{"id":118106,"date":"2024-05-09T11:18:12","date_gmt":"2024-05-09T08:18:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118106"},"modified":"2024-05-09T11:18:15","modified_gmt":"2024-05-09T08:18:15","slug":"poykend-poykand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/poykend-poykand\/","title":{"rendered":"Poykend, Poykand"},"content":{"rendered":"\n<p>Poykend, Poykand \u2014 qad. Karvon yo&#8217;li ustida qad ko&#8217;targan shahar xaro- basi (mil. AV. 4-3\u2014mil. 11-a.lar). Bu- xorodan 44 km Jan.-g&#8217;arbda, Jondor va Qorako&#8217;l tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O&#8217;rta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari b-n tilga olinadi. Uning nomlari &#171;quyi shahar&#187; ma&#8217;nosini angla- tadi. P. tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk o&#8217;rta asr- larda &#171;shahristoni ro&#8217;in&#187;, ya&#8217;ni &#171;jez- dan qurilgan shah-riston&#187; (jez shahar) nomi b-n shuh-rat topgan. P. o&#8217;tmishda 4 qism: 1) darvoza- li Ark (mayd. 1 ga); 2) darvozali ichki Shahriston (mayd. 11 ga); 3) darvoza- li tashki Shaxriston (mayd. 6 ga); 4) Sharq, G&#8217;arb hamda Jan. tomonlarida qad ko&#8217;targan (mayd. 100 ga dan oshiqroq) ul- Kan ra-bodlardan iborat bo&#8217;lgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, 9-10- a.larda qad ko&#8217;targan koshinkor mehrobli jome maejidi, ichki va tashki shaxri- stonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-ko&#8217;ylari, ichki bozor, US-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joy- lashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxona- si)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning ko&#8217;rsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, ya&#8217;ni karvon- saroylar qad ko&#8217;targan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida xam P. na- Uslari ochiqbo&#8217;lgan. Otashparastlar o&#8217;z marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxo- ro sh.dan P. nauslariga eltib dafn etgan- lar. Ayrim ma&#8217;lumotlarning guvohlik be- rishicha, P. qad. Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo&#8217;lgan. Har bir pod-sho o&#8217;zi uchun bu shaharda o&#8217;rdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davri- da (5-a.ning 2yarmi va 6-a. boshlari) u poy- taxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo&#8217;lib, ular Xitoy va dengiz bo&#8217;yi mamlakatlari b-n savdo qilganlar va juda davlatmand bo&#8217;lgan. Shu boisdan Arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-faqihlar P.ni &#171;Madina at-tujjor&#187;, ya&#8217;ni &#171;savdogarlar shaxri&#187; nomi b-n ta&#8217;- rif etadilar. P. o&#8217;z tarixi jarayonida Buxoro voha-sining nafaqat yirik savdo Mar- kazlaridan biri sifatida, balki tut- gan geografik o&#8217;rni jihatidan G&#8217;arbiy Sug&#8217;dning siyosiy hayotida strategik to- mondan muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Vo- haning Jan.-g&#8217;arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan P. ilk o&#8217;rta asrlarda Buxoro viloyatining atro- Fi yagona mudofaa inshooti \u2014 Kan-pir devor b-n o&#8217;rab olingunga qadar u Jan.- G&#8217;arb, dasht hududlaridan mutta-sil so- dir bo&#8217;ladigan ko&#8217;chmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dush- man hujumlarining yo&#8217;lini to&#8217;sib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasi- ni o&#8217;tagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo&#8217;lib, za- monasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan. P. arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5\u2014 5 m) va baland devorlar halqasi b-n o&#8217;ralgan. Devor bo&#8217;ylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5\u201412,5 m ) 2 qavatli Burjlar o&#8217;rna- tilib, darvoza atrofi mudofaa insho- otlari (labirint) b-n mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oralig&#8217;i bo&#8217;ylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (Tirkash) o&#8217;rnatilgan. 674 y.da P. Arab xalifaligi lash- kar-boshisi Ubaydulloh ibn ziyod to- mo-nidan fath etiladi. 707 y.da esa P. xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qili-nadi. P.liklar qattiqturib ara- blarga qarshilik ko&#8217;rsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch b-n P.ni qo&#8217;lga kiri-ta olmagan arablar shahar devori OS-tidan lahim (tunnel) qazib ichkari- ga bostirib kiradilar. P. arablar kuli- ga o&#8217;tadi. P.liklar kattagina boj to&#8217;lab Qutayba b-n sulh tuzadilar. Biroq sha- harliklarning qo&#8217;zg&#8217;oloni oqibatida P. qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta mikdorda oltin va kumushdan yasal-gan but va jomlar b-n bir qatorda ko&#8217;plab qurolyarog&#8217;hamda harbiy an-jomlar o&#8217;lja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi b-n qurollanib oladilar. Tabariynyant yozi- shicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xat-to, eritil- gan oltinkumush anjomlar va butlar- ning tosh qolipidan 150 mingmisqol miqdorda yombi ajratib olingan. 