{"id":117000,"date":"2024-05-08T18:54:16","date_gmt":"2024-05-08T15:54:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117000"},"modified":"2024-05-08T18:54:38","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:38","slug":"maktabxona-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maktabxona-2\/","title":{"rendered":"Maktabxona"},"content":{"rendered":"\n<p>Maktabxona \u2014 boshlang&#8217;ich ta&#8217;- lim maktabi. Dastlab 7-8-a.larda Arab mamlakatlarida paydo bo&#8217;lgan. 9-10-a. larda aholisi Islom diniga e&#8217;tiqod qiladigan yaqin va O&#8217;rta Sharq mamla- katlari, O&#8217;rta Osiyo, Volga bo&#8217;yi hamda boshqa joylarga tarqalgan. O&#8217;rta Osiyoda barcha shahar, qishloq, shuningdek, ko&#8217;chmanchi aholi yashovchi ovullarda mavjud bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyo- da o&#8217;g&#8217;il va qiz bolalar alohida-alohida M.larda o&#8217;qitilgan. O&#8217;g&#8217;il bolalar M. lari aksariyati masjidlar, madrasa- lar, qorixonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bola- lar mlari o&#8217;kituvchi ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning M. yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. M.larda o&#8217;g&#8217;il bolalarni domla o&#8217;qitgan. Qizlarni o&#8217;qitgan ayollar otino- Yi yoki otinbibi (Toshkentda), bibixali- FA yoki bibiotin (Buxoroda), Eltibibi (Xivada) deb atalgan. Qoraqalpog&#8217;iston xududidagi M.larda o&#8217;g&#8217;il va qiz bola- lar birgalikda bir muallim tomonidan o&#8217;qitilavergan. M. binosi, odatda, bir xonadan iborat bo&#8217;lib, bolalar bo&#8217;ira yoki gilam ustida o&#8217;tirganlar. O&#8217;g&#8217;il bolalar M.larida masjid qavmi tomonidan ta- Klif etilgan masjid imomi yoki muazzi- ni, yoki madrasani tugatgan ziyoli kishi o&#8217;qituvchilik qilgan. M.da bolalar o&#8217;qish- yozishga o&#8217;rgatilgan, madrasalarga o&#8217;qishga kirish uchun zarur bilimlar berilgan. M.lar xarajati va domlalarning daromadi vaqf mulkidan tushgan daro- madlar hamda o&#8217;quvchilarning ota-ona- lari tomonidan o&#8217;qish uchun to&#8217;langan mablag&#8217;lar hisobidan bo&#8217;lgan. Shariat- ga ko&#8217;ra, ilm o&#8217;rganish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berish og&#8217;ir gunoh hisoblangan, o&#8217;qishga kelgan har bir bolaning qaysi ijtimoiy toi-FA- dan bo&#8217;lishi va o&#8217;qish uchun qancha haq to&#8217;lashidan qat&#8217;i nazar, o&#8217;qituvchilar zimmasiga ularni har qanday e&#8217;tirozsiz o&#8217;qitish vazifasi Yuklangan. Etim-esir- lar bepul o&#8217;qitilgan. Bolalar o&#8217;qish uchun maktabga 5-6, ba&#8217;zan 6\u2014 8 yoshdan beril- gan hamda o&#8217;quv kursi 5-8 y. davom et- gan. Yoz rylari va Ramazon oyida ta&#8217;tilga chiqilgan. M.da o&#8217;qitishning davomiy- ligi domlaning mahorati, o&#8217;quvchining zehni hamda oiladagi muhitga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Ma-shg&#8217;ulotlar juma va bayram kunlaridan tashqari, har kuni quyosh chiqishidan asr namozigacha davom et- gan. Tushlik uchun tanaffus qilingan. Masjidlar qoshidagi M.larda 10-20 ta, shaharlardagi maktabdor domlalar M.larida 50-60 tagacha o&#8217;g&#8217;il bolalar o&#8217;qitilgan. Qizlar M.larida o&#8217;quvchilar soni