{"id":117573,"date":"2024-05-09T06:28:56","date_gmt":"2024-05-09T03:28:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117573"},"modified":"2024-05-09T06:29:00","modified_gmt":"2024-05-09T03:29:00","slug":"suriya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suriya-2\/","title":{"rendered":"Suriya"},"content":{"rendered":"\n<p>Suriya, Suriya Arab Respublika- si (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) \u2014 Jan.G&#8217;arbiy Osiyodagi davlat. O&#8217;rta dengizning Sharqiy sohilida joylash- gan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Damashq sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1973 y. 12 martda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2000 y.dan Bashar Asad), u milliy referendumda 7 y. muddatga say- lanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Ken- gashi amalga oshiradi. Tabiati. Dengiz sohilining AK- sari qismi tepalik va toshloqli yassitog&#8217;likdan, ozrog&#8217;i pasttekislik (eni 20-30 km)dan iborat. G&#8217;arb va Jan. da Antilivan tog&#8217;tizmasi va balandligi 2814 m gacha bo&#8217;lgan Ashshayx tog&#8217;i joy- lashgan. S. hududining katta qismini g&#8217;arbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. G&#8217;arbda Ansoriya va az- Zaviya tog&#8217;tizmalari, Jan.g&#8217;arbda Addruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. S. hududining Jan.sharqini Suriya cho&#8217;lining bir qismi, shim. sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganes, xromit, oltingugurt va b. konlar bor. Iklimi O&#8217;rta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yog&#8217;ingarchilik ko&#8217;p, yozi quruq. O&#8217;rtacha tra yanvarda 12\u00b0, avg.da 27\u00b0; yillik yog&#8217;in 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Fu- rot daryosining S. hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari \u2014 Xobur va be- Lix. Shim.Sharqiy chegara bo&#8217;ylab Dajla daryosi o&#8217;tadi, shim.g&#8217;arbda O&#8217;rta dengiz havzasiga mansub bo&#8217;lgan alasi (Oront) daryosi va shim.da Hims ko&#8217;li bor. PLA- toda bo&#8217;z tuproqli qumloqqumoq cho&#8217;llar, Jan.da toshloqshag&#8217;alli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklar- da sho&#8217;rxok erlar uchraydi. Sharqiy Tavr tog&#8217;oldi bo&#8217;z jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz bo&#8217;yida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va tog&#8217;o&#8217;rmon tuproqli erlar bosh- lanadi. Ansoriya tog&#8217;ining Sharqiy yon bag&#8217;rida tog&#8217;dashtlari uchraydi. Sohil va tog&#8217;yon bag&#8217;irlaridagi o&#8217;rmonlarda eman, qarag&#8217;ay, sarv daraxtlari o&#8217;sadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirt- lon, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudra- luvchilar, tog&#8217;larda Suriya ayig&#8217;i, to&#8217;ng&#8217;iz, o&#8217;rmon mushugi va b.dan iborat. Aholisining 90% arablar ((Suriya- liklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 Arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmon- lar, shuningdek shialar, alaviylar, xri- stianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Latakiya. Tarixi. S. hududida odam Paleo- lit davridan yashab keladi. Mil. AV. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. AV. 15-a.da S.ning ko&#8217;p qismini Misr, 14-a.da Xett podshoxligi egallab olgan, 12-a. boshlarida S. ozodlikka erishsada, 8-a. oxirida Ossuriyata, 7-a. oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-a. o&#8217;rtalarida Axomaniylarga qaram bo&#8217;ldi. Mil. AV. 333 y. Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat bar- bod bo&#8217;lgach, Salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. AV. 1-a.da Ar- maniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 y. Rim, mil. 4-a. oxiridan VI- zantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633-40 y.larda Arab xalifaligi, 1516 y.da US- monli turk imperiyasi zabt etdi va S. 1818 y.gacha Turkiya tarkibida bo&#8217;ldi. 1832-40 y.larda Misr qo&#8217;shinlari to- monidan bosib olindi. 1840 y. S.da Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 y. okt.da S.ni ingliz qo&#8217;shinlari bosib oldi. 1919 y. Angliyafrantsiya ke- lishuviga binoan inglizlarning o&#8217;rnini frantsuzlar egalladi. 20y.larda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 y. Ta&#8217;- sis Majlisiga saylov o&#8217;tkazildi, 1930 y. mayda S. respublika deb e&#8217;lon qilindi, ammo Frantsiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 y.dek.da bekor qilindi. 1946 y. 17 apr.dagina to&#8217;la mustaqillikka erishdi. 1958 y. S. Misr bilan yagona davlat \u2014 Birlashgan Arab Respublikasi (Bar)ga birlashdi, ammo 1961 y. 28 sent. da uning tarkibidan ajralib chiqdi va o&#8217;zini Suriya Arab Respublikasi (sar) deb e&#8217;lon qildi. 