{"id":118166,"date":"2024-05-09T11:33:24","date_gmt":"2024-05-09T08:33:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118166"},"modified":"2024-05-09T11:33:30","modified_gmt":"2024-05-09T08:33:30","slug":"pensiyalar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pensiyalar-2\/","title":{"rendered":"Pensiyalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Pensiyalar (lot. pensio \u2014 to&#8217;lov) \u2014 fuqarolarga davlat yoki boshqa sub&#8217;- ektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod to&#8217;lanadigan to&#8217;lovlar. Ijtimoiy ta&#8217;mi- not shakli hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Re- spublikasi Konstitusiyasining 39mod- dasiga binoan, &#171;har kim qariganda, mehnat layoqatini yo&#8217;qotganda, shuning- dek, boquvchisidan mahrum bo&#8217;lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xrllar- da ijtimoiy ta&#8217;minot olish huquqiga ega&#187;dir. P., nafaqalar, ijtimoiy yor- dam boshqa turlarining miqsori ras- man belgilab qo&#8217;yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo&#8217;