{"id":116997,"date":"2024-05-08T18:54:11","date_gmt":"2024-05-08T15:54:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116997"},"modified":"2024-05-08T18:54:24","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:24","slug":"mali-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mali-2\/","title":{"rendered":"Mali"},"content":{"rendered":"\n<p>Mali (Mali), Mali Respublikasi (Republique du Mali) \u2014 G&#8217;arbiy Afrika- dagi davlat. Mayd. 1,24 mln. km2, aholisi 11 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Bamako sh. Ma&#8217;muriy jihatdan Bamako hududi va 8 viloyat (region)ga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. M. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 12 yanv. dagi referendumda ma&#8217;qullangan. Dav- lat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1992 y.dan Alfa Umar Konare). Umumiy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni Milliy Majlis (bir palatali parlament), ij- roiya hokimiyatni prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududinshg ko&#8217;p qismi Shim. yarim sharning tropik mintaqasida. Er yuzasining 90% dan ko&#8217;prog&#8217;i tekis- lik, qolgan qismi tog&#8217;lardan va qoyalar orasidagi o&#8217;yiq kamarlardan iborat. M.ning shim. qismida G&#8217;arbiy va Mar- kaziy Sahroi Kabirning tosh, qumtosh va shag&#8217;alli cho&#8217;llari joylashgan. Niger daryosining o&#8217;rta oqimi keng allyuvial tekislik. M.da boksit, temir va marga- nes rudalari, tuz, ohaktosh, fosforit, kaolin, olmos, oltin, qalay, polimetall rudalar, uran konlari bor. Iqlimi \u2014 tropik, issiq va quruq; Jan. chekkasida \u2014 subekvatorial. Yil- lik o&#8217;rtacha t-rasi 28-29\u00b0. O&#8217;rtacha yillikyog&#8217;in 150-1500 mm. Daryolari \u2014 Senegal, Niger va ularning irmoqlari. M. hududining 1\/2 qismi butazor, sa- vanna; qizg&#8217;ish-qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqli erlarda boshokli o&#8217;simliklar, akasiya, palma va baobab, qizil laterit tuprokdi er- larda Senegal kayyasi, terminaliya va b. daraxtlar usadi. Jan. chekkasida sa- vanna o&#8217;rmonlari, Daryo bo&#8217;ylarida Gale- Reya o&#8217;rmonlari bor. Shim. cho&#8217;l va chala cho&#8217;llarda ohu, g&#8217;izol, jirafa, gepard, sirtlon, savannalarda kiyik, Arslon, qoplon, chiyabo&#8217;ri, fil, timsoh, begemot, qushlar yashaydi. Daryo va ko&#8217;llarda baliq ko&#8217;p. Termitlar, yovvoyi asalari, tsese pashshasi va b. hasharotlar tarqalgan. O&#8217;simliklar va hayvonlarni qo&#8217;riklash uchun Bukl-dyu-baule milliy bogi tash- kil etilgan. Aholisi. M.da bambara, soninke, ma- linke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, kachoro, senufo, dogon, bobo, moey, Sahroi Kabirda tuareglar, ara- blar yashaydi. Aholisining 80% Islom, qolganlari xristian va mahalliy din- larga e&#8217;tiqod qiladi. Rasmiy til \u2014 frantsuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida so&#8217;zlashadi. Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso. Tarixi. M. \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada o&#8217;rta aerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shim. Afrika savdo- garlari kirib kelishi b-n Islom dini yoy- ilgan (8-a.). 19-a.ning oxiridan G&#8217;arbiy Afrikaning Markaziy hududi Frantsiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894 y. Niger va Senegal da- ryolarining yuqori va o&#8217;rta oqimlaridagi erlari Frantsiya Sudani nomi b-n Fran- tsiya mustamlakasi. 