{"id":118164,"date":"2024-05-09T11:33:20","date_gmt":"2024-05-09T08:33:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118164"},"modified":"2024-05-09T11:33:23","modified_gmt":"2024-05-09T08:33:23","slug":"perm-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/perm-sistemasi\/","title":{"rendered":"PERM SISTEMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>PERM SISTEMASI (DAVRI), Perm \u2014 paleozoy eratemasi (erasi)ning so&#8217;nggi (oltinchi) davri. P.D. bundan 286 mln. yil avval boshlanib, 38 mln. yil da- vom etgan. Ingliz geologi R.I.Murchison 1841 y.da ajratgan. P.s. quyi va yuqori bo&#8217;lim hamda yaruslarga bo&#8217;linadi (q. Geo- xronologiya). P.s.da tektonik harakatlar juda kuchli bo&#8217;lgan: gersin tektonik bur- malanish tsikli davom etib nihoyasiga etgan. Bu harakatlar Ural, Tyanshan, G&#8217;arbiy Evropa (Gersin), Shim. Amerika (Appalachi) geosinklinal zonalarida avj olib, tog&#8217;tizmalari paydo qilgan. P.s.ning 2yar-mida bepoyon platforma ob- lastlarida dengizlar chekinib, ularning o&#8217;rnida quruklik vujudga kelgan. Perm regres-siyasi natijasida P.D. boshlari-da mavjud bo&#8217;lgan poyonsiz dengizlar ko&#8217;l, havzalarga aylangan. P.D. oxirlarida plat-formalar quruklikka aylangan, ay- Rim joylar (mas, Tetis, yuqori yana)da dengizlar saqlanib qolgan. P.D.da iqlim keskin zonal bo&#8217;lib, tobora quruklasha borgan. Tetis dengizi atrofida nam tropik ikdim mintaqasi ajrala bosh- lagan. Uning shim.dagi issiq va quruq iqlim mintaqasida tuzli va qizil rang- li yotqiziklar keng rivojlangan. Yana- da shim.Rokdagi ancha nam min-taqada ko&#8217;plab ko&#8217;mir to&#8217;plangan. Jan. mo&#187;tadil mintaqada Gondvana ko&#8217;mir qatlamlari paydo bo&#8217;lgan. P.D. boshlarida Jan. yarim sharda materikni muz bosgan. P.D. oxirlarida iqlim soviy boshlagan, unga mansub kontinental yotqiziklarda kdzil rangli chaqiq jinslar ko&#8217;p. Shuning- dek, kulrang chaqiq jinslar va ko&#8217;mir qatlamlari mavjud. Kuyi Permda Jan. materiklarda muz yotqiziklari (tallit- lar) hosil bo&#8217;lgan. P.s. uchun tuzli Laguna formasiyalari xos, epikontinental den- giz yotqi-ziklari karbonat formasiyalar \u2014 turli ohaktoshlar, jumladan, rifogen ohak-toshlardan iborat. Geosinklinal dengizlar o&#8217;rnida terrigen chaqiq, chaqiq- karbonat va kremniyli chaqiq-vulkanogen formasiyalar hosil bo&#8217;lgan. P.D.da quruqlik maydonining kengay- ishi natijasida quruklikda o&#8217;simlik va hayvon turlari ko&#8217;paya borgan. Bu davrda paleozoy erasiga xos bir qancha o&#8217;simlik va hayvonlar tugab yangilari paydo bo&#8217;lgan. P.D. o&#8217;simliklari iqlim turli joyda turlicha bo&#8217;lga-nini, quruqlashib borganini ko&#8217;rsa-tadi. Avvallari keng tarqalgan o&#8217;simliklarning ayrim turla- ri yo&#8217;qola borgan. Daraxt ko&#8217;rinishidagi plaunsimonlar shular jumlasidan bo&#8217;lib, ulardan faqat sigillyariya kabi ay-rimlarigina saqlanib qolgan. Ka- la-mitlar, shuningdek, sfenofillar rivojlana borib, P.D. oxirlarida bu- tunlay yo&#8217;qolib ketgan. Paporotnik va paporotniksimon pteridosperma- lar ko&#8217;p va xilma-xil bo&#8217;lgan. Yalang&#8217;och urug&#8217;lilar juda ko&#8217;paygan. Kordaitlar keng tarqalib; ignabarglilar dastlab katta axamiyat kasb etgan. Tsikadofit va ginkgofitlar vujudga kelgan. Mox- lar keng tarqalgan. Er sharining turli qismlarida turli vaqtda paleofit flora mezofit flora b-n almashgan. Kuruklikda o&#8217;simliklarning ko&#8217;pligi ko&#8217;mirning kat- ta hajmda to&#8217;planishiga sharoit yaratdi. Dengizlarda suv-o&#8217;tlar keng maydonlarni egallagan. P.D. hayvonot dunyosi xilma- xil va boy bo&#8217;lgan. Dengizlarda forami- niferalar, ayniqsa, fuzulinidlar ko&#8217;p va xilma-xil bo&#8217;lib, juda rivojlangan, P.D. oxirida ular qirilib ketgan. Kova- kichlilardan, asosan, to&#8217;rt