{"id":117474,"date":"2024-05-08T21:40:02","date_gmt":"2024-05-08T18:40:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117474"},"modified":"2024-05-08T21:40:05","modified_gmt":"2024-05-08T18:40:05","slug":"irsiy-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/irsiy-kasalliklar\/","title":{"rendered":"Irsiy kasalliklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Irsiy kasalliklar &#8212; gene- tik informasiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutasiyalar tufayli paydo bo&#8217;lib, nasldannaslga o&#8217;tadi. Mutasi- yalar tashqi muhit omillari (ionlash- tiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organism va hujayralardagi salbiy ta&#8217;sirlar oqibatida ro&#8217;y berishi mumkin. I. k. asosan, klinikgenealogik usul b-n o&#8217;rganiladi, bunda avlodlar Shaja- rasi tuziladi. Bu usul yordamida I. k. (autosomdominant, autosom-resessiv va jins b-n bog&#8217;liq kasalliklar)ning turli yo&#8217;llar b-n nasldannaslga utishi aniqlanadi. Autosomdominant kasal- liklarda, kasallik autosomada joy- lashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50% dan ortiq hollarda uchraydi. Bra- xidaktiliya, araxnodaktiliya, retinobla- stoma, psoriaznnng ma&#8217;lum bir turlari va b. shu yo&#8217;l b-n nasldannaslga o&#8217;tadi. Autosom-resessiv I.k. da patologik resessiv genlar ota-onada bo&#8217;lsa, kasal bola tug&#8217;ilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har avlodda uchra- maydi. Lekin, bu ehtimollik o&#8217;zgargan gen tutuvchi yaqin qarindoshlar o&#8217;rtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenil- ketonuriya, mi-okloniya, epilepsiya, oli- gofreniyaiknt ma&#8217;lum bir turlari va b. misol bo&#8217;la oladi. Ma&#8217;lum bir autosomdominant va au- tosom-resessiv I. k. (mas, dalto-nizm- nit ma&#8217;lum bir turi, gemofiliya A, Side- roaxrestik anemiya va b.) jins b-n bog&#8217;liq holda nasldannaslga o&#8217;tadi. Irsiy belgilarning ayrim xususi- yatlarini o&#8217;rganishda egizaklar usulidan ham foydalaniladi. Ma&#8217;lumki, egi- zaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli bo&#8217;ladi. Bir tuxumli egizaklar genotip va tashqi ko&#8217;rinishlarining bir xilligi (fenotip) hamda bir jinsga mansubligi b-n tavsiflanadi. Ikki tuxumli egiza- klar genotipi har xil va bir-biridan tashqi ko&#8217;rinishi, jinsi b-n farq qiladi. Egizaklar usuli ayrim kasalliklarning nasldannaslga o&#8217;tish qonuniyatlarini o&#8217;rganib kolmay, organizmning ayrim I. k. ga moyilligini ham aniqlash imkoni- ni beradi. Xromosoma va gen I. k.i farqlanadi. Xromosoma kasalliklari, asosan, xro- mosoma tuzilishi va sonining o&#8217;zgarishi tufayli kelib chiqadi, bu yangi tug&#8217;ilgan bolalarda 1% ni tashkil etadi. Xromo- Somadagi jiddiy o&#8217;zgarishlar ko&#8217;pincha organizmning hayot faolligini cheklab, rivojlanayotgan qomilaning nobud bo&#8217;lishiga olib keladi. Bu kasalliklar autosomalar va jinsiy xromosomalarda ro&#8217;y bergan o&#8217;zgarishlar oqibatida ke- lib chiqadi. Bularga Shereshevskiy-Ter- ner (karioti-pi \u2014 xo), Klaynfelter (XXY), Patau (13 trisomiya), Daun, &#171;mu- shuk chinqirig&#8217;i&#187; kabi sindrom va kasal- liklar kiradi. Umuman ko&#8217;pgina xromosoma kasalli- klarida odam skeleti tuzilishi va nerv sistemasi o&#8217;zgaradi, tashqi va ichki a&#8217;- zolarning tug&#8217;ma nuqsonlari, o&#8217;sishdan orqada qolish, nerv, endok-rin va b. si- stemalarning buzilishi kuzatiladi, be- morlarning generativ faolligi pasayadi. Gen kasalliklari nuqtali mutasiya- lar natijasida yuzaga keladigan modda- lar almashinuviga aloqador. Hozir ular- ning 30 dan ortiq xili aniqlangan. Mas, yog&#8217;almashinuvining buzilishi Markaziy nerv sistemasi faoliyatining o&#8217;zgarishi b-n kechadi. Bulardan eng og&#8217;iri Tey-Saks amavrotik idiotiyasidir, bunda ko&#8217;rish krbiliyatining susayishi, esi pastlik va b. nevrologik simptomlar kuzatiladi. Uglevod almashinuvining o&#8217;zgarishiga aloqador I. k. dan galaktozemiya uch-raydi. Bunda galaktozani glyukozaga aylanti- ruvchi fermentativ jarayon o&#8217;zgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari qujayralarda to&#8217;planib, Markaziy nerv sistemasi va a&#8217;zolar faoli-yatiga zarar etkazadi. Qandli diabet ham uglevod al- mashinuvining buzilishiga aloqador I. k. dandir. Bruton kasalligida immunoglobu- Lin fraktsiyalarining sintez qilinishi buziladi, kasallik, asosan, o&#8217;g&#8217;il bola- larda uchraydi. Bunda bolalar deyarli soglom tug&#8217;iladi, lekin 3-4 oyligidayoq yuqumli kasalliklarga beriluvchanligi aniqlanadi. Qonga aloqador I. k. ga chaqaloklarning gemolitik kasalligi kiradi. Bu, asosan, ona va bola qonidagi rezus-omil hamda er-xotin qon guruxla- rining mos kelmasligi oqibatida ro&#8217;y beradi. Oq qon tanachalari \u2014 leykositlar Pa- tologiyasi b-n bog&#8217;liq I. k. ham bo&#8217;lishi mumkin. Mas, leykoz (oq qon kasalligi) ning vujudga kelishida gen mutasiyala- rining ahamiyati borligi ma&#8217;lum. Ge- mofiliya xam kon sistema-sining irsiy kasalligi bo&#8217;lib, bunda, asosan, qonning ivish xususiyati pasayadi; kon ivishida ishtirok etadigan ayrim oqsillar sin- tezi buziladi. I. k. ni aniqlash va oldini olish b-n tibbiygenetika shug&#8217;ullanadi. Uning asosiy vazifasi I. k. ningtarqalishini, oilada irsiy kasal bola tug&#8217;ilishi ehtimoli borligini aniqlashdan iborat. Odam irsiy patologiyasini o&#8217;rganishda boshqa usullar ichida tsitogenetik usul alohida o&#8217;rin tutadi. Bu usul yordamida irsi-yat asoslarini, odam kariotipining me&#8217;yor va patologiyasini, mutasion va evolyusion jarayonlarning ma&#8217;lum bir qonuniyatlarini o&#8217;rganish mumkin. O&#8217;zbekistonda &#171;ona va bola&#187; shifo- xonalarida tibbiy genetika xonalari mavjud, Toshkentda va viloyatlar markaz- larida &#171;skrining&#187; markazlari ochilgan, ularda yangi tugilgan chaqaloqlar bir necha I. k. ga tekshiriladi. Ad.: Fogel F., Matulskiy A., Gene- tika cheloveka, v 3-x tomax, Per. s angl., M., 1990. Muxsin Zokirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Irsiy kasalliklar &#8212; gene- tik informasiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutasiyalar tufayli paydo bo&#8217;lib, nasldannaslga o&#8217;tadi. Mutasi- yalar tashqi muhit omillari (ionlash- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/irsiy-kasalliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117474","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117474","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117474"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117474\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117478,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117474\/revisions\/117478"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117474"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117474"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117474"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}