{"id":118108,"date":"2024-05-09T11:18:18","date_gmt":"2024-05-09T08:18:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118108"},"modified":"2024-05-09T11:18:21","modified_gmt":"2024-05-09T08:18:21","slug":"pnevmotoraks","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pnevmotoraks\/","title":{"rendered":"Pnevmotoraks"},"content":{"rendered":"\n<p>Pnevmotoraks (Yun. Pneuma \u2014 havo, nafas va thorax \u2014 ko&#8217;krak) \u2014 plevraning visseral (ichki) va parie- tal (tashqi) varaqlari oralig&#8217;iga havo to&#8217;planishi; patologik holat. P. bir to- monlama yoki ikki tomonlama, to&#8217;plangan havoning miqdoriga qarab qisman yoki to&#8217;liq (Total) bo&#8217;lishi mumkin, bunda o&#8217;pka qisman yoki to&#8217;liq puchayadi (kollaps holatiga keladi). Ochiq, yopiq va klapan- li P. ajratiladi. Agar nafas olganda havo plevra bo&#8217;shlig&#8217;iga erkin kirsa va nafas chiqarganda erkin chiqsa, ochiq P.; plevra bo&#8217;shlig&#8217;iga havo kirgan teshik berkilib qolsa va havo tashqariga chiqa olmasa, yo p i q P. de-yiladi. Nafas ol- ganda havo plevra bo&#8217;shlig&#8217;iga kirsa-yu, nafas chiqarganda biror sabab b-n chikma- sa plevra bushli-g&#8217;ida havo bosimi ortib boradi, bu klapanli yoki vintelli P. deb ataladi. Kelib chiqishiga ko&#8217;ra, travma- tik, operasion, spontan va sun&#8217;iy P. farqlanadi. Travmatik P. kukrak qafasi yoki o&#8217;pka to&#8217;qimasi shikastlani- shi natijasida, operasion P. ko&#8217;krak qafasi a&#8217;zolarida xirurgik muolajalar o&#8217;tkazilganda vujudga keladi. Spontan P. o&#8217;z-o&#8217;zidan, hech bir sa-babsiz ko&#8217;krak qafasi va o&#8217;pka to&#8217;qimalarida jarohatsiz plevra bo&#8217;shlig&#8217;ida havo to&#8217;planishi b-n kechadi. Lekin har bir holda ham o&#8217;pkada kam ifodalangan o&#8217;zgarishlar paydo bo&#8217;lishi isbotlangan. Spontan P. ko&#8217;proq20\u201440 yoshli erkaklarda, ayollar- ga nisbatan ko&#8217;proq uchraydi. Ko&#8217;pincha spontan P. o&#8217;tkir yoki o&#8217;rtacha o&#8217;tkir tarz- da kechadi. To&#8217;liq sog&#8217;lom vaktida fizik zo&#8217;riqish ta&#8217;sirida, yo&#8217;tal xurujidan keyin to&#8217;satdan ko&#8217;krak qafasida kuch- li og&#8217;riq, hansirash, quruq yo&#8217;tal, yurak urishi, ba&#8217;zan tsianoz paydo bo&#8217;ladi. Klapanli P. kasallikning eng ogir shak- li bo&#8217;lib, unda nafas va yurak faoliyati buzila-Di; nafas etishmasligi, og&#8217;riq va tsianoz ro&#8217;yrost ifodalanadi. Bemor tal- vasa holatiga tushadi, nafas olish tez va yuzaki bo&#8217;ladi. P. diagnozi ko&#8217;krak qafasini fizi- kal tekshirish, plevrani punktsiya qilish va rentgenoskopiya tahlillariga ko&#8217;ra aniqlanadi. Bemor, asosan, kasalxonada davolanadi. Konservativ davo naf ber- masa, xirurgik usul qo&#8217;llanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pnevmotoraks (Yun. Pneuma \u2014 havo, nafas va thorax \u2014 ko&#8217;krak) \u2014 plevraning visseral (ichki) va parie- tal (tashqi) varaqlari oralig&#8217;iga havo to&#8217;planishi; patologik holat. P. bir to- monlama yoki ikki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pnevmotoraks\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118108","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118108","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118108"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118108\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118113,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118108\/revisions\/118113"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118108"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118108"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118108"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}