirish b-n bir qatorda ular- ning tarjimasi muhim o&#8217;rin tutgan. Asar matnlarini ko&#8217;chirib, tarjima qilishda, ayniqsa, joy nomlari (topo- nim), suvlar (gidronim), tog&#8217;lar (oro- nim)lar hamda shaxs ismlarini aniq va to&#8217;g&#8217;ri yozilishi, buzilish hollari hamda o&#8217;zga tillarga ag&#8217;darish oqibatida yuza- ga kelgan o&#8217;zgarishlar kabi masalalarga jiddiy ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy &#171;Hindiston&#187; asarida bu haqda quyidagilarni ta&#8217;kidlaydi: &#171;boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi&#8230; tili boshqa bo&#8217;lgan qabilalar bi- Ron joyni egallaganlarida nomlar tez- tez o&#8217;zgarib turadi&#8230; nomlarning ma&#8217;no- sini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini osonlashtiradigan tovush- lar b-n yozganda nomlar o&#8217;zgarib ketadi. Ko&#8217;pincha, arablar chet el nomlarini, Arab- chalashtirib, shunday o&#8217;zgartiradilar va buzib aytadilar&#187; (&#171;Hindiston&#187;). Mac, Xasart (Sirdaryo) bo&#8217;yidagi shaharni tur- kiy aholi Yangikent va Janikent, ara- blar &#171;qariyat ulhadisa&#187; (yangi qishloq) va &#171;Madinat ul-jadida&#187; (yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan. Shu boisdan o&#8217;rta asr M.da kutubxona- larda faoliyat ko&#8217;rsatadigan tarjimon, Musannif va kotiblar tanlovida ular- ning tub joyligiga alohida e&#8217;tibor b-n qaralgan. Chunki qo&#8217;lyozma matnlarining bexato ko&#8217;chirilishi, joy nomlarining buzilmasdan to&#8217;g&#8217;ri yozilishi va tarixiy asar tarjimalarining benuqsonligi ko&#8217;p jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik salohiyatiga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxon &#171;Shajarayi turk&#187; nomli asarini yozishga kirishga- nida Rashiduddin Fazlullohning &#171;jome attavorix&#187; va &#171;Chingiznoma&#187; kabi Kito- blar va ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalari- ning qaytaqayta ko&#8217;chirilishi oqibatida matnlarining de-yarlik yarmi g&#8217;aliz bo&#8217;lib qolganini ta&#8217;kidlaydi. M. tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti sifati- da 19-a.ning 2-yarmi \u2014 20-a. Boshlarida shakllandi. M.ning rivojida G&#8217;arbiy Evropa va Rossiya olimlaridan g. Droy- Zen, E. Berngeym, E.Frimen, Sh. V. Lan- glua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. Solovev, N. I. Ko- stomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shax- matov, A. S. Lappo \u2014 Danilevskiy va b. olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahami-yat kasb etdi. Bu davrda Sharq qo&#8217;lyozma asarlarini to&#8217;plash, tadqiq etish, boshqa tillarga tarjima qilish va nashrdan chiqarish b-n bog&#8217;liq ilmiy-amaliy ishlar yo&#8217;lga solinib, M.ning ilmiynazariy uslub iyati ishlab chiqildi. Bu borada Sankt- Peterburg kabi qator i. t. Markazlarida faoliyat ko&#8217;rsatgan Sharq-shunos olim- lar \u2014 V. V. Bartol&#8217;d, V. V.Velyaminov- Zernov, N. I. Veselovskiy, V. V. Grigo- Rev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va b.ning xizmatlari katta bo&#8217;ldi. Turkistonda bu davrda, boshlang&#8217;ich tusda bo&#8217;lsada, arxeologiya, etn. va numiz- matikaga oid topilma va ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plash, tadqiq etish, ko&#8217;rgazma va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda (V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigorev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) dastlab- ki arxeologik qazishlar o&#8217;tkaziladi. Bu izlanishlar va mahalliy havaskor o&#8217;lkashunoslar (Akram Askarov, Mir- zo Abdulloh Buxoriy, Muhammad vafo) jalb etiladi. O&#8217;zbekistonda sho&#8217;rolar davrida, gar- chi fanga ma&#8217;lum darajada ahamiyat beri- lib, etuk mutaxassis olimlar voyaga etib, M. fani ilmiy-amaliy jihatda yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan bo&#8217;lsada, ammo sho&#8217;rolarning tuzumi xudbinlik va mahsudlik