{"id":117504,"date":"2024-05-08T21:53:42","date_gmt":"2024-05-08T18:53:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117504"},"modified":"2024-05-08T21:53:46","modified_gmt":"2024-05-08T18:53:46","slug":"tugruq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tugruq\/","title":{"rendered":"Tug&#8217;ruq"},"content":{"rendered":"\n<p>Tug&#8217;ruq \u2014 homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yo&#8217;ldosh tug&#8217;ruq yo&#8217;llaridan o&#8217;tib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tug&#8217;iladi; bu davrda homila etuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega bo&#8217;ladi. Homilador ayollarning ko&#8217;pchiligida T. da 2 hafta oldin tug&#8217;ruq nishonasi ko&#8217;rinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga tushadi va ayol engil nafas ola boshlaydi; organizmdan ajralgan suyuklik hisobiga vazni bir qadar engillashadi; bachadon muskullari vaktvaqti bilan qisqarib taranglashadi. Ayolning ko&#8217;zi yorishiga 1-2 kun qolganida qindan quyuq cho&#8217;ziluvchan shilliq ajraladi, ba&#8217;zan shilliq bir oz qon aralash bo&#8217;ladi (homiladorlik davomida bachadon bo&#8217;yni kanalini to&#8217;ldirib turgan shilliq tiqin ajralib chiqadi), qorin pastida, dum\/azada, bel sohasida tarqoq og&#8217;riq kuzatiladi. T. nishonasidan ayol cho&#8217;chimasligi, aksincha T.ning yaqinlashib qolganligini his qilishi lozim. Ana shunday belgilar ko&#8217;ringanida ayol uyda bo&#8217;lib turgani ma&#8217;qul, chunki tez orada to&#8217;lg&#8217;oq kuchayib, uni zudlik bilan tug&#8217;ruqxonaga eltish zarur bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi ayollarda T. nishonasi boshlanganida qog&#8217;onoq suvi ketib qoladi; bunday belgilar paydo bo&#8217;lganda ayolni darhol tug&#8217;ruqxonaga yotqizish kerak, aks holda qog&#8217;onoq suvi bilan birga homilaning kindik halqasi yoki ko&#8217;li qinga tushishi mumkin. Bundan tashqari, qog&#8217;onoq suvi T. dan oldin ketib qolsa, qin orqali bachadonga infektsiya kirishi osonlashadi. Homilador ayol tug&#8217;ishiga yaqin dard tuta boshlaydi (q. Dard tupgishi). Homila o&#8217;tadigan tug&#8217;ruq yo&#8217;li (tug&#8217;ruq kanali) \u2014 kichik chanoq suyaklari va yumshoq to&#8217;qimadan (bachadon bo&#8217;yni, bachadon tubi muskullaridan) tashkil topgan bo&#8217;lib, shakli egilgan nayga o&#8217;xshash. Tug&#8217;ruq kanalining kirish qismi qattiq suyak halqadan iborat, eni 13 sm, bo&#8217;yi 11 sm. Bu o&#8217;lchamlar homila boshining normal o&#8217;tishiga Moe bo&#8217;ladi; o&#8217;lchamlarning bundan kichik bo&#8217;lishi (tor chanoq) tug&#8217;ruqni mushkullashtiradi. Bunday vaktda operasiya qilib tug&#8217;diriladi. T. birinchi marta tug&#8217;ayotgan ayollarda 15-24 soat, takror tug&#8217;ayotgan ayollarda 10-12 soat davom etishi mumkin. T. ning qancha davom etishi ayolning yoshiga (yoshi kattaroq ayollar birinchi marta tug&#8217;ayotganida tug&#8217;ruq uzoq davom etadi), homilaning kattakichikligiga, chanoq o&#8217;lchamiga, bachadon muskullarining qisqarishiga bog&#8217;liq. T. uch davrni o&#8217;z ichiga oladi. Birinchi davr uzoqroq (birinchi marta tug&#8217;ayotgan ayollarda 13-18 soat, takror tug&#8217;ayotganlarda 6-9 soat) davom etadi. Bu davrda bachadon bo&#8217;yni astasekin tekislanib, T. kanali kengayadi. Bachadon bo&#8217;ynining tashqi teshigi to&#8217;la ochilgach qog&#8217;onoq (homila pufagi) yoriladi. Ba&#8217;zi hollarda homila pufagi yorilmay qolsa, bola &#171;pardali&#187; tugiladi, bu