{"id":118089,"date":"2024-05-09T11:14:47","date_gmt":"2024-05-09T08:14:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118089"},"modified":"2024-05-09T11:14:51","modified_gmt":"2024-05-09T08:14:51","slug":"polsha-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polsha-2\/","title":{"rendered":"Polsha"},"content":{"rendered":"\n<p>Polsha (Polska), Polsha Respu- blikasi (Rzeczpospolita Polska) \u2014 Mar- kaziy Evropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. Kishi (2002). Poytaxti \u2014 Varshava sh. Ma&#8217;mu- riy jihatdan 16 voevoda (wojewodztwo) ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. P. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1997 y. 25 mayda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1995 y.dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomoni- dan umumiy teng va to&#8217;g&#8217;ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata \u2014 Seym va yuqori palata \u2014 Senat), ijrochi hokimiyatni prezident va vazir- lar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. P. Visla va Odra daryolari havzasida, shim.da Boltiq dengizi va Jan.da Karpat va Sudet tog&#8217;lari orali- g&#8217;ida joylashgan. Hududining 90% dan ko&#8217;prog&#8217;i tekislik va paettekislik, Jan.da tog&#8217;liklar bor. Dengiz bo&#8217;ylari past, qumloq. Qazilma boyliklari \u2014 toshko&#8217;mir, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, ol- tingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi mo&#187;tadil, okean iqlimi b-n kontinental iqlim o&#8217;rta-sida. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014g dan \u2014 6\u00b0 gacha, iyulni- ki 10-19\u00b0. Yillik yog&#8217;in 500-1800 mm. Yomg&#8217;ir va qordan suv oladigan Odra, Vis- la, bug, Notes va var-ta daryolarida kema katnaydi. P.da 9000 dan ortiq ko&#8217;l bor. Eng kattalari: Snyar-DVI (113,8 km2), Mamri (104 km2). P. hududining yarmidan ko&#8217;prog&#8217;i hay- daladigan erlar, 28% o&#8217;rmon. Aksariyat joylarda igna bargli, g&#8217;arbi va Jan. da keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shim. va sharqida yaxlit o&#8217;rmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va b.) saqlangan. Shim. va shim,-sharkda katta maydonlar vereekzor va torfli erlar b-n band. Tekisliklarda aksa- ri chimli-podzolli tuproqlar, Sharq va shim.-Sharqda botqoqli tuproqlar, tog&#8217; oldi va tog&#8217;etaklarida qo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;rmon va qora tuproklar, tog&#8217;larda esa, tog&#8217;qo&#8217;ng&#8217;ir, Daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. O&#8217;rmonlarda bo&#8217;ri, silov- sin, tulki, bo&#8217;rsiq, ayiq; tuyoqlilardan to&#8217;ng&#8217;iz, Los, bug&#8217;u yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, tog&#8217;larda burgut uchraydi. Dengiz, ko&#8217;l va daryolarda baliq ko&#8217;p. P.da Tatra, Penin va b. milliy bog&#8217;lar bor. Aholisining 98,5% polyaklar; Ukra- inlar, beloruslar, slovaklar ham yashay- Di. Rasmiy til \u2014 polyak tili. Dindor- larning ko&#8217;pchiligi \u2014 katoliklar. Shahar aholisi -62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vroslav, Po- znan, Gdansk va b. Tarixi. P. hududida paleolit davri- dayoq odamlar yashagan. Mil. AV. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillikning 1yar- mida P. hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir bo&#8217;ldi. 8-9- a.larda qabila knyazliklari vujudga kel- Di. 10-a.da Odra, Visla va bug daryolari oralig&#8217;ida yashovchi polyan (Polsha, polya- klar nomi shundan kelib chiqqan), Mazov- Shan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona P. davlati tashkil topdi. Biroq, 12-a.ga ke- lib P. davlati yana knyazliklarga bo&#8217;linib ketdi. 13-a. oxirida Knyaz Pshemisl II rah-barligida P. erlarini birlashti- rish uchun kurash boshlandi. 14-15-a. larda yagona P. davlati paydo bo&#8217;ldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shak- llandi. 