{"id":118030,"date":"2024-05-09T08:56:13","date_gmt":"2024-05-09T05:56:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118030"},"modified":"2024-05-09T08:56:17","modified_gmt":"2024-05-09T05:56:17","slug":"paxta-terish-mashinalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paxta-terish-mashinalari\/","title":{"rendered":"PAXTA TERISH MASHINALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>PAXTA TERISH MASHINALARI -ochilgan paxtani terish uchun mo&#8217;ljallangan q.x. mashinalari. Ishlash usuliga ko&#8217;ra, pnevmatik, mexanik, pnev- mo-mexanik va elektromexanik turlar- ga bo&#8217;linadi. Pnevmatik P.t.m.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, so&#8217;ruvchi va haydovchi-so&#8217;ruvchi mashinalarga bo&#8217;linadi. Bu mashinalarning ish organ- lari turli soplo (so&#8217;rgich) va uchliklar- dan iborat bo&#8217;ladi. Mexanik P.t.m. da paxta mexanik qurilma yordamida teri- ladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar o&#8217;rnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli bo&#8217;ladi. Mexanik (asosan, shpindelli) P.t.m. g&#8217;o&#8217;za tuplariga terim jarayonida butun hajm bo&#8217;ylab yoki tuplarni shak- lga keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli P.t.m. keng tarqalgan. Ular gorizontal va ver- tikal shpindelli xillarga bo&#8217;linadi. Gorizontal va vertikal shpindelli P.t.m.ning asosiy qismi \u2014 paxta terish apparati. U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlari- ni aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup ko&#8217;targichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon P.t.m.da terim AP- paratlari dala relefini takrorlovchi moslamalar b-n jihozlangan. Gorizontal shpindelli P.t. m.da shpindellar g&#8217;o&#8217;za tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va o&#8217;qi atrofida ayla- nib, ochilgan paxtani o&#8217;ziga o&#8217;rab chiqadi hamda baraban b-n birga aylanib, ajrat- kich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar ay- lanma hara-kat qilib, shpindel yuzasi- dan paxtani sidirib, qabul kamerasida yo&#8217;nal-tiradi, u erdan esa yig&#8217;ilgan paxta ejeksiya (so&#8217;rish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi. Vertikal shpin- Delli P.t.m.da shpindellar bara-banga yoki zanjirga o&#8217;rnatiladi. G&#8217;o&#8217;za tuplari 2 baraban orasidan qisilib o&#8217;tadi. Ba- rabandagi shpindellar o&#8217;z o&#8217;qi atrofida va baraban b-n birga aylanib, paxtani o&#8217;rab oladi. Shpindelga o&#8217;ralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich o&#8217;taydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli cho&#8217;tkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich b-n tozalanishi nati- jasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamera- sida yig&#8217;iladi. U erdan ventilyator pax- tani so&#8217;rib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga to&#8217;lgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargato&#8217;kadi. Pnevmomexanik P.t.m.da paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik ma- shinalarda paxta elektr maydoni yorda- mida teriladi. P.t.m. dastlab 1850 y. AQSh da yara- tildi. O&#8217;zbekistonda birinchi pnevma- tik P.t.m. 1929 y. ixtiro etilgan. Le- kin u amalda uncha ish bermadi. 1933 y. STZ traktoriga o&#8217;rnatiladigan ejektor- shlangli mashina ixtiro qilindi. Bu ma- shinada 15 ta havo so&#8217;ruvchi shlang bo&#8217;lib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga ro&#8217;para qilardi. Paxta havo yordamida so&#8217;rilib, maxsus idishga to&#8217;planardi. Uning ish unum- dorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qo&#8217;llanmadi. O&#8217;sha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), ker- tik shpindelli bo&#8217;lib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past bo&#8217;lgan. 1935 y. &#171;Universal-1&#187; trak- toriga o&#8217;rnatiladigan 1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini to&#8217;kar, ish unum- dorligi past edi. 1936 y. 2 qatorli, gori- zontal shpindelli mashina ishlab chika- rildi. Uning ish apparati 4 ta baraban- dan iborat bo&#8217;lib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel o&#8217;rna-tilgan; mashina paxtani g&#8217;o&#8217;za tupining Toshkent q.x. ma- shinasozligi z-dida 1937 y. Birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha so&#8217;rish tuynuklari bo&#8217;lib, paxtani havo yordamida so&#8217;rib te- rardi. 1938 y. ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli P.t.m. ixtiro etdi. Uning ish apparati o&#8217;ziyurar shassiga o&#8217;rnatilib, har biri 32 shpindelli ikki- ta baraban va to&#8217;rtta cho&#8217;tkali ajratkich- dan iborat edi. Mashina paxtaning 54\u2014 65% ini terib, 8-15% ini to&#8217;kardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, to&#8217;kilgani 16,5% bo&#8217;ldi. Asosiy nuqsoni terilgan pax- taning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda cho&#8217;tkali barabanga o&#8217;ralib qolishi edi. 1941 y.da XVSH-4B markali 4 ba- rabanli P.t.m. yaratildi. Mashina bir yurishda har tup g&#8217;o&#8217;zadagi paxtani 2 Mar- ta terardi; bunda terilgan paxta 75%, to&#8217;kilgani 8% edi. 1945 y.da XVSHU markali o&#8217;ziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va o&#8217;ziyurar shassidan iborat bo&#8217;lib, uning shpindel- lari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, P.t.m. xo&#8217;jalik sinovidan o&#8217;tkazildi. 