o&#8217;g&#8217;il bolalar M.lariga nisbatan chorak va undan ortiqni tashkil etgan. M.da darslar jadvali, qat&#8217;iy das-tur va muayyan o&#8217;quv kursi bo&#8217;lmagan. O&#8217;qitish sinfdars tizimida olib borilmagan, balki bir domladan saboq oluvchilar- ning hammasi bir xonada o&#8217;qigan. Shunga muvofiq, darsxonaning to&#8217;rida Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Shero- ziy, So&#8217;fi Olloyor asarlari, &#171;Chor kitob&#187; kabilarni o&#8217;quvchilar, o&#8217;rtasida Qur&#8217;on, &#171;Haftiyak&#187; (forscha \u2014 &#171;Qur&#8217;oni ka- Rimning ettidan biri&#187;)ni o&#8217;quvchilar va poygakda &#171;abjadxonlar&#187; (bo&#8217;g&#8217;inlab o&#8217;quvchi va &#171;abjad&#187;ga ko&#8217;ra, hisob hamda ko&#8217;paytirishni o&#8217;rganuvchilar), &#171;taxta- xonlar&#187; (Arab alifbosi harflari yozil- gan maxsus taxtacha \u2014 &#171;lavh&#187;dagi har- flarni yodlab o&#8217;rganayotgan o&#8217;quvchilar) o&#8217;tirganlar. Bu holat o&#8217;quvchilarni o&#8217;qishga yilning aniq belgilangan pay- tida emas, balki yil davomida qabul qilinaverishiga imkon bergan. M.larda o&#8217;qish individual olib borilgan, ya&#8217;ni o&#8217;qituvchi har bir o&#8217;quvchi b-n alohida- alohida shug&#8217;ullangan. U bolalarni bittabittadan yoniga chaqirib, avvalgi darsda berilgan vazi-fani so&#8217;ragan, uni o&#8217;zlashtirishiga qarab yangi saboq bergan yoki avvalgi darsni takrorlashni buyur- gan. O&#8217;g&#8217;il bolalar M.larida domlalar darslarni o&#8217;zlashtirmaydigan va M. in- tizomiga rioya etmaydigan bolalarga nisbatan tan jazosini qo&#8217;llash huquqiga ega bo&#8217;lgan. M.ga o&#8217;qishga kelgan o&#8217;quvchiga, avvalo, &#171;Kalimai shahodat&#187; duosi yodlatilgan. Xarflarning nomini o&#8217;kitishdan harf osti va ustiga qo&#8217;yiladigan diakritik belgilar \u2014 &#171;harakat&#187;lar yordamida bo&#8217;g&#8217;in tuzishni o&#8217;rgatishga o&#8217;tilgan. Keyingi o&#8217;quv bosqichi &#171;abjadxonlik&#187; deb atalib, bunda o&#8217;quvchilar bo&#8217;g&#8217;inlarni qo&#8217;shishga, &#171;Abjad&#187;ga ko&#8217;ra, hisob va ko&#8217;paytirishga o&#8217;rgatilgan. M.da kitobxonlik &#171;Haftiyak&#187; kitobini o&#8217;zlashtirish b-n boshlangan. &#171;Haftiyak&#187;dan ke-yin boshqa kitoblarga qo&#8217;shimcha tarzda haftasiga 2-3 marta Qur&#8217;onning qolgan qismi o&#8217;qitilgan. Qur&#8217;onning &#171;Allamnashrax&#187; surasi yodlanishi b-n o&#8217;quvchi &#171;savodxon&#187; hisoblangan. Savodi chiqqach, bolalar Di- akritik belgilarsiz nasta&#8217;liq yozuvida fors tilida yozilgan &#171;Chor kitob&#187;, So&#8217;fi Olloyorning &#171;sabot ul-ojizin&#187;, Fari- diddin Attorning &#171;mantiq uttayr&#187;, Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Bedil, Navo- iy, Mashrab kabi mutafakkirlarning de- vonlarini o&#8217;qib saboq olganlar. O&#8217;g&#8217;il bo- lalar M.laridan farqli ravishda, qizlar M.larida mumtoz shoirlar ijodini o&#8217;rganishga ko&#8217;proq e&#8217;tibor qaratilgan. Shuningdek, ularda qizlar tarbiyasining o&#8217;ziga xos jihatlari, chunonchi, uy-ro&#8217;zg&#8217;or tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob-axloq kabilarga o&#8217;rgatuvchi Aliy Nazimoning &#171;ta&#8217;limi