{"id":117476,"date":"2024-05-08T21:42:23","date_gmt":"2024-05-08T18:42:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117476"},"modified":"2024-05-08T21:42:26","modified_gmt":"2024-05-08T18:42:26","slug":"ipakchilik-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ipakchilik-sanoati\/","title":{"rendered":"Ipakchilik sanoati"},"content":{"rendered":"\n<p>Ipakchilik sanoati \u2013 engil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sun&#8217;iy ipak tolasi, yigiril- gan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sun&#8217;iy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar to&#8217;qib chiqaradi. Pil- la chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va to&#8217;qilgan gazlamalarni par- dozlash ham I. s.ga kiradi. O&#8217;zbekistonda ipakchilik tarmogi te- ran tarixiy ildizlar va an&#8217;analarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar to&#8217;qish dast- lab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, ipak qurti boqish 4-a.da Xitoydan Buyuk ipak yo&#8217;li orqali hoz. O&#8217;zbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xo&#8217;jand, Qo&#8217;qon, Marg&#8217;ilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur bo&#8217;lgan. Shoyi gaz- mollar yaqin Sharq va Evropa mamlakat- lariga chiqarilgan. 19-a.ning 2-yarmidan boshlab O&#8217;rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingani- dan so&#8217;ng 1867 y.dan boshlab Marg&#8217;ilon, Qo&#8217;qon, Toshkent, Xo&#8217;jand sh.larida dast- labki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, O&#8217;zbekistonga bi-rinchilardan bo&#8217;lib kelgan rus sanoatchisi I. I. Per- vushin 1871 y.da Toshkentda araq va vino z-Di b-n birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning aso- siy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (do&#8217;kon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-a. oxirida Marg&#8217;ilonda 120, Qo&#8217;qonda 49 ta shoyi to&#8217;qish ustaxonala- ri ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qo&#8217;l charx- larida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qo&#8217;lda bo&#8217;yalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazla- malar, Baxmal, parcha qo&#8217;l dastgoqlarida to&#8217;qilgan. 1913 y.da O&#8217;zbekistonda qariyb 4 ming t pilla etishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qo&#8217;liga o&#8217;tib, ipak olish uchun Italiya va Frantsiyaga jo&#8217;natilgan. 1921 y.da O&#8217;zbekistonda Farg&#8217;ona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-kasi ishga tushirildi. 1927-32 y.larda Samarqand, Buxoro, Marg&#8217;ilon sh.larida ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak toladan shoyi to&#8217;qish ham rivojlandi. Marg&#8217;ilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Marg&#8217;ilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari, Qo&#8217;qon shoyi to&#8217;qish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937 y.ga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyor- lanar edi. Kimyo sanoatining rivojla- nishi natijasida sun&#8217;iy ipak gazlama- lar to&#8217;qish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940 y.ga kelib O&#8217;zbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. 1940-70 y.larda respublikada pilla etishtirish deyarli 3 baravar ko&#8217;paydi, I. eda yuqori o&#8217;sish sur&#8217;atlariga erishildi. 1966 y.da yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushiril- Di, viloyatlar shaharlarida k-tlar Fi- liallari ochildi, ishlab turgan korxo- nalar kengaytirildi va rekonstruktsiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi gazlamalar turlarini i. ch. bo&#8217;yicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan mil- liy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak ti- kiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sun&#8217;iy iplardan abrli gaz- lamalar ishlab chiqarish o&#8217;zlashtirildi, I. s. mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi. 1980 y.ga kelib O&#8217;zbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990 y.da esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, I. eda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikaril- Di, 1991 y.da respublikada rekord xreil \u2014 33,8 ming t pilla tayyorlandi. Respublika mustaqillikka erishgan- dan keyin respublika hukumati I. s.ni rivojlantirish masalalariga alohida e&#8217;tibor berdi. An&#8217;analar va ming yil- lik tajribalar negizida O&#8217;zbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-ri- yasini yaratish yo&#8217;li belgilandi. 