mafku- rasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va Temuriylar), O&#8217;zbekona Sharq ma&#8217;naviyati, serqirra davlatchi- lik va xo&#8217;jalik yuritish hamda xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti b-n uzviy bog&#8217;langan sulolalar shajarasi va ma&#8217;ri- Fat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot rejala- ridan chetda qoldi. O&#8217;rta Osiyoda oliy ta&#8217;lim tizi- mi va ilmiy tadqiqot in-tlari tash- kil to-pib keng ko&#8217;lamda rivojlanishi b-n tarixiy tadqiqot ishlari yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekistonda, xususan, FA tizimida Abu Rayhon Beruniy nomida- gi Sharqshunoslik, Tarix va arxeolo- giya in-tlarida olib borilgan i. t.lar natijasida M. alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy topdi. O&#8217;rta asr Sharq qo&#8217;lyozmalarini o&#8217;rganish, tarjima qilish va ularni to&#8217;la sharhlar b-n nashr qilish ishi keng rivojlandi. O&#8217;zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik in-tining Sharq qo&#8217;lyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qo&#8217;lyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952-2000 y.lar mobaynida &#171;Sharq qo&#8217;lyozmalari to&#8217;plami&#187;ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur to&#8217;plamlarda fanning turli sohalari bo&#8217;yicha 8 ming- dan ortiq Arab, fors, o&#8217;zbek va b. tillar- da yozilgan qo&#8217;lyozmalar sharhlab berilgan. Shular b-n bir qatorda bu davr- da o&#8217;rta asrlarning mashhur mutafak- kirlari Abu Ali ibn Sinoning &#171;Tib qonunlari&#187;; Abu Rayhon Beruniyning &#171;Qadimgi xalqlardan qolgan Yodgor- liklar&#187;, &#171;Hindiston&#187;, &#171;Geodeziya&#187;, &#171;Mas&#8217;ud qonuni&#187;, &#171;ma&#8217;danshunoslik&#187;, &#171;Farmakognoziya&#187;, &#171;munajjimlik san&#8217;- ati boshlang&#8217;ich tushunchalar&#187;; Abu Bakr Roziyning &#171;sirlar siri kitobi&#187;; Ali Qushchining &#171;astronomiyaga oid risola&#187;; Mirzo Ulug&#8217;bekning &#171;Ko&#8217;ragoniyning yangi jadvali&#187;, &#171;to&#8217;rt ulus tari-XI&#187;; Abu Bakr Narshaxiyning &#171;Buxoro tarixi&#187;; Abul Fazl Bayhaqiyning &#171;Mas&#8217;ud tari- XI&#187;; Ibn Arabshohning &#171;Amir Temur ta- rixi&#187;; Sharafiddin Ali Yazdiyning &#171;za- farnoma&#187;, Nizomiddin Shomiyning &#171;za- farnoma&#187;; Mirzo Muhammad Haydarning &#171;Tarixi Rashidiy&#187;; Hofiz tanish al- Buxoriyning &#171;Abdullanoma&#187;; Muhammad Yusuf Munshiyning &#171;Muqimxon tari- XI&#187;; Mir Muxammad Amin Buxoriyning &#171;Ubaydullanoma&#187;; Mirzo Bade&#8217;Devon- ning &#171;raqamlar yig&#8217;indisi&#187;; Mirzo AB- dulazim Somiyning &#171;mang&#8217;-it xonlari tarixi&#187; va b. ko&#8217;pgina qo&#8217;lyozma manba- lar o&#8217;zbek va rus tillarida nashr etil- Di. Shuningdek, O&#8217;rta Osiyo, jumladan, O&#8217;zbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovno- ma, tilxat va b.)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14\u2014 16-a.lar va 20-a. rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Ko&#8217;qon xonliklari va Buxoro Amir- ligi arxiv materiallarini tadqiq etish- ga kirishildi. A. L. Troiskaya tomonidan &#171;Qo&#8217;qon xonligi arxiv hujjatlari&#187; ka- talogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida &#171;Buxoro amirligi joy nomlari&#187; (hujjatlar foto faksimili b-n) kitobi nashr etildi. Mustaqillik yillarida O&#8217;zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo&#8217;lyozma asar- lar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari bo&#8217;yicha sharxlash va kata- loglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997\u2014 2001 y.lar mobaynida &#171;tarix&#187;, &#171;tabiiy va aniq fanlar&#187;, &#171;tabobat&#187;, YUNESKO hamkorligida &#171;Sharq mini-atyurala- ri&#187;, Yaponiyaning Kioto unti b-n birga- likda &#171;Xivaning qozilik hujjatlari&#187; (19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlari) kabi to&#8217;plamkataloglar nashrdan chiqarildi. Bu maxsus to&#8217;plamlarda Arab, fors, o&#8217;zbek tillarida yozilgan 4300 dan ziyodroq qo&#8217;lyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, bu davrda &#171;kabrtosh- lar epigrafikasi&#187; b-n shug&#8217;ullaniladi. 