{"id":116999,"date":"2024-05-08T18:54:13","date_gmt":"2024-05-08T15:54:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116999"},"modified":"2024-05-08T18:54:29","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:29","slug":"malavi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/malavi-2\/","title":{"rendered":"Malavi"},"content":{"rendered":"\n<p>Malavi (Malawi), Malavi Respu- blikasi (Republic of Malawi) \u2014 Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 118,5 ming km2. Aholisi 10,5 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Lilongve sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 3 viloyat (region)ga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka kiradi. Amaldagi kon- stitusiyasi 1995 y. 17 mayda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 president (1994 y.dan Bakili Muluzi), u umumiy ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga sayla- nadi, faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis, ijroiya hokimiyatni esa prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududining ko&#8217;p qismini 3 ming m gacha balandlikdagi yassitog&#8217;lik egallaydi. Mulanje massivi deb atal- gan yassitog&#8217;lik chuqur botiqlik sari tik tushib boradi, uning tubida Nyasa ko&#8217;li joylashgan. Toshko&#8217;mir, boksit, apatit konlari bor. Niobiy rudasi, beril- liy, oltin, grafit, asbest, qalay, titan, strontsiy, muskovitli mayda konlar ma&#8217;- lum. Iqlimi \u2014 ekvatorial, mussonli: yozi seryog&#8217;in (noyab.dan apr.gacha), qishi quruq. Eng iliq oyi (noyab.)ning o&#8217;rtacha t-rasi balandliklarda 20-30\u00b0, past joylarda 27\u00b0 gacha, eng salqin oyi (iyul) ning t-rasi 14\u2014 19\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 750-1500 mm. Nyasa ko&#8217;lidan oqib chiqadigan Shire (Zambezi irmog&#8217;i) dar- yosi dare va ko&#8217;l tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Jan.-Sharqda kattagina Shirva sho&#8217;r ko&#8217;li joylashgan. Shim.dagi toqqa xos qizil tuproqlarda mavsumli nam tropik o&#8217;rmonlar, qolgan joylarda, jigarrangqizil lateritli tuproklarda kserofit tropik o&#8217;rmonlar, baobab ara- lash akasiya savannalari, palma aralash Park savannalari usadi. Dare vodiyla- rida silsilali o&#8217;rmonlar mavjud. Fil, buyvol, karkidon, har xil kiyiklar, Ze- bra, jirafa, Arslon, qoplon, gepard, chi-yabo&#8217;ri, sirtlon kabilar yashaydi. Hayvonot dunyosini ko&#8217;riqlash maqsadida Nika, Livande, Lengve, Kasungu milliy bog&#8217;lari tashkil etilgan. Aholisi, asosan, bantu xalqlarining Sharqiy guruhiga mansub. Markaziy r-nlarda Malavi, Jan.da makua, lom- ve, vayao, suaxili va b. xalqlar yashaydi. Aholining yarmiga yaqini mahalliy an&#8217;- anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, 40% xristian va 10% musulmon. Chiche-va (Malavi) va ingliz tillari \u2014 rasmiy. Aholining 9% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Blaktayrlim- be, Zomba, Lilongve. Tarixi. M.da qadimdan bantu tili guruhiga mansub qabilalar yashaydi. 15-a. oxirlarida Nyasa kuli atrofida Malavi kabila uyushmalari yuzaga kelgan. 19-a. ning 2-choragida M. xududiga Jan.dan ngoni, Jan.-sharkdan va Mozambikdan vayao qabilalari kelib joylashgan. 19-a. ning 60-y.laridan evro-paliklar kela boshladi. 1891 y.da M. Angliyaning Nya- salend protektorati deb e&#8217;lon qilindi. Mamlakat Angliyaning boshqa mustamla- kalariga ishchi etkazib beradigan makon- ga aylantirildi. 