1895 y.dan Frantsiya Sudani Frantsiya G&#8217;arbiy Afrikasi tar- kibiga kirdi. 2-jahon urushidan keyin Frantsiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946 y. oxirida tashkil topgan Afri- ka demokratik birlashmasi sektsiyasi \u2014 Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar o&#8217;tkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fran- tsiya G&#8217;arbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Frantsiya Umummehnat konfederasiyasi tarkibi- dagi kasaba uyushmalari ko&#8217;magida mam- lakatda etakchi siyosiy kuch bo&#8217;lib qoldi. 1957 y. uning deputatlari territorial Assambleyada birinchi marta ko&#8217;p ovoz olishga muvaffaq bo&#8217;ldilar. 1958 y. 28 sent.da qabul qilingan Frantsiya Konstitusiyasiga muvofiq, Frantsiya Sudani Sudan Respublikasi nomi b-n Frantsiya hamjamiyati tarkibi- ga kirdi. 1959 y. Sudan Respublikasi b-n Senegal Respublikasining birlashuvi- dan Mali Federasiyasi tashkil topdi. U 1960 y. iyunda Frantsiya hamjamiyati do- irasida mustaqillikka erishdi. 1960 y. 20 avg.da Senegal Respublikasi Federa- tsiyadan chikdi. Federasiyaning tarqalib ketishi mu-nosabati b-n Sudan Respu- blikasining qonun chiqaruvchi assamble- yasi 1960 y. 22 sent.da Sudan Respublika- sini M. Respublikasi nomi b-n suveren va mustaqil davlat deb e&#8217;lon qildi va u Frantsiya hamjamiyatidan chikdi. Su- dan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika Prezidenta bo&#8217;ldi. 1968 y. noyab.dagi davlat to&#8217;ntarishi nati- jasida hokimiyatni M. Traore (1979-91 y.larda prezident) boshchiligidagi mil- liy ozodlik harbiy qo&#8217;mitasi egalladi. 1979 y. M. boshkaruvning fuqarolik sha- Kliga o&#8217;tdi. 1991 y. 25 martda davlat to&#8217;ntarishi sodir bo&#8217;ldi. Hokimiyatni qo&#8217;lga olgan A. T. Ture boshchiligidagi xalqni qutqarish qo&#8217;mitasi demokratik islohotlar o&#8217;tkazishga kirishdi. 1992 y. 1-yarmida o&#8217;tkazilgan ko&#8217;p partiyali asosdagi par- lament va prezident saylovi fuqarolar boshqaruviga o&#8217;tishni nihoyasiga etkaz- Di. M. Respublikasi O&#8217;zR suvereniteti- ni 1992 y. 24 yanv.da tan oldi. Milliy bayrami \u2014 22 sent. \u2014 Mustaqil kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. M.da demokratiya uchun alyans \u2014 Pa- nafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (Adema), 1990 y.da tuzilgan; M. taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991 y.da tashkil etilgan; demokratiya va rivojlanish partiyasi, 1991 y.da asos solingan; demokratik tashabbus milliy Kongressi partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991 y.da tashkil etilgan; demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; taraqqiyot uchun demokra- tik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991 y.da asos solingan; demokratiya va tarak,Qiyot partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Sudan Ittifoqi \u2014 Afrika demokratik birlash- masi partiyasi, 1946 y.da tuzilgan, 1968 y. da taqikdangan, 1992 y.dan yana oshko- ra ishlay boshlagan. M. mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba uyushmasi, 1963 y.da asos solingan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi \u2014 55%, sanoatning ulushi \u2014 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% q.x.da band. Tez- tez bo&#8217;lib turadigan qurg&#8217;oqchilik mamla- kat iqtisodiyotiga katta zarar etkazadi. Q.x.da erga jamoa egaligi US-tun. Mamla- kat hududining salkam 9% haydaladigan va bo&#8217;z erlar, ko&#8217;p yillik ekinzorlar, 24% yaylov va pichanzorlar, 3,6% o&#8217;rmon va bu- tazorlar, qolgan qismi cho&#8217;llardan iborat. 