{"id":117565,"date":"2024-05-09T06:24:47","date_gmt":"2024-05-09T03:24:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117565"},"modified":"2024-05-09T06:24:51","modified_gmt":"2024-05-09T03:24:51","slug":"serra-leone","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/serra-leone\/","title":{"rendered":"Serra-Leone"},"content":{"rendered":"\n<p>Serra-Leone (Sierra Leone), Serra Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) \u2014 Afrikaning g&#8217;arbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 72,3 ming km2. Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Fritaun sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 3 VI- loyat (province)ra va G&#8217;arbiy viloyatga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S.L. \u2014 Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Amal- dagi Konstitusiyasi 1991 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 president (1996 y.dan Axmad Tejan Kabba). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Pre- zident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Okean sohillarining aksa- ri qismi past, yassi, qumli. Hududning ko&#8217;p qismini Leonliberiya qirlari (eng baland joyi \u2014 1948 m) egallaydi, bu qirlarda temir, titan rudalari, olmos, mamlakat g&#8217;arbida boksit konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. May oyidan sent.gacha yog&#8217;ingarchilik, okt. dan maygacha quruq mavsum. Eng salqin oy \u2014 avg.da o&#8217;rtacha tra sohilda 24\u00b0, eng issiq oy \u2014 apr.da 27\u00b0, mamlakat ichki qududida 21-24\u00b0. Yillik yog&#8217;in tog&#8217;larda 4000 mm dan ortiq, mamlakat ichki hududida 2000-2500 mm. Daryola- ri sersuv, serostona. Asosiy daryolari: Kaba, Rokel, Jong, Seva, Moa. Tuprog&#8217;i qizilsariq ferralit, sohilda botqoqli va allyuvial, mangrozorlarda sho&#8217;r tuproq. Mamlakat hududining yarmiga yaqini, shim.da asosan savanna, Jan.da butazorlardan iborat. Hududining 5% ga yaqinini egallagan tizmalari va tepali- klarning nam Sharqiy yonbag&#8217;irlari doim yashil va aralash o&#8217;rmonlar bilan band. Hayvonot dunyosi shafqatsiz qirib yubo- rilgan bo&#8217;lsada, ayrim joylarda maymun (shimpanze, babuin, makaki va b.), kiyik, zebra, sirtlon, qoplon, o&#8217;rmon ichkari- sida fil, begemot, buyvollarning mitta turlari, darelarda timsoxlar saqlanib qolgan. Qush va hasharot, sohil yaqinidagi suvlarda baliq ko&#8217;p. Lomamauntins, Ma- muntamayoza o&#8217;rmon qo&#8217;riqxonalari tash- kil qilingan. Aholisi 2 asosiy etnik guruh: g&#8217;arbiy Atlantika va mande til oilala- riga bo&#8217;lingan xalqdardan iborat. Ras- miy til \u2014 ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar axoliey 37%. Yirik shaharlari: Fritaun, Kenema, Makeni, Kondu, Bo. Tarixi. S.L. hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. 2 ming yil AV- val temirdan mehnat qurollari yasalgan- ligi ma&#8217;lum. 7-8-a.larda bu erda limba yoki bulom elatlarini shim. dan kelgan mande, koranko va b. xalqlar sohilga surib yuborgan. 15-a. o&#8217;rtalarida qaror topgan qabilaurug&#8217;chilik an&#8217;analari 20- a. boshlarigacha davom etgan. Evropaliklardan birinchi bo&#8217;lib bu hududga 1462 y. portugaliyaliklar etib kelib, unga Serraleone (sherlar tog&#8217;i) nomini berdi. 16-a.da ingliz qul savdogarlari kelib, 1662 y. dastlabki qal&#8217;ani qurdilar. 18-a.da qul savdosi rasman taqiqlangach, inglizlar tomoni- dan ozod qilingan bir necha yuz qul &#171;er- kinlar shahri&#187; \u2014 Fritaun manzilgohiga asos soldilar. 1808 y. Fritaun va uning atrofidagi erlar, keyinchalik butun mamlakat Angliya mustamlakasi- ga aylandi. 