1997 y.da Visbaden sh.da doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida &#171;Shayboniylar qabr toshlaridagi bitiklar&#187; (B. Bobojonov, A. Mo&#8217;minov, Yu. Paul) o&#8217;zbek, nemis va rus tillarida chop etildi. Bu uziga xos bitiklar to&#8217;plamida 16-a.ga mansub 84 ta qabrtosh yozuvlari sharhlangan. Qab-rtosh epigrafikasi M.da alohida soha bo&#8217;lib, o&#8217;rta asrlarda butun Islom du-nyosida, shu jumladan, O&#8217;rta Osiyoda keng tarqalgan yozuv san&#8217;ati hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda M.ning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. Sale, A. A. Se- myonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullaev, B. Ahmedov, B. Valixo&#8217;jaev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Epi- fanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzaev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. Ostano- va, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rusta- mov, H. Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fay- ziev, A. Xo&#8217;jaev, X. Hikmatullaev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, P. Shamsiev, D. Yusupova, A. O&#8217;rinboev kabi olimlar katta hissa qo&#8217;shdilar. Ularning sa&#8217;yharakatlari va betinim tadqiqotlari tufayli O&#8217;zbekistonda milliy M. maktabi tashkil topdi. Hoz. kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboev, B. Bobojo-Nov, o. Bo&#8217;riev, G&#8217;. Jo&#8217;raeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. Madraimov, X. To&#8217;raev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod qilmoqdalar. Ad.: Muhammadjonov A. R., Ne&#8217;matov T., Buxoro va Xivaning Rossiya b-n mu- nosabatlari tarixiga doyr ba&#8217;zi manba- lar, T., 1957; Istochnikovedenie istorii XIX \u2014 nachala XX v (Uchebnoe posobie), M., 1970; Azimdjanova S. A., Vostoko- Vedenie (v Uzbekistane) v knige &#171;Nauka v Uzbekistane&#187;, t. 2, T., 1974; Lunin B. V., Istoriografiya obtshestvennix nauk v Uzbekistane, biobibl. ocherki, T., 1974; Fas IX Axmad al-X a v a f i , Mudjmal-i Fasixi (Fasixov svod), Per. s Persid, prim. i ukazateli Yusupovoy D. Yu., T., 1980; Mirza Badi&#8217;Di-v a n , madjma&#8217;al- arkam (&#171;Predpisaniya fiska&#187;), (Priemi dokumentasii v Buxare XVIII v.) Faksi- mile rukopisi. Vvedenie, Per., prim. I priloj. Vildanovoy A. B., 1981; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, &#171;sha- raf-nomaiy shohiy&#187;, 1-2-kitob, Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, so&#8217;zboshi va izohlar Ahmedov B., T., 1999-2000; Naselennie punkti Buxarskogo emira- ta, materiali k istoricheskoy geogra- fii sredniy Azii. Pod. Red. Muxam- medjanova A. R., Sostaviteli: Yulda- shev I., Ubaydullaev K., Chexovich od., Xakimova K. 3., T., 2001; Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar. Katalog. Nashrga tayyo&#8217;rlovchilar: Bobojonov B., Mo&#8217;minov A., Paul Yu., Visbaden, 1997; Katalog Xivinskix kaziyskix dokumen &#8212; tov XIX \u2014 nach. XX vv., sost. Urinbaev A., Xorikava T., Fayziev T., Djuraeva G., Isogay K., Tashkent &#8212; Kioto, 2001. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Manbashunoslik &#8212; tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] iz- lab topish, qayd etish, to&#8217;plash, o&#8217;rganish va qo&#8217;llanish nazariyasi va amaliy usul- lari haqidagi fan. M. tarixshunoslik- da yordamchi fan sohalari (arxeografiya, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/manbashunoslik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117022,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116995\/revisions\/117022"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}