1963 y. 8 martda davlat to&#8217;ntarishi bo&#8217;lib, S. Arab sosialistik uyg&#8217;onish partiyasi (Baas) hokimiyatni qo&#8217;lga oldi, 1971 y. 12 martdan Hafiz Asad prezident bo&#8217;ldi. 1967 y. iyunda S.ga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismi- ni (G&#8217;ulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 y. okt.da S. boshka Arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan er- larning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo&#8217;ldi. S\u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;- zosi. O&#8217;zR suverenitetini 1991 y. 28 dek. da tan olgan va 1992 y. 24 apr.da diplo- Matiya munosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 17 apr, \u2014 chet el ko&#8217;shinlari chikarib yuborilgan kun (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Arab sosialistik uyg&#8217;onish partiyasi (Baas), 1947 y. apr.da Arab uygonish par- tiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 y. dan xoz. nomda; S. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan; sar taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 y. asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. S. ishchi ka- saba uyushmalari umumiy federasiyasi, 1938 y. tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. S. \u2014 agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xo&#8217;jaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasining ulushi 53%. Qishloq xo&#8217;jaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shug&#8217;ullanadi. 3,7 mln. gektar erda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sug&#8217;oriladi. Asosiy qishloq xo&#8217;jaligi. ekinlari: bug&#8217;doy, arpa, pax- ta, tamaki, qand lavlagi; sholi, er yong&#8217;oq, sabzavot, poliz ekinlari ham etishtiri- ladi. Vohalarda bog&#8217;dorchilik rivojlan- gan, tok, tsitrus, xurmo va b. subtropik mevali o&#8217;simliklar o&#8217;stiriladi, zaytun etishtiriladi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovla- nadi. Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, ol- tingugurt qazib olinadi. Elektr st- yalarning aksariyati neft asosida ish- laydi (yiliga o&#8217;rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi z-dlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral o&#8217;g&#8217;it ishlab chiqarish.), to&#8217;qimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yog&#8217;, vino, qandshakar, tamaki va b.), elektr texni- ka sanoati rivojlangan. Traktor yig&#8217;uv, elektr motor, po&#8217;lat prokati, beton shpal z-Di, ko&#8217;nchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari \u2014 Damashq, Halab, Hims, Latakiya, Tartus. T.y. uzun- ligi \u2014 1,8 ming km, avtomobil yo&#8217;llari -39,2 ming km, neft quvurlari \u2014 805 km. Asosiy dengiz portlari \u2014 Lata- kiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabi- stonidan O&#8217;rta dengiz sohiliga tortib kelingan ko&#8217;pgina neft quvurlari S. hududidan o&#8217;tadi. S. chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xo&#8217;jaligi. mahsulotlari, teri, jun va b. chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va b. keltiradi. Germaniya, Frantsiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gresiya bilan savdo qiladi. S.ning O&#8217;zR bilan 2002 y.dagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Pul bir- ligi \u2014 Suriya funti. Tibbiy xizmati. S.da tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta MAK- Tab, stomatolog va farmasevtlar maktabi, o&#8217;rta malakali tibbiyot xodimlari tayyor- laydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi un- tda veterinariya FTI ochilgan. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy o&#8217;quv yurti mavjud. Darslar Arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qancha davlat oliy o&#8217;quv yurtlari [Damashq un-ti (1923), Halabdagi un-t (1960), Himsdagi un-t (1979), Latakiyadagi un-t (1971), Damashq oliy texnologiya in-ti va b.] ishlaydi, ularda pul to&#8217;lab o&#8217;qiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akade- miyasi (1919), qishloq xo&#8217;jaligi. Ilmiy markazlari bor. Damashkda un-t kutub- xonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), La- takiyada Milliy kutubxona (1944), da- mashkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976-77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira mu- zeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda mu- zeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz. va jurnali- lari: &#171;Assaura&#187; (&#171;inkilob&#187;, Arab tili- da chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), &#171;Albaas&#187; (&#171;Uygonish&#187;, Arab tilida chi- kadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), &#171;Al- Jamaxir alarabiya&#187; (&#171;arablar ommasi&#187;, Arab tilida chikadigan kundalik gaz.), &#171;Nidal