{"id":117477,"date":"2024-05-08T21:45:20","date_gmt":"2024-05-08T18:45:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117477"},"modified":"2024-05-08T21:45:23","modified_gmt":"2024-05-08T18:45:23","slug":"internet-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/internet-2\/","title":{"rendered":"Internet"},"content":{"rendered":"\n<p>Internet [lot. inter \u2014 aro va net (work) \u2014 tarmoq] \u2014 katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoklarini o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi Butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o&#8217;rni, zamon va makondan qat&#8217;i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoklar o&#8217;zaro xamkorlikda global informasiya in-fratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi b-n boshqariladigan barcha Hosila tarmoqdar hamkorlikda iste&#8217;molchilarga informa- tsiyani saqlash, e&#8217;lon qilish, jo&#8217;natish, qabul qilish, izlash va ma&#8217;lum bo&#8217;lgan barcha variantlar (matn, tovush, videotas- vir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. ko&#8217;rinishlar) da informasiya Alma- shinishga imkon yaratadi. I. tizimi 20-a. 60-y.larida paydo bo&#8217;ldi. O&#8217;sha paytlarda Amerika mudo- FAA departamenti tashabbusi b-n kom- pyuterlar telefon tarmoklariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat ta- komillashtirilgan loyihalar agentligi (Akra) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to&#8217;g&#8217;ri keldi. AQSh mu-dofaa departamenti urush bo&#8217;lib qolgan taqdirda oddiy kommunikasiya vosita- lari ishdan chiqqudek bo&#8217;lsa, o&#8217;rniga yangi qo&#8217;shimcha kommunikasiya vositalarini izlash b-n faol shug&#8217;ullandi. 60-y.lar oxiri va 70-y.larda I. tarmog&#8217;i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o&#8217;n yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron li- niyalari FA-oliyati doirasi b-n cheklan- Di. I.ning beqiyos rivojlanish sur&#8217;ati davlat, ta&#8217;lim, akademik va ijtimoiy tuzil-malarning o&#8217;ziga xos umumiy mo- liyaviy va intellektual ulushiga bog&#8217;liq bo&#8217;ldi. 20-a. 70-y.larida turli tarqoq kom- pyuterlar tarmoklari orasida in- formasiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular o&#8217;zaro hamkorlikka doir kaydnomalar \u2014 Internetworking protocols (IP) bo&#8217;lib, glo- bal tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP o&#8217;rnatgan tar- tibga ko&#8217;ra, har qanday alohida tarmoq informasiyani ko&#8217;p tarmoqlar op-kali &#171;birinchi punktdan to oxirgi punktga- cha&#187; etib borishini nazorat qilishi lo- zim. Shuning uchun I. negi-zini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. I. rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSh mudofaa departamenti mablag&#8217;b-n ta&#8217;minlagan. 70-y.lar oxiriga kelib esa, asosan, uch ta&#8217;minlash manbai ajralib turdi: Xu- kumat, un-tlar va tadqiqot lab.lari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-y.larda I. o&#8217;ziga xos tarzda uni- Versal ko&#8217;lamlargacha rivojlana boshla- Di. O&#8217;sha davrda I. vositasida uzatila- digan informasiyaning o&#8217;sishi &#171;oy-iga 20 foizdan ko&#8217;paytirib borish&#187; shiori ostida bordi. Mac, AQSh ning asosiy tarmog&#8217;i bir sekundda 165 mln. bayt informasiyani qayta ishlaydi va uzata- Di. Bu sur&#8217;at bir sekundda &#171;Brittanika&#187; entsiklopediyasi&#187;ni uzatish uchun etarli. 80-y.lar o&#8217;rtalarida I.ni jamoat va ti- jorat tarmoklariga ulash natijasida I. tizimi ham ko&#8217;lam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-y.larda I. tizimini boshqarish borasida tub o&#8217;zgarishlar yuz berdi. I. standartlar tizimi hisoblanadi. U o&#8217;z faoliyatida o&#8217;zini o&#8217;zi rostlab tu- rish, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish falsafa-siga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yo&#8217;q. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa &#171;Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar &#171;Internet Architecture Board&#187; (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-a.ning oxirgi o&#8217;n yilligi- da I. tizimi beqiyos darajada o&#8217;sdi. Agar 80-y, lar oxirida I. tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat ko&#8217;rsatgan bo&#8217;lsa, 90-y.lar oxi- riga kelib ularning soni o&#8217;nlarcha mln. gaetdi. I. xizmatidan foydalanuvchilar soni butun er yuzi bo&#8217;yicha 160 mln. kishi- ni tashkil qildi (1999). Shveytsariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media ti- zimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa &#171;bog&#8217;lash&#187;ning ancha ta- komillashgan usulini ishlab chikdi. U &#171;World Wide Web&#187; (&#171;Jahon o&#8217;rgimchak uyasi&#187;) tizimida o&#8217;z aksini topdi. Bu ti- zim I.ni o&#8217;ziga xos ommaviy axborot vo- sitasiga aylantirdi hamda u informa- tsiya texnologiyalari, radio-eshittirish va telekommunikasiya imkoniyatlariga ega bo&#8217;ldi. Endi I. faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatish- ga, voqea yuz berayotgan joydan to&#8217;g&#8217;ridan- to&#8217;g&#8217;ri olib berishga ham qodir. I. barcha an&#8217;anaviy informasiya ti- zimlari \u2014 telekommunikasiya, tele- radioeshittirish, informasiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uyg&#8217;unlashtirib qo&#8217;llanganligi uchun u bir necha vazifani \u2014 informasiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vo- sitasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, ta&#8217;lim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informa- tsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bo- zor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informasiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qo&#8217;shilish imko-nini beradigan vosita vazifasini o&#8217;taydi. Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun I.dan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (I. b-n aloqa o&#8217;rna- tishga xizmat ko&#8217;rsatadigan kompaniya- lar), I. informasiyasi iste&#8217;molchila- ri soni ham ko&#8217;paymoqda, informasiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida I. ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, in- formasiya agentliklari, i. ch. xdmda sav- do kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy ta&#8217;sir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmog&#8217;i yoki sun&#8217;iy yo&#8217;ldosh orqali I.ga chiqish mumkin bo&#8217;ldi. Buning uchun I. b-n aloqa o&#8217;rnatishga xizmat ko&#8217;rsatadigan kompaniyalar \u2014 provayderlar bo&#8217;lishi lozim. O&#8217;zbekistonda I.ga ulashga doir informasiya xizmatlari 1997 y.dan ko&#8217;rsatila boshladi. Dastlab Naytov (http:\/\/www.naytov.com), Uznet (http:\/\/ www.uznet.net) yoki Istlink (<a href=\"http:\/\/www\">http:\/\/www<\/a>. eastlink.uz) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). O&#8217;zbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlash- tirish va AV-tomatlashtirish sohalari I. tarmog&#8217;ining aloqa funktsiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. I.ga ulangan abonent uydagi yoki ishxonada- gi kompyuter orqali, aytaylik, AQSh, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuter- larga kiritilgan xilma-xil mavzudagi ma&#8217;lumotlarni matn, surat yoki vide- otasvir ko&#8217;rinishida olishi mumkin. Bu ma&#8217;lumotlar I. tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkala- rida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirish- ga yordam beradi. Ular &#171;qidiruv dviga- teli&#187; deb ataladi, ma&#8217;lumotlarning mundarijasini ma&#8217;lumotnoma (spra- vochnik) kabi saqlaydi va o&#8217;sha ma&#8217;lu- motlar joylashgan &#171;Internet adresi&#187;ni abonentga beradi. Mazkur adres bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotlar &#171;Internet varaqchalari&#187; da saqlanadi. Abonent biror ma&#8217;lumotni, mas, &#171;paxta&#187; so&#8217;zini qidiruv dvigateli orqali qidir-sa, shu so&#8217;zga tegishli ma&#8217;- lumotlarni, paxta b-n ish olib boradi- gan kompa-niyalar ro&#8217;yxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. I. varak- chalari shaxsiy va rasmiy bo&#8217;lishi mum- kin. Shaxsiy varaqchalar alohida shax- slar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi ma&#8217;lumotlarni o&#8217;z ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashki- lotlar, kompaniyalarga tegishli bo&#8217;ladi, ularda hukumat idoralariga doir ma&#8217;lu- motlar saqlanadi. I. orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yo&#8217;lga qo&#8217;yish, I. varaqchalarida surat- lar b-n berilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Xalqaro I. tizimida O&#8217;zbekiston haqida xam ma&#8217;lumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan O&#8217;zbekiston hukumati varaqchalari, O&#8217;zbekistonning AQSh dagi elchixonasi varaqchalari va b. ko&#8217;plab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda O&#8217;zbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha ma&#8217;lumotlar bor. Bular- dan tashqari, O&#8217;zbekistonga taal-luqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: &#171;Umid&#187; varaqchasi, o&#8217;zbek estradasi haqidagi varaqcha va b. 2000 y. fevral oyidan boshlab I. efiriga O&#8217;zbekiston televi- deniesi (o&#8217;z TV) ning &#171;axborot&#187; dastu- ri chiqa boshladi, o&#8217;z TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informasiya resurelariga oid ko&#8217;p masalalarni re- spublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi I. tarmog&#8217;i ko&#8217;lamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, tibbiyot kutub-xonasi, Respublika ilmiy-texnika ku- tubxonasi, O&#8217;zbekiston FA nin g asosiy kutubxonasi va b. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#171;Internet&#187;ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni ta&#8217;- minlash dasturini ishlab chiqishni tash- kil etish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori (2001) O&#8217;zbekistonning bu bo- Rada xalqaro miqyosda o&#8217;z mavqeiga ega bo&#8217;lishiga xizmat qiladi. O&#8217;zbekistonda ma&#8217;lumotlarni uzatish milliy tarmog&#8217;i O&#8217;zPAK Davlat kompaniyasi va O&#8217;znet tarmog&#8217;idan iborat. I.dan foydalanuvchilar soni, mas, AQSh da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yapo- niyada 8 mln.dan oshib ketdi. Key-ingi o&#8217;rinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. O&#8217;zbekistonning deyarli barcha hududlarida xa-lqaro I. tarmog&#8217;iga ulanish o&#8217;z Pak Davlat kom- paniyasining xalqaro kanallari orqali ta&#8217;minlanadi. Respublikada 50 ga yaqin I.-provayder ro&#8217;y-xatga olingan. O&#8217;zbekistonda I.dan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. I. tizimida O&#8217;zbekistonning 300 dan ortiq sayti FA- oliyat ko&#8217;rsatmoqda (2002). Dildora Rashidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Internet [lot. inter \u2014 aro va net (work) \u2014 tarmoq] \u2014 katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoklarini o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi Butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o&#8217;rni, zamon va makondan qat&#8217;i &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/internet-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117477","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117477","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117477"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117477\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117490,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117477\/revisions\/117490"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117477"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117477"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117477"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}