{"id":117585,"date":"2024-05-09T06:33:11","date_gmt":"2024-05-09T03:33:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117585"},"modified":"2024-05-09T06:33:14","modified_gmt":"2024-05-09T03:33:14","slug":"sogliqni-saqlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sogliqni-saqlash\/","title":{"rendered":"SOG&#8217;LIQNI SAQLASH"},"content":{"rendered":"\n<p>SOG&#8217;LIQNI SAQLASH &#8212; aholi sog&#8217;lig&#8217;ini muhofaza kdpishga yo&#8217;naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. S.s. kasal- liklarning odsini olish va davolash, sog&#8217;lom turmush va mehnat sharoitini yara- tish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko&#8217;rishni ta&#8217;minlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni ko&#8217;zda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam ko&#8217;rsatishdan iborat. S.s. Sharqda, xususan O&#8217;zbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa o&#8217;rta asr- da bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Shu davrda yunon va b. tillardan qad. tibbiy asarlar Arab tiliga tarjima etilib, ulardagi tav- siyalar amaliyotda qo&#8217;llanila boshlagan. Ayni vaqtda Sharq mutafakkirlari Tabo- BAT ilmidan jahonshumul asarlar yarat- ganlar. Bu borada Abu Rayhon Beruniy- ning &#171;tibbiyotda dorishunoslik&#187; (&#171;Ki- tob assaydana fittib&#187;), Abu Ali ibn Sinoning &#171;Tib qonunlari&#187; (&#171;Al qonun fittib&#187;) asarlari mashhur bo&#8217;lib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida aso- siy qo&#8217;llanma bo&#8217;lib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolashning yangi usullarini qo&#8217;llab tabib (Hakim) si- fatida o&#8217;z davrida juda mashhur bo&#8217;ldi. Keyingi davrlarda ham tabiblik tur- kistonda sog&#8217;liqni saqlashning asosiy shakli bo&#8217;lib keldi. Tabiblar madra- salarda ta&#8217;lim olishgan yoki ustozsho- girdlik yo&#8217;li bilan turli kasalli- klarga, singanchiqqanlar, yarachaqalarga davo qilishni, xastaliklarning ol- dini olishni o&#8217;rganishgan. Ularning ko&#8217;plari nafaqat bemorlarni davolash, balki doridarmonlar tayyorlash bilan ham shug&#8217;ullanganlar. Sohibqiron Amir Temur boshqa ma&#8217;rifiy ishlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish ishiga ham alohida e&#8217;tibor bergan. Boshqa mamlakatlar mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda 8-9-a. dayoq shifoxonalar uchun maxsus binolar kurila boshlagan. Shifoxonalar 15-a. da Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda ham ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Bunday jamoat shifoxo- nalari &#171;dor ushshifo&#187; (&#171;davolash uyi&#187;) nomi bilan yuritilib, ularda zamonasi- ning bilimdon tabiblari bemorlarni davolashgan. &#171;Dor ushshifo&#187;dagi maxsus dorixonalarda dorishunoslar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berishgan. Aksariyat shifoxonalarda tabiblar be- morlarni davolashdan tashqari, tabobat ilmi bilan ham shug&#8217;ullangan. Shifoxo- nalar ochishga Alisher Navoiy xam katta axamiyat bergan. Manbalardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, key- ingi yillarda ham Turkistonning ba&#8217;- zi viloyatlarida maxsus shifoxonalar bo&#8217;lgan. Xususan, mashhur adib Vosifiy Zayniddin Mahmud (1485\u2014 1551) &#171;No- dir voqealar&#187; (&#171;Badoe&#8217;ulvaqoe'&#187;) asa- rida Toshkentning shahar qo&#8217;rg&#8217;onidan tashqaridagi Kaykovus chorbog&#8217;i haqida qiziqarli voqealarni bayon qilib, bu erda xon va sultonlar uchun shifoxona bo&#8217;lganligini yozgan..U davrlarda suv, havo, osmon, er tozaligiga, ya&#8217;ni zamo- naviy tushuncha \u2014 ekologiyaga ahamiyat berilgan. Turkistonni chor Rossiyasi bo- sib olganidan keyin o&#8217;lkaga G&#8217;arbga xos tibbiy muassasalar kirib kel- Di. Podsho hukumati Turkistondagi o&#8217;z qo&#8217;shinlarining manfaatini ko&#8217;zlab 1868 y. Toshkentda harbiylar va amaldorlar uchun kasalxona (lazaret) ochdi. Keyin- chalik boshqa shaharlarda ham kattaki- chik kasalxonalar, shifoxonalar ochila boshladi. 