1898 y. mahalliy xalq mu- stamlakachilarga qarshi katta qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. Angliya hukumati yuborgan ar- miya qo&#8217;zg&#8217;olonchilardan 2 ming kishini qirib, 100 ga yaqin qishloqni yo&#8217;q qilib yubordi, 98 qabila boshlig&#8217;ini otib tash- ladi. 1-jahon urushidan so&#8217;ng mahalliy ishchilar kasaba uyushmalarini tuza boshladilar. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi kuchaydi. Siyo- siy partiyalar tuzildi. 1955 y. davomida bo&#8217;lib o&#8217;tgan g&#8217;alayonlar natijasida An- gliya hukumati biroz yon bosishga majbur bo&#8217;ldi. 1961y 27. apr.da S.L. Britaniya Hamdo&#8217;stligi doirasida mustaqillikka erishdi. S.L. hukumati barcha mamlakat- lar bilan do&#8217;stona munosabatlarni ri- vojlantirish, irqiy kamsitishga qarshi kurash, Afrika qit&#8217;asidagi mojarolar &#8212; ni tinch yo&#8217;l bilan hal etish tarafdori ekanini Bild&#8217;irdi. S.L. \u2014 1961 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 27 apr. \u2014 Mustaqillik kuni (1961). O&#8217;zR suvere- nitetini 1991 y. 21 dek.da tan olgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Umumxalq Kongressi, 1960 y. tuzil- gan; Xalqdemokratik partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Birlashgan inqilobiy front, 1991 y. qo&#8217;zg&#8217;olonchi guruh sifa- tida tuzilgan, 1999 y. partiyaga aylanti- rilgan; Milliy birlik partiyasi, 1995 y. asos solingan; tinchlik va birlik partiyasi, 2002 y. tashkil etilgan. S.L. Mehnat Kongressi, 1966 y. asos solingan. Xujaligi. S.L. \u2014 konchilik sanoati bir muncha rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo&#8217;jaligi. ning ulushi 52%, sanoatning ulushi 16%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasining ulushi 32%. Qishloq xo&#8217;jaligi mamlakat- ning oziqovqatga bo&#8217;lgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat er fondi 7,2 mln. gektar, shundan 4 mln. Gektari dehqonchilik uchun yarokli, ammo 0,8 mln. gektar erdan foydalaniladi, 2,2 mln. gek- tar er yaylov. Sohil yaqinidagi mangrozor botqoqliklar o&#8217;zlashtirilib, sholi ekila boshladi. Eksport uchun palma yong&#8217;og&#8217;i, kofe, kakao, er yong&#8217;oq, zanjabil, tsitrus mevalar, ichki ehtiyoj uchun sholi, mani- OK, makkajo&#8217;xori, tariq, oq jo&#8217;xori, ba- tat, shakar qamish, tamaki etishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan, qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa boqiladi. Baliq ovlash va parrandachilik rivojlangan. Sanoati. Konlarda olmos, temir rudasi, boksit, rutil, oltin qazib olinadi. Ishlab chiqarish. Sanoati mustaqillik yillarida tashkil etildi. Neft va qishloq xo&#8217;jaligi. xom ashyo- sini qayta ishlaydigan, qurilish Mate- riallari, poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar, tamaki f-kasi va pivo z-Di, kimyo, metallsozlik sanoati korxona- lari, avtomobillarni ta&#8217;mirlash usta- xonalari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 237 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. uzunligi 84 km, avtomobil yo&#8217;llari \u2014 11,7 ming km. Asosiy dengiz porti \u2014 Fritaun, xapqaro aeroporti \u2014 Lun- gi. SL. chetga olmos, boksit, kakao, kofe doni, palma yong&#8217;og&#8217;i mag&#8217;zi chiqaradi; chet- dan mashina va uskuna, kimyo va oziqovqat mahsulotlari keltiradi. AQSh, Nigeriya, Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Le- One. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Mustaqillik e&#8217;lon qilinganidan keyin 6 yoshdan 14 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun majburiy ta&#8217;lim joriy etildi. Davlatga qarashli makta- blar bilan bir qatorda xususiy makta- blar ham bor. Boshlang&#8217;ich maktab 7 y.lik. Fritaun va uning atrofida darslar in- gliz tilida, viloyatlarda ko&#8217;p tarqalgan mahalliy tillardan birida olib bori- ladi. Boshlang&#8217;ich maktabni tugatgan bo- lalar o&#8217;rta maktabda yoki hunartexnika o&#8217;quv yurtida o&#8217;qishni davom ettirishlari mumkin. O&#8217;rta maktablar 7 y.lik umu- miy ta&#8217;lim maktablari va 3-4 y.lik zamonaviy o&#8217;rta maktablardan iborat. Hunartexnika ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich va zamonaviy o&#8217;rta maktab negizida olib boriladi; ularda o&#8217;qish muddati 1-3 y. Fritaun va Kenemadagi texnika intlari maxsus o&#8217;rta ma&#8217;lumot beradi. Boshlang&#8217;ich maktab o&#8217;qituvchilari ped. bilim yurt- larida, o&#8217;rta maktab o&#8217;qituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Fritaun- dagi S.L. universiteta (1967)ni tugat- gan mutaxassislar to&#8217;liq o&#8217;rta maktab va ped. kollejlarida dars berishi mumkin. Mazkur un-t mamlakatdagi ilmiy faoli- yatni muvofik^lashtiruvchi markaz vazi- fasini ham bajaradi. Bundan tashqari Dengiz biol.si va okeanshunoslik in-ti (1966), Furabey kolleji huzurida Af- Rikani o&#8217;rganish inti, san&#8217;at, adabiyot va tarixni o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanuvchi S.L. jamiyati (1918), geol. Xizmati (1918) bor. Furabey kolleji kutubxo- nasi (1827), J. Tomas kutubxonasi, tur- li viloyat va shaharlarda kutubxonalar, Fritaunda Milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz.lari: &#171;dey- li meyl&#187; (&#171;kundalik pochta&#187;, g&#8217;ukumatga qarashli ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1931 y.dan), &#171;VI Yun&#187; (&#171;Suhbatdosh&#187;, ingliz tilida xdftasi- ga 2 marta chiqadigan gaz., 1963 y.dan), &#171;Kronikl&#187; (&#171;Xronika&#187;, ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 y.dan), &#171;Progress&#187; (&#171;taraqqiyot&#187;, ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz.), &#171;For Pipl&#187; (&#171;Xalq uchun&#187;, ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 y.dan). S.L. axbo- rot agentligi (SLENA) milliy axbo- rot agentligi, 1980 y. tashkil etilgan. S.L. radioeshittirish xizmati, qukumat Mahkamasi, 1934 y. tuzilgan. S.L. radio- eshittirish xizmati qaramog&#8217;ida 1963 y. teleko&#8217;rsatuvga asos solingan. Abadiyoti ingliz tilida 20-a. o&#8217;rtalarida yuzaga kelgan. Xalq og&#8217;zaki ijodiyoti unga samarali ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan. Mashxur adiblari \u2014 R. S. Ismon, A. Nikol, U. Konton. R. Koulning o&#8217;z xayoti- dan yozgan &#171;Kossoulik bolakay&#187; qissasi dastlabki nasriy asarlardan b>&#8217;ldi. 50\u201460y.larda novella, roman, dramalar, yangicha she&#8217;riy uslublar paydo bo&#8217;ldi. M. Sinaning &#171;Shinavanda serjant&#187; hajviy xikoyasi, N. Faylning davlat madhiyasi matni, &#171;boshpanasiz yigit&#187; xikoyasi, F. Garti va b.ning hikoya, roman va she&#8217;riy to&#8217;plamlari nashr etildi. Kontonning &#171;Afrikalik yigit&#187; romanida ijtimoiy va axloqiy muammolar, irqiy o&#8217;zaro mu- nosabat masalasi ko&#8217;tarib chiqilgan. Is- monning &#171;mehribon ota&#187; pesasi mil- liy masalaga bag&#8217;ishlangan. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. S.L. qishloklari odatda tepaliklarga qurilgan. Aksariyat turar joylarning devori loydan yoki to&#8217;qima novdalardan tiklanib, rang-barang rasmlar solinadi, konussimon tomi poxol bilan yopiladi. Tarhi to&#8217;g&#8217;ri burchakli, tomi palma bar- gi bilan yopilgan sinchli kulbalar ham uchraydi. 15-17-a.larda portugallar kurgan bir necha qo&#8217;rg&#8217;on saqlanib qolgan. 18-a. oxirlarida paydo bo&#8217;lgan Fritaun, Makeni, Lunsar sh. larining qiyofasi qishloqlardan deyarli farq qilmaydi. Faqat Fritaunda ingliz viktorian me&#8217;- morligi va zamonaviy ruxdagi binolar bor. S.L. hududida yumshoq tosh (stea- tit) dan yasalgan haykalchalar (ibodat qilayotgan kishi, ot va fil ustidagi cha- vandoz, jonivorlar qiyofalari), yog&#8217;och niqoblar, fil suyagi bilan bezatilgan buyumlar topilgan. 