1993 y.dan pilla etishtirish davlat buyurt- masidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib bo- riladigan bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston Respu- blikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998 y. 30 martdagi &#171;Respublikada pil-lachilik sohasini boshqarish ti- zimini takomillashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#187; Farmoni va O&#8217;zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998 y. 3 apr. dagi &#171;Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qaroriga ko&#8217;ra mustaqil &#171;O&#8217;zbek ipagi&#187; uyushmasi tash- kil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi to&#8217;qish korxonalari, shuning- dek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash bo&#8217;yicha Markaziy i. t. in-tini (&#171;shoyi&#187; tadqiqot in-ti, Mar-G&#8217;ilon) o&#8217;z ichiga ola- digan &#171;shoyi&#187; aktsiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ish- lab chiqaradigan pillakashlik korxona- lari, ipak qurti tayyorlanadigan z-dlar, ipak qurti naslchilik xo&#8217;jaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish korxonalari, tutchilik xo&#8217;jaliklari, O&#8217;zbekiston ipakchilik i. t. in-tini o&#8217;z ichiga oladigan &#171;pilla xol- ding&#187; xolding kompaniyasi kiradi. Pilla xom ashyosini respublika- ning o&#8217;zida qayta ishlanishini ta&#8217;min- lash maqsadlarida 2000 y. Fev. oyida O&#8217;zbeki ston Respublikasi Preziden- tining Farmoni b-n pilla xom ashyo- si, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qo&#8217;yildi. 1995-2000 y.larda I. s.ga chet el in- vestisiyalarini jalb qilish, ipak ashyo- sini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ish- lab chikarish va uni eksport qilishni ko&#8217;paytirish bo&#8217;yicha muhim ishlar amal- ga oshirildi. &#171;Pilla xolding&#187; xolding kompaniyasi tarkibida 7 qo&#8217;shma korxona: &#171;Silk Road&#187; O&#8217;zbekiston\u2014 Yaponiya (Na- mangan), &#171;kumush&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Brita- niya (Shahrisabz), &#171;Silk indiastrz ko&#187; O&#8217;zbekistan\u2014Vetnam (Toshkent), &#171;Ton- men&#187; O&#8217;zbekistan\u2014 Janubiy Koreya (tosh- kent viloyati), &#171;xadan&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Xi- toy (Buxoro), &#171;Silk Star&#187; O&#8217;zbekistan\u2014 Singapur (Samarqand viloyati), &#171;bu- xoro\u2014Kvashen&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Xitoy qo&#8217;shma korxonalari tashkil etildi. 2000 y.da &#171;kumush&#187; aktsiyadorlik jami- yati aktsiyalari paketini Buyuk Britani- yaning &#171;Carthill invest ment&#187; kompaniyasi 565 ming AQSh dollariga sotib oldi. &#171;O&#8217;zbek ipagi&#187; uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi \u2014 &#171;Atlas&#187; (na- mangan), &#171;Buyuk ipak yo&#8217;li&#187; (Farg&#8217;ona), &#171;Buxoro ipagi&#187; (Buxoro), &#171;Buloqboshi ipagi&#187; (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), &#171;Ipakchi&#187; (Namangan viloyati, Uychi sh.), &#171;Kumush&#187; (Shahrisabz), &#171;Tola&#187; (Tosh- kent), &#171;Turon shoyi-si&#187; (Marg&#8217;ilon), &#171;Xorazm ipagi&#187; (Urganch), &#171;hujum&#187; (Samarqand) aktsiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi to&#8217;qish korxonasi \u2014 &#171;Alisher na- voiy&#187; (Marg&#8217;ilon), &#171;Atlas&#187; (Namangan), &#171;Izboskan shoyi to&#8217;qish f-kasi&#187; (Andi- jon viloyati Poytug sh.), &#171;Qo&#8217;qon shoyi- atlas to&#8217;qish&#187;, &#171;Marg&#8217;ilon ipak gazlama- si&#187;, &#171;musaffo&#187; (Samarkand), &#171;Turon shoyisi&#187; (Marg&#8217;ilon) aktsiyadorlik jami- yatlari ishlaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasi ipak kur- ti pillasi etishtirish hajmi bo&#8217;yicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan key- in 5-o&#8217;rinda turadi. Tarmoq korxonalari- da 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000 y.da 18,9 ming t pilla, I. s. korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-Di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sun&#8217;iy ipak tolala- ridan gazlamalar ishlab chiqarish bo&#8217;yicha AQSh, GFR, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk bri- Taniya, Italiya etakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Evropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlama- lar i. ch. taraqqiy etgan (yana q. Engil sa- noat, pillachilik). Ad.: Razvadovskiy V. N., Opit issle- dovaniya kustarnix promislov v Turke- stanskom krae, T., 1916; Xafizov N. R., Shelkovodstvo Sredney Azii, T., 1969; Shyolk O&#8217;zbekistana (SB. statey), T., 1971. Abdumannop Ahmadaliev, Nuriddin Musaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ipakchilik sanoati \u2013 engil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sun&#8217;iy ipak tolasi, yigiril- gan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sun&#8217;iy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar to&#8217;qib chiqaradi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ipakchilik-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117476","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117476","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117476"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117476\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117482,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117476\/revisions\/117482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117476"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117476"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117476"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}