{"id":117689,"date":"2024-05-09T07:00:44","date_gmt":"2024-05-09T04:00:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117689"},"modified":"2024-05-09T07:00:48","modified_gmt":"2024-05-09T04:00:48","slug":"mif","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mif\/","title":{"rendered":"Mif"},"content":{"rendered":"\n<p>Mif (Yun. mithos \u2014 afsona, rivoyat, asotir) \u2014 qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari maj-mui bo&#8217;lib, koinotning yaratilishi, in- son, o&#8217;simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo&#8217;lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma&#8217;budlar va ilohlar to&#8217;g&#8217;risidagi e&#8217;tiqodiy qarashlarni o&#8217;z ichiga olgan. M. qad. odamning voqelikka bo&#8217;lgan ongsiz hissiy munosabati ifo- dasi bo&#8217;lib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruv- chi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, M. yaratilgan va ommalashgan joyida o&#8217;z ijodkori va ijrochilari to- monidan haqiqatda bo&#8217;lib o&#8217;tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qad. odamning olam haqidagi tasav- vurlarini o&#8217;zida ifodalagan va avlod- dan avlodga etkazishga mo&#8217;ljallangan M.larning ommalashish usullari ham turlicha bo&#8217;lib, asosan, jonli og&#8217;zaki ijro orqali, ya&#8217;ni so&#8217;z vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning mag&#8217;zini tashkil etuvchi ramziy xatti- harakatlardan iborat ritual o&#8217;yinlar sifatida xam namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. M.lar quyidagi turlarga bo&#8217;linadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yara- tilishi va erda hayotning paydo bo&#8217;lishi to&#8217;g&#8217;risidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (OS- mon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bo&#8217;lishi haqidagi M.lar); 3) an- tropogenik M.lar (g&#8217;ayrioddiy xislat- ga ega bo&#8217;lgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, odami Od, Hubbi va b. haqidagi M.lar); 4) sig&#8217;inish M.lari (muayyan e&#8217;tiqodiy ishonchlar b-n bog&#8217;liq, mas, xreildorlik, suv, o&#8217;simlik, olovga sig&#8217;inish haqidagi M.lar); 5) et- nogenetik M.lar (urug&#8217;qabilalarning kelib chiqishi b-n aloqador M.lar; mas, 92 o&#8217;zbek urug&#8217;larining paydo bo&#8217;lishi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi b-n bog&#8217;liq M.lar, mas, ayamajuz, AhmanDahman, chilla, to&#8217;qson hisobi b-n bog&#8217;liq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning in-tihosi haqidagi, mas, oxirzamon to&#8217;g&#8217;risidagi M.). Ezgulik kuchlarining zulmatni o&#8217;ziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini o&#8217;zida aks ettirgan qad. M.lar badiiy ta- fakkurning shakllanishida muhim rol o&#8217;ynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy so&#8217;z vositasida talqin qilish an&#8217;anasi ke- lib chiqqach, qadimgi M. larning asosiy qismi so&#8217;z san&#8217;-atining turli janrla- riga singib ketgan. O&#8217;zbek xalq og&#8217;zaki badiiy ijodiyotidagi ko&#8217;plab epik Syu- Jet va an&#8217;anaviy motivlarning genetic ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar &#171;Ave- sto&#187;, &#171;Iliada&#187;, &#171;Ramayana&#187;, &#171;Shoh-noma&#187;, &#171;Kalevala&#187;, &#171;Alpomish&#187;, &#171;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#187; kabi adabiy yodgorliklarning yaratili- shida ham salmokdi o&#8217;rin tutgan. Ad.: Meletinskiy E. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n &#8212; Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Jo&#8217;raev M., Shomusarov Sh., O&#8217;zbek mifologiyasi va Arab folklori, T., 2001. Mamatqul Jo&#8217;raev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mif (Yun. mithos \u2014 afsona, rivoyat, asotir) \u2014 qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari maj-mui bo&#8217;lib, koinotning yaratilishi, in- son, o&#8217;simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mif\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117689","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117689","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117689"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117689\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117692,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117689\/revisions\/117692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117689"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117689"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117689"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}