90 ming ga er sug&#8217;oriladi. Haydaladigan erlarda donli ekinlar, er yong&#8217;oq va paxta, shuningdek, kanop, makkajo&#8217;xori, choy, ta- maki, sholi, shakarqamish, shahar atrof- larida sabzavot va meva, hamma joyda oq jo&#8217;xori, fonio, yams, maniok etishti- riladi. M. \u2014 G&#8217;arbiy Afrikadagi Yi- rik chorvachilik mamlakatlaridan biri. Qoramol, qo&#8217;y, echki, tuya, yilqi boqiladi. O&#8217;rmonlarda mebel va b. ehtiyojlar uchun yog&#8217;och tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va ko&#8217;llarda baliq ovlanadi. Mustaqillik yillarida ma&#8217;dan qazib olish yo&#8217;lga qo&#8217;yilib, qayta ishlash sa-noatining 30 dan ko&#8217;proq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot i.ch. hajmi jihatidan hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat i.ch.ning yarmiga yaqini q.x. xom ashyosini qayta ishlash tarmog&#8217;iga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Paxta tozalash, sholi oqlash, er yong&#8217;oq va chigit yog&#8217;i, sabzavot va meva konservalari z-dlari bor. To&#8217;qimachilik k-tlari, kanop, ko&#8217;n-poyabzal, tsement z-dlari barpo etilgan. Keyingi yil- larda velosiped va moped, transistor yig&#8217;ish, metall kon-sturkiiyalar, mebel, kemasozlik korxonalari, traktor ta&#8217;- mirlash ustaxonalari barpo etildi. Yi- liga o&#8217;rtacha 200 mln. kVtsoat dan ko&#8217;proq elektr energiya hosil qilinadi. M.da asosiy transport turi \u2014 AV- tomobil. Avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 18 ming km, shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yo&#8217;llari uz. \u2014 720 km. M.ning dengizga chiqish yo&#8217;li yo&#8217;q. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-D&#8217;Ivuar orqali tashiladi. Mamlakatda 10 Aero- port, jumladan, Bamakoda xa-lqaro Aero- porti bor. M. chetga paxta, eryong&#8217;oq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari, kimyo- viy mollar va b. oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Kot-D&#8217;Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Tibbiy xizmati. Tibbiy yordam dav- lat muassasalarida amalga oshiriladi. Vrachlar Milliy tibbiyot maktabida tay- yorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. M. hududida dastlab- ki diniy maktablar 14-a.da paydo bo&#8217;ldi. 15-16-a.larda Tombuktu va Jen-neda Afrikadagi eng ko&#8217;hna musulmon un- tlari ishlay boshlagan. Dastlabki dunyo- viy maktablar 19-a.ning 2-yarmida Ochil- Di, ammo ular juda oz bo&#8217;lgan. Mamlakat mustaqilligi e&#8217;lon qilingan (1960) paytda frantsuzcha uslub- da tashkil etilgan maktab tizimi 6 y.lik boshlang&#8217;ich, 7 y.lik o&#8217;rta va kasb-xunar ta&#8217;limidan iborat edi. 1962 y. da 6 yosh dan boshlab 5 y.lik, 1968 y.da 9 y.lik majburiy ta&#8217;lim joriy qilindi. Quyi kasb-hunar ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich maktab negizida 3 y. davomida amalga oshiri- ladi. Boshlang&#8217;ich maktab o&#8217;quvchilari ped. in-tlarida, to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab o&#8217;qituvchilari normal maktablarda, to&#8217;liq o&#8217;rta maktab o&#8217;qituvchilari Oliy normal maktabda tayyorlanadi. Oliy o&#8217;quv yurt- lari: Bamakoda ped. in-ti (Oliy normal maktab), Milliy oliy ma&#8217;muriy maktab, Milliy muhandislar maktabi, Milliy tibbiyot maktabi, Katibugudagi q.x. po- litexnika