9-a.ning oxirgi choragi va 10-a. mo- baynida P. va uning dehqonchilik vo- hasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi sav- do munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh P.lik fiqhshunos olimlar etishib chiqadi. Ammo Somoniylar hukmronligi barham topgach, 11-a.da P.ning sug&#8217;orish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar bo&#8217;shab, xarobaga ayla- nadi. 12-a.ning 1-choragida Arslonxon Mu-hammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida P. qayta tiklanib va uning atro- Fi qayta obodonlashtiriladi. Sha-har aholisi yana gavjumlashib, kurkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham sa- Roy quriladi. P.ning suv ta&#8217;minotini yaxshilash maqsadida qo-rako&#8217;l daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. P. suvsizlikdan 12-a.ning 2yarmida butunlay qurib yana vayro-naga aylanadi. P. shahri xarobalari arxeologik Ji- hatdan dastlab 1903 y.da R.Pampelli, 1913-14 y.larda L.A.Ziminlar to- monidan o&#8217;rganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuza- ga kelishi va rivojlanish tarixini o&#8217;rganish munosabati b-n o&#8217;tgan asrning 80-90 y.larida P. xarobalarida keng ko&#8217;lamda mut-tasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 y.da O&#8217;zbekiston FA Arxeologiya in-ti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qo&#8217;shma arxeologik ekspedisiya- si (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspedisiya a&#8217;zo- lari (g.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, Sh.Odilov va b.) ko&#8217;p yillarga reja- lashtirgan arxeologik qazishlarni to hoz. kunga qadar davom ettirmoqdalar . I.tlar va arxeologik qazishlar natija- sida P. yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi o&#8217;rganilib, rejalari chiz- malarga tushirildi. Unda qad. ko&#8217;targan ilk chegara istehkomi, so&#8217;ngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar b-n o&#8217;ralgan Ark, 4 tomonida bir nechta dar- vozalar (eni 3,5 m) o&#8217;rnatilgan va qator burjli devorlar qad ko&#8217;targan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn bo&#8217;ylab ko&#8217;plab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va mada- niy qatlamlarining qalinligi belgi- landi. P.ning qad. qismi \u2014 arkning OS-tida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4-4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar mil.AV. 4-3-a. lar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari mil. 3-4-a.lar va tashqi shah-ristonning quyi qatlami va to- pilmalari esa 4-5-a.lar b-n sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, P.da hayot mil. AV. 4-a.dan to mil. 11-a.gacha, ya&#8217;ni 1500 y. davomida kechgani ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Arkda qad. ibodatxona, jome mas- jid va podshoh saroyi xarobalari, ichki shahristonda dorixona (8-a.), bir qancha ulkan tandirlar o&#8217;rnatilgan shahar non- voyxonasi, tashqi shahristonda kulol- lik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-ko&#8217;ylari, 4 tomoni supali Mar- kazida sandali bor yotoqxo-na, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali mo&#187;jazgina bir qavatli hovli- joylarning xarobalari qazib ochildi. P.ning rabod qismida kulollik, shisha- sozlik va temirchilik US-taxonalari-yu xumdon va qo&#8217;ralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari b-n bir qatorda P.dan Buxoroga tomon yo&#8217;nalgan karvon yo&#8217;li (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi bo&#8217;ylab joylashgan 20 dan ortiq karvon- saroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. 8\u2014 10-a.larga mansub bunday mehmonxona va qo&#8217;noqxonalar murabaa (75x75m) shak- dda xomg&#8217;ishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira sha- klida Burjlar b-n mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga or- tilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3-5 m) o&#8217;rna-tilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni bo&#8217;ylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, O&#8217;chokli yoki tandirli ovqatxona, tashnob- li tahorat yoki g&#8217;uslxona va omborxona- lar joylashgan. Saroyning shim.-g&#8217;arbiy burchagida otashparastlarning otashkada- li ibo-datxonasi bino qilingan. Xona- larning tomi ravoqsimon shaklda yopi- lib, markaz qismida sopol quvurlardan mo&#8217;rkonlar o&#8217;rnatilgan. Arxeologik qazishlar jarayonida P. yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol ko&#8217;za va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarog&#8217;lar, shuningdek, turli sanalar- da zarb etilgan chaqa tan-galar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va AB-bosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Farg&#8217;ona, Axsikat va Isfijob zarb- xonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan g&#8217;az-naviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilma- larning kattagina qismi hoz. vaqtda P. yodgorligi yaqinida tashkil etilgan &#171;Ar- xeologiya mu-zeyi&#187; zallarida namoyish etilgan. Ad.: Abu Bakr Muhammad ibn Ja&#8217;- Far Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966, 1993; Muxammadjonov A. R., Odilov Sh. T., Mirzaxmedov J.K., Semenov G.L., Go- rodishe Paykend. K probleme izucheniya srednevekovogo goroda Sredney Azii, T., 1988; Raskopki v Paykende v 2001 godu, Sankt-Peterburg, 2002. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Poykend, Poykand \u2014 qad. Karvon yo&#8217;li ustida qad ko&#8217;targan shahar xaro- basi (mil. AV. 4-3\u2014mil. 11-a.lar). Bu- xorodan 44 km Jan.-g&#8217;arbda, Jondor va Qorako&#8217;l tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O&#8217;rta asr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/poykend-poykand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118106","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118106","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118106"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118106\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118110,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118106\/revisions\/118110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118106"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118106"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118106"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}