1872 y. Samarqandda, 1873 y. Xivada, 1891 y. Buxoroda unchalik katta bo&#8217;lmagan kasalxonalar ochiddi. Pekin ular, asosan, davlat xizmatchilari va rus fuqarolariga xizmat ko&#8217;rsatgan. Xu- Susan, ayollarga tug&#8217;ruqxona yoki kasalxo- nada tibbiy xizmat ko&#8217;rsatish ishi uzoq vaqtgacha uyushmagan hodda qolib keta- vergan. Faqat 1880 y. Toshkentda xayriya yo&#8217;li bilan atigi 4 o&#8217;rinli tug&#8217;ruqxona tashkil etildi, ayollar va bolalarga mo&#8217;ljallangan ambulatoriyalar ochildi. Mehnatni muhofaza qilish, S.s.ga doir uyushgan muntazam tizim yo&#8217;qpigi uchun sobiq Turkiston tuprog&#8217;ida ko&#8217;pgina yuqumli kasalliklar haddan tashqari ko&#8217;p uchrar, ba&#8217;zida epidemiyaga aylanib, qanchadanqancha kishilarning yostig&#8217;ini quritar edi. Chunonchi, 1872 y.dagi vabo epidemiyasi vaqtida Turkiston o&#8217;lkasida 38 ming kishi nobud bo&#8217;ldi. 1892 y.dan 20-a. boshlarigacha 6 marta vabo epidemi &#8212; yasi bo&#8217;lib, har safar minglab kishilar- ning yostig&#8217;ini quritdi. O&#8217;lkada bezgak, leyshmanioz, traxoma, rishta va b. ka- salliklar ham ancha ko&#8217;p uchrar edi. Mas, Buxorodek katta shahar aholisining beshdan bir qismidan ko&#8217;prog&#8217;i rishta ka- salligiga giriftor bo&#8217;lgan. O&#8217;tgan asrning 20y.larida bu borada bir qator tashkiliy ishlar amalga oshi- rildi. Sog&#8217;liqni saqpash xalq komissar- ligi tuzilib, o&#8217;lkadagi mavjud kasalxo- na, ambulatoriyalar va b. tibbiy muas- sasalar davlat tasarrufiga o&#8217;tkazildi. Davolash va epidemiyalarga karshi kura- shish uchun sayyor otryadlar tuzildi, bak- teriologik lab. ishga tushirildi, umu- miy o&#8217;rinlar soni 7 mingga yaqin kasal- xonalar ochildi. O&#8217;lkada chin chechak, vabo, rishta, bezgak, traxoma, leyshmanioz singari kasalliklar, asosan, tugatildi, sil, teri kasalliklari va b. kasalliklar sezilarli darajada kamaydi. O&#8217;lkada S.s. tizimining moddiytex- nik bazasi bosqichmabosqich kengayti- rilib, mustahkamlandi. Toshkentdagi yirik kasalxonalarda tor mutaxas- sisliklar bo&#8217;yicha ixtisoslashgan ko&#8217;z, quloq, asab kasalliklari bo&#8217;limlari va b. tashkil etildi. Samarqandda yangi ka- salxona, Qo&#8217;qonda bolalar kasalxonasi, Farg&#8217;onada bemorlarni fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus shi- foxona ochiddi. Toshkentda shu sohadagi kichik xususiy kasalxona negizida 1919 y. 150 o&#8217;ringa mo&#8217;ljallangan fiziotera- Piya in-ti barpo etildi. 1920 y. Toshkentda silga kdrshi dast- labki dispanser ish boshladi. 1922 y. vrachliksanitariya nazorati tashkilo- ti tuzildi. 1924 y. Toshkentda terita- nosil kasalliklari dispanseri, bu- xoroda esa tropik tibbiyot in-ti (hoz. Samarqanddagi tibbiyot parazitologiya- si i.t. instituta) ochildi. 1924 y.ga ke- lib Turkistonda 6 tropik st-ya va uning joylardagi tarmoqdari ishlab turdi. 1924 y. respublikada 53 kasalxona, 151 ambulatoriya (ularning 79 tasi qishloq joylarida), 40 feldsherlik punkti va b. muassasalar bor edi. Shu yillar- da tibbiyot ta&#8217;limini yo&#8217;lga qo&#8217;yish va mahalliy aholidan tib mutaxassislari tayyorlashga kirishildi. 1918 y.da tosh- kentda dastlabki tibbiyot o&#8217;quv yurti \u2014 hoz. Oxunboboev nomidagi Respublika tibbiyot bilim yurti, oradan bir yil o&#8217;tib, oliy tibbiyot maktabi ochildi, feldsherlik kurslari, qisqa muddat o&#8217;qitiladigan jarroxlik kurslari, mu- ruvvat hamshiralari kurslari tashkil etildi. Oliy tibbiyot maktabi 1920 y.da O&#8217;rta Osiyo davlat un-ti tarkibidagi tibbiyot ftiga aylantirildi. Bu ftda o&#8217;qishga yoshlarni tayyorlash uchun Respu- blikaning ko&#8217;pgina shaxarlarida ishchi ftlari ochilib, ularga o&#8217;zbek g&#8217;amda boshqa erli aholi yigitqizlari jalb etildi. O&#8217;rta Osiyo davlat un-ti oliy ma&#8217;lumot- li tibbiy xodimlar tayyorlashdagina emas, balki joylarda yangi tibbiyot o&#8217;quv yurtlari ochishda ham muhim o&#8217;rin tutdi. 