{"id":117590,"date":"2024-05-09T06:35:33","date_gmt":"2024-05-09T03:35:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117590"},"modified":"2024-05-09T06:35:37","modified_gmt":"2024-05-09T03:35:37","slug":"somali-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/somali-2\/","title":{"rendered":"Somali"},"content":{"rendered":"\n<p>Somali (Soomaaliya), Somali De- mokratik Respublikasi (Jamhuuriyadda Dimoqraadiga ee Soomaaliya) \u2014 shim. Sharqiy Afrikada, Somali ya.o.da joy- lashgan davlat. Mayd. 638 ming km2. Aholisi 7,8 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Mogadisho sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 18 viloyat (region)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1990 y. qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Prezi- dent (2000 y.dan muvaqqat president Abdulqossim Salad Hasan). Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni parlament (o&#8217;tish milliy Majlisi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tabiati. Qirg&#8217;oq chizig&#8217;i kam parcha- langan, sohilining aksari pasttekis- lik. S. hududining Markaziy qismini 500-1500 m balandlikdagi plato egal- lagan. Uning shim. chekkalari baland- lashib borib, massivlarga bo&#8217;lingan. S. Afrika platformasining shim.sharqida joylashgan. Eng baland joyi \u2014 shim- biris tog&#8217;i (2406 m). Pezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toshtuz konlari bor. Iklimi ekvatori- al, mussonli, qurg&#8217;oqchil. Shim.da tro- pik cho&#8217;l va chala cho&#8217;l iqlim. Yillik yog&#8217;in Jan. va g&#8217;arbda 500-600 mm, sharkda 100 mm gacha. Yomg&#8217;ir, asosan, apr.\u2014iyul va okt.\u2014 dek. oylarida yog&#8217;adi. Shim.da yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi 25-30\u00b0, iyulda 32\u00b0. Asosiy daryolari \u2014 Juba va Vabisha- balining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi cho&#8217;l. Tuprog&#8217;i qizg&#8217;ishqo&#8217;ng&#8217;ir va qizilqo&#8217;ng&#8217;ir. O&#8217;simlik siyrak. Daryo vodiylari va Jan. dagi sohilda tropik o&#8217;rmonlar, tog&#8217;larda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Jan. G&#8217;arbdagi savanna va chala cho&#8217;llarda kiy- ik, zebra, qo&#8217;tos, jirafa, Arslon, qoplon, sirtlon, chiyabo&#8217;ri, fil, to&#8217;ng&#8217;iz, daryolarda timsoh, o&#8217;rmonlarda maymunlar yashaydi. Zaharli ilon, kush ko&#8217;p. Aholisining ko&#8217;pchiligi \u2014 Somali- lar (95%); arablar, afrikalik bantular va b. ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 so- Mali va Arab tillari. Shahar aholisi 37,2%. Hukmron din \u2014 Islom. Yirik shaharlari \u2014 Mogadisho, Xargeysa, ber- bera, Kisimayo, Baydabo. Tarixi. S hududi qadimda Punt deb atalgan, bu erda paleolit davridayoq manzilgohlar bo&#8217;lgan. Mil. 1-a.da yirik shaharlar paydo bo&#8217;lib, ularning aholisi Arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7-8-a.larda musulmon arablar ko&#8217;chib kela boshlagan. 12-16-a.larda Zeyla (Adal), ifat, hadya va b. sultonli- klar bo&#8217;lgan. 16-a. oxiri \u2014 17-a. boshla- rida ular mayda amirliklarga bo&#8217;linib ketgan. 17-19-a.larda S hududining bir qismi Ummon, Zanjibar Sulton- ligi, Turkiya qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan. 19-a. oxirida Somali ya.o.ni qo&#8217;lga kiritish uchun Evropa davlatlari o&#8217;zaro kurash boshladi. 20-a. boshlariga kelib S. uch davlat (Buyuk Britaniya, Frantsiya, ita- liya) mustamlakasiga aylandi. Mustam- lakachilik hukmronligiga qarshi 1899\u2014 1920 y.larda bir necha marta qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarildi. 2-jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 y. boshlarida ingliz askarla- ri bu erlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupasiya tartibini o&#8217;rnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tash- kilotlar tuzildi. Urushdan so&#8217;ng mil- liy ozodlik harakati avj oldi. 1960 y. sobiq Britaniya va Italiya S.lari birla- shib, mustaqil S. Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro kurash to&#8217;xtamadi. 1969 y. harbiy to&#8217;ntarish sodir bo&#8217;ldi, Prezi- dent A. A. Shermark o&#8217;ldirildi. S. Demo- kratik Respublika deb e&#8217;lon qilindi, hokimiyat harbiylar qo&#8217;liga o&#8217;tdi, gene- ral Muhammad Siad Barre president bo&#8217;ldi. Bir qancha ilg&#8217;or islohotlar o&#8217;tkazildi. 1991 y. yanv.da hukumat qo&#8217;shinlari bilan muxolifatchi guruhlar o&#8217;rtasidagi qurolli to&#8217;qnashuvlar nati- jasida Birlashgan S. Kongressi (BSK) hokimiyatni qo&#8217;lga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat president etib tayinlandi. O&#8217;sha yil noyab.da BSK fraktsiyalari o&#8217;rtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid bosh- chiligidagi fraktsiya muvaqqat Prezi- dent tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urug&#8217;qabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mam- lakatda davlat hokimiyatining barbod bo&#8217;lishiga olib keldi. 1992 y. oktyabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuch- lari joylashtirildi. 2000 y. may \u2014 avg. oylarida Jibutining arta sh.da Afri- ka va Evropa davlatlari vositachiligi- da o&#8217;tkazilgan anjumanda S.dagi turli urug&#8217;larning vakillari o&#8217;tish milliy Majlisi \u2014 parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. S. \u2014 1960 y.dan BMTa&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 1 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va guruhlari, ka- saba uyushmalari. Birlashgan S. kongres- si, harbiy-siyosiy guruh, 1989 y. tuzil- gan; S. inqilobiy sosialistik partiyasi, 1976 y. ta&#8217;sis etilgan; S. milliy alyan- si, harbiy-siyosiy guruh, 1992 y. tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federasiyasi, 1977 y. tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. S. \u2014 agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo&#8217;jaligi. ulushi 59%, sanoat ulushi 10%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasi ulushi 30 % dan ziyod. Iqtisodiyotning asosini qishloq xo&#8217;jaligi.., jumladan, ko&#8217;chmanchi chorva- chilik tashkil etadi. Tuya, qoramol, qo&#8217;y va echki boqiladi. Q.x.da makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, er yong&#8217;oq, sholi va b. ekiladi. Chetga sotish uchun banan, shakarqamish, paxta, tamaki etishtiriladi. Sohilda baliq ovlash rivojlangan. Sanoati, asosan, qishloq xo&#8217;jaligi. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydi- gan ayrim korxonalardan iborat. Ki- simayodagi go&#8217;sht k-ti, Mogadishodagi sut z-Di, Laskoraydagi baliq konserva z-Di, Jouhardagi qandshakar z-Di ular- ning eng yiriklaridir. To&#8217;qimachilik, ko&#8217;nchilik, metall ishlash, paxta tozalash, yog&#8217;, binokorlik materiallari va b. kor- xonalar ham bor. Hunarmandchilik (zar- garlik, qurolsozlik, suyak o&#8217;ymakorligi, to&#8217;quvchilik, teri ishlash) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va tosh- tuz qazib olinadi. T.y. yo&#8217;q. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uz. 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: ber- bera, Mogadisho, Kisimayo, Merka. Mo- gadishoda xalqaro aeroport bor. Chet- ga tirik chorva (eksportning 80% dan ortig&#8217;i), banan, go&#8217;sht, xom teri, go&#8217;sht va baliq konservasi, qimmatbaho yog&#8217;och tur- lari chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft maxsulotlari oladi. Saudiya Arabisto- ni, Yaponiya, Italiya, AQSh, Germaniya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Somali shillingi. Tibbiy xizmati. Aholiga tibbiy yordam davlat davolash muassasalarida ko&#8217;rsatiladi (1970 y.dan bepul.) Vrachlar Milliy un-tning tibbiyot ftida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 20-a. boshlarida Di- niy va asr o&#8217;rtalarida o&#8217;rta maktablar ochila boshladi. 