{"id":11793,"date":"2021-11-26T13:32:07","date_gmt":"2021-11-26T10:32:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11793"},"modified":"2025-10-15T09:28:34","modified_gmt":"2025-10-15T06:28:34","slug":"ashxobod-zilzilasi-haqida-nima-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ashxobod-zilzilasi-haqida-nima-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASHXOBOD ZILZILASI haqida nima bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASHXOBOD ZILZILASI \u2013 1948 yil 6 oktabr mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1 dan 12 minut o&#8217;tganda bo&#8217;lgan kuchli zilzila. Zilzila episentri Ashxobod shahridan Janubiy-g&#8217;arbda, Qurug&#8217;ovdonda, 10\u2014 15 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) episentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 kilometr kvadratga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8\u00b0 shu kabi va 58,6\u00b0 sharqiy uzunligi) Buzmayin \u2014 Ashxobod \u2014 Qurug&#8217;ovdon chizig&#8217;i bo&#8217;ylab Kopetdog&#8217;tog&#8217;larining shim. etagida shimoliy-g&#8217;arbdan Janubiy-sharqqa yo&#8217;nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo&#8217;ldi. Ko&#8217;p yerlarda yoriqlar, qum aralash butane suv fontanlari vujudga keldi, tog&#8217;larda ko&#8217;chkilar sodir bo&#8217;ldi, yer osti suvlarining miqdori o&#8217;zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo&#8217;nalishda siljidi. Ashxoboddan g&#8217;arbda yer 33 santimetr ko&#8217;tarildi, Sharqda esa 22 santimetr cho&#8217;kdi. Ashxobod shu ko&#8217;tarilgan va cho&#8217;kkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan bo&#8217;lganligi uchun bu yerda yer 70 santimetrdan 178 santimetrgacha gorizontal yo&#8217;nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo&#8217;lsa ham, lekin asosiy falokat Janubiy- sharqdan shimol-g&#8217;arbga yo&#8217;nalgan gorizontal tebranishlar natijasida ro&#8217;y berdi. Asosiy zilziladan so&#8217;ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) davom etdi. Ashxobod zilziladan so&#8217;ng qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASHXOBOD ZILZILASI \u2013 1948 yil 6 oktabr mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1 dan 12 minut o&#8217;tganda bo&#8217;lgan kuchli zilzila. Zilzila episentri Ashxobod shahridan Janubiy-g&#8217;arbda, Qurug&#8217;ovdonda, 10\u2014 15 kilometr chuqurlikda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ashxobod-zilzilasi-haqida-nima-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11793","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11793","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11793"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11793\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":158150,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11793\/revisions\/158150"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11793"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11793"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11793"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}