{"id":117001,"date":"2024-05-08T18:54:17","date_gmt":"2024-05-08T15:54:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117001"},"modified":"2024-05-08T18:54:40","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:40","slug":"makedoniya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniya-2\/","title":{"rendered":"Makedoniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Makedoniya (Makedonija), Ma- kedoniya Respublikasi (Republika Makedonija) \u2014 Jan. Evropada, Bolqon ya.o.ning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 25713 km2. Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Skope sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1991 y. 17 noyab. da qabul qilingan, 1992 y. 6 yanv. da tu- zatishlar kiritilgan. Davlat boshligi \u2014 prezident (1999 y.dan Boris Traykov- skiy), umumiy teng va to&#8217;g&#8217;ri yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n fukarolar tomonidan 5 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi \u2014 Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat \u2014 rais va vazirlardan iborat hukumat. Tabiati. M. hududining ko&#8217;p qismini o&#8217;rtacha balandlikdagi (2764 m gacha) tog&#8217;lar egallaydi. Ular oralig&#8217;ida dara- lar va dare vodiylari bor. Tez-tez zil- zila bo&#8217;lib turadi. Iqlimi \u2014 mo&#187;tadil- kontinental, Jan.da O&#8217;rta dengizga xos iqlim. O&#8217;rtacha t-ra yanv.da 5\u00b0 \u2014 7\u00b0, iyulda 24\u00b0-26\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 500 mm. Asosiy daryolari \u2014 Vardar va Strumi- tsa, katta ko&#8217;llari \u2014 Oxrid, Prespa. Tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida \u2014 aralash o&#8217;rmon (aso- san, dub va Buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda \u2014 tog&#8217;yaylovlari, foy- Dali qazilmalardan xromit, marganes, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor. Aholisining 66,5% makedonlar; al- banlar (22,9%), turklar (4%). lo&#8217;lilar (2,3%), serblar (2%), musulmon-sla- vyanlar (2,1%) ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 makedon tili. Dindorlarning ko&#8217;pchiligi \u2014 pravoslav xristianlar; sunniy mu- sulmonlar ham bor. Aholisining 54% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skope, Bitola, Prilep, Kumanovo, Ox- Rid. Tarixi. M. Respublikasi 1918 y.da Serbiya tarkibidagi Serb, xorvat va slo- venlar qirolligi (1929 y.dan \u2014 \u2014 var- dar M.si hududida tashkil topgan (q. Ma- kedoniya, tarixiy viloyat). Yugoslaviya qirollitida yuqori mav- qega ega bo&#8217;lgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini o&#8217;tkazib, &#171;Make- Doniya&#187; nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, ijtimoiy-iqtisodiy va si- yosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumla- dan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilg&#8217;or ijtimoiy kuchlar faollik ko&#8217;rsata bosh- ladi. 1941 y. apr.da Vardar M.sining ko&#8217;p qismini Bolgariya, qolgan erlarini ita- liya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945 y.da M. ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 Respu- blikaning biriga aylandi. 1991 y. 25 yanv.da M. suvereniteta haqida Deklara- tsiya qabul etildi va o&#8217;sha yili 17 noyab. da M. suveren, mustaqil, demokratik re- spublika deb e&#8217;lon qilindi. M. \u2014 1993 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatini 1994 y. 31 dek.da o&#8217;rnatdi. Milliy bayrami \u2014 2 avg. \u2014 Respublika kuni. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Umummakedoniya inqilobiy tashki- loti \u2014 M. milliy birligi demokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; demokra- tik alternativa partiyasi, 1998 y.da tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997 y.da tuzilgan; M. demokra- tik partiyasi; albanlar demokratik par- tiyasi; M. sosialdemokratik Ittifoqi, 1943 y.da M kommunistlar Ittifoqi nomi b-n tuzilgan va 1991 y. 20 apr.dan hoz. nomi b-n yuritiladi; M. sosialistik partiyasi, 1990 y.da asos so- lingan. M. kasaba uyushmalari konfede- rasiyasi. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 55,6%, q.x.ning ulushi 16,8%. Qora va rangli metallurgiya, ma- shinasozlik, kimyo-farmasevtika sano- ati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sa-noat asbob- uskunalari, q.x. mashinalari, avtode- tallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, o&#8217;tga chidamli materiallar, shisha, chinni i. ch. yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. To&#8217;qimachilik, o.ziq-ovqat, yog&#8217;ochsozlik, ko&#8217;n-poyabzal, tamaki sanoa- ti, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotir. Q. x.da dehqonchilik ustun. Tama- ki, paxta, Sezam, uzum, sabzavot va me- valar, oziq-ovqat ekinlaridan bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, sholi ekiladi. Qo&#8217;ychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachi- lik, balikchilik b-n shug&#8217;ullaniladi. O&#8217;rmonlarda yog&#8217;och tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. T. y. uzunligi \u2014 0,7 min g km, AV- tomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, q.x. mahsulotlari sotadi. Pul birligi \u2014 de- nar. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. M.da 7-15 yoshdagi bolalar uchun 8 y.lik asosiy maktab do- irasida majburiy boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim joriy etilgan. Shu maktab negizida o&#8217;rta umumiy ta&#8217;lim maktabi \u2014 gimna- ziya va kasb-hunar maktabi tashkil etil- gan. Yirik oliy o&#8217;quv yurtlari: Skopeda un-t (1949 y.da tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy i.t. in-ti bor) va ped. akademiyasi. M. fan va san&#8217;at aka- demiyasi, milliy tarix in-ti, folklor, geol., veterinariya in-tlari, Oxrid sh.da gidrobiol. in-ti, Strumisa sh.da pax- ta in-ti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mav- jud. Skopeda xalq kutubxonasi, un-t kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Ox- ridda tarix va raem muzeylari bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- kursatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi.Eng yiriklari: &#171;Nova Makedoniya&#187; ( &#171;yangi Makedoniya&#187;, make- don tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1944 y.dan), &#171;birlik&#187; ( turk tilida chiqadigan gaz., 1994 y.dan), &#171;Vecher&#187; ( &#171;oqshom&#187;, kundalik gaz.,1963 y.dan), &#171;Pule&#187; (haftalik gaz.,1991 y.dan), &#171;Trudbenik&#187; (&#171;mehnatkash&#187;, haftalik gaz.), &#171;Flyaka evellazerimit&#187; ( alban tilidagi gaz.,1945 y.dan). MAK- faks \u2014 M. axborot agentligi 1993 y.da tashkil etilgan. M. radiosi 1944 y.dan, teleko&#8217;rsatuvi 1964 y.dan ishlay boshla- gan. Adabiyoti. Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga bo&#8217;linishi muammolari mamlakat olimlarining il- miy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874-1926)ning ilmiy fao- liyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hoz. fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namu- nasini yaratdi. Shoir K. Ra-Tsin (1908\u2014 43) zamonaviy makedon she&#8217;riyatining asoschisi xisoblanadi. K. Nedelkovski (1912-41), M. Bogoevski (1919-42) va b. vatanparvarlik ruhida asarlar yara- tishdi. 2-jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60-80-y. larda roman va qissa janrlari rivoj- landi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiev, J. Chingo va b.). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. M.da turk va b. xalqlar adabiyoti ham mavjud. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;a- ti. M. hududida mil. AV. 4-6-a.lardan shaharlar (Stobi, Skupi, Gerakleya) xa- robalari saqlangan. Ular orasida doira- Simon manzilgohlar, tosh va guvaladan qurilgan uylar, tarashlanmagan xarsang- dan tiklangan istehkomlar, qad. yunon- cha qabrlarni eslatuvchi oltin niqobli sag&#8217;analar, odam va hayvonlarning oltin va jez haykallari bor. O&#8217;rta asrlarda M. me&#8217;morligi Vizantiya ta&#8217;sirida ri- vojlangan: Skope devorlari (6-a.), shoh Samuil qasri (11 -a. boshlari), Strumi- tsa qo&#8217;rg&#8217;oni (11-a.), Oxriddagi ayo Sofiya ibodatxonasi bazilika tipida qurilgan. 12\u2014 14-a.lardagi diniy inshootlarda bir yoki besh xochsimon gumbazli ibo- datxonalar toifasi qaror topdi. Tur- klar hukmronligi davrida masjidlar, minoralar, mezanasimon turar joylar qurildi. 