1947 y. konstruktor M. N. Markov bosh- chiligida SXM-47 va 1948 y. SXM-48 rusumli P.t.m. ishlab chiqarildi. SXM- 48 rusumli P.t.m., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish me- xanizmi, apparatni ko&#8217;tarish-tushirish mexanizmi, tup ko&#8217;targich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashi- naning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958-68 y.larda 2 qatorli XT-1,2 ru- sumli, 1966 y.dan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968 y.dan T-28X-4 traktoriga o&#8217;rnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A (&#171;Uzbekistan&#187;) ru- sumli va 1972 y.dan MTZ-50X traktoriga o&#8217;rnatiladigan 4 qatorli xn-3,6 marka- li, 1974 y.dan 6 qatorli XV-5,4 rusumli P.t. m. ishlab chiqarila boshladi. Bu mashinalar, asosan, terish appa-ra- ti, harakat uzatuvchi reduktor, ventilya- tor, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va Ramadan, terish AP- parata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup ko&#8217;targich, reduktor, qo&#8217;shuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976 y.dan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi P.t.m. ish unumdorligi- ni 18-20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam o&#8217;zakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi element- dan tuzilgan) b-n jihozlana boshladi. &#171;O&#8217;zbekiston&#187; rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindel- li va 15 shpindelli barabanlar urnatil- gan terish apparatli xillari ishlab chi- karildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan o&#8217;rna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurish- ga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashi- na, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va Bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi b-n uskunalangan. Barcha markadagi P.t.m. bir-biridan terish AP- paratlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellari- ning soni b-n farkdanadi. P.t.m., asosan, AQSh va O&#8217;zbekistonda ishlab chiqariladi. AQShda gorizon &#8212; tal shpindelli, O&#8217;zbekistonda ver- tikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-a. 70-80-y.larida ingich-ka tolali, urug&#8217;lik paxtalar uchun XVN, Xva, XVB turkumdagi P.t.m. hamda 1977 y.dan esa pnevmopodborshik va to- zalagich b-n jihozlangan MTZ-80 trakto- ri asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992-94 y. esa g&#8217;o&#8217;za tupiga ko&#8217;p marta ishlov beruvchi yangi turdagi te- Rim apparatlari b-n jixrzlangan XS-25 rusumli P.t.m. xo&#8217;jaliklarda ishlatila boshladi. 20-a. 90-y.lari o&#8217;rtalarigacha O&#8217;zbekistonda, asosan, vertikal shpin- Delli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda O&#8217;zbekiston paxta may- donlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli P.t.m. ham paydo bo&#8217;ldi. &#171;O&#8217;zqishloqxo&#8217;jalikmashxolding&#187; kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997 y.dan boshlab &#171;O&#8217;zKeysmash&#187; qo&#8217;shma kor- xonasi tashkil etilib, paxtakorlarga &#171;Case20022 Cotton Express&#187; rusumli 2 qatorli P.t.m.ni etkazib bera boshladi. BMKB \u2014 Agromash AK-tsiyadorlik jami- yati b-n birgalikda &#171;Toshqishloqmash&#187; aktsiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpin- Delli P.t.m.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning o&#8217;rtacha va ingichka tolali navlarini te- rishga mo&#8217;ljallangan. &#171;2022 Kotton Eks- press&#187; rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, o&#8217;ziyurar mashi- na bo&#8217;lib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning o&#8217;rtacha navlarini terishga mo&#8217;ljallangan. O&#8217;zbekistonda P.t.m.ni yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, O&#8217;zbekiston FA Mexanika va inshoot- larning seysmik mustahkamligi in-tida olib boriladi. P.t.m. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari O&#8217;zbekistonda H. H. Usmonxo&#8217;jaev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpo- lyanskiy , o. A. Karimov, A. S. Sadrid- dinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshbolta- eV va b. olimlar, g. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va b. konst- ruktorlar nomlari b-n bog&#8217;liq. Anvar Rizaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PAXTA TERISH MASHINALARI -ochilgan paxtani terish uchun mo&#8217;ljallangan q.x. mashinalari. Ishlash usuliga ko&#8217;ra, pnevmatik, mexanik, pnev- mo-mexanik va elektromexanik turlar- ga bo&#8217;linadi. Pnevmatik P.t.m.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paxta-terish-mashinalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118030","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118030","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118031,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118030\/revisions\/118031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}