in-ti. Bamakoda Milliy kutubxona, muni- tsipal kutubxona, ijtimoiy fanlar in- ti huzurida Milliy muzey, zootexnika tadqiqot markazi, moxovga qarshi ku- rash tadqiqot in-ti, tropik oftalmo- logiya in-ti, Milliy tropik Agronomiya va oziq-ovqat ekinlari in-ti va uning tadqiqot st-yalari, Milliy mevachilik markazi, Tombuktuda tarixiy tadqiqot va hujjatlashtirish markazi va uning qad. Arab qo&#8217;lyozmalari arxivi, sholi- korlik tadqiqot markazi, Milliy xalq sog&#8217;lig&#8217;ini saklash sohasidagi tadqiqot in-ti bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da nashr etilgan yirik gaz.lar: &#171;jurnal ofisel de la Repyublik dyu Mali&#187; (&#171;Mali Respu- blikasi rasmiy gazetasi&#187;, hukumatning frantsuz tilida chiqadigan xabarnoma- si), &#171;Kibaru&#187; (&#171;Yangiliklar&#187;, Bamba- ra tilida chiqadigan oylik gaz., 1972 y.dan), &#171;Oror&#187; (&#171;tong&#187;, frantsuz tilida oyiga 2 marta chikadigan gaz., 1990 y.dan), &#171;Essor&#187; (&#171;yuksalish&#187;, frantsuz tili- da chikadigan kundalik gaz., 1949 y.dan; bambara va frantsuz tillarida ilovala- ri chiqariladi). M. mat-buot va reklama agentligi (AMAPP), 1977 y. da tashkil etilgan. M. radio-eshittirish va televi- Denie xizmati, davlat nazoratida, 1957 y.da asos solingan. Adabiyoti. M. xalq og&#8217;zaki ijodi boy va rangbarang. Xalq afsonalarini to&#8217;plash va nashr etishga 20-a.ning 30-y. larida kirishildi. Hoz. adabiyoti, aso- san, &#8216; frantsuz tilida. Tarixchi I. M.Uan o&#8217;zining tarixiy romanlari (&#171;Fadimata, cho&#8217;l malikasi&#187; va b.) b-n hoz. zamon M. adabiyotining asoschisi hisoblanadi. 20- a. 2-yarmidagi yirik yozuvchilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning &#171;Qizil savanna&#187; romanida 1jahon uru- shi davrida mahalliy ziyolilarning Vu- judga kelishi, tuareglarning frantsuz bosqinchilariga qarshi qo&#8217;zg&#8217;oloni bayon qilingan. M.da yosh shoirlar etishib chik- Di. 60-y.lar oxiri va 70-y.lar boshlarida M. adabiyotida folklor asarlari (tari- xiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta ishlash davom ettirildi (&#171;kala Jata&#187; va b.). M. mustaqillikka erishgach, proza va poeziya gurkirib rivojlana boshladi. Me&#8217;morligi va amaliy san&#8217;ati. M. hududidan neolit davriga mansub ma- daniyat yodgorliklari topilgan (kryalar- ga bitilgan yozuvlar, g&#8217;or devorlariga ishlangan ov, urush manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va b.). Qishloqlarda kulbalar somonli loy (&#171;Banko&#187;)dan doyra shaklida, sinchli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamish- dan; shaharlarda to&#8217;g&#8217;ri burchakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki shifer b-n yopiladi. 11 \u201416-a.larda M.da shahar qurilishi rivojlandi (niani, Gao, Tombuktu, Jenne va b.), ular mustahkam devorlar b-n o&#8217;raldi. Jamo-at binola- ri (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakachilar xukmronligi davrida G&#8217;arbiy Evropa eklektikasiga xos bino- lar yuzaga keldi (soborlar, hukumat mu- assasalari va b.). 20-a.ning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boshladi. O&#8217;ymakorlik san&#8217;ati rivojlangan. Engil yog&#8217;ochlardan marosim niqoblari, odam va hayvon shakllari, stullar, eshi- klar, idish va taroqlar, mis bu-yumlar yasaladi, ilon va timsoh terisidan sum- ka, kamarlar tikiladi. 