{"id":117218,"date":"2024-05-08T19:34:10","date_gmt":"2024-05-08T16:34:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117218"},"modified":"2024-05-08T19:34:13","modified_gmt":"2024-05-08T16:34:13","slug":"mulk-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mulk-3\/","title":{"rendered":"Mulk"},"content":{"rendered":"\n<p>Mulk \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlarning muayyan kishilar ega- ligida bo&#8217;lishi va ular tomonidan o&#8217;zlashtirilishi; M.ga egalik huquqi hamda mulk ob&#8217;ektlariga egalik, ular- ni bo&#8217;lish, taqsimlash bo&#8217;yicha kishilar o&#8217;rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. M. ob&#8217;ekti er va er osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog&#8217;ozlar, san&#8217;-at va ada- biyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va b. bo&#8217;lishi mumkin. Mod- diy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlarni amalda o&#8217;zlashtiruvchilar mulk sub&#8217;ektlari, ya&#8217;ni egalari hisoblanadi. Bularga ay- Rim kishilar, oilalar, jamo-alar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko&#8217;rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi. Kishilarning moddiy ne&#8217;matlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va is- te&#8217;mol etishdagi o&#8217;rni, siyosiy hayotda tutgan mav-qei, asosan, i.ch. vositalari- ga egalik qilishlariga bog&#8217;liq. Jami- yat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga ko&#8217;ra M.ning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar g&#8217;oyat past rivojlanga- nidan kishilar birgalikda, guruh-guruh bo&#8217;lib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy M.i bo&#8217;lgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan bo&#8217;ldi. Bu o&#8217;zgarish tufayli jamoa M.i parchalanib, xususiy M.ka aylangan. Xususiy M. \u2014 bu mulkni o&#8217;zlashtirishning xususiy usuliga asos- langan shakli. U 2 xil bo&#8217;ladi: 1) indi &#8212; vidual \u2014 yakka xususiy M, ya&#8217;ni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli M.; 2) korporativ xususiy M., bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aktsiyadorlar jamiyatidagi umumiy M.ning bir kismi si-fatida mavjud bo&#8217;lgan M.. Korporativ M. dividend keltiruvchi M.dir. Jamoa M.i \u2014 bu jamoaga ixtiyoriy ravishda Birlashgan kishilarning umumiy M.i bo&#8217;lib, bu M.ning egalari shu jamoada mexnat qilishi shart. Bu erda M. egasi ayni bir vaqtda shu M.ni amalda ishla- tuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki \u2014 davlat ixtiyorida bo&#8217;lgan M., davlat hokimiyati organlari tomonidan tasar- Ruf etiladigan monopollashgan M.dir. Bunday M. ob&#8217;ekti \u2014 er, tabiat resurs- lari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar bo&#8217;lishi mumkin. Bu M. ijtimoiy ne&#8217;matlarni yaratishga xiz- mat qiladi. Davlat bor erda uning M.i mavjud, Le- kin ushbu M.ning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farklanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeli- ga bog&#8217;liq (q. Davlat mulki). Fuqarolik jamiyati doirasida davlat M.i tobora ijtimoiy yo&#8217;nalish olmoqda, ya&#8217;ni umum- milliy manfaatlarni himoya qilishga yo&#8217;naltirilgan. Ijtimoiy M. \u2014 tari- Xan sobiq so-tsialistik mamlakatlarda mavjud bo&#8217;lgan. Bunda kishilar M. egasi sifatida teng bo&#8217;ladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi mavqei, tur- mush darajasi uning mehnati b-n belgi- langan. M.ga egalik va uni tasarruf etish mu- ayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi Vau mulkchilik munosabatlari deb ataladi. M. paydo bo&#8217;lishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira oli- shi zarur. M.chilik munosabatlari M.ni kishilarning o&#8217;ziniki yoki o&#8217;zganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosa- batlarning 3 jihati bor: 1) M.ka egalik qilish, ya&#8217;ni mulkdorlik huquqining M. egasida saqlanib turishi; 2) M.dan foy- dalanish va uni amalda ishlatish. M.dan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor o&#8217;z M.ini ishlatganda egalik qilish va M.dan foydalanish bir qo&#8217;lda to&#8217;planadi, M. keltirgan nafni uning egasi tanho o&#8217;zlashtiradi. M. o&#8217;zgalar qo&#8217;lida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor M.ni amalda ishla- tuvchi b-n baham ko&#8217;radi; 3) M.ni tasar- Ruf etish \u2014 bu M. taqdirini mustaqil hal qilish, ya&#8217;ni M.ni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qo&#8217;yish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda M.ni ijaraga berish muhim o&#8217;rin tutadi. Er, suv havzalari, bino va inshoot kabi ko&#8217;chmas M.lar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (trak- tor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar) ijara- si lizing shaklida amalga oshiriladi. M. bo&#8217;lgan pul mablag&#8217;larni o&#8217;z egasi to- monidan, o&#8217;zgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga kiradi. M. milliy boylikni hosil etadi. Ad:. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo&#8217;raev T., Iqtisodiyot nazariyasi,T., 2002. Ahmadjon O&#8217;lmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mulk \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlarning muayyan kishilar ega- ligida bo&#8217;lishi va ular tomonidan o&#8217;zlashtirilishi; M.ga egalik huquqi hamda mulk ob&#8217;ektlariga egalik, ular- ni bo&#8217;lish, taqsimlash bo&#8217;yicha kishilar o&#8217;rtasida yuzaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mulk-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117218","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117218"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117221,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117218\/revisions\/117221"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}