1925 y. viloyatlarning markazlarida tib- biyot markazlari ochiddi. un-tning tib- biyot FTI 1931 y. mustaqil tibbiyot in-ti (Toshkent tibbiyot instituti)ga aylan- tirildi. Samarqandda ham Samarqand tibbiyot instituti ochildi. 1932 y. Toshkent vrachlanr malakasini oshirish instituG&#8217;yaitashkil etildi. 1937 y. Tosh- kent farmasevtika instituti ish boshla- Di. Ayni vaqtda ilmiy tadqiqot intla- ri ham barpo etildi. 1937 y. Toshkentda sil, 1940 y. qon quyish intlari bor edi. Sanoat korxonalari va qishloq joyla- riga ko&#8217;plab vrachlar yuborildi, shaxar va qishloklarda yangi kasalxonalar, po- liklinikalar, ambulatoriyalar ochildi, havosi sof va xushmanzarali joylarda iqlimiy kurortlar, shifoxonalar barpo etildi. 1941-45 ylardagi urush davri- da O&#8217;zbekiston S.s. tizimi zimmasi- ga ancha mas&#8217;uliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan jang- chilar uchun gospitallar ochish, S.s. ti- zimining moddiytexnik bazasini yana- da mustaqkamlash, o&#8217;lkaning sanitariya holatini barqaror saklab turish kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq xarbiy gospitallar ochildi, Leningraddagi Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot in-ti va b. tibbiy i.t. muassasa- lari O&#8217;zbekistonga ko&#8217;chirib keltirildi. Respublikada urush nogironlarini davo- lash uchun maxsus jarroxlik shifoxona- lari ochildi. Urushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy tadqiqot intlari kaytadan ish boshladi va yangilari pay- do bo&#8217;ldi (sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot intlari va b.). 1955 y. Andijon tibbiyot instituti, 1972 y. O&#8217;rta Osiyo, hoz. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990 y. esa Buxoro tibbiyot instituti ochildi. Keyinchalik 1ToshTI ning Urganch filiali, 2toshti- ning Farg&#8217;ona filiali, Toshkent tibbi- yot pediatriya in-tining Nukus filiali tashkil etildi. Kardiologiya, gastroen- terologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya, allergolo- giya, revmatologiya va b. sohalar bo&#8217;yicha xizmat ko&#8217;rsatadigan yirik klinikalar ishga tushirildi. O&#8217;zbekistonda shifo- xonalar soni 1010 ta, ulardagi o&#8217;rinlar soni 140072 ta bo&#8217;ldi (2003). Sovetlar tuzumi davrida S.s. muassasalari tarmo- gi ancha kengaygan bo&#8217;lsada, lekin ekolo- gik nomutanosibliklar tufayli tashqi muhitning buzilishi, xususan, erga tur- li xil kuchli kimyoviy moddalar Solini- shi, paxta yakkahokimligi va b. ijtimoiy noxushliklar natijasida aholi orasida turli ichki kasalliklarning ko&#8217;payishi kuzatildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgani- dan so&#8217;ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, S.s. tizimining asosiy tamo- ili \u2014 profilaktik yo&#8217;nalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali usulla- rini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchayti- rish; tibbiy ta&#8217;lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish; i.t. ishlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib chiqqan holda qayta tashkillashtirish; mamlakatda sifatli va etarli miqdorda doridarmon, tib- biy ashyolar hamda shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; S.s. muas- sasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik sha- klini o&#8217;zgartirish asosiy vazifa qilib qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekistonda S.s. ishlarini O&#8217;zR Sog&#8217;liqni saklash vazirligi boshqaradi. Krraqalpog&#8217;iston Respublikasida S.s. vazirligi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki bo&#8217;limlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirishda O&#8217;zR kasaba uyushma- lari federasiyasi, shuningdek, &#171;sog&#8217;lom avlod uchun&#187; xalqaro xayriya jamg&#8217;armasi, &#171;Qizil yarim oy&#187; jamiyati, &#171;Nuroniy&#187; jamg&#8217;armasi va b. o&#8217;z hissasini qo&#8217;shib kelmoqda (q. Ijtimoiy jamg&#8217;arma). Bozor munosabatlariga o&#8217;tish S.s. sohasiga ham yangi talablar qo&#8217;ydi. Xusu- san, ma&#8217;muriyboshqarish sarfxarajat- larini