15-a.ning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo un-ti (1364 y.da asos solingan) polyak fani markaziga aylandi. 16-a.ning 2yarmidan P. davlati Ukra- in, Belorus va rus erlarini bosib ola boshladi. P. b-n Litvaning birlashu- VI natijasida Rech Pospolita paydo bo&#8217;ldi. 1609-12 y.larda P. Rossiyaga hujum qildi. Bir necha asr mobayni- da P. Evropadagi eng qudratli davlat- lardan biri bo&#8217;lib turdi. Ammo og&#8217;ir urushlar sababli mamlakat inqirozga uch- rab, uch marta (1772, 1793, 1795 y.larda) Prussiya, Avstriya, Rossiya o&#8217;rtasida bo&#8217;linib ketdi, P. davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807 y. Napoleon I qo&#8217;shinlari Prussiyani engib, Fran- tsiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814-15 y.larda Vena Kongressida P. yana bo&#8217;lindi. Varshava gersogligining katta qismi P. qirolligiga aylantiri- lib, Rossiyaga topshirildi. Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va dengiz bo&#8217;yini o&#8217;zida saklab qoldi. Avstriya (1867 y.dan Avstro-Vengriya)ga Gali- tsiya berildi. Krakov Respublikasi tu- zildi. Polyak xalqi ozodlik uchun ti- nimsiz kurashdi (1794 y. T. Kostyushko boshchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olon, shuningdek, 1830-31, 1846, 1848, 1863-64 ylardagi qo&#8217;zg&#8217;olonlar). 19-a. oxiri \u201420-a. boshla &#8212; rida P.da sanoat birmuncha rivojlandi, t.y. qurildi. Ozodlik xarakati yanada kuchaydi. 1-jahon urushida P.ga anchagi- na zarar etdi. Bosqinchi qo&#8217;shinlar olib chiqib ketilgach, P.ni bo&#8217;lish to&#8217;g&#8217;risidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918 y. noyab.da Polsha Respublikasi musta- qilligi e&#8217;lon qilindi. 1920 y. apr.da Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921 y. shartnomasiga binoan, G&#8217;arbiy Ukra- ina b-n G&#8217;arbiy Belorussiya P.gao&#8217;tdi va 1939 y.da bu erlar yana SSSRga Kay-tarib olindi. 1939 y. 1 sent.da Germaniya P.ga hujum qilib, 2-jahon urushini boshla- Di. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq ku- rash olib bordi. 1945 y. mayda barcha po- Lyak erlari ozod qilindi. 1952 y.dan 1989 i.gacha mamlakat P. Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-y.lar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik ro&#8217;y berdi. 1981 y.dek. da xdrbiy holat joriy etildi. 1989 y.da &#171;birdamlik&#187; kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi P. Respublikasi deb atala boshladi. 1997 y. 25 mayda o&#8217;tkazilgan referendumda mamlakatning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. P. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. 1991 y. dek.da O&#8217;zR suverenitetini tan olgan va 1992 y. martda diplomatiya mu- nosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayram- lari -3 may \u2014 1791 y.gi Konstitusiya kuni va 11 noyab. \u2014 Mustaqillik kuni (1918). Asosiy siyosiy partiyalari, birlash- malari va kasaba uyushmalari. Demokrat k partiya, 1939 y. asos solingan; kon- servativ xalq partiyasi, 1997 y. tuzil- gan; mustaqil P. konfederasiyasi par- tiyasi, 1979 y. tashkil etilgan; polyak dehqonlari partiyasi, 1990 y. asos solin- gan; polyak xristian demok-ratlari keli- shuvi partiyasi, 1999 y. tuzilgan; oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990 y. tashkil etilgan; mehnat Ittifoqi par- tiyasi, 1992 y. asos solingan; P.ni ti- klash haraka-ti, 1995 y. tuzilgan; De- mokratik so&#8217;l kuchlar Ittifoqi, 1991 y. saylovoldi birlashmasi sifatida tash- kil etilgan; Ozodlik Ittifoqi tashki- loti, 1994 y.da tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984 y. asos solingan; yakkahol dehqonlarning &#171;Birdamlik&#187; kasaba uyushmasi, 1981 y. tuzilgan; &#171;birdamlik&#187; kasaba uyushmasi, 1980 y. tashkil etilgan; &#171;birdamlik-80&#187; kasaba uyushmasi, 1990 y. &#171;Birdamlik&#187; kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va o&#8217;zini 1980-81 y.lardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi. Xo&#8217;jaligi. P. \u2014 industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 5,1%, qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligining ulushi 26,6%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasining ulushi 68,3%. Sanoati. P. toshko&#8217;mir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, po&#8217;lat eritishda Evropada oldingi o&#8217;rinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilg&#8217;i- energetika balansining asosini tash- kil etadi. Toshko&#8217;mir Yuqori Sile- ziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, aso- san, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga o&#8217;rtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr ener- giya hosil qilinadi. Mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin-rux rudalari, ozroq mikdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan ko&#8217;prog&#8217;i chet ellar- dan sotib olinadi. Neftni qayta ish- lash sanoatining asosiy markazlari \u2014 Plosk va Gdansk. Chetdan keltiri- ladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya z-dlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya k-ti va mashhur &#171;Katovise&#187; k-ti) yuqori Sileziya aglomerasiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnisa), qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux (Katovise, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (konin) z-dlari bor. Sa- noatning asosiy tarmoqlari bo&#8217;lmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchesin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svid- Vin), vagon va lokomotivsozlik (Svid- Nisa, Zelena Gura, Vroslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovise, Elch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya z-dlari uchun tex- nologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yog&#8217;ochsozlik, bino-korlik ma- teriallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, ko&#8217;tarma-trans-port vositalari, ro&#8217;zg&#8217;or mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va b. ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral o&#8217;g&#8217;it, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk i.ch. korxonalari bor. Asosiy markazlari \u2014 Tarnuv, OS- ventsim, Plosk, Bidgoshch. Farmasevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, tsement, shisha, chinni- fayans, yog&#8217;ochsozlik, tsellyuloza-qogoz, ko&#8217;n-poyabzal, tikuvchilik sanoati mav- jud. To&#8217;qimachilik (ip, zig&#8217;ir, jun gazla- ma, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, go&#8217;sht, yog&#8217;, baliq, tamaki) sano- at tarmoklari rivojlangan. O&#8217;rmonlarda yog&#8217;och tayyorlanadi. Kishloq xo&#8217;jaligi. Mamlakat maydo- nining 61% q.x.ga yarokli erlar. May- da xususiy dehqonchilik xo&#8217;jaliklari ustun. Davlat xo&#8217;jaliklari, shir-katlar va q.x. to&#8217;garaklari ham bor. Eng muhim q.x. ekinlari: javdar, bug&#8217;doy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va b. Sabza- vot, tamaki, em-xashak, re-zavor mevalar ham etishtiriladi. Chorvachilik salmog&#8217;i katta. Koramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, ot, parranda boqiladi. Transport ning asosini temir yo&#8217;llar tashkil etadi. T.y. uzunligi \u2014 24 ming km, avtomobil yo&#8217;llari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Aso- siy dengiz portlari \u2014 Gdansk, Gdinya, Shchesin. Dengiz savdo flotining ton- Naji \u2014 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti \u2014 Okentse (Varshava yaqinida). Tashqi iqtisodiy aloqala-r i . P. chet ellarga mashinalar, sanoat asbob- uskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng iste&#8217;mol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va b. chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilg&#8217;i, don, q.x. mahsulotlari va b. ola- Di. Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Ros- siya, AQSh b-n savdo qiladi. Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli kasalxonalar b-n bir qatorda xususiy shifoxonalar xam aholiga tibbiy xizmat ko&#8217;rsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiya- sida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinisa, Polyanisa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane. Maorifi, madaniyma&#8217;rifiy va il- miy muassasalari. Maorifi 15 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun majburiy, barcha pog&#8217;onalari davlat ta&#8217;minotida. Hunar- texnika maktabi boshlang&#8217;ich (1\u2014 3-sin- Flar) va muntazam (4-10-sinflar) ta&#8217;- limni o&#8217;z ichiga oladi. Ixtisoslashgan liseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmog&#8217;i kengaymoqda. P. da 130 oliy o&#8217;quv yurti faoliyat ko&#8217;rsatadi. Evropa- dagi eng qad. un-tlardan biri Krakov un-ti (1364), shuningdek, Varshava un-ti (1816), politexnika in-tlari, oliy q.x., iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi. Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha FA b-n birga fan vazirligi muvofiklashtirib boradi. I.t.lar fan- lar akademiyasining ilmiy-tadqiqot in-tlarida, oliy o&#8217;quv yurtlarida, ido- raviy ilmiy muassasalarda olib bori- ladi. P.da Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varshavada) va Xalq-aro&#8217; kuchli magnit maydonlari va past t-ralarlab. (Vroslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxona- lari: Krakov un-ti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava un-ti ku-tubxonasi (1817), Po- znan un-ti ku-tubxonasi (1902), shuning- dek, P. fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Miskevich muzeylari. Matbuoti, radioeshittirishi va tele- ko&#8217;rsatuvi. P. poytaxti va voevodalarida ko&#8217;pgina gaz. va jur.lar nashr etiladi. Eng muhimlari: &#171;gazeta viborcha&#187; (&#171;say- lovchilar gazetasi&#187;, kundalik mu-staqil gaz., 1989 y.dan), &#171;tribuna&#187; (&#171;minbar&#187;, kundalik gaz., 1948 y. &#171;Tribuna lyudu&#187; nomi b-n asos solingan, 1990 y.dan xoz. nomda chiqadi), &#171;gazeta Krakovska&#187; (&#171;kra- kov gazetasi&#187;, kundalik gaz., 1949 y.dan), &#171;Gazeta Lyubuska&#187; (&#171;Lyubuska gazetasi&#187;, kundalik gaz., 1952 y.dan) &#171;gazeta samo- jondova&#187; (&#171;o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish&#187;, kun- dalik gaz., 1990 y.dan), &#171;Gromadarolnik polski&#187; (&#171;polyak deqqoni minbari&#187;, haftasiga 3 marta chikadigan gaz., 1947 y.dan), &#171;Ednost&#187; (&#171;birlik&#187; haftanoma, 1989 y.dan), &#171;Jiche Varshavi&#187; (&#171;Varshava hayoti&#187;, kundalik gaz., 1944 y.dan), &#171;Rech Pospolita&#187; (&#171;Respublika&#187;, kundalik gaz., 1981 y.dan), &#171;Jiche gospo-darche&#187; (&#171;Iqtisodiy hayot&#187;, haftalik iqtisodiy jur., 1945 y.dan), &#171;Nova respublika&#187; (&#171;Yangi respublika&#187;, oylikjur., 1987 y.dan). P. matbuot agentligi, davlat Maxkamasi, 1918 y. tuzilgan; P. axborot agentligi, aktsiyadorlik korxonasi, 1991 y. tashkil etilgan. P. radio va televide- Nie qo&#8217;mitasi davlat Mahkamasi bo&#8217;lib, 1944 y. tuzilgan, ra-dioeshittirish va teleko&#8217;rsatuvlarga rahbarlik qiladi. Teleko&#8217;rsatuvlar 1952 y.dan olib bori- ladi. Adabiyoti. P. adabiyoti 10-a.dalotin tilida vujudga keldi. 16-a.gacha unda Di- niy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yil- noma va voqeiy hikoyalar ustun bo&#8217;lgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi (&#171;Bibi Maryam&#187; qo&#8217;shig&#8217;i, 13-a.). 15-a.da dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi (&#171;yalqov dehqonlar hajvi&#187;). 15-a. oxiri \u2014 16-a. boshlari- da Uyg&#8217;onish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimono-VICh, S Klyono- VICh asarlari adolat va vatanparvarlik g&#8217;oyalarini tarannum etdi. 16-17-a.larda hajviy Doston va qissalar, nasihatomuz ko&#8217;shiq va dramalar, qisqa hazil she&#8217;rlar (&#171;frashka&#187;lar) mashhur bo&#8217;ldi. Ma&#8217;ri- fatparvarlik davri (18-a. o&#8217;rtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilg&#8217;or ijtimoiy-falsafiy g&#8217;oyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jur.lar nashr etila boshladi. 