{"id":118036,"date":"2024-05-09T10:59:20","date_gmt":"2024-05-09T07:59:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118036"},"modified":"2024-05-09T10:59:23","modified_gmt":"2024-05-09T07:59:23","slug":"parazitizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parazitizm-2\/","title":{"rendered":"Parazitizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Parazitizm (Yun. parasitos \u2014 tekinxo&#8217;r, hamtovoq, parazit va ismos \u2014 kasallik holati) \u2014 (biologiyada) oziklanish orqali bog&#8217;langan va o&#8217;zaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha bo&#8217;lgan orga- nizmlarning tarixiy shakllangan asso- tsiasiyasi. P.da bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xo&#8217;jayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foy- dalanadi: ikkala organizm ham o&#8217;zaro an- tagonistik munosabatda bo&#8217;ladi. Bundan tashqari, parazit\u2014Xo&#8217;ja-yin munosabat- lari organizmda immunobiologik reak- tsiyalarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosining deyarli barcha tiplarida Pa- razitlik b-n hayot kechiruvchi turlar mav- jud. Ba&#8217;zi bir sinflar (so&#8217;rg&#8217;ichlilar, tasmasimonlar), hatto tiplar (sporali- lar, mikrosporidlar, tikanboshlilar) faqat parazit turlarni uz ichiga ola- Di. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tipida parazitlar hasharotlar va o&#8217;rgimchaksimonlar sin- Fi vakillari orasida ko&#8217;p uchraydi. Umu- man er yuzida mavjud bo&#8217;lgan hayvonlar turining 60-65 mingi (4-5%) parazit hayot kechiradi. &#171;P.&#187;terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida (mil. AV. 5-a.) mavjud qonunga asosan, ko&#8217;zga ko&#8217;ringan davlat arboblari keksa- lik yoshida davlat qaramog&#8217;iga o&#8217;tishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionlar parasitariya, u erda yashovchilar esa Pa- ras(z)itlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so&#8217;zi o&#8217;zgalar hisobiga yashovchi ma&#8217;nosini anglatib, hoz. kun- gacha saqlanib qolgan. Bu so&#8217;z biol., ve- terinariya va tibbiyotda ham xuddi shu ma&#8217;noda kirib kelgan bo&#8217;lib, boshqa or- ganizm (xo&#8217;jayin) to&#8217;qimalari yoki hazm qilgan oziq moddalar b-n oziqlanadigan, uning ichki organlari yoki tana yuzasida vaqtincha yoki doi-miy yashaydigan orga- nizmni anglatadi. Rus olimi R. S Shul- Sning fikricha, P.ning 1 &#8212; mezoni uning yashash joyi; 2 &#8212; oziklanish usuli (meta- bolitik bog&#8217;liqligi) va 3 &#8212; xo&#8217;jayin or- ganizmiga patogen ta&#8217;siridan iborat. I. I. Mechnikov parazitizmni boshqa orga- nizmlar hisobiga yashovchi va oziqlanuvchi jonivorlardebta&#8217;riflagan. P. b-n bo- Glik hodisalar odam va hayvonlarda ancha batafsil o&#8217;rganilgan bo&#8217;lishiga karamay, uning kelib chiqishi va shakllanishi ma- salalarining ko&#8217;p jihatlari hozirgacha ma&#8217;lum emas. Bu avvalo hayvonlar EVO- lyusiyasi b-n bog&#8217;liq. Yashash joyiga ko&#8217;ra, P. tashqi \u2014 ek- toparazitizm (parazit xo&#8217;jayin tana-si- ning tashqarisida yashaydi) va ichki \u2014 endoparazitizm (parazit xo&#8217;jayin orga- nizmi ichida yashaydi), yashash mud-datiga ko&#8217;ra, vaqtinchalik (parazit hayotining ma&#8217;lum bir qismi parazitlik b-n o&#8217;tadi) va doimiy (stasionar) (parazitning hamma rivojlanish bos-qichlari para- zitlik b-n hayot kechira-Di) bo&#8217;ladi. Parazitlarni o&#8217;rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish b-n parazitologiya, gelmintologiya, mi- krobiologiya, virusologiya va fitopato- logiya shug&#8217;ullanadi. Evolyusiya jara-yoni- da organizmlar o&#8217;rtasida turli xil bio- logik, xususan, indifferent (be-taraf), simbioz (o&#8217;zaro foydali), an-tagonistik (qaramaqarshi) munosabatlar vujudga kelgan. Indifferent munosabatdagi or- ganizmlar bir xil sharoitda va bitta hududda birgalikda