Banot&#187;, Olimat ul-Banotning &#171;Muosharat odobi&#187;, Fax- ridtsin ibn Rizouddinning &#171;tarbiyali xotun&#187; kabi darsliklari ham o&#8217;qitilgan. M.larda bolalar o&#8217;qishni to&#8217;liq o&#8217;zlashtirib olgandan keyingina yozish- ga o&#8217;tganlar. Ba&#8217;zan &#171;So&#8217;fi Ollo-yor&#187;, &#171;Xo&#8217;ja Hofiz&#187; kitoblarini o&#8217;qiy ola- digan bo&#8217;lgandan keyingina &#171;xatga tush- gan&#187;. Yozuvga o&#8217;rgatish bir necha bosqichda olib borilgan. Dastlab alo-hida harflar yozilgan (mufradot bosqichi), keyin harflarni qo&#8217;shib yozishga (murak- Kabot bosqichi), so&#8217;ngra ikki misrali bayt, qit&#8217;a, ruboiylarni ko&#8217;chirib yozish (muqattaot mashqlari) ga o&#8217;tilgan. Va, nihoyat, duoyi salom hamda ish yuzasidan qog&#8217;ozlar yozilgan. Domlalar bolalar- ning yozuvini takomillashtirish uchun ularga &#171;taxta yozish&#187;, ayrim shoirlar- ning kitoblaridan parchalar ko&#8217;chirib yozish mashqlarini ham bajartirganlar. Yozuvga o&#8217;rgatishda o&#8217;qituvchilar &#171;ba- doiul insho&#187;, &#171;Munshaot&#187;, &#171;dastur ul-quzot&#187;, Saidsalohiddinxo&#8217;ja ibn Oloviddinxo&#8217;janing &#171;Mufradot&#187;, Sher- Muhammad Avazbek o&#8217;g&#8217;li Munisning &#171;Savodi ta&#8217;limiy&#187; kabi darslik va ko&#8217;llanmalaridan ham foydalanganlar. M.da imtihonlar bo&#8217;lmagan; M.ni bi- tirganligi haqida hujjat ham berilma- gan. M.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo&#8217;qon, Xiva, Andijon, Marg&#8217;ilon kabi shaharlarda ko&#8217;p bo&#8217;lgan. 19-a. oxiri -20- a.ning boshlarida o&#8217;lkada ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning o&#8217;sishi, sa- vodxonlikka nisbatan talabning ortib borishi natijasida M.lar isloh etilib, yangi usul maktablari paydo bo&#8217;la boshla- gan. Ad.: Abdullaev Y., Eski maktabda xatsavod o&#8217;rgatish (1867-1917), T., 1961; Rasulov B. M., O&#8217;zbekistondagi Musul- mon maktab va madrasalari tarixidan (XIX asr oxiri \u2014 XX asrning 20-yil- lari), Andi-jon, 1996; Solijonova g. F., Turkistonda o&#8217;qitishma&#8217;rifatchilik o&#8217;choqlari, ularning ijtimoiy ahamiyati (XIX asr oxiri XX asr boshlari), T., 1997. Gulnora Solijonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maktabxona \u2014 boshlang&#8217;ich ta&#8217;- lim maktabi. Dastlab 7-8-a.larda Arab mamlakatlarida paydo bo&#8217;lgan. 9-10-a. larda aholisi Islom diniga e&#8217;tiqod qiladigan yaqin va O&#8217;rta Sharq mamla- katlari, O&#8217;rta Osiyo, Volga bo&#8217;yi hamda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/maktabxona-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117000","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117000","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117000"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117000\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117027,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117000\/revisions\/117027"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117000"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117000"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117000"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}