{"id":117528,"date":"2024-05-08T22:01:01","date_gmt":"2024-05-08T19:01:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117528"},"modified":"2024-05-08T22:01:05","modified_gmt":"2024-05-08T19:01:05","slug":"turk-xoqonligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turk-xoqonligi\/","title":{"rendered":"Turk xoqonligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Turk xoqonligi \u2013 Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o&#8217;lkalarni o&#8217;z ichiga olgan yirik saltanat (6-8-a.lar). T. x.ga doyr ma&#8217;lumotlar urxunenisey bitiktoshlari, Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, Arab, fors, Tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan. 6-a.ning 2yarmida T.x. vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va jujanlar davlati hukm surardi. T. x.ning asoschilari bo&#8217;lmish turkiy ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining Jan. yon bag&#8217;irlarida istiqomat qilar va jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qo&#8217;l ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni engadilar. Shu tariqa og&#8217;aini Bumin va Istami 552 y. T. x.ga asos soladilar. Bumin o&#8217;zini xoqon deb e&#8217;lon qiladi (q. Bumin xoqon, Istami xoqon). 555 y.ga kelib, Markaziy Osiyoning shim. sharqidagi qabilalar, uzok, Sharqdagi kidan (Qoraxitoy), Tatabi, shivey kabi manchjur va mo&#8217;g&#8217;ul qabilalari, Enisey bo&#8217;yidagi turkiy qabilalar ham T. x. qo&#8217;shinlari tomonidan tobe etilib, 555 y.dayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi T. x. ko&#8217;l ostiga o&#8217;tadi. Turk xoqoni mug&#8217;on (553-572) Xitoyga 556- 557 y.larda yurishlar qilib, bu erdagi G&#8217;arbiy Vey (toba) sulolasi o&#8217;rnini egallagan shim. Shim. TSI (550-577) va Chjou (577-581) sulolalarini o&#8217;z ta&#8217;sir doirasiga oladi. T. x. 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi sh. yaqinidagi Erqo&#8217;rg&#8217;on xarobasi) atrofida og&#8217;ir zarba beradi. T. x. eftaliylarga qarashli Choch, Farg&#8217;ona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qo&#8217;lga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida bo&#8217;lgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (shim. Afg&#8217;oniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qo&#8217;shni bo&#8217;lib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining o&#8217;ldirilishi va sug&#8217;diy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yo&#8217;lga qo&#8217;yish maqsadida yo&#8217;llangan elchilarga Eron shohining qo&#8217;pol munosabatda bo&#8217;lishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi T. x. va Sosoniylar o&#8217;rtasidagi ittifoqqa raxna soladi. T. x. Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hay&#8217;atini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat o&#8217;rtasida ittifoq vujudga keladi. Eron \u2014 Vizantiya o&#8217;rtasida 571 y. jang boshlangach, g&#8217;arbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qo&#8217;lga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 y.danoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yo&#8217;nalishi bo&#8217;ylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, T. x.ning Jan.g&#8217;arbi~y chegarasi Amudaryo bo&#8217;lib qoladi. 6-a.ning so&#8217;nggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga o&#8217;tadi. 576 y.da T.x. bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo bo&#8217;ladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 y.da Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Evropada xoqonlik hududi bu paytga kelib qora dengiz sohillari, Sharqda Koreya bo&#8217;g&#8217;ozi, shim.da Ural tog&#8217;lari, Enisey va Baykalbo&#8217;yi, Jan.da Afg&#8217;oniston va Shim. Hindiston hududdarini o&#8217;z ichiga olar edi. 580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan so&#8217;ng xoqonlik bir muddat Oltoy tog&#8217;larining sharqidan to uzoq Sharqqacha bo&#8217;lgan hududni, ya&#8217;ni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Mo&#8217;g&#8217;uliston), Shim. Xitoy hududlarini o&#8217;z ichiga oluvchi Sharqiy T. x. va Oltoy toglarining g&#8217;arbidagi xoqonlikka qaram o&#8217;lkalarni o&#8217;z ichiga oluvchi markazi Ettisuv bo&#8217;lgan G&#8217;arbiy T. x. ga bo&#8217;linib ketadi. Markazi O&#8217;tukan vodiysi (Mo&#8217;g&#8217;uliston) bo&#8217;lgan Sharqiy T. x. Shibi xoqon (609-619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal&#8217;adan 39 tasi T.x. qo&#8217;liga o&#8217;tadi. 618 y.da Suy sulolasini ag&#8217;darib, uning o&#8217;rnini egallagan tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.G&#8217;arbda Tuguxun (togon) davlati hamda Turfon o&#8217;lkasini bo&#8217;ysundirgach, Xuanxe daryosini kechib o&#8217;tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga Elxoqon (Xitoy manbalarida Xyelixan; 620-630) o&#8217;tiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624-626 y.larda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning o&#8217;limidan so&#8217;ng Sharqiy T. x. 50 yilga yaqin Xitoyga karam bo&#8217;lib qoladi. O&#8217;z davrida &#171;o&#8217;n o&#8217;q xoqonligi&#187; deb yuritilgan G&#8217;arbiy T. x. Istamining o&#8217;g&#8217;li tardu xoqon (576-603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, g&#8217;arbda o&#8217;z hokimiyatini kuchaytirdi. Uning o&#8217;g&#8217;li Sheguy xoqon (610\u2014 618) davrida xoqonlik qo&#8217;shinlari Jan.g&#8217;arbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.Sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik g&#8217;alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo&#8217;lga kiritadi. Uning inisi tun yabg&#8217;u (Tunshexu; 618\u2014 630) xoqonlikning G&#8217;arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda T. x. ning chegarasi G&#8217;arb va Jan.g&#8217;arbda, Jan.Sharqiy Evropa dashtlari, Kavkaz, Volgabo&#8217;yi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afg&#8217;onistonning aksariyat viloyatlarini o&#8217;z ichiga olardi. Uning shad unvonli o&#8217;g&#8217;li boshchiligidagi xoqonlik qo&#8217;shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627-628 y.larda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu erdagi sosoniylar qo&#8217;shinini engib, Tbilisi sh.ni qo&#8217;lga kiritadi. Tun yabg&#8217;u g&#8217;arbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shim.dagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga ko&#8217;chiradi va boshqaruvda islohotlar o&#8217;tkazib qaram o&#8217;lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo&#8217;natadi. 