{"id":118053,"date":"2024-05-09T11:04:25","date_gmt":"2024-05-09T08:04:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118053"},"modified":"2024-05-09T11:04:28","modified_gmt":"2024-05-09T08:04:28","slug":"publisistika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/publisistika-2\/","title":{"rendered":"Publisistika"},"content":{"rendered":"\n<p>Publisistika (lot. Publicus &#8212; ij-timoiy) \u2014 davrning ijtimo- iy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bag&#8217;ishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uyg&#8217;otish va uni shakllan-tirish, ma&#8217;lum maqsadga yo&#8217;naltirish, hujjatli faktma&#8217;lumot- lar asosida voqelik manzarasini yara- tishdan ibo-rat. Hoz. zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o&#8217;tmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmog&#8217;i ortgan sari publisistning, ya&#8217;ni ijod-korning voqelikka faol ara- lashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. P. fan, san&#8217;at, adabiyot asarlari tarkibiga to-bora ko&#8217;proq kirib bormoqda. Publisis- tik roman, pesa, kino asarlari pay-do bo&#8217;lmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi ma- qola va b. yirik asarlargina emas, bal- ki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. mavzu xususiyatlari Ji- hatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, ma&#8217;naviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targ&#8217;ibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy ko&#8217;rinishlarga ega. P. janr jihatidan voqeiy-informasion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publisistik (ocherk, feleton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga bo&#8217;linadi. P. hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, ya&#8217;ni ij-timoiy- publisistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. il-miy-nazariy xususiyatlarga ega bo&#8217;lishi, u yoki bu fan masalalarini publisistik maqola tar- zida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning o&#8217;zaro biri- kuvidan iborat. P. janrida obraz o&#8217;ziga xos me&#8217;yorda qo&#8217;llanadi. Publisist shax- siyati shoir shaxsiyati singari o&#8217;zining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari b-n na- moyon bo&#8217;ladi. O&#8217;rta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari &#171;Qobusnoma&#187; (P-a.)da yaqqol ko&#8217;zga tash- lanadi. Navoiyning &#171;Majolis un-nafo- is&#187;, &#171;Munshaot&#187;, &#171;Mahbub ul-qulub&#187; asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jo- miy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va b. xaqidagi adabiy por- tretlarini publisistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlari- ni chuqur tadqiq etish uni o&#8217;zbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publisistik xususiyat o&#8217;zbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. O&#8217;zbekistonda ijtimo- iy hayotga doir dastlabki publisistik maqolalar &#171;Turkiston viloyatining ga- zeti&#187; sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uyg&#8217;onish (jadidchilik harakati) ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot o&#8217;sha davrdagi jami- yatning kamchilik va illatlarini ochiq- oshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi b-n ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar &#171;taraqqiy&#187; gaz.dan boshlab keng ko&#8217;lamda ko&#8217;rina boshlaydi. I. Obi- diy, M. Behbudiy, Fit-rat, Cho&#8217;lpon, u. Xo&#8217;jaev, A. Avloniy, H. Muin, M. AB- durashidxonov, S. AJ-ziy va b. hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub o&#8217;lka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-si- yosiy, fan va ta&#8217;lim, madaniyat va san&#8217;- at, milliy siyosat va b. masalalarga bag&#8217;ishlangan publisistik maqolalar &#171;Shuhrat&#187;, &#171;Xurshid&#187;, &#171;Osiyo&#187;, &#171;Sadoi Turkiston&#187;, &#171;Sadoi Farg&#8217;ona&#187;, &#171;Najot&#187;, &#171;Turon&#187;, &#171;Hurriyat&#187;, &#171;yurt&#187; kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xusu- san, beh-budiyning o&#8217;zi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan &#171;Samarqand&#187; gaz. hamda &#171;oyna&#187; jur. da chop qilingan maqolalari o&#8217;sha davr jamo-atchiligi tomonidan zo&#8217;r qiziqish b-n qarshilangan (&#171;sayohat xotiralari&#187;, &#171;Til masalasi&#187;, &#171;bizni kemirguvchi il- latlar&#187;, &#171;ehtiyoji millat&#187; va b.). 90-y.lardan so&#8217;ng o&#8217;zbek milliy jur- nalistikasida ham o&#8217;ziga xos o&#8217;zgarishlar kuzatildi. An&#8217;anaviy sharhlash jur- nalistikasi o&#8217;rniga yangiliklar jurna- listikasi paydo bo&#8217;ldi. Natijada Pu- blisistik janrlar axborot janrlariga ko&#8217;proq o&#8217;rin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga ko&#8217;tarildi. Ozod Sharofiddinov, O&#8217;tkir Hoshimov, Ibrohim G&#8217;afurov, Naim Karimov, Xurshid Do&#8217;stmuhammad, Erkin A&#8217;zam, Sultonmurod olim va b. o&#8217;zlarining dolzarb publisistik maqolalari bi- lan o&#8217;zbek P.siga munosib hissa qo&#8217;shib kelmoqdalar. P.ning yozma va og&#8217;zaki shakllari- dan tashqari grafik-tasvir (plakat, ka- rikatura va b.), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (AGIT- brigada va b.) shakllari ham bor. Ad.: Gazetnie janri, M., 1971; Tog&#8217;aev O., Publisistika janrlari, T., 1976; Zo- hidov V. Y., Tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1976-78. Norali Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Publisistika (lot. Publicus &#8212; ij-timoiy) \u2014 davrning ijtimo- iy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bag&#8217;ishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uyg&#8217;otish va uni shakllan-tirish, ma&#8217;lum maqsadga yo&#8217;naltirish, hujjatli faktma&#8217;lumot- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/publisistika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118053","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118053","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118053"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118053\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118053\/revisions\/118054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118053"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118053"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118053"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}