1915 y. mustamlakachi- larga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarildi. Garchi u bostirilsada, milliy ozodlik harakati davom etdi. Ayniqsa, 2-jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda mil- liy harakat kuchaydi. 1944 y. M.da dastlabki siyosiy tash- kilot \u2014 Nyasalend Afrika Kongressi (NAK) tuzildi. U tub aholining ijtimo- iy huquklarini kengaytirishni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ydi. 50-y.lar boshlarida NAK Markaziy Afrika mamlakatlarida- gi milliy ozodlik kurashini boshqardi. Rodeziya va Nyasalend federasiyasi tu- zilgach (1953), bu federasiyani tarqatish va Nyasalendga mustaqillik berishni talab qildi. Milliy ozodlik harakati 1959 y. qo&#8217;zg&#8217;olonga aylandi. Mustamla- ka hokimiyati qo&#8217;zg&#8217;olonni shafqatsizlik b-n bostirdi, rahbarlarini konsla- gerlarga jo&#8217;natdi. Lekin milliy ozod- lik harakatini tuxtata olmadi. 1959 y. NAK o&#8217;rniga M. Kongressi partiyasi tuzildi. 1961 y. mustamlakachilar yon berishga majbur bo&#8217;ldi. M.da Konstitu- tsiya joriy qilinib, barcha nyasalendli- klarga saylov huquqi berildi. 1961 y. saylovda qonun chiqaruvchi kengatshdagi ko&#8217;pchilik o&#8217;rinni M. Kongressi parti- yasi oldi. 1963 y. Rodeziya va Nyasalend federasiyasi tarqatib yuborildi. 1964 y. 6 iyuldan Nyasalend Malavi nomi b-n mustaqil davlat bo&#8217;ldi. 1966 y.iyudsa M. Respublikasi e&#8217;lon qilindi. 1971 y.dan 1994 y.gacha M.dagi birdan bir siyosiy partiya \u2014 M. Kongressi parti-yasining raisi Xastings Kamuzu banda M. Prezi- Denti buldi. 1994 y. 17 mayda mamlakat tarixida birinchi marta kup partiyali asosda prezident va parlament saylovi o&#8217;tkazildi. Birlashgan demokratik front partiyasining raisi Bakili Muluzi Pre- zident lavozimiga saylandi. M. \u2014 1964 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 6 iyul \u2014 Mustakillik kuni (1964). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. M. Kongressi partiyasi, 1959 y.da tuzilgan; Birlashgan demokratik front partiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan; De- mokratiya uchun alyans siyosiy uyushmasi, 1992 y.da asos solingan. M. kasaba uyush- malari Kongressi, 1964 y. tashkil etil- gan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sano- atning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi \u2014 q.x. Jami q.x. mahsulotining 85%ni mayda dehqon xo&#8217;jaliklari etishtiradi. Choy, tamaki, er yong&#8217;oq, shakarqamish, paxta, tung, kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, tariq, sholi, maniok, kartoshka eki- ladi. Chorvachiligi suet rivojlangan. Qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa boqiladi. Ko&#8217;l va daryolarda baliq ovlanadi. Sanoat, asosan, q.x. xom ashyosi- ni qayta ishlash korxonalaridan ibo- rat. Tsement, qand z-dlari, tamaki, to&#8217;qimachilik, paxta tozalash, tikuv f-kalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligida qurilishbop yog&#8217;och tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Trans- porti unchalik rivojlanmagan. T.y. uz. \u2014 789 km, avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfalt- langan. Lilongve va Chilena sh.larida xalqaro aeroportlar bor. M. chetga tama- ki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yog&#8217;och, er yong&#8217;oq, jun, teri, tung moyi, paxta so &#8212; tadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama so- tib oladi. Tashki savdodagi asosiy mi- jozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSh. Pul birligi \u2014 kvacha. Tibbiy xizmat tuzilmasida davlat sog&#8217;liqni saklash muassasalari b-n bir qatorda xususiy shifoxona va kasal- xonalar ham bor. Mamlakatda 200 vrach ishlaydi. Shifokorlar chet ellarda tay- yorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaiiyma&#8217;- rifiy muassasalari. 