20-a. o&#8217;rtalaridan zamonaviy san&#8217;at vujudga keldi. Rassom B. Keyta asarlari bunga misoldir. Musiqasi mamlakatda yashovchi turli xalqpar musiqiy madaniyati krrishmasi- dan tarkib topgan. Ba&#8217;zilari qad. an&#8217;a- nalarga ega bo&#8217;lib, o&#8217;rta asrlardagi Mali imperiyasi davridan boshlangan. Saroy musiqasi belgilari saqlanib qolgan. M. xalqdarining cholg&#8217;u as-boblari orasida ko&#8217;ra deb ataluvchi 21 torli Arfa, n&#8217;go- ni deb ataluvchi 4 torli gitara, bala deb ataluvchi yog&#8217;och chang, shuningdek do&#8217;mbira, tabele kabilar bor. Senufo xalqi xor usulida qo&#8217;shiq aytishni sevadi, yog&#8217;och chang orkestrlari, turli ansambllar mav- jud. An&#8217;anaviy musiqa ijrochilaridan S. Bazumana, F. Dembe mashhur. 20-a.da I. So-umaro, A. Soumaro kabi bastakor- lar etishib chiqqan. Teatri. M. xalqlarida qadimdan sahna tomoshalari (niqobda rake tushish, qo&#8217;shiqlar kuylash, turmush hangomalari), dehqonchilik ishlari, qishloqlardagi bayramlar, udumlar b-n bog&#8217;liq tomosha- lar ko&#8217;rsatish odat bo&#8217;lgan. Bambaralar- ning koteb xalq teatri guruhlari 20-a. ning 30-40-y. larida Bamako ko&#8217;chalarida tomoshalar ko&#8217;rsatgan. 50-y.lardan zamo- naviy shakldagi havaskorlar teatri Vu- judga kela boshladi. M. mustaqillikka erishgach, bu teatr ommaviy tus oldi. Uning sahnasida respublika turmushi dolzarb mavzularidagi pesalar qo&#8217;yila boshladi. 1962 y.dan havaskor san&#8217;at- korlarning musobaqa ko&#8217;rigi muntazam o&#8217;tkazib kelinadi. 1963 y.da Bamakoda Milliy san&#8217;at in-ti tashkil topdi. In-t huzuridagi drama bo&#8217;limi teatrlar uchun kad-rlar tayyorlaydi. Kinosi. 1963 y.da haftalik kinoxro- nikalar tayyorlash uchun guruxlar tuzil- Di. 1977 y.da tashkil etilgan Milliy kino markazi badiiy va hujjatli fil- mlar chiqara boshladi. M.da 1960-y.lar- ning boshidan xronik filmlar suratga olingan. 1965 y. S. Sissening &#171;Inson va sanamlar&#187; hujjatli filmi yaratil- Di. 70-y.larda yaratilgan qisqa metrajli filmlar: &#171;Temanning kaytishi&#187; (rej. D. Kuyate), &#171;bir umrning besh kuni&#187;, &#171;Qita janubida qora bayroq&#187;, &#171;baara&#187; (hammasining rej. S. Sisse). M.ning etakchi rej. hisoblangan S. Sissening &#171;Mehnat&#187; filmi ijtimoiy muammo &#8212; larga bagishlangan. Keyingi yillarda yaratilgan filmlar: &#171;mahbus&#187; (rej. S. Kulibali), &#171;hammasi tamom bo&#8217;ldi&#187; (rej. K. Dente), &#171;biz hammamiz aybdor- miz&#187;, &#171;Kryadagi duel&#187; (rej. I. Traore) va b. Mamlakatda 20 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 1-2 badiiy film yarati- ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mali (Mali), Mali Respublikasi (Republique du Mali) \u2014 G&#8217;arbiy Afrika- dagi davlat. Mayd. 1,24 mln. km2, aholisi 11 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Bamako sh. Ma&#8217;muriy jihatdan Bamako hududi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mali-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116997","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116997","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116997"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116997\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117024,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116997\/revisions\/117024"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116997"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116997"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116997"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}