nurli marjon poliplari (rugozalar) yashagan. P.D.da ular ham qirilib ketgan. Ikki tavaqali, qorinoyoqli va boshoyok\/sh mollyuskalar keng tarqalgan. P.D. o&#8217;rtalarida tsera- titlar vujudga kelib, trias davrida ayniqsa ta-raqqiy etgan. Mshankalarda kriptos-tomatlar ko&#8217;p tarqalgan. Den- gizlarda braxiopodalar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Suvda yashovchi bo&#8217;g&#8217;imoyoklilardan Ostra- kodalar ma&#8217;lum, ular dengiz, Laguna, chu-chuk suvli havzalarni egallagan. Dengizlarda kam sonli trilobitlar, quruklikda hasharotlar yashagan. Ig- na-tanlilardan dengiz nilufarla- ri, suvdagi umurtqalilardan tog&#8217;ayli akulasimon baliklar (mas, geliko- prion) keng tarqalgan. Bu davr uchun suyakli baliqlardan paleonissid- lar xarakterli-dir. Quruklikdagi umurtqali hayvonlar ham suvda, ham quruklikda yashovchilar b-n sudralib yuruvchilardan iborat edi. Suvda va quruqda yashovchilardan stegosefal (zirx- li)lar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Suvda va quruklikda yashovchilar b-n sudralib yuruvchilar o&#8217;rtasidagi oraliq hayvonlardan batra- xo-zavrlar (mas, qurbaqa-kaltakesaklar) tavsiflidir. P.D. oxirida ste- gosefallarning ko&#8217;pi qirilib bitgan. Sudralib yuruvchilar esa ko&#8217;paygan, ular- ning ibtidoiy vakili \u2014 kotilozavrlar b-n birga darrandasimon sudralib yuruv- chilar ham ko&#8217;p bo&#8217;lgan. P.D.da quruqlik florasining taqsimlanishiga ko&#8217;ra, bir necha Flo- ra oblastlari ajratiladi: Evrameri- ka (Evropa, shim. Amerika); Katosiyo (Jan.-Sharqiy Osiyo); Angara yoki tun- guska (Sibir, Qozog&#8217;iston, O&#8217;rta Osiyo); ochiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar o&#8217;sgan Gondvana oblastlari. O&#8217;rta Osiyo qudu-dida P.s. yotqiziqlari keng tarqalgan. Ular tek- tonik va tarkibiy tuzilishiga ko&#8217;ra 4 ga bo&#8217;linadi: 1) shim. Tyanshan tog&#8217;larida epikaledonit, Qoratog&#8217;-Chuy vodiysida alevrolit, mayda donali qumtosh, krem- niy, gilli ohaktoshlar, Tuztosh, Argil- lit, gips, angidrid kabi jinslardan tarkib topgan yotqiziqlar mavjud bo&#8217;lib, ularning qalinligi 1200-1300 m; 2) Jan. Tyanshan hududi va Nurota, Hisor, Qorachatir kabi tog&#8217;lardagi yot- qiziqlar alevrolit, ohaktosh, mergel, qumtoshlardan tarkib topgan; 3) shim. Pomirda flish tipli oxak- tosh, alevrolit, qumtosh va porfirit, Markaziy va Jan. Pomir hududlarida qora slanes, ohaktosh, kremniyli slanes, bazalt jinslaridan iborat qatlamlar mavjud; 4) Qoraqumning darvoza struk- turasi, Hisor (Luchob svita-si) va Kurama tog&#8217;laridagi yotqiziklar piroksen-Amfi- bol plagioklazli porfirit va linza sha- klida yotgan qum, shag&#8217;al kabi tog&#8217;jinsla- ridan tarkib topgan. P.s. yotqiziklarida yirik tuz (Solikamsk), kumir (Pechora, Kuznesk, Minusinsk va Tunguska ko&#8217;mir havzalari), mis (Jesqazg&#8217;an), neft-gaz konlari mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PERM SISTEMASI (DAVRI), Perm \u2014 paleozoy eratemasi (erasi)ning so&#8217;nggi (oltinchi) davri. P.D. bundan 286 mln. yil avval boshlanib, 38 mln. yil da- vom etgan. Ingliz geologi R.I.Murchison 1841 y.da ajratgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/perm-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118164","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118164","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118164"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118164\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118172,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118164\/revisions\/118172"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118164"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118164"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118164"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}