{"id":117615,"date":"2024-05-09T06:48:12","date_gmt":"2024-05-09T03:48:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117615"},"modified":"2024-05-09T06:48:15","modified_gmt":"2024-05-09T03:48:15","slug":"madaminbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaminbek\/","title":{"rendered":"Madaminbek"},"content":{"rendered":"\n<p>Madaminbek, Muhammad Amin- bek Ahmadbek o&#8217;g&#8217;li (1892, Marg&#8217;ilon yaqinidagi So&#8217;kchilik qishlog&#8217;i \u2014 1920.14.5, Farg&#8217;ona vodiysidagi qorovul qishlog&#8217;i) \u2014 Turkistonda sovet reji- miga qarshi kurash harakati namoyan- dalaridan biri (1918-20), muvaqqat Farg&#8217;ona hukumati raisi (1919-20). Boshlang&#8217;ich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo do&#8217;konlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoli- yati uchun polisiya tomonidan qo&#8217;lga oli- nib, 14 y.ga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga katorga qilingan (1914). 1917 y. Fev. inqilobidan keyin M. ozodlikka chiqqan. &#171;Sho&#8217;roi ulamo&#187; tashkilotining rahbarlari uni Marg&#8217;ilon sh. mirshabla- ri boshlig&#8217;i lavozimiga tavsiya qilishgan. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zo&#8217;ravonlik b-n egallagach, Farg&#8217;ona VI- loyati harbiy komissari K. Osipov uni Marg&#8217;ilon milisiyasi boshlig&#8217;i etib tay- inlaydi. Biroq sovet rejimining siyo- sati M.ni ozodlik uchun kurashga unda- gan. 1918 y. mart oyining boshlarida u o&#8217;z milisionerlari b-n bolsheviklarga qarshi kurashuvchilar safiga o&#8217;tgan. M. 1000 \u2014 1500 yigit to&#8217;plab, Marg&#8217;ilon va Toshloq atroflarida qizil askarlarga qarshi dastlabki janglarni boshlagan. 1918 y. yanv.da M. qo&#8217;l ostida 16000 kishidan iborat qo&#8217;shin bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, o&#8217;sha yil kuzida ularning soni 30000 kishidan ortib ketgan. M. xalq ora- sida katta obro&#8217;ga ega bo&#8217;lgan. U vo- diydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o&#8217;z siyosiy boshqaruv usulini o&#8217;rnatgan. Andijon uezdidagi Oyimqishloq (hoz. Andijon viloyati Jalolquduk, tumani)da bo&#8217;lgan Farg&#8217;ona vodiysi qo&#8217;rboshilarining qurultoyida (1918 y. noyab.) milliy ozodlik harakati qatnashchilarining Oliy bosh qo&#8217;mondoni etib saylangan. 1918 y.ning oxiridayoq mustaqil harakat qilishga urinayotgan Yi- rik qo&#8217;rboshilarning faoliyatini M. boshqarishga muvaffaq bo&#8217;ldi. M. yigit- lari o&#8217;rtasida harbiy intizom kuchli edi. Uning yigitlari qizil armiyaga qarshi jang qilish b-n bir qatorda bosqinchi va talonchilardan iborat ayrim mahalliy kichik to&#8217;dalarga qarshi ham shafqatsiz kurashganlar. M. 1919 y. 2 sent.da Jalolobodda K. Monstrov b-n ittifoq tuzgan (q. Kre- styanlar armiyasi). 1919 y. sent. \u2014 okt. da uning qo&#8217;shini Jalolobod, O&#8217;sh va Marg&#8217;ilonni qizil askarlardan ozod qilgan, biroq Andijon uchun bo&#8217;lgan Jan- glarda engilgan. M. Buxoro amiri Sayd Olimxon va Xiva xonligining amalda- gi hukmdori Junaydxon b-n qizil ar &#8212; miyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib borgan. Afg&#8217;oniston va Turkiyaga o&#8217;z vakillarini jo&#8217;natgan. Rossiyaning Qashqardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P. Eserton orkali Evropa dav- latlari va AQShdan bolsheviklarga kar- shi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intilgan. Po- Mirning Ergashtom (Irkeshtom) ovulida bo&#8217;lgan yirik anjumanda (1919.22.10) M. boshchiligida Farg&#8217;ona muvaqqat mux- toriyat hukumati tuzilgan. M. hukumat boshlig&#8217;i bo&#8217;lish b-n bir qatorda Oliy bosh qo&#8217;mondon etib ham saylangan. Sovet rejimi va bolsheviklar mil- liy ozodlik xarakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravish- da Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 y. yanv. oyi- ning o&#8217;rtalariga kelib Farg&#8217;ona vodiysi- da jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qo&#8217;liga o&#8217;tgan. M. vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston o&#8217;qchi diviziyasining boshlig&#8217;i N. A. Veryovkin Roxalskiy b-n Skobelev (hoz. Farg&#8217;ona) sh.da yarash biti- mini imzolagan (1920.6.3). M. b-n birga sovet hokimiyati tomoniga uning o&#8217;nlab qo&#8217;rboshilari va 3500 ta yigiti ham o&#8217;tgan. Sovet qo&#8217;mondonligi tomonidan muzokaralar o&#8217;tkazish uchun qo&#8217;rboshilar orasiga yuborilgan M. Xolxo&#8217;ja Eshon buyrug&#8217;i b-n qirg&#8217;izlarning qorovul otlog&#8217;i atrofida xiyonatkorona o&#8217;ldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hoz. Qirg&#8217;iziston Respublikasi hududi \u2014 Olay vodiysidagi Shig&#8217;ay qishlog&#8217;ida. M. sovet rejimi davrida &#171;bosma- chi&#187; sifatida nohaq qoralanib, uning faoliyati soxtalashtirilgan. M.ning serqirra faoliyati haqida O&#8217;zbekiston, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Ara- bistoni va b. mamlakatlarda i.t.lar olib borilmoqda. Ad.: Ibodinov M., Qo&#8217;rboshi Mada- minbek, T., 1993; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mu- stamlakachiligi davrida], T., 2000; tur- Kestan v nachale XX veka: k istorii is- Tokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Karimov I., Madaminbek, T., 2002; Rajabov Q. Xaydarov M, Turkiston tari- XI (1917-1924), T., 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madaminbek, Muhammad Amin- bek Ahmadbek o&#8217;g&#8217;li (1892, Marg&#8217;ilon yaqinidagi So&#8217;kchilik qishlog&#8217;i \u2014 1920.14.5, Farg&#8217;ona vodiysidagi qorovul qishlog&#8217;i) \u2014 Turkistonda sovet reji- miga qarshi kurash harakati namoyan- dalaridan biri (1918-20), muvaqqat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaminbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117615","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117615","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117615"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117615\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117630,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117615\/revisions\/117630"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117615"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117615"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117615"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}