homila uchun juda xavfli, chunki u dimiqib nobud bo&#8217;lishi mumkin. Bachadon bo&#8217;ynining to&#8217;la ochilishi va qog&#8217;onoq suvining ketishi bachadon muskullarining qisqarishiga va homilaning tug&#8217;ilishiga imkon beradi (ikkinchi davr). Bu davrda bachadon muskullarining ritmik qisqarishi yanada kuchliroq va uzoqroq davom etib, unga krrin devori muskullari hamda diafragmaning kiskarishi qo&#8217;shiladi, ya&#8217;ni kuchaniq ro&#8217;y beradi. Ayol har kuchanganida homila tug&#8217;ruq kanali bo&#8217;ylab surila boshlaydi, bunda homila ma&#8217;lum harakatlar qilib suriladi, bu esa uning osongina tug&#8217;ilishini ta&#8217;minlaydi. Homila boshi chanoqning katta o&#8217;lchamiga moslashib siljiydi, bu davrda homila boshi bukiladi va engagi ko&#8217;kragiga tegadi, yuzi o&#8217;ng yoki chapga qaraydi. Homila T. kanali bo&#8217;ylab siljiganda ensa qismi bilan oldinga, yuzi bilan dum\/aza tomonga o&#8217;girilib oladi. Homilaning boshi chanoq tubi, to&#8217;g&#8217;ri ichak va tashqi chiqaruv yo&#8217;lini bosadi, bunda ayolning hojati qistagandek tuyuladi. Keyinchalik ayol har kuchanganida homila boshi jinsiy oraliqda ko&#8217;rinadi, kuchaniq to&#8217;xtashi bilan ko&#8217;rinmay qoladi; tez orada shunday payt keladiki, kuchaniq tutmay turganida xam qomila boshi ko&#8217;rinib turaveradi. Bu vaktda tug&#8217;ruqni boshqaruvchi akusherka chaqaloqni tug&#8217;dirishga kirishadi. Homilaning tug&#8217;ilish davrida ayol akusherkaning aytgani bo&#8217;yicha kuchaniqni tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin, bunda bola chiqayotganida tug&#8217;ruq yo&#8217;lidagi yumshoq to&#8217;qimalar yirtilmay qoladi. Homilaning boshi chiqishi bilan tanasi ko&#8217;rinadi. Shu bilan T.ning ikkinchi, ya&#8217;ni homilaning tug&#8217;ilish davri tugaydi. Bu davr birinchi bor tug&#8217;ayotgan ayollarda 1,5\u20142 soat, takror tug&#8217;ayotgan ayollarda yarim soatdan bir soatgacha davom etadi. Chaqaloq bilan yo&#8217;ldoshni birlashtiruvchi kindik kesib bog&#8217;lanadi. Chaqaloq tug&#8217;ilishi bilanoq yig&#8217;laydi, nafas ola boshlaydi. Endi uchi nchi davr, ya&#8217;ni yo&#8217;ldosh tushish davri boshlanadi, bu o&#8217;rtacha 30 min.dan 1 soatgacha davom etadi. Bunda yo&#8217;ldosh bachadon devoridan ko&#8217;chadi va tushadi; bir oz (250 ml cha) qon ketadi. Yo&#8217;ldosh tushish davrini vrach sinchiklab kuzatib turadi, chunki yo&#8217;ldosh butunligicha tushmay, biror bo&#8217;lagi qolib ketsa, qon ketishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Yo&#8217;ldosh tushishi bilan T. tugab, chilla davri boshlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tug&#8217;ruq \u2014 homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yo&#8217;ldosh tug&#8217;ruq yo&#8217;llaridan o&#8217;tib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tug&#8217;iladi; bu davrda homila etuk, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tugruq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117504","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117504","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117504"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117504\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117504\/revisions\/117509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117504"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117504"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117504"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}