19-a. boshlarida A. Miske- VICh milliy-ozodlik kurashi ta&#8217;sirida inqilobiy romantizmga asos soldi, de- mokratik P. haqidagi orzularini Kuyla- Di. 1863 y.dan keyin adabiyotda realism yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-&#8216; nis- Kaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-a. oxiri \u201420-a. boshlarida realizm b-n bir katorda modernistik okimlar hukmron bo&#8217;ldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari o&#8217;rtasidagi davr ada- bietida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupasiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sosiali-stik realizm degan soxta adabiy qoliplar zo&#8217;rlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabietida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi. Polyak yozuvchilarining ayrim asarla- ri, jumladan, A. Miskevich, Yu. Tuvim she&#8217;rlari, V. Vasilevskaya romanlari uz- bek tilida nashr etilgan. Me&#8217;morligi. Mil. AV. 4-3-a.lar- ga oid Biskupin jamoa manzilgoxla- rida yogochdan yasalgan inshootlar P. qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh me&#8217;morligi rivojlandi (Krakov- ning Vavel tepaligidagi Bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-a.ning 2yarmi). 11 -a. ning 2yarmidan roman uslubida haykallar b-n bezatilgan mahobatli bi- nolar qurildi (Krakov va tumadagi AV- liyo Anjey kostyollari, 1090, 1141-61 y.lar; Vroslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-a. vab.). 13-15-a.larda go- tika tarqaldi, shaharlar qad ko&#8217;tardi, ularning markazlarida me&#8217;moriy maj- mualar (bozor maydonlari) vujudga kel- Di, yangi turdagi imoratlar (minorali ratushalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va sh. k. paydo bo&#8217;ldi. Ular orasida Torundagi ratusha (13-17-a. lar) va avliyo Yan kostyoli, Vroslavdagi ratusha (13-a. 2yarmi \u201416-a. boshlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13-18-a.lar), Gdanskdagi &#171;Artus hovlisi&#187; (14-a.) va b.larni ko&#8217;rsatish mumkin. Uyg&#8217;onish davrida ravoklar b-n o&#8217;ralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratil-Di (kra- kovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-a. oxiri- dan 18-a. 1yarmigachaP. me&#8217;morligida ba- Rokko US-lubi ustun bo&#8217;ldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varshavadagi VI- lyanuv qirol chorbog&#8217;i va b.). Xalq yog&#8217;och me&#8217;morligi rivojlandi. 18-a. 2yarmidan klassisizm urf bo&#8217;ldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshava- dagi Belveder saroyi, 1818-22, me&#8217;- mor ya. Kubiskiy; Lazenka saroylar maj- muasi, 1784-95, me&#8217;mor D. Merlini, Ya. Kamzetser va b.; Katta teatr, 1820-32, me&#8217;mor A. Korassi, X. P. Aygner). 19- a. 2yarmidan eklektizm, keyinroq kon- struktivizm ustunlik qildi, 2-jahon urushi yillarida (1939-45) fashistlar P.ning shahar va qishloqlarini vayron etib, ko&#8217;pgina me&#8217;moriy yodgorliklarini g&#8217;orat qil-dilar. Urushdan keyin ular- ni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida ko&#8217;p ish qilindi. &#171;Kra- koviya&#187; mehmonxonasi, Varshavadagi &#171;o&#8217;n yillik&#187; stadioni, &#171;Supersam&#187; savdo Mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi &#171;Univermag&#187;, &#171;Merkuriy&#187; mehmonxo- nasi shu jumlaga kiradi. Tasviriy san&#8217;ati. P. hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor so- Pol idishlar yasagan. Jez va temir dav- rlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki g&#8217;il- dirakli aravalar ishlangan. 11 \u2014 13-a. larda roman uslubi hukmron bo&#8217;ldi (Gneznodagi Bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxm. 1170 y., Stshel- nodagi kostyolning o&#8217;ymakor ravokdari, 12-a., Tumadagi kostyol naqshlari, taxm. 1161 y., &#171;Emmeran ko-deksi&#187; miniatyura- lari, 1099 y. va b.). 