20-a.ning 2-yarmi- da chet ellarda o&#8217;qib kelgan rassomlar ijodida dastgoh san&#8217;ati vujudga kel- Di: M. Berninikol mahobatli panno- lar, Ts. Leyberbleyk realistik por- tretlar yaratishdi. Ganada ta&#8217;lim olgan haykaltarosh P.M.Karelo shu mamlakat badiiy maktabi an&#8217;analarini qabul etib, xalq san&#8217;ati ruhida asarlar yarat- Di. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi o&#8217;ymakorligi, badiiy to&#8217;quvchilik, kulol- chilik, yog&#8217;ochsozlik rivojlangan. Musiqasi. Mehnat jarayonlari, hayotiy voqealar qo&#8217;shiqsiz o&#8217;tmaydi. Sev- gi, mehnat, marosim, Munojot qo&#8217;shiklari keng tarqalgan. Teatrlashtirilgan raqs tomoshalariga jo&#8217;r bo&#8217;ladigan qo&#8217;shiqlar alohida turkumni tashkil etadi. Cholg&#8217;u asboblari \u2014 kangbay deb ataluvchi 1 mem- branali, sangbay deb ataluvchi konussi- mon, xutamba deb ataluvchi qum soat sha- klidagi barabanlar, fil tishidan yasal- gan truba, yog&#8217;och nay, banjo, ksilofonni eslatuvchi balanja va b. Sayoq baxshi \u2014 griotlar qahramonlik, muhabbat, hajviy qo&#8217;shik^parni ijro etib, xalq san&#8217;atini targ&#8217;ib qiladi. 20-a. boshlarida voyaga et- gan professional kompozitorlar orasi- da S. Kolrijteylor ijodi (&#171;Gayavata&#187; oratoriyasi, &#171;afsonaviy balladalar&#187; va b.) aloxida o&#8217;rin oladi. Teatri. S.L.da zamonaviy teatrning rivojlanishi xalqning o&#8217;ziga xos ma- daniyati qaror topishi va mamlakatdagi an&#8217;anaviy san&#8217;atning tiklanishi bi- lan bog&#8217;liq. Mustamlakachilik yillari- da ko&#8217;pgina ingliz havaskorlik drama va musiqali drama jamoalari u. Shekspir, S. Moem, J. Jilbert pesalarini sahnalashtirgan. 2-jahon urushidan key &#8212; in maktab va liniy missiyalar qoshida afrikaliklarning havaskorlik jamoa- lari tuzila boshladi. 1958 y. dramaturg, rej. va aktyor D. Akar &#171;Serraleone AK- tyorlari&#187; truppasini tashkil etdi va o&#8217;zining &#171;aks sadosiz vodiy&#187; va &#171;tam- ba nidosi&#187; pesasini sahnaga qo&#8217;ydi. Mustaqillikka erishgach, havaskor jamoalar ko&#8217;paydi. R.S. Ismonning &#171;Mehribon ota&#187;, &#171;yangi vatanparvar- lar&#187;, A. Kargboning &#171;jiyanining kamzu- li&#187;, o. Masonning &#171;otasining irodasi&#187; pesalari tomoshabinlarga ko&#8217;rsatildi. Komediya janri rivojlandi. Furabey kolleji qoshidagi tajriba studiyalari dramaturg, rej. va aktyorlarni tayyorlay- Di. Havaskorlik jamoalarini birlash- tiruvchi Milliy teatr uyushmasi tashkil etilgan. Fritaundagi teatrkontsert zali mamlakat teatr hayotining asosiy markaz- laridan biridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Serra-Leone (Sierra Leone), Serra Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) \u2014 Afrikaning g&#8217;arbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 72,3 ming km2. Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Fritaun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/serra-leone\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117565","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117565","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117565"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117565\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117568,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117565\/revisions\/117568"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117565"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117565"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117565"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}