1974 y. majburiy 8 y.lik ta&#8217;lim joriy etildi. Shundan so&#8217;ng quyidagi ta&#8217;lim tizimi vujudga keldi: 5-6 yoshli bolalar uchun diniy maktab, 7 yoshdan boshlab 4 y.lik boshlang&#8217;ich, 4 y.lik to&#8217;liqsiz oraliq, 4 y.lik to&#8217;liq o&#8217;rta MAK- Tab. Boshlang&#8217;ich maktab uchun o&#8217;qituvchilar oraliq maktab negizida 3 y. davomida, oraliq maktab uchun o&#8217;qituvchilar esa 4 y. davomida tayyorlanadi, hunartexnika tayyorgarligi 2-4 y. davomida amalga oshiriladi. Mogadishodagi S. milliy un-ti (1954)da darslar Somali, Arab, ingliz va italyan tillarida olib bori- ladi. Mogadishoda industrial, tibbiyot, dengizchilik va baliqchilik, veterina- riya, Islom maktablari, Burao va xar- geysada texnika kollejlari bor. Ilmiy muassasalari: Madaniyat akademiyasi (1972), Xaritagrafiya departamenti (1966), S. taraqqiyot va boshqaruv in-ti (1966), geol. departamenti (1964), Mar- kaziy qishloq xo&#8217;jaligi. Ilmiytadqiqrt st-yasi (1965), gigiena va kasalliklar- ning oldini olish lab. va b. Milliy un-t kutubxonasi va b. kutubxonalar, Mogadi- shoda milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz.lari &#171;Xiddig- ta Oktobar&#187; (&#171;oktyabr yulduzi&#187;, Somali tilida chikddigan kundalik xukumat gaz., 1973 y.dan), &#171;Xorseyd&#187; (&#171;ilg&#8217;or&#187;, ita- Lyan va Arab tillarida chikddigan xuku- mat haftanomasi, 1965 y.dan), &#171;Xegan&#187; (&#171;Sergak&#187;, ingliz tilida chikddigan xdftalik gaz., 1978 y.dan). S. milliy ax- borot agentligi (sonna) hukumatga ka- rashli bo&#8217;lib, 1963 y.da tashkil etilgan. S. radioeshittirish xizmati, Xargeysa radiosi, Mogadisho radiosi Somali, Arab, amxara, italyan, suaxili, frantsuz va afar tillarida eshittirish olib bo- radi. Milliy teleko&#8217;rsatuv xizmati 1983 y.dan ishlaydi. Adabiyoti. Somalilarning og&#8217;zaki ijodiyoti boy. Turli davrlarda Sulton Viilvaal (16-a.), Raage Ugas (19-a. oxi- ri \u2014 20-a. o&#8217;rtalari), milliy qahramon Muhammad bin Abdullo Sayd alxasan (1860-1920), Ali Dux, Kaman Bulxan (19-a. oxiri \u2014 20-a. 40y.lari), lashkar- boshi Ismoil mire (1884-1950) kabi shoirlar mashhur bo&#8217;lgan. 2-jahon uru- shidan keyin shoir Abdullohi Sulton (Timoadde), Abdullohi qarshe (milliy madhiya muallifi), shoir va dramatur- glar Husayn Ali Farah, Ali Sugulle, Hasan Shayx Mo&#8217;min milliy ozodlik va vatanparvarlik ruhida asarlar yozish- Di. Qosim Hiloliy Skiffo, Abdulloqi Issa Sangub, Musohoji Ismoil Galal jo&#8217;shqin she&#8217;rlar bilan maydonga chik- dilar. Nuriddin Farahning &#171;Qiyshiq qobirg&#8217;adan&#187;, Farah Muhammad jomi Aulning &#171;jaholat \u2014 muhabbatning dushmani&#187;, Muhammad Daxir Afrax- ning &#171;ManaFay&#187; asarlari dastlabki Somali romanlaridir. 20-a. oxirlarida Muhammad Ibrohim, Muhammad Xashi Dama, Abdi Qays kabi adiblar ijod qila boshladilar. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;at. O&#8217;troq aholi novdadan to&#8217;qib, sirti loy bilan suvalgan kulbalar va bostirma- Simon sinchli imoratlar (&#171;mondullo&#187;), ko&#8217;chmanchilar esa novdadan to&#8217;qilgan, so- mon, tuya terisi va bo&#8217;yra bilan qoplangan yig&#8217;ma o&#8217;tovlar (&#171;aggal&#187;), sohil aholisi to&#8217;rtburchak, yassi tomli, ikki nishabli uylar (&#171;yarish&#187;) quradilar. 8-a.dan port shaharlarda Arab me&#8217;morligi ruhida ohaktoshchig&#8217;anoqdan binolar, masjidlar barpo etilgan. Zeyladagi machit (12-a.), Mogadishodagi Arbarukun (1268), Fax- riddin (1269), Abdul Aziz (1307), Bra- vadagi Abukar Said (15-16-a.lar) mas-jidlarining qoldiklari, Mogadishoda- gi minora (1238) saqlangan. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida shaharlar qurilishi qorishiq me&#8217;morlik ruhida olib bo- rildi. 60y.lardan boshlab shaharlarni rejalash va obodonlashtirish ishla- ri tartibga solindi, uyjoy qurilishi rivojlandi. Bu ishlarga X. Diri va b. me&#8217;morlar boshchilik qildi. Jamoat va sanoat inshootlari qurildi, milliy ozodlik kurashi qahramonlari sharafiga obidalar qo&#8217;yiddi. S.da tasviriy san&#8217;at uncha rivoj- lanmagan. Qad. yodgorliklar \u2014 mil. AV. 1ming y.lik \u2014 600 y.larga mansub qoyalarga o&#8217;yib ishlangan yoki bo&#8217;yoq bilan chizilgan jonivorlarning rasmlari, tosh qabrlar, naqshlangan yodgorlik toshlari saqlangan. 1960 y.dan keyin maxsus ta&#8217;- lim olmagan bo&#8217;lsa ham rang-tasvirdan xabardor rassomlar ishlay boshladi. Usta Abdi Muhammad mahalliy mavzular- da manzarali kompozisiyalarni chizadi, rassom so&#8217;fiy xalq turmushi, mahalliy urfodatlarni ifodalaydi. Badiiy hunarmandlikda yog&#8217;ochsozlik katta o&#8217;rin egalladi. Yog&#8217;ochdan turli ro&#8217;zg&#8217;or anjom- lari, egar, bolalar o&#8217;yinchoklari yasalib, ularga murakkab naqshlarsolinadi. Nov- dadan guldor savat, kajava, turli idish, bezaklar yasaladi. Kulollik, ko&#8217;nchilik rivojlangan. Ko&#8217;chmanchilarda buqa, fil, karkidon terisidan egarjabduq, juzdon, soyabon, qin yasash odat bo&#8217;lgan. Musiqa madaniyati qadim zamonlar- da vujudga kelgan. O&#8217;rta asrlardagi S. musiqasida Arab madaniyatining ta&#8217;- siri seziladi. Bir qancha xalqdarda, ayniqsa, ko&#8217;chmanchilarda mehnat jarayoni va xalq turmushi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan qad. musiqa shakllari hali ham saqdanib qolgan. Ov bilan bog&#8217;liq musiqiy janr- lar keng tarqalgan. Hayvon qiyofasiga kirib ijro etiladigan, ov boshlani- shiga, yomg&#8217;ir mavsumiga, nikoh to&#8217;yiga, farzand tug&#8217;ilishiga bag&#8217;ishlangan an&#8217;- anaviy raqs va qo&#8217;shiklar bor. Qishloq joylarda dala ishlari, tuya sug&#8217;orish bilan bog&#8217;liq qo&#8217;shiqlar yoniga siyosiy voqealarga bag&#8217;ishlangan qo&#8217;shiqlar (Xess) qo&#8217;shildi. Cholg&#8217;u asboblari \u2014 chapua ba- Rabani deb atalgan marosim cholg&#8217;usidan tashqari dumaari, medonde, nasaro deb atalgan kattakichik barabanlar mavjud. Kinaanda udni, shareero gitarani, seeze bir torli skripkani eslatadi. Zamona- viy musiqada evropacha san&#8217;atga, ko&#8217;prok, estrada janrlariga an&#8217;anaviy shooba, berey va b. uslublar singdirib yuboril- gan. M. A. Sanguba, A. Naji, Ali Jerir kabi kompozitorlar, Mug&#8217;ammad Jama Jof, Ali Elmi kabi xonandalar, Xadi- da Abdullohi Dalles, Xarera Ismani Duniya kabi shoiraqo&#8217;shiqchilar mashhur. Mogadishodagi Milliy teatrda musiqa festivallari o&#8217;tkaziladi, Muhammad Issa rahbarligidagi S. raqs ansambli (1971 y.da tuzilgan) xorijiy mamlakat- larda gastrolda bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Somali (Soomaaliya), Somali De- mokratik Respublikasi (Jamhuuriyadda Dimoqraadiga ee Soomaaliya) \u2014 shim. Sharqiy Afrikada, Somali ya.o.da joy- lashgan davlat. Mayd. 638 ming km2. Aholisi 7,8 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/somali-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117590","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117590","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117590"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117590\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117594,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117590\/revisions\/117594"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117590"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117590"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117590"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}