{"id":117492,"date":"2024-05-08T21:48:45","date_gmt":"2024-05-08T18:48:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117492"},"modified":"2024-05-08T21:48:48","modified_gmt":"2024-05-08T18:48:48","slug":"insonparvarlik-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/insonparvarlik-3\/","title":{"rendered":"Insonparvarlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Insonparvarlik \u2014 inson- ning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi to&#8217;g&#8217;risida, insoniy- likning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida g&#8217;amxo&#8217;rlik qilishni ifo- dalovchi tushuncha. Unga ko&#8217;ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, bu-tun mavjudot, borliq insonga, uning baxt- saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat ki- shilari haqida g&#8217;amxo&#8217;rlik I.ning asosiy masalasidir. I. g&#8217;oyalari uzoqtarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzula- ri tarzida qadimdan xalq og&#8217;zaki ijodi- da, adabiyotda, diniy va falsafiy ta&#8217;li- motlarda o&#8217;z aksini topib kelmoqda. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafak- kurida I. g&#8217;oyalari azaldan keng tarqalgan bo&#8217;lib, uning ko&#8217;p ming yillik tarixi b-n chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;rta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug&#8217;bek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida I., inson erkinligi, uning qadr-qimmati g&#8217;oyalari olg&#8217;a surildi. Fo- Robiy insonlarning inoq va do&#8217;st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qat&#8217;iy quvvatlab, butun fao- liyatini inson xizmatiga qaratgan. Navo- iy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mam- lakat haqida g&#8217;amxo&#8217;rlikni asosiy masala qilib qo&#8217;ygan. Dunyoda eng qimmatli nar- sa insondir, degan fikrni olg&#8217;a surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumla- dan Islom dinida ham I. g&#8217;oyalari o&#8217;z ifo- dasini topgan. Unda faqir, kambag&#8217;al, musofir, muhtoj kishilarga yordam be- rishga, saho-vatli va insofli bo&#8217;lishga da&#8217;vat qilinadi. I. yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Evropada Uyg&#8217;onish davrida shakllangan. I. goyalari Evropada o&#8217;rta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni Xudo va din nomidan haqoratlab Ink- vizisiya gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qo&#8217;llab- quvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon bo&#8217;ldi (q. Gumanizm). I. keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san&#8217;at va b. sohalarda 14-17-a.larda Italiyada, keyinchalik esa Evropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi. Keyingi asrlar davomida I. goyala- ri gumanizm nomi b-n rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-a. boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-a.ning o&#8217;rtalarigacha jamiyatdagi adolatsiz- likni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub o&#8217;zgarishlar yuz berib, haqiqiy I. tomon jiddiy qadamlar qo&#8217;yildi. Buni BMT, YUNE- SKO kabi xalqaro, mintaqaviy va dav- latlararo tashkilotlar deklarasiya va hujjatlarida ko&#8217;rish mumkin. I. har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda. O&#8217;zbekiston o&#8217;z siyosatini I. shart- lari, talablari, qoidalariga, Sharq va G&#8217;arb davlatlarining eng ilg&#8217;or tajriba- lariga tayanib olib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonparvarlik \u2014 inson- ning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi to&#8217;g&#8217;risida, insoniy- likning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida g&#8217;amxo&#8217;rlik qilishni ifo- dalovchi tushuncha. Unga ko&#8217;ra, dunyoda eng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/insonparvarlik-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117492","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117492"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117496,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117492\/revisions\/117496"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}