{"id":117379,"date":"2024-05-08T20:59:55","date_gmt":"2024-05-08T17:59:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117379"},"modified":"2024-05-08T20:59:58","modified_gmt":"2024-05-08T17:59:58","slug":"molekula","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/molekula\/","title":{"rendered":"Molekula"},"content":{"rendered":"\n<p>Molekula (lot. moles \u2014 massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xos- salarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud bo&#8217;la oladi. M.ning xossasi uning tuzilishiga \u2014 qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular o&#8217;rtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bog&#8217;liq. Hoz. vaqtda M.ning tuzilishini ki- myoviy usullar b-n bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. M.larning tuzilishi b-n ular- ning xossalari o&#8217;rtasidagi bog&#8217;lanishni bilish mo&#8217;ljallangan xossaga ega bo&#8217;lgan moddalar olish yo&#8217;llarini ancha oson- lashtiradi. M.da atomlarning soni ikki- tadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) etishi mumkin. M. to&#8217;g&#8217;risidagi tushunchani 17-a. da ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-a.da M. V. Lomonosov M. (&#171;korpuskula&#187;) tushun- chasini ta&#8217;rifladi. 1811 y.daa. Avoga- dro M.ning atomdan farqini, moddalar- ning kimyoviy reaktsiyaga kirishuvchi eng kichik bo&#8217;lagi ekanligini qayd qildi. M. tushunchasi 1860 y.da ko&#8217;pchilik olimlar tomonidan uzil-kesil e&#8217;tirof etildi. M.ning mavjudligi turli hodisalar \u2014 diffuziya, Broun harakati, roentgen nurlarini difraktsiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi. Kvant mexanikasi nazariyasi yordami- da M.ning tuzilishini chuqur o&#8217;rganish mumkin bo&#8217;ldi. M. ilgarilama va aylanma harakatda bo&#8217;lishi b-n bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. M.ni tashkil etgan atomlar- ning yadrosi tebranma harakatda bo&#8217;ladi va yadro bu harakatida o&#8217;zi b-n tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashti- radi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanika- si qonuniga bo&#8217;ysungan holda ro&#8217;y beradi va M. bir necha xil kvant holatda bo&#8217;lib, potentsial energiyaga ega. M.ning poten- tsial energiyasi, asosan, atomlar yadrola- ri urtasidagi masofaga bog&#8217;liq. Atomning sath energiyasi birgina harakatga \u2014 elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bog&#8217;liq. Shunga ko&#8217;ra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). M.dagi ichki harakat bir necha xil bo&#8217;lib, anchagina mu- rakkab. Shunga ko&#8217;ra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning M.ni tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisba- tan xarakati b-n bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda bo&#8217;ladi. Shunga qarab, M.ning spektri \u2014 elektron, te- branma va aylanma spektriga bo&#8217;linadi. Shu harakatlarda sodir bo&#8217;ladigan ener &#8212; giya o&#8217;zgarishlari natijasida yo&#8217;l-yo&#8217;l spektr olinadi. M. spektri ultrabi- nafsha, ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan va infraqizil sohalarda ko&#8217;riladi. M.ning spektrlari- ni tekshirib, uning kanday elementlar- dan tashkil topgani, atomlar orasidagi bog&#8217;larning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Molekula (lot. moles \u2014 massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xos- salarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/molekula\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117379","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117379","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117379"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117379\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117394,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117379\/revisions\/117394"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117379"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117379"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117379"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}