13-a. oxiridan 15-a. boshlarigacha san&#8217;atda gotika urf bo&#8217;ldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagel- lo daxmasi, 1421 y., &#171;Gnezno Bibliyasi&#187; miniatyuralari, 1414 y.). 15-a. oxiri \u2014 16-a.da polyak Uyg&#8217;onish davri san&#8217;ati shakllana boshladi, 16-a. oxiridan 18-a. o&#8217;rtalarigacha barokko yoyildi. 18-a. 2yarmi \u2014 19-a. boshlari P. san&#8217;ati ma&#8217;rifat- parvarlik ruhi b-n sug&#8217;orilgan edi. Gar- chi ayrim mo&#8217;yqalam ustalari (M. Bachcha- relli) saroybop rasmlarni klassisizm uslubida yaratsalar ham, ko&#8217;pchilik ras- somlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kura- shini ifodalashga (A. Grotger) intil- dilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-a.da A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yo&#8217;nalish yuqori pog&#8217;onaga ko&#8217;tarildi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida L. VI- chulkovskiy, ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyan- skiy, ya. Malchevskiy asarlari Simvo- lizm ru-hida yaratildi. 1918 y.dan keyin polyak san&#8217;ati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar G&#8217;arbiy Evropa mada- niyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga in-tildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy o&#8217;z faoliyatini shu davr- da boshladi. 2-jahon urushidan key- in tasviriy san&#8217;atda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Kraevskaya va yu. Kraevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Po- plavskiy, grafiklardan T. Kulise-VICh, T. Trepkovskiy va b. mashhur bo&#8217;ldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj top- Di. Amaliy bezak san&#8217;atining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badi- iy hunarmandchilik avj olgan. Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati b-n umumiylik ko&#8217;p. 20-a.gacha saqlangan xalq cholg&#8217;u asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar jo&#8217;rligida marosim qo&#8217;shiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan. Skripka, mazanka kabi torli, ligav- ka, bazun kabi puflab chalinadigan so- zlar keng tarqalgan. 9-10-a.dan Kato- lisizm tarqalishi b-n birga grigo-Rian xoralk keng o&#8217;rin tutadi. 11 \u2014 12-a.larda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ularning talaba- lari cherkov musiqasini turli joy- lardagi xalqmusiqasi b-n boyitdilar. 12-a.dan dunyoviy professional musiqa (jumladan, risarlar qo&#8217;shiqchiligi) ri- voj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. 16-a.dan un-tlarda musiqa naza- riyasi o&#8217;rgatila boshladi. 16-17-a.larda etishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni G&#8217;arbiy Evropa raqs va musiqa janrlari b-n uyg&#8217;unlashti-ruvchi asar- lar yarata boshladi. 1765 y. Varshavada ochilgan &#171;Xalq teatri&#187;da milliy opera- lar sahnalashtirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. El- sner va b. milliy musiqa rivojiga katta hissa qo&#8217;shdilar. 19-a.da bukj kompozi- torlar F. Shopen, S. Monyushko, virtuoz- skripkachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga ko&#8217;tarishdi. 1901 y.da Varshava milliy filarmo-niyasi ochiddi. 20-a. musiqa madaniyatiga K. Shimanovskiy, V. Lyu- toslavskiy, K. Pendereskiy kabi kom- pozitorlar katta hissa qo&#8217;shdilar. P.da 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bi- lim yurti bor. 1927 y.dan xalqaro Shopen nomidagi pianinochilar ganlovi, 1935 y.dan Venyavskiy nomidagi skripkachilar tanlovi hamda zamonaviy musiqa Festi- Vali va b. o&#8217;tkaziladi. Teatri. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va o&#8217;yinlarida teatr san&#8217;ati nishonalari bo&#8217;lgan. 13\u2014 16-a. larda turg&#8217;un va sayyor xalq tomo-SHAXONA- lari qurilgan, diniy dramalar rivoj- langan. 