kamaytirish; bemorlarni davo- lash jarayonida kunduzgi kamxarajat va samarali usullardan foydalanish; shi- foxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga ko&#8217;chirish, kam samarali o&#8217;rinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va b. choralar ko&#8217;rilmoqda. Aholi sog&#8217;lig&#8217;ini muhofaza qilish ko&#8217;p jihatdan davlat epidemiologiya xiz- mati faoliyatiga bog&#8217;liq. O&#8217;zbekistonda sanitariyaepidemiologiya st-yalari va aholi o&#8217;rtasida sog&#8217;lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliyuslubiy va muvofiklashtiruvchi ishlarini olib boradigan &#171;Salomatlik&#187; markazlari bu vazifani amalga oshirmoqsa. Respublikada &#171;Salomatlik&#187; institu- ti, uning viloyatlar va shaharlardagi sho- xobchalari radio va televidenie hamda matbuotdan foydalangan holda aholi o&#8217;rtasida sanitariyagigienaga oid bilim- larni keng targ&#8217;ib qilib boradi. Bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yor- dam beruvchi muassasalar tarmog&#8217;i barpo etildi. Respublikada ishlab chiqilgan &#171;Sog&#8217;lom avlod uchun&#187; dasturi avvalo muntazam o&#8217;tkazib turiladigan tib- biy tekshirishlar asosida salomatligi zaif va kasalmand maktab o&#8217;quvchilari va o&#8217;smirlarni aniklab, ularni va umu- man yosh avlodni sog&#8217;lomlashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirib borishni ko&#8217;zda tutadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog&#8217;lom avlodni kamol top- tirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta&#8217;minlashdagi alohida xizmatlari uchun 1993 y. 7 mayda O&#8217;zR ning I va II darajali &#171;sog&#8217;lom avlod uchun&#187; ordeni ta&#8217;sis etildi. O&#8217;zbekistonda tibbiy ta&#8217;limning uz- luksiz bo&#8217;lishiga va mutaxassislarning o&#8217;z malakalarini oshirib borishiga kat- ta ahamiyat beriladi. Toshkentda vrach- lar malakasini oshirish in-ti ishlab turibdi. Uning 43 kafedrasi va har xil ixtisoslikka mo&#8217;ljallangan kurslarida har yili 8-10 ming vrach o&#8217;z malakasini oshiradi. Mamlakatda S.s. sohasidagi islohot bosqichmabosqich olib borildi. Birin- chi boskichda (1991-94 y.lar) butun e&#8217;tibor onalar va bolalar sog&#8217;lig&#8217;ini muhofaza qilish xizmatini takomil- lashtirish, demografik ko&#8217;rsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalli- klarni kamaytirishga karatildi. Ikkinchi bosqichda (1994-98 y.lar) dorixonalar va bir qancha davolashpro- filaktika muassasalari xususiylash- tiriddi, ambulatoriyapoliklinika xiz- mati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997 y.dagi 18,3% o&#8217;rniga 2001 y.da 13,8% ga kamaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining &#171;O&#8217;zbekiston Respubli- kasi qishloqlari ijtimoiy infrastruk- turasini 2000 yilgacha bo&#8217;lgan davrda rivojlantirish dasturi to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qaroriga (1996 y. 21 may) muvofiq, S.s. sohasida mutlaqo yangi muassasa \u2014 qishloq vrachlik punktlari (QVP) tash- kil etish va aholiga dastlabki fel- dsherlik yordami emas, balki malakali vrachlik yordami ko&#8217;rsatish ko&#8217;zda tutildi. QVGT uchun hamma ko&#8217;rsatkichlar \u2014 mod- diy ta&#8217;minot, kadrlar, zamonaviy as- bobuskunalar va doridarmonlar bilan ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha xalqaro standartlar- ga mos keladigan maxsus mezon ishlab chiqildi. 