19-a. oxirlari- da xristian da&#8217;vatkorlari mamlakat- da da-stlabki maktablarni ochishgan. Mustaqillik e&#8217;lon qilingan paytda (1964) katta yoshdagi aholining 90% sa- vodsiz bo&#8217;lgan. 1990-y.larga kelib savod- sizlik darajasi 61%. Boshlang&#8217;ich ta&#8217;- lim 8 y.lik, o&#8217;rta ta&#8217;lim 4 y.lik. Quyi kasb-hunar ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich maktab negizida 1 y. davomida hunarmandchilik maktablarida, o&#8217;rta kasb-hunar ta&#8217;limi esa o&#8217;rta maktab negizida 3 y. davomi- da texnika in-ti va bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlang&#8217;ich maktab uchun o&#8217;qituvchilar ped. bilim yurtlarida, o&#8217;rta maktab uchun o&#8217;qituvchilar esa un-t va Blantayrlimbedagi ped. Kollejida tayyorlanadi. Zom-bedagi un-tning tur- li shaharlarda f-t va kollejlari bor. Mazkur un-tning kutubxonasi, Lilong- Veda M. milliy kutubxona Mahkamasi, Zombeda Milliy arxiv va uning kutub- xonasi, Lilongveda Britaniya Kengashi- ning kutubxonasi, Blantayrlimbeda M. muzeyi, Zombeda M. geol. Mahkamasi, M. ilmiytarixiy jamiyati, Blantayrlimbe- da M. tibbiyot uyushmasi, q.x. vazirligi huzurida bir qancha i.t. in-tlari va ular- ning turli sohalardagi tadqiqot hamda tajriba st-yalari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: &#171;Malavi Gavern- ment gazett&#187; (&#171;Malavi hukumat gaze- tasi&#187;, ingliz tilidagi haftalik gaz., 1894 y.dan), &#171;Deyli tayme&#187; (&#171;har kungi vaqt&#187;, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1895 y.dan), &#171;Afriken&#187; (&#171;afrikalik&#187;, ingliz va chicheva tilida 2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1950 y.dan), &#171;Ma- lavi Nyus&#187; (&#171;Malavi yangiliklari&#187;, ingliz va chicheva tillarida chiqadigan yakshanbalik gaz., 1959 y.dan), &#171;ZIS iz Ma- lavi&#187; (&#171;bu\u2014Malavi&#187;, ingliz va chicheva tillarida chiqadigan oylikjur., 1964 y.dan). M. ax-borot agentligi (mana) Axborot departamenta nazoratida, 1966 y. asos solingan. M. radioeshittirish korporasiyasi, yarim tijorat Mahkamasi, 1964 y.da tuzilgan. Adabiyoti ingliz tilida rivojlana boshlagan. M. mualliflarining dast- labki asarlari 1930-y.larda bosilib chiqdi va ma&#8217;rifiy tusda bo&#8217;ldi. Ular- da mamlakatda yashovchi xalqlarning tari-XI haqidagi ma&#8217;lumotlar, af- rikalik yo&#8217;lboshchilarning tarjimai hollari tavsifi, tartibqoida majmu- alari, nasihatlar, tavsiyalar, amaliy maslahatlar bayon etilgan (S.Ntaraning &#171;Afrika kishisi&#187;, &#171;Acheva xalqi tari- XI&#187;, E.V. Chafulumiraning &#171;Bizning oila&#187; asarlari). Shu toifadagi asarlar hozir ham nashr etilayotir, ammo 60-y. lardan boshlab roman va qissa ustunlik qila boshladi. L.Kayiraning o&#8217;z hayotidan yozgan asarlari orasida &#171;jingala&#187; Roma- ni avlodlarning o&#8217;zaro munosabati muam- mosiga, &#171;Davlat mulozimlari&#187; romani yosh zielilarning hayotdagi o&#8217;rni masa- lasiga bag&#8217;ishlangan. Keyingi yillarda O.Kachingve, D.Rubadiri kabi adiblar muhim ijtimoiy voqealar silsilasida ayrim insonning takdirini haqqoniy tasvirlaydigan asarlar yaratishdi. Me&#8217;morligi va tasviriy sai&#8217;a- ti. M. xalqlarining qad. Madaniyati haqida ko&#8217;p narsa ma&#8217;lum emas. O&#8217;nlab km ga cho&#8217;zilgan ko&#8217;hna irrigasiya insho- otlarining qoldiqlarigina topilgan. Nyanja va