{"id":117383,"date":"2024-05-08T21:06:47","date_gmt":"2024-05-08T18:06:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117383"},"modified":"2024-05-08T21:06:50","modified_gmt":"2024-05-08T18:06:50","slug":"movarounnahr-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/movarounnahr-3\/","title":{"rendered":"Movarounnahr"},"content":{"rendered":"\n<p>Movarounnahr (Arab. \u2014 Daryo- ning narigi tomoni) \u2014 o&#8217;rta asrlarda Islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu ma&#8217;- noni anglatgan fors tilidagi &#171;Varo- Rud&#187; va &#171;Varojayxun&#187; shakllari ham mavjud bo&#8217;lib, ularning barchasi avval (11 -a. gacha) Xuroson viloyatining davo- mi sifatida, 11-a. boshidan e&#8217;tiboran esa Turkiston, ya&#8217;ni Qoraxoniylar dav- lati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi ma&#8217;muriy birlik sifatida tushunilgan. 11-a.da Evropa tarixshunos- ligida mazkur Arab atamasining lotincha tarjimasi bo&#8217;lmish yangi &#171;Transoksiana&#187; yoki &#171;Transoksaniya&#187; atamalari muomala- ga kiritilgan. Hoz. zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda M. deganda, asosan, Turkma- nistondan tashqari bo&#8217;lgan O&#8217;rta Osiyo hududlari, ya&#8217;ni, O&#8217;zbekiston, Tojiki- ston, Qirg&#8217;iziston va Qozog&#8217;istonning Jan. qismi tushuniladi. M. atamasi ilk bor Payg&#8217;ambarimiz Muhammad (sav) haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama ara- blar orasida islomgacha bo&#8217;lgan davrlar- da ham ma&#8217;lum bo&#8217;lib, u vaqtda (mil. 6-a.) Sosoniylar davlatidan shim.-Sharqda, Jayxun, ya&#8217;ni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli erlarni anglatgan. Qad. fors manbala- ridagi ma&#8217;lumotlarga tayangan Arab Geo- graf olimi yoqut Hamaviy M. atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar o&#8217;zlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-a.ning 2-yarmi \u2014 8-a.ning boshi) ikki xil tushuncha haqida ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lganlar: &#171;ma duna-nnahr&#187;, ya&#8217;ni &#171;da-Ryoning pastki to- moni&#187;, va &#171;ma varo-annahr&#187; \u2014 &#171;daryoning narigi tomoni&#187;. Ulardan birinchisi Xu- rosondan Sharqda Amudaryodan Jan.da Hindukush tog&#8217;larigacha bo&#8217;lgan Toxari- ston erlarini; ikkinchisi esa, Amudaryo- dan shim.da joylashgan shim. Toxariston va Sug&#8217;d erlarini o&#8217;z ichiga olgan. 9-10- a.larda yashagan va O&#8217;rta Osiyo hududlariga tavsif bergan Arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nis- batan M. atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa Arab geograflari esa O&#8217;rta Osiyo hududlari xdqida so&#8217;z yuritganlarida M. atamasini juda tor ma&#8217;-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvir- laganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va M. erlaridan tashqari, Xindi-ston, Xitoy erlarini va hatto Hind va tinch okeanlaridagi Yaponiyaga- cha bo&#8217;lgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh). 11-a. boshidan e&#8217;tiboran M. istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sug&#8217;d va Xorazm, boshqalarida esa Sug&#8217;d va Shim. Toxariston erlarini o&#8217;z ichiga ol- gan. Ma&#8217;no jihatdan esa bu atama endi Turkiston, ya&#8217;ni Qoraxoniylar dav- lati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chig&#8217;atoiylar, Temuriylar va Shayboniy- lar davlatlarining tarkibidagi ma&#8217;mu- riy birlikni anglatgan. Shunday qilib, M. atamasi o&#8217;rta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlaka- ti (7-a. gacha), keyin Xuroson (7\u2014 10-a. larda) undan ham keyin Turkiston (11- a.dan boshlab), ma&#8217;lum vaqt esa Xorazm (12-a.ning oxiri \u2014 13-a.ning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik ma&#8217;noga ega bo&#8217;lib, har xil davrlarda turli davlatlar \u2014 Turk xokrnligi, Arab xali-faligi, shuning- dek, Somoniylar, Qoraxoniylar, xo- razmshoxlar va b. davlatlarning tarki &#8212; biga ma&#8217;muriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda kel- tirilgan ma&#8217;lumotlarning yig&#8217;indisi ham hududiy jihatdan &#171;O&#8217;rta Osiyo&#187; ata- masini anglatadigan Turkiston tabiiy- geografik o&#8217;lkasining barcha erlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan shim. Xuroson (Tur- kmaniston), Ettisuv (Qozog&#8217;iston) va Jan. Toxariston (Afg&#8217;oniston) erlari hech qanday manbalarda M. tarkibiga ki- ritilmagan. Shuning uchun, M. atamasi- ning o&#8217;rta asrlarda ishlatilgan eng keng ma&#8217;nodagi tushunchasi tarkibiga shart- li ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;ida joylashgan erlarni kiritish mumkin. Ld.: Mahmud Koshg&#8217;ariy, Devonu lug&#8217;otit turk (turkiy so&#8217;zlar devoni, tarjimon va nashrga tayyorlovchi S. M. Mutalli-bov), 3 j.li, T., 1960-1963; Mahmud ibn Vali, More tayn otnosi- Telno doblestey blagorodnix, T., 1977; Kama liddinov Sh. S, Istoricheskaya Geo- grafiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX\u2014 nachala XIII vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr (Arab. \u2014 Daryo- ning narigi tomoni) \u2014 o&#8217;rta asrlarda Islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu ma&#8217;- noni anglatgan fors tilidagi &#171;Varo- Rud&#187; va &#171;Varojayxun&#187; shakllari ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/movarounnahr-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117383","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117383"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117383\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117407,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117383\/revisions\/117407"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117383"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117383"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}