1998 y.dan S.s.ning rivojlanishida yangi davr boshlandi \u2014 1998 y. 10 no- yabrda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezi- dentining farmoni bilan 1998\u2014 2005 y.larda S.s. tizimini qayta qurish dav- lat dasturi qabul qilindi. Unda mam- lakat aholisiga tibbiy yordam ko&#8217;rsatish sifatini oshirish tadbirlari ko&#8217;rsatib berildi. Bu dastur asosida S.s.ning birlamchi bo&#8217;g&#8217;inini mustahkamlash va umumiy vrachlik amaliyotini rivojlan- tirish tadbirlari amalga oshirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tar- moklari tashkil etildi, natijada ikki bosqichli, ya&#8217;ni QVP hamda tuman Mar- kaziy shifoxonasi orqali tibbiy yordam ko&#8217;rsatish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Mazkur ishlar Jahon banki bilan hamkorlikda &#171;salo- matlik&#187; loyihasi asosida amalga oshi- rildi. Bu S.s.ning birlamchi bo&#8217;g&#8217;ini mu- assasalarini boshqarish va moliyalashti- rishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat ko&#8217;rsatish sifatini yaxshi- lash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini berdi. Shoshilinch tibbiy yordam ko&#8217;rsatish tizimining yangi shakli joriy etil- Di. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam ko&#8217;rsatishga, uyga vrach chaqirish bi- lan malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatish o&#8217;rtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq bo&#8217;lindi. g&#8217;oz. Respublika sho- shilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda Markaziy tu &#8212; man va shahar kasalxonalari bo&#8217;limlari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko&#8217;rsatish ishlari amalga oshiriladi. Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijo- biy o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berdi. Tibbiyot oliy o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qish muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magis- trlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar \u2014 qamshiralar ishi baka- lavrlari tayyorlanadigan bo&#8217;ldi. Onalar va bolalarni muhofaza ki- lish xizmatini rivojlantirishning asosiy yo&#8217;nalishlari uzoq muddat- ga mo&#8217;ljallangan Davlat dasturlari- da [&#171;onalar va bolalar skriningi&#187; (1998), &#171;soglom avlod&#187; (2000), &#171;ona va bola&#187; (2001), &#171;ayollar va o&#8217;sib kelayot- gan avlodlar sog&#8217;lig&#8217;ini mustahkamlash bo&#8217;yicha qo&#8217;shimcha tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2002)] belgilab beriddi. Ekstrageni- tal kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun Fer- til yoshdagi ayollarni tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan ta&#8217;minlash hajmi ko&#8217;paytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar o&#8217;rtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasal- liklari bor ayollarda homilador bo&#8217;lish va tug&#8217;ishning oldini olish buyicha tu- shuntirish ishlari ancha faollashtiril- Di. Tug&#8217;ma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tug&#8217;ilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining o&#8217;tkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda. S.s. tizimidagi o&#8217;zgarishlar &#171;Sihatsalomatlik&#187; jurnali, &#171;O&#8217;zbekiston tibbiyot jurnali&#187; va tib- biyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi. Ad.: Karimov Sh. I., Muhamediyarova R. G. va b., O&#8217;zbekistonda sog&#8217;liqni saqlash. Muammo va istiqbollar, T., 1998; N a zirov F. G&#8217;., Ona va bolasalomatligi yo&#8217;lida, T., 2001. Damin Asadov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SOG&#8217;LIQNI SAQLASH &#8212; aholi sog&#8217;lig&#8217;ini muhofaza kdpishga yo&#8217;naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. S.s. kasal- liklarning odsini olish va davolash, sog&#8217;lom turmush va mehnat sharoitini yara- tish, yuqori mehnat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sogliqni-saqlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117585","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117585","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117585"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117585\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117586,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117585\/revisions\/117586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117585"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117585"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117585"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}