cheva xalqlarining asosiy manzilgohlari to&#8217;siq b-n o&#8217;ralgan va imo- ratlar zich qurilgan qishloqdan iborat bo&#8217;lgan. Ngoni elatining kulbalari sir- tiga taqasimon og&#8217;ilxonalar qurilgan va to&#8217;qima devorli uylar tarzida joylash- tirilgan. Uy devorlari loy b-n suvaladi va kulohsimon tomiga xashak yoki qamish yopiladi. Keyinroq uylar to&#8217;rtburchakli va derazali qilib kurila boshlagan, to&#8217;qima eshiklar o&#8217;rnatilgan. Ayrim uy- larning devorlariga qizil va oq bo&#8217;yoklar b-n jonivorlar tasviri yoki naqshlar ishlangan. Devorlarni yomg&#8217;ir va quyosh nu- ridan saklash uchun uy atrofiga peshay- vonlar qurilgan. 20-a.ning 2-yarmidagi- na shaharlarda zamonaviy binolar paydo bo&#8217;ldi. Badiiy hunarmandchilikning ku- lolchilik va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi turlari yoyilgan. Sopol idishlar qizil rangga bo&#8217;yaladi, ba&#8217;zan grafit b-n jilo berila- Di. Yog&#8217;ochdan turli buyumlar va idishlar yasaladi, ularga jonivor va qush tasviri tushirilib, qizil va qora rangga bo&#8217;yab qo&#8217;yiladi. Musiqasi. 20-a. o&#8217;rtalarigacha M.da an&#8217;anaviy musiqa ustun bo&#8217;lgan. 50-y. larda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli Jan. afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan Afrika- lashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi ta&#8217;sir b-n ichki ri- vojlanish birga qo&#8217;shilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks et- tiruvchi yangi qo&#8217;shiq va raqslar yaratiddi. M. xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli g&#8217;ijjagi, Zeze deb ata- luvchi yassi tsitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholg&#8217;u asboblari keng yoyilgan. 1jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy ma- terialdan yasalgan harbiy do&#8217;mbira pay- do bo&#8217;ddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydala- nishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hoz. paytda &#171;kvela&#187; uslubi, ayniqsa, keng urf bo&#8217;lgan. Unda mahalliy musiqiy an&#8217;analar evropacha ommaviy musiqa b-n qorishib ketgan. Malavi \u2014 bantu xalqlari guruhi. Malavining asosiy aholisi (6 mln. ki- shidan ortiq). Mozambikda, Zambi-yada va b.da ham yashaydi. Umumiy soni 9,35 mln. kishi (1990-y.lar o&#8217;rtalari). Malavi ti- lida so&#8217;zlashadi. An&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladilar, xristi-anlar, Sun- niy musulmonlar, sinkretik (aralash) kultlarga sig&#8217;inuvchilar ham bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Malavi (Malawi), Malavi Respu- blikasi (Republic of Malawi) \u2014 Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 118,5 ming km2. Aholisi 10,5 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Lilongve sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 3 viloyat (region)ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/malavi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116999","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116999","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116999"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116999\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117026,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116999\/revisions\/117026"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116999"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116999"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116999"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}