630y,larga kelib G&#8217;arbiy T. x. ham bir muddat Xitoyga qaram bo&#8217;lib qoladi. Biroq tez orada o&#8217;z qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabg&#8217;u (630-641) ning qo&#8217;l ostida Sharqiy Turkistondagi kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), shi&#8217; (Kesh), Xe (Kushoniyakattaqo&#8217;rg&#8217;on), My (Marv), Kan (Sug&#8217;d) va Toxariston o&#8217;lkalari bo&#8217;lgan. Xoqonlik Istamining beshinchi bo&#8217;g&#8217;in avlodi bo&#8217;lmish ulug&#8217; Ishbara (Xelu Shabolo; 651-657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi. Qapag&#8217;an xoqon (691-716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari qutlug&#8217; Eltarish xoqonning o&#8217;g&#8217;illari Bilga va Kultegin hamda To&#8217;nyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi g&#8217;avzalari hamda Shandun o&#8217;lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo&#8217;lga kiritadi, 699 y.da Jan.g&#8217;arbga, sobiq G&#8217;arbiy T.x. hokimiyatini qo&#8217;lga kiritgan turgashlarga va Toxariston o&#8217;lkasiga yurish qiladi. Qapag&#8217;an xoqon 700 y. Tangut o&#8217;lkasiga, 701 y. Xitoyning shim. g&#8217;arbidagi &#171;Oltu Chub Sug&#8217;daq&#187; o&#8217;lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705\u2014 706 y.larda bayirqularga, 709 y.da chik va Azlarga, 710 y.da qirg&#8217;izlar va turgashyaarta qarshi qo&#8217;shin tortib ularni qaytadan o&#8217;z tarkibiga qo&#8217;shib oladi. T.x. Movarounnahrga bostirib kirgan Arab istilochilariga qarshi 710 y.da qo&#8217;shin yuboradi va Sug&#8217;d, Shosh, Farg&#8217;ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716\u2014 734) hukmronligi davrida T. x. mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uyg&#8217;urlartg., 1YI y.da o&#8217;g&#8217;uzlarga, 718 y.da qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka bo&#8217;ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari Sharqda Sirdaryoning sharqidan to g&#8217;arbda Xingan tog&#8217;lari yonbag&#8217;irlari (Manjuriya), Shandun o&#8217;lkasi (Xitoyning shim.sharqi, sariq dengizdagi Boxay ko&#8217;rfazigacha bo&#8217;lgan erlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shim.da Enisey daryosi va Baykalbo&#8217;yini o&#8217;z ichiga olganligi ma&#8217;lum bo&#8217;ladi. 740-y.larga kelib T. x. ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning o&#8217;g&#8217;illari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742-744 y.larda uyg&#8217;ur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar T. x.ning so&#8217;nggi hukmdori Baymey xoqonni o&#8217;ldirishadi va xoqonlik taxti uyg&#8217;urlar qo&#8217;liga o&#8217;tadi. T. x.ni dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo&#8217;shishda xoqonlar Bumin (551552), Muqan (553572), Taspar (572-581), To&#8217;nga Turon (588\u2014 600), Shibi (609-619), Elxoqon (620-630), Qutlug&#8217;Eltarish (680\u2014 691), Bekcho&#8217;r Qapag&#8217;an (691-716), Bilga (716-734) va bosh vazir To&#8217;nyuquq (680-726), Shahzoda Kultegin (ko&#8217;l Tegin) (684-731) hamda O&#8217;n o&#8217;q boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg&#8217;u (552576), tardu (576603), tun yabg&#8217;u (618-630) kabilar muhim rol o&#8217;ynadilar. Ular davrida T.x. tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi. T. x.ning boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: bo&#8217;ysundirilgan ba&#8217;zi o&#8217;lka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka o&#8217;lpon to&#8217;lab turganlar; tobe o&#8217;lka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati. Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oralig&#8217;i hamda tutash hududlar T.x. tarkibida bo&#8217;lib, bu erdagi Shoshda tudunlar, Farg&#8217;onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug&#8217;dda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrig&#8217;iylar, Toxaristonda yabg&#8217;ular hokimiyati mavjud edi. Ularning ba&#8217;zilarining kelib chiqishi T. x. qukmdor sulolasiga mansub bo&#8217;lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg&#8217;ulari va h.k. Ad.: Gumilev L.N., Drevnie tyurki, 1967; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Ko&#8217;chanov E. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997; Asadov F. M., Arabskie istochniki o tyurkax v rannem srednevekove, Baku, 1993; Shoniyozov K., O&#8217;zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001. G&#8217;aybulla Boboyorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turk xoqonligi \u2013 Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o&#8217;lkalarni o&#8217;z ichiga olgan yirik saltanat (6-8-a.lar). T. x.ga doyr ma&#8217;lumotlar urxunenisey bitiktoshlari, Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turk-xoqonligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117528"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117529,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117528\/revisions\/117529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}