{"id":117556,"date":"2024-05-08T22:10:53","date_gmt":"2024-05-08T19:10:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117556"},"modified":"2024-05-08T22:10:57","modified_gmt":"2024-05-08T19:10:57","slug":"kurash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kurash\/","title":{"rendered":"Kurash"},"content":{"rendered":"\n<p>Kurash \u2014 sport turi, belgilan- gan qoidaga muvofiq ikki sportchi- ning yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san&#8217;ati ko&#8217;p xalqlarda qadim zamon- lardan buyon ma&#8217;lum. K. ayniqsa Yuno- nistonda keng tarqalib, qad. olim- piada musobaqalaridan doimiy o&#8217;rin olib kelgan. Milliy K.ning xilma-xil ko&#8217;rinishlari Gresiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg&#8217;oniston, Rossiya, O&#8217;zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozar- bayjon, Qozog&#8217;iston va b. mamlakatlar- da mavjud. Zavonaviy sport K.ining asosiy qoidalari 18-a. oxiri \u2014 19-a. boshlarida Evropaning bir necha mam- lakatlarida ishlab chiqildi. 1912 y. Xalqaro havaskorlar kurash federa- tsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, O&#8217;zbekiston 1993 y.dan a&#8217;zo). Xalqaro maydonda sport K.ining yunon- rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va b. turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda o&#8217;zbek K. i ham alohida K. turi sifatida dunyo miqyosida tan Oliva bosh- landi. K. insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositala- ridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan K. b-n shu- gullanishga ruxsat etiladi. K. azaldan o&#8217;zbek turmush tarzining uzviy qismi bo&#8217;lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo&#8217;lyozmalar tasdiqlaydi. Qad. Baqtriya (O&#8217;zbekiston Jan.) hududidan topilgan jez davriga oid tsilindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvir- langan. Shu davrga mansub boshqa arxe- ologik topilmada esa polvonlarning K. usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar milod- dan 1,5 ming yil ilgari ham K. ajdod- larimiz turmush tarzining bir qismi bo&#8217;lganidan da-lolat beradi. Yunon yozuv- chisi Klavdiy Elian (2-3-a.) va b. tari- xiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari o&#8217;zlariga kuyovni yigitlar b-n kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyov- ni shart ko&#8217;yish yo&#8217;li b-n aniqlashgan va bu shar-tda K. musobaqasi bo&#8217;lgan. Bunga o&#8217;zbek xalq qahramonlik dostoni \u2014 &#171;Alpo-mish&#187;dagi Barchin shartlari- ni misol qilib ko&#8217;rsatish mumkin. Ibn Sino &#171;Tib qonunlari&#187; asarida yozgan: &#171;K.ning turlari ham bir TSh ulardan biri ikki kurashuvchining biri o&#8217;z raqibining belbog&#8217;idan ushlab o&#8217;ziga tortadi, shu b-n birga o&#8217;z raqibidan qutulishning chora- sini qiladi&#8230;&#187;. Bu ta&#8217;rif zamonaviy K. qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187;, Alisher Navoiyning &#171;Hamsa&#187;, &#171;Holoti Pahlavon Muhammad&#187;, Zaynid- din Vosifiyning &#171;Badoe&#8217;ul-vaqoe'&#187;, Husayn Voiz Koshifiyning &#171;Futuvvat- nomai sultoniy&#187;, Zahiriddin Muhammad Boburning &#171;Boburnoma&#187; asarida K. hakida qimmatli ma&#8217;lumotlar bor. 9-16-a.larda K. xalqo&#8217;rtasida keng om- malashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar K. dovrug&#8217;ini oshirishgan. O&#8217;zbek xalq yakka kurashining belbog&#8217;li kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli ko&#8217;plab arxeologik to- pilmalar va tarixiy qo&#8217;lyozmalar mav- jud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog&#8217;li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. &#171;Tan-shu&#187; qo&#8217;lyozmasida Farg&#8217;ova vodiysida to&#8217;ylar, sayllar K. musobaqalarisiz o&#8217;tmasligi yozilgan. Ahmad polvon, Xo&#8217;ja polvon va sh. k. K.ning ana shu turida Shuhrat qozonishgan (19-a. oxiri \u2014 20-a. boshi). Chorizm istilosi va sho&#8217;rolar davrida o&#8217;zbek milliy K.ini xalq turmush tar- Zidan sun&#8217;iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-a.ning 90-y.lari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991 y.dakurashchilar sulola- si vakili, bir necha K. turlari bo&#8217;yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov O&#8217;zbekcha K.ning xalqaro Andoza- larga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha bo&#8217;lgan, chetroq qismi qizil rangli &#171;xavfli chiziq&#187; b-n bel- gilangan ko&#8217;k-yashil tusli K. gilami- da tik turgan holatda bellashadilar. G&#8217;olib ishlatilgan usullar va maydon- dagi xatti-harakatlariga qo&#8217;yiladigan baholarga qarab aniqlanadi. K.da bo&#8217;g&#8217;ish, raqibga og&#8217;riq beruvchi usullar qo&#8217;llashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri ko&#8217;k, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbol- ka) kiyadi, belga eni 4-5 sm li tasma (belbog&#8217;) bog&#8217;lanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, o&#8217;smirlar, o&#8217;spirinlar, yoshi ulug&#8217;lar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususi- yatlari hisobga olingan holda vazn to- ifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assosiasiyasi (1ka)ning 2003 y. Tosh- kentda o&#8217;tgan Kongressi har bir uchra- shuvning qizg&#8217;in bo&#8217;lishini ta&#8217;-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bel- lashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda &#171;chala&#187;, &#171;yonbosh&#187;, &#171;halol&#187; baholari, qoidaga zid harakatlarga esa &#171;tanbeh&#187;, &#171;dakki&#187;, &#171;g&#8217;irrom&#187; jazolari beriladi. Kurashuvchi &#171;halol&#187; bahosini olsa (yoki raqibi &#171;g&#8217;irrom&#187; b-n jazo- lansa) bu uning g&#8217;alabasini bildira- Di. Ikki bor &#171;yonbosh&#187; bahosini olish (yoki raqibining ikki bor &#171;dakki&#187; deya jazolanishi) ham g&#8217;alabani anglatadi. &#171;Chala&#187; baholari hisobga olib borila-Di va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga g&#8217;alaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo&#8217;ladi, jazolar soni teng bo&#8217;lsa oxirgi jazo olgan mag&#8217;lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo&#8217;lsa, g&#8217;olib hakamlarning ko&#8217;pchilik ovoziga ko&#8217;ra e&#8217;lon qilinadi. 1992 y.da O&#8217;zbekistonda kurash Fe- derasiyasi, 2001 y.da O&#8217;zbekistonda belbog&#8217;li kurash federasiyasi tuzildi. 1998 y. sent.da Toshkentda 28 davlat (AQSh, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollan- diya, Rossiya, O&#8217;zbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) muassislari bo&#8217;lishdi va shu muno- sabat b-n bu erda O&#8217;zbekcha K. bo&#8217;yicha yirik xalqaro musobaqa o&#8217;tkazildi. O&#8217;zR Prezi- dentining &#171;xalqaro kurash assosiasi- yasini qo&#8217;llab-quvvatlash to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi farmoni (1999 y. 1 Fev.) o&#8217;zbek milliy K. ining Yavada rivojlanishiga turtki bo&#8217;ldi. O&#8217;sha yili Toshkentda O&#8217;zbekcha K. bo&#8217;yicha birinchi jahon chempionati, Ros- siyaning Bryansk sh.da ayollar o&#8217;rtasida xalqaro musobaqa bo&#8217;lib o&#8217;tdi. IKA qoshida xalqaro K. akademiyasi, butun jahon K.ni rivojlantirish jamg&#8217;armasi tuzildi, assosiasiya muassisligida &#171;ku- rash&#187; jur. ta&#8217;sis qilindi. Adabiy-badi- iy, ijtimoiy-publisistik, axborot-re- klama yo&#8217;nalishidagi bu jur. Toshkentda 1999 y. okt. oyidan buyon nashr etiladi. 2000 y. O&#8217;zbekistonda K. oyligi o&#8217;tkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi K. gilamiga chiqdi. Buyuk Bri- taniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi an&#8217;anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001 y.dan Xalqaro K. in-ti (Toshkentda) faoli-yat ko&#8217;rsata boshladi. 1ka ga 66 ta milliy federasiya a&#8217;zo bo&#8217;lib kirdi (2003). EV- ropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K. konfederasiya lari tuzildi. Hoz. paytda O&#8217;zbekcha K. b-n xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug&#8217;ullanadi. K.ning bu turi bo&#8217;yicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, O&#8217;zbekistonda at- Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag&#8217;ishlangan va boshqa ko&#8217;plab xalqaro musobaqalar muntazam o&#8217;tkaziladi. Hoz. vaqtda O&#8217;zbekistonda 22 ta Olimpiada o&#8217;rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalar- o&#8217;smirlar sport maktabi va 206 ta K. maktabida sportning bu turi bo&#8217;yicha o&#8217;quvchilarga tahsil beriladi. Oliy o&#8217;quv yurtlarida 100 dan ortiq K. to&#8217;garaklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Kurashchilar b-n 851 vafar murabbiy shug&#8217;ullanadi (2003). Osiyo Olimpiya kengashi 2003 y.da K.ning bu turini Osiyo o&#8217;yinlari dasturiga ki- ritdi. K. bo&#8217;yicha o&#8217;tkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Ka- mol Murodov, Toshtemir Muhammadiev, Akobir Qurbonov (O&#8217;zbekiston), Ku- bashxonim Elknur, Selim totar o&#8217;g&#8217;li (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananes (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yapo- niya) va b. golib chikdilar va sovrindor bo&#8217;ldilar. Ad.: Yusupov K., Kurash, T., 1999; Mo&#8217;minov A., Prezident. Sport. G&#8217;alaba!, T., 2001. Asror Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kurash \u2014 sport turi, belgilan- gan qoidaga muvofiq ikki sportchi- ning yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san&#8217;ati ko&#8217;p xalqlarda qadim zamon- lardan buyon ma&#8217;lum. K. ayniqsa Yuno- nistonda keng tarqalib, qad. olim- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kurash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-117556","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117556","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117556"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117556\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117557,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117556\/revisions\/117557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117556"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117556"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117556"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}