18-19-a.lardan monastir majmualari va turar joy namunalari saqlanib qolgan. 19-a. oxiri va 20-a. 30-y. larigacha hoz. M. hududidagi shaharlarda evropacha eklektizm ruhidagi qorishiq me&#8217;morlik uslubida binolar rejasiz, tartibsiz qurilgan. Keyingi yillarda shaharlar bosh reja asosida qayta ku- rila boshlandi, yig&#8217;ma temir-betondan yirik sanoat inshootlari barpo etildi. 1963 y.gi Skope zilzilasidan keyin shahar markazini yapon me&#8217;mori K. Ton-Ge loyihasi asosida tiklashga kirishil- Di. Keyingi yillarda barpo etilgan eng katta inshootlar \u2014 Skopedagi kasaba uyushmalari uyi (me&#8217;mor S. Brezovski), Tarix muzeyi (me&#8217;mor g. Konstantinov- ski), M. xalq teatri (me&#8217;mor M. Krato- noshich), Prilepdagi shahid jangchilar yodgorlik majmuasi, Petrovtsedagi Aero- port bi-nosi va b. M.da amaliy bezak san&#8217;ati, o&#8217;ymakorlik va b. rivojlangan. Oxrid- dagi 11-a.ga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-a.ga mansub avliyo pante- Leymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar M. hududidagi eng qad. Tasviriy san&#8217;at yodgorliklaridir. 13-14-a.larda Evtixis va Mixail kabi rassomlar er- kin syujet asosida nozik tabiat manza- ralarini chizdilar. 18-a. 2-yarmi va 20-a. 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoski- lar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozisiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy san&#8217;atida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak san&#8217;atining har xil turlari rivojlan- gan. Musiqasi. Xalq musiqasi xilma-xil va o&#8217;ziga xos bo&#8217;lib, asosan, 2 ovozli qo&#8217;shiq va cholg&#8217;u kuylaridan iborat. Musiqa as- boblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chali- nadigan turli sozlar bor. Doyra bo&#8217;lib qo&#8217;shiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlari- da M.da musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-ma&#8217;rifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 y. Skopeda duxovoy orkestr, 1907 y. &#171;Vardar&#187; qo&#8217;shiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 y. S. Arsich birin- chi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi iste&#8217;dodli kompozitorlar etishib chiqdi. 2-jahon urushi davrida- gi xalq ozodlik kurashida qo&#8217;lga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorla- ri vatanparvarlik ruhidagi ommaviy ko&#8217;shiqlar ham yaratishdi. 60\u2014 80-y.lar- da g. Prokopev, K. Makedonski, T. Zo- grafski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppa- si (1947), folklor in-ti (1950), radio xori (1945), o&#8217;rta musiqa maktabi, Oliy ped. in-tida musiqa kafedrasi mavjud. M.ning O&#8217;zbekistondagi madaniyat kun- lari doirasida tosh-kentda 20-a. kom- pozitorlari asarlaridan kontsertlar o&#8217;tkazilgan. Teatri. 1901 y.da &#171;tashvish va tasal- li&#187; deb atalgan targ&#8217;ibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913 y.da Skopeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20-30-y.larda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr ja- moalari vujudga keldi. 1945 y.da SKO- pedagi Xalq teatri M. xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. M. sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassika- si va xorijiy mualliflarning asarlari qo&#8217;yiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Makedoniya (Makedonija), Ma- kedoniya Respublikasi (Republika Makedonija) \u2014 Jan. Evropada, Bolqon ya.o.ning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 25713 km2. Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Skope sh. Ma&#8217;muriy jihatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117001","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117001","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117001"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117001\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117028,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117001\/revisions\/117028"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117001"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117001"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117001"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}