yashab, bir-biriga foyda yoki ziyon keltirishmaydi (mas, dengiz ostida yashovchi aktiniyalar, den- giz yulduzlari, qisqichbaqasimonlar). Simbioz munosabatda 2 yoki undan ortiq organizmlar o&#8217;zaro manfaatdorlik- da yashaydi. Bu munosabatlar asosida ija- Rada yashovchanlik (sinoykiya) va ozikla- nish orqali bog&#8217;lanish (kommensalizm) yotadi. Barcha parazitlar evolyusiya ja- rayonida erkin yashovchi orga-nizmlardan, ko&#8217;pchilik ektoparazitlar esa yirtqichlar oziklanish muddatining asta-sekin uzay- ishi natijasida kelib chiqqan. Ektopara- zitlar, ayniqsa, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar orasida ko&#8217;p uchraydi. Uzok, evolyusiya jarayonida bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar umurtqali qayvonlar b-n oziklanish tufayli bog&#8217;lanishda bo&#8217;lishi orqali asta-sekin ektoparazitlarga aylanib borgan. Kanalar, parxo&#8217;rlar, patxo&#8217;rlar, junxo&#8217;rlar, bitlar va bur- galar xuddi shu yo&#8217;l b-n vujudga kelgan. Ko&#8217;pchilik umurtqasizlarning umurtqali hayvonlar terisi, jabra yoriklari yoki boshqa organlariga yopishib hayot kechi- rishi, ular asta-sekin botib kirib ozi- klanishga utishi tufayli ektoparazit- larga aylanib borgan. Infuzoriyalar va parazit qisqich-baqasimonlar bunga misol bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi hasharotlarning lichinkalari quruqlikdagi umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Dastlab bu lichinkalar yaralardagi nobud bo&#8217;lgan to&#8217;qimalar yoki o&#8217;lgan hayvonlar b-n oziqlangan. Keyinchalik ular ti- rik to&#8217;qimalar b-n oziqlanishiga mos- lashib, haqiqiy parazitlarga aylangan. Endoparazitlarning kelib chiqishi ko&#8217;p jihatdan ektoparazitlarning evolyusi- yasi b-n bevosita bog&#8217;liq. Terida para- zitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi va hasharotlar lichinkalari shu tariqa endoparazitlarga aylangan. Rus olimi V. A. Dogelning fikricha, erkin yashovchi umurtqasiz hayvonlarning TSI- stalari, tuxumlari yoki lichinkalari tasodifan ovqat hazm qilish organla- riga tushib qolib, u erda rivojlanish- ni davom ettirishi natijasida endopa- razitlarga aylanib qolgan. Ko&#8217;pchilik bir hujayralilar va nema-todalar shu yo&#8217;l b-n kelib chiqqan bo&#8217;lishi mumkin. Qon parazitlari P.ga yuksak darajada moslashgan bo&#8217;lib, dastlab ular ichakda parazitlik qilgan, keyinchalik turli yo&#8217;llar b-n qonga o&#8217;tib, u erda yashashga muvofiklashgan bo&#8217;lishi mumkin. Para- zitlarning hayot tsikli va tarqalishini o&#8217;rganish ularga qarshi kurash va, ayniqsa, kasallik-darning oldini olishda juda muhim. Bunda parazitlar, parazit ta- shuvchi va oraliq xo&#8217;jayinlar dorilar yordamida yo&#8217;qotiladi. Parazit (zararku- Nanda) o&#8217;simliklarga qarshi biologik ku- rashdan (mas, parda qanotli hasharotlar \u2014 yaydoqchilardan) keng foydalaniladi. Ad.: Abuladze K. I. i dr., Parazito- logiya i invazionnie bolezni selskoxo- zyaystvennix jivotnix, M., 1990; Akbaev M. Sh. i dr., Parazitologiya i invazion- Nie bolezni jivotnix, M., 2000. Jaloliddin Azimov, Erkinjon Sha- karboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Parazitizm (Yun. parasitos \u2014 tekinxo&#8217;r, hamtovoq, parazit va ismos \u2014 kasallik holati) \u2014 (biologiyada) oziklanish orqali bog&#8217;langan va o&#8217;zaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha bo&#8217;lgan orga- nizmlarning tarixiy shakllangan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parazitizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118036","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118036","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118036"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118046,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118036\/revisions\/118046"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}