{"id":117512,"date":"2024-05-08T21:55:54","date_gmt":"2024-05-08T18:55:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117512"},"modified":"2024-05-08T21:55:58","modified_gmt":"2024-05-08T18:55:58","slug":"turkistonda-sovet-rejimiga-qarshi-qurolli-harakat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkistonda-sovet-rejimiga-qarshi-qurolli-harakat\/","title":{"rendered":"TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT"},"content":{"rendered":"\n<p>TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918-1935). T.s.r.q.q.h. \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich bo&#8217;lib, kurash ko&#8217;lami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Bu harakat o&#8217;z jug&#8217;rofiy doirasiga ko&#8217;ra, 3 hududga bo&#8217;linadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik O&#8217;zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash o&#8217;z rivojlanish jarayoniga ko&#8217;ra, 2 davrni bosib o&#8217;tdi: 1918-24 va 1925-35 y.lar. T. s.r.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va katta Zrgashning nomlari bilan uzviy bog&#8217;liqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qo&#8217;shiniga boshchilik qilgan kichik Ergash.1918 y. 19\u2014 21 Fev.da Qo&#8217;qon sh.da bo&#8217;lgan urush natijasida mag&#8217;lubiyatga uchrab, Qo&#8217;qon uezdidagi Bachqir qishlog&#8217;iga chekindi. 26 Fev.da Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (q. &#171;Dashnakiutyun&#187;)g&#8217;tng 5 ta otryadi hujum qildi. 27 Fev.da bo&#8217;lgan janglarning birida Kichik Ergash halok bo&#8217;lgach, katta Ergash Farg&#8217;ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Farg&#8217;ona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi. T. s.r.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning o&#8217;lkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati bo&#8217;ldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sosialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga o&#8217;tkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va g&#8217;alla monopoliyasi, Islom dinining cheklanishi va ateizm targ&#8217;iboti, masjid, madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf erlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va b.) xamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va ko&#8217;lam bag&#8217;ishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. Qurolli kurash o&#8217;zining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, to&#8217;q badavlat oilalarning vakillari \u2014 savdogarlar, boylar qamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha gurux^ari va ijtimoiy qatlamlarini o&#8217;ziga qamrab olgan harakat xisoblanadi. Kurashchilarning milliy tarkibi, asosan, tub joy aholi \u2014 o&#8217;zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirg&#8217;izlar, qozoqlar, qoraqalpoklar, qisman uyg&#8217;urlardan iborat bo&#8217;lgan. Shuningdek, ruslar va Validiy tomonidan yuborilgan ayrim boshqird va tatar harbiylari, Turkiya va Afg&#8217;onistondan kelgan oz miqdordagi zobitlar xam bor edi. Madaminbek qo&#8217;shinlari bilan Jalolobodda turgan K. Monstrovning krest&#8217;yanlar armiyasi o&#8217;rtasida sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun o&#8217;zaro bitim tuzilgan (1919.02.09.). Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi xdrakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qo&#8217;shilib turdi va yangidanyangi guruh,lar tashkil topdi. Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi, &#171;Turkiston milliy birligi&#187; tashkilotining qaror topishi (1921.2.8) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar (&#171;Milliy Ittihod&#187;, &#171;Milliy istiqlol&#187;) qam tuzilib, ular harakatni faol qo&#8217;llabquvvatlashdi. Turkiston jamiyatida o&#8217;sha paytda etakchi mavqega ega bo&#8217;lgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida ko&#8217;pgina hollarda faqat Islom g&#8217;oyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi. Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida muvaqqat Farg&#8217;ona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar. 1920-24 y.larda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi o&#8217;ziga xos alohida yo&#8217;nalish va xususiyatga ega bo&#8217;lib, o&#8217;ta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar kizil askarlarga tayangan holda 1920 y. 1 Fev.da Xiva xonligi va 1920 y. 2 sent.da Buxoro amirliginn qurolli kuch bilan ag&#8217;darib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, yosh buxoroliklar, Xorazmda esa yosh xivaliklar firqalarining a&#8217;zolaridan iborat demokratik kuchlar qo&#8217;liga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud bo&#8217;lib, natijada milliy kuchlar o&#8217;rtasida hokimiyat masalasida o&#8217;zaro ixtilof vujudga keldi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk, Sovet Respublikasiaz. 1920 y.da yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yo&#8217;la 2 kuchga karshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, ya&#8217;ni yosh xivaliklar, yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Farg&#8217;ona vodiysidagi qurolli kurashdan farkli jihati ham ana shunda. 1924 y. oxirida Turkiston mintaqasida milliyhududiy chegaralanish o&#8217;tkazilishi natijasida qurolli kurashning 1davri yakunlandi. Uning 2davri esa yana 10 y. davom etib, o&#8217;zining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda, asosan, Farg&#8217;ona vodiysi, Sharqiy Buxoro va Xorazm voqasida janglar davom etdi. 30-y.larning o&#8217;rtalariga kelib qurolli harakat mag&#8217;lubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir bo&#8217;lib jo&#8217;nab ketishga majbur bo&#8217;ldi. T. s.r.q.q.h.ning eng zaif tomoni uning O&#8217;rta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida to&#8217;liq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos bo&#8217;lib xizmat qiluvchi Yago &#8212; na milliy dasturning yaratilmaganligi hamda ba&#8217;zi etakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va b. bo&#8217;ldi. Ayrim shaxslar (Xolxo&#8217;ja Eshon, G&#8217;ulomalixon Bahodir va b.) harakatga faqat o&#8217;zlari rahbarlik qilishni o&#8217;ylab, yagona qo&#8217;mondonlikka bo&#8217;ysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador bo&#8217;lmagan ba&#8217;zi rypyviap talonchilik va bosqinchilik bilan shug&#8217;ullanib, ko&#8217;plab begunoh kishilarni o&#8217;ldirishdi. Bundan qizil armiya qo&#8217;mondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli ayg&#8217;oqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, ba&#8217;zi guruh rahbarlari o&#8217;rtasidagi tarqoqlik va o&#8217;zaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar o&#8217;tkazish (xususan, xalq ta&#8217;limi sohasida va yangi iqtisodiy siyosatni tadbiq etib, xalq uchun biroz engillik tug&#8217;dirgandan so&#8217;ng) va turlituman targ&#8217;ibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qo&#8217;llabquvvatlashdan qaytara oldi. Ad.: Rajabova R. Yo.va b., Uzbeki ston tarixi (1917-1993 y.), T., 1994; Validiy, Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri er (xotiralar), T., 1997; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 2kitob. [O&#8217;zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Alimova D., Golovanov A., O&#8217;zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, T., 2000;Ziyoeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida; islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. Jadidchilik, muxtoriyatchilik, istiqlolchilik. T., 2001; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924 y.), T., 2002. Qahramon Rajabov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918-1935). T.s.r.q.q.h. \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkistonda-sovet-rejimiga-qarshi-qurolli-harakat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117512","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117512","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117512"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117512\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117515,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117512\/revisions\/117515"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117512"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117512"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117512"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}