13-a.ning 2yarmida ko&#8217;rsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim stsenariy- lari saqpangan. 1633 y. Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-a. oxirida ilg&#8217;or mil- liy teatr san&#8217;ati uchun ku-rashga rej., artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy bosh- chilik qildi. 19-a. 60-y.lari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g etakch i teatri ga aylandi .1913 y. Varshavada &#171;Polyak teatri&#187; tashkil topdi. 20-30- y.larda L. Shiller Varshava, Lvov va b. shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlar- ni uyg&#8217;unlashtirishga harakat qildi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng teatr hayoti ti- klandi, yangi teatrlar barpo etildi. P.da 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining Markazidir (&#171;Xalq teatri&#187;, &#171;polyak teatri&#187;, &#171;za- monaviy&#187;, &#171;umumiy&#187; teatrlari), kra-. kov, Lodz, Lyublin va b. shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. P.da tsirk san&#8217;ati rivojlangan. Kinosi. Alohida badiiy filmlar 1908 y.da chiqarila boshlagan. Dastlab- ki filmlardan biri \u2014 &#171;Antek var- shavaga ilk bor qadam ranjida qildi&#187; hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni o&#8217;ynagan. 1909\u2014 10 y.larda kinofirmalar tashkil etil- Di. Ularning eng nufuzlisi &#171;Sfinks&#187; kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914 y. 14 film suratga olin- Di. 1910-18 y.larda milliy adabiyot asarlari: &#171;gunoh tarixi&#187; (rej. A. Ben- darchik), &#171;Qiyomat qoyim&#187; (rej. S. Knake- Zavadzkiy), &#171;Meir Ezo-fovich&#187; (rej. Yu. Ostoya-Sulniskiy) ekranlashtirildi. &#171;Start&#187; kino uyushmasi (1930) va &#171;kino- mualliflar ko-operativi&#187; (1937) kino san&#8217;ati rivo-jida muhim rol o&#8217;ynadi. 2-jahon urushidan keyin &#171;film Pol- skiy&#187; davlat studiyasi tashkil etildi. &#171;Avlod&#187;, &#171;kul va olmos&#187; (rej. A. Vay- da). &#171;Xayrlashuv&#187; (rej. V. Xae) fil- mlarida urush oqibatlari tasvirlandi. &#171;Yo&#8217;lovchi ayol&#187; (rej. A. Munk), &#171;Jang- dan keyingi man-Zara&#187; (rej. A. Vayda), &#171;sehrli stolchalar&#187; (rej. Ya. Maevskiy), &#171;Er hidi&#187; (rej. D. Yovanovich) filmla- ri polyak ki-nematografiyasida salmokli o&#8217;rin oldi. Hujjatli va multiplikasiya kinosi sohasida ham ko&#8217;pgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, VROS- lavda kinostudiyalar, Krakovda mult- filmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televidenie maktabining rej.lik, aktyorlik, operatorlik, televi- Denie f-tlari, ayrim oliy o&#8217;quv yurtla- rining maxsus bo&#8217;limlari kino xodimla- ri tayyorlaydi. O&#8217;zbekiston \u2014 P. munosabatlari. Ikki xalq o&#8217;rtasidagi aloqalar ko&#8217;p yillik tarixga ega. Xususan, 1863-64 y.larda chor Rossiyasiga karshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan polyaklar O&#8217;rta Osiyoga sur-gun qilingan edi. Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qo&#8217;qon va b. shaharlarda yashab, mehnat qildilar. 1895 y. Toshkent- da polyak bolalari uchun maktab va ku- tubxona ochildi, yana 2 yildan keyin po- lyaklar jamoatchilik madaniyat markazi tashkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boshladm. Ikkinchi jahon urushi davrida Polshani nemis-fashist qo&#8217;shinlaridan ozod qilish uchun bo&#8217;lgan janglar- da o&#8217;zbek generali S. Rahimov Dantsig (Gdansk) yaqinida halok bo&#8217;ldi. Shu urush oqibatida va ommaviy qatag&#8217;onlar sabab- li polyaklarning mintaqamizga ikkinchi ko&#8217;chishi sodir bo&#8217;ldi. O&#8217;tgan yillarda polyak va uzbek xalklari vakillari inoq yashab keldilar, quvonchli va qay-g&#8217;uli kunlarda elkadosh bo&#8217;ldilar. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, polyaklarning &#171;Svetlisa Polska&#187; mada-niyat marka- zi jamoatchilik uyushmasi maqomini oldi, O&#8217;zbekistondagi 3 mingga yaqin polyak aholisiga o&#8217;z milliy an&#8217;analari va madaniyatini rivojlantirish, ikki mamlakatning milliy va davlat bayram- larini ni-shonlash imkoni yaratildi. O&#8217;zbekistondagi polyaklar diasporasi, &#171;O&#8217;zbekiston \u2014 Polsha&#187; assosiasiyasi huzuridagi &#171;Poloniya&#187; sektsiyasi, &#171;svet- Lisa Polska&#187;ning Samarqand, Farg&#8217;ona, Buxoro va Toshkent sho&#187;balari faoli- yat yuritayotir. Turli tarixiy sanalar, polshalik mashhur madaniyat va san&#8217;- at arboblariga bag&#8217;ishlangan uchrashuv, kechalar, kontsertlar uyushtirilayotir. Buyuk kompozitor Frederik Shopenga bag&#8217;ishlab Toshkentda o&#8217;tkazilgan forte- Piano musiqa festivali, A. Miskevich va V. Reymont kabi mashhur yozuvchi va shoir- larning xotira kechalari o&#8217;tkazildi. O&#8217;zR b-n P. o&#8217;rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishishi bnoq yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. 1992 y. Varshavada ikki mamlakat o&#8217;rta-sida &#171;Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq to&#8217;g&#8217;risida&#187; shartnoma tuzildi. O&#8217;zR Pre- zidenti I. Karimovning 1995 va 2003 y.larda Polshaga va P. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 y. Uzbekistonga tashriflari o&#8217;zaro munosabatlarni yangi pog&#8217;onaga ko&#8217;tardi, turli sohalarda yangi shartnomalar imzolan-Di, o&#8217;zbek-polyak hukumatlararo komissiyasi ishlay bosh- ladi. 2001 y. iyun oyida Poznan sav- do yarmarkasida O&#8217;zbekistondan nufuzli delegasiya ishtirok etishi va unda mam- lakatimizning iqtisodiy salohiyati taqtsimoti o&#8217;tkazilishi o&#8217;zaro munosa- batlar rivo-jida muhim bosqich bo&#8217;ldi. O&#8217;zR Prezidenti I. Karimovning 2003 y. 10-12 iyul kunlari P.ga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa samarali bo&#8217;ldi. Tash- rif yakunida ikkita kredit bitimi, boj- xona ishida hamkorlik va o&#8217;zaro yordam, xalqaro avtomobil qatnovi to&#8217;g&#8217;risida bitimlar imzolandi. O&#8217;zbekiston mudo- FAA vazirligi b-n P. milliy mu-dofaa vazirligi o&#8217;rtasida harbiy-tex-nikaviy xamkorlik to&#8217;grisida deklarasiya, jaxrn iqtisodiyoti va diplomatiya un-ti b-n P. xalkaro munosabatlar in-ti o&#8217;rtasida qamkorlik memorandumi, &#171;O&#8217;zbekturizm&#187; milliy kompaniyasi b-n P. sayyoxlik kom- Pa-niyasi o&#8217;rtasida hamkorlik haqida bi- Tim, O&#8217;zR tashqi iqtisodiy faoliyat mil- liy banki b-n P.ning &#171;bank gosudarstva kraevego&#187; o&#8217;rtasida hamkorlik to&#8217;g&#8217;risida bitim imzolandi. Tashrif davomida o&#8217;zaro tovar aylanmasini yanada oshirish kerakligi ta&#8217;kidlandi. Jumladan, 2001 y. bu ko&#8217;rsatkich 31,4 mln. AQSh dolla- rini tashkil etdi. O&#8217;zR P.ga ip gazlama, kalava ip, paxta tolasi, ro&#8217;zg&#8217;or paxtasi, noorganik kimyo mahsulotlari, qayta ish- langan sabzavot, meva mahsulotlari, moy- li urug&#8217;lar yuboradi, turli xizmatlar ko&#8217;rsa-tadi. P. tomoni esa kand-shakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr an- jomlari, plastmassa buyumlar, sariyog&#8217; va o&#8217;simlik yog&#8217;i, qora metallar, poligra- fiya mahsulotlari, mebel, dori-darmon jo&#8217;natadi. &#171;O&#8217;zolmosoltin&#187; uyushmasi b-n P.ning &#171;Bumar&#187; tashki savdo kompa- niyasi o&#8217;rtasida hamkorlik rivojlanib borayotir. O&#8217;zR da P. 2 firmasining va- kolatxonasi ochilgan, polyak investor- lari ishtirokidagi 16 korxona faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Polsha (Polska), Polsha Respu- blikasi (Rzeczpospolita Polska) \u2014 Mar- kaziy Evropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. Kishi (2002). Poytaxti \u2014 Varshava sh. Ma&#8217;mu- riy jihatdan 16 voevoda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polsha-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118094,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118089\/revisions\/118094"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}