ashshaab&#187; (&#171;Xalq kurashi&#187;, Arab tilida chiqadigan gaz., 1934 y.dan), &#171;Si- riya tayme&#187; (&#171;Suriya vaqti&#187;, ingliz tili- da chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), &#171;Alfido&#187; (Arab tilida chikadigan kun- dalik gaz.), &#171;Almuhandis alarabi&#187; (&#171;Arab muhandisi&#187; Arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan), &#171;Nidal alfellahin&#187; (&#171;dehqonlar kura- shi&#187;, Arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 y.dan). S. Arab axborot agentligi (Sana), hukumat axborot Mahkamasi, 1965 y. asos solingan. Radioeshitti- rish va teleko&#8217;rsatuv bosh direktsiyasi, hukumat xizmati, 1946 y. tuzilgan. Adabiyoti. S. xalqining og&#8217;zaki ijo- dida mil. AV. 8-7-a.lar voqealarini es- latuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2-14- a.lar ga oid Suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-a.dan Arab tili raem bo&#8217;la boshladi va 14-a.ga kelib dunyoviy ada- bietdan Suriya tilini surib chiqardi. O&#8217;rta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas she&#8217;rlari va Abul a&#8217;lo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-a.ga kadar S. adabiyoti Arab mumtoz adabiyoti an&#8217;ana- larini davom ettirdi. 19-a. o&#8217;rtalaridan Livan bilan Falastinni o&#8217;z ichiga olgan S. Arab madaniy uyg&#8217;onish makonlaridan biri bo&#8217;ldi Fransis Marrash, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alkavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga bosh bo&#8217;ldilar. 1-jahon urushidan keyin vatanpar- varlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardom- bek, Salim aljundiy va b.) Damashkda- gi Arab akademiyasiga birlashib, Arab adabiy merosini batafeil o&#8217;rganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20y.larda realistik Nasr (subhi Ali g&#8217;anim, Sami alkiyoli, Fuad ashshaib, Shakib Alja- bri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi shoirlar mustamlakachi- likka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida she&#8217;rlar yozihdi. 1951 y. S. yozuv- chilar uyushmasi tuzildi. 2-jahon urushidan keyingi davr ada- biyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60y.lardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlik- ka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. So&#8217;nggi yil- larda Isroilning Arab mamlakatlariga bosqinini la&#8217;natlovchi she&#8217;rlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va na- sriy asarlar (mutaa safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. S.ning qad. san&#8217;at yodgorliklari ne- olit davriga mansub (Damirkapu qoyatosh rasmlari, Sakchegyozyu sopoli, tosh va loy- dan yasalgan haykalchalar). Mil. AV. 2ming y.likning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada \u2014 hoz. Halab) ravnaq topishi bilan birga me&#8217;morlik yuksak darajaga ko&#8217;tarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxona- lar qurildi. Mil. AV. 16-14-a.lardagi san&#8217;at asarlarida qad. Misr va Egey madaniyatining ta&#8217;siri seziladi. Mil. AV. 9-a.da Ossuriya, mil. AV. 4-a.dan mil. 4-a.gacha yunon me&#8217;morligi an&#8217;analari ruhida inshootlar yaratildi (Palmira- dagi mahobatli kolonnalar va ibodatxo- nalar). 5-6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllan- Di (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak o&#8217;ymakorligi, Pol mozaikasi, kitob miniatyurasi ri- vojlandi. 7-8-a.larda S. Arab mada- niyatini rivojlantirishga katta hissa qo&#8217;shdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. O&#8217;sha davrda o&#8217;rta asr shaharlarining qiyofasi shak- llandi, maejid, madrasa, Tim, kasalxo- na, karvonsaroy, hammom va b. barpo etil- Di (Palmira yaqinidagi qasr alxayr alg&#8217;arbi, 8-a., Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705-715 y.lar). Salibchi- lar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning xarobalari saqlangan (Hims sh. yaqinidagi Klark deshevale qo&#8217;rg&#8217;oni, 12-a.). 13-15-a.larda me&#8217;morlikda bez- akka ko&#8217;p e&#8217;tibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi ri- vojlandi. Kitob miniatyurasi san&#8217;ati yuqori bosqichga ko&#8217;tarildi. Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo&#8217;lgan yillar (1516-1918) da turk me&#8217;- morligiga xos hasham ortdi. Tasviriy san&#8217;atda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-a.ning 60\u201490y.lari- da Vahbi alxaririy, Burhon tayyor, Mahmud Nofal, Tamimalkisraviy, Jo- ZEF Abduxdtsid kabi me&#8217;morlarning loyihalari asosida zamonaviy bino- korlik konstruktsiyalaridan foydala- nib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi kasaba uyushma- lari binosi, Damashq va Halabdagi un-t korpuslari, Latakiyadagi munisipalitet binosi va b.). Tasviriy san&#8217;atda mo- dernizm unsurlari sezila Boshlasada, ko&#8217;pgina rassomlar mahalliy badiiy an&#8217;analarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Ja&#8217;fariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy san&#8217;atida kashtachilik, kandakorlik, badiiy to&#8217;quvchilik rivoj- langan. Musiqasi. S. xalq va an&#8217;anaviy musiqasida rivojlangan lad tizi- mi \u2014 maqomlar ko&#8217;p. Cholg&#8217;u asboblari jo&#8217;rligida qo&#8217;shiq aytish etakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, g&#8217;ijjak, qonun va b. cholg&#8217;u asboblari ko&#8217;p tarqalgan. Zamo- naviy xalq orkestri tarkibiga Evropa- cha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholg&#8217;u asboblari ham kiritila boshladi. 1870 y. bastakor Mustafo albashnak ta- shabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabi- ni Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qo&#8217;shiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh faxrini ko&#8217;rsatish mum- kin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniening xizmati katta. Mil- liy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konser- vatoriyalarida tayyorlanadi. Teatri. S. teatr san&#8217;atining kurta- klari milliy marosim va bayramlar- dan boshlangan. Professional teatr 19-a. o&#8217;rtalarida Damashqda Abu Xalil alqabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930y.lar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari S. professional teatrining shakllanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. 40y.larda Damashkda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoa- si tashkil etilib, birinchi marta Suriya lahjasida spektakllar qo&#8217;yildi (1945\u2014 46). 1952 y. Sayodiddin Baxdunis tash- kil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 y.gacha tomosha ko&#8217;rsatdi. 1956 y. Damashkda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay bosh- ladi. 1957 y. pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashkda Arab milliy drama teatrining ochilishi S. madaniy hayotida katta voqea bo&#8217;ldi. Mamlakatning eng iste&#8217;dodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarla- ri o&#8217;rin oddi. Bundan tashqari Damashqda &#171;Ashshavq&#187; (&#171;tikanak&#187;) satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaxam nomidagi sa- tira va komediya teatri, qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri ham ishlaydi. Kinosi. S.da birinchi kino seansi 1906 y.da bo&#8217;lgan. Birinchi to&#8217;la metraj- li &#171;aybsiz sudlanuvchi&#187; (rej. Ayyub Badri) badiiy filmi 1928 y. yaratil- Di. 30y.larda &#171;Damashq osmoni ostida&#187; (rej. I. Anzur, 1932), &#171;burch amri bi- lan&#187; va &#171;qahvaxona ashulachisi&#187; (ikkala film rej. A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keying salkam 30 y. mobaynida mustamlakachi- lar hukmronligi davrida kinofil- mlar yaratish bilan havaskorlargina shug&#8217;ullandilar. 60y.larning 2-yarmi va 70y.larda ijtimoiy-siyosiy mavzuda- gi &#171;yuk mashina haydovchisi&#187; (rej. B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofesti- valida faxriy diplom olgan), &#171;Aldan- ganlar&#187; (rej. T. Saloh), &#171;Qoplon&#187; (rej. N. Malex, 1972, Karlovivari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida muko- FOT olgan) va b. filmlar yaratildi. Shundan so&#8217;ng yaqin Sharq mojarosi- ga bag&#8217;ishlangan &#171;teskari yo&#8217;l&#187; (rej. Haddad, 1975), &#171;qahramonlar ikki marta tug&#8217;iladi&#187; (rej. S. Duxni) va &#171;qizil, oq, qora&#187; (rej. B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning &#171;Shi- rin muhabbatim&#187; va Vadi Yusufning &#171;Qopqon&#187; (1980), N. Malexning &#171;Eski suratlar&#187; (1981) filmlari S. kine- matografiyasining so&#8217;nggi yillardagi muvaffiqiyatidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suriya, Suriya Arab Respublika- si (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) \u2014 Jan.G&#8217;arbiy Osiyodagi davlat. O&#8217;rta dengizning Sharqiy sohilida joylash- gan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Damashq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suriya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117573","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117573","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117573"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117573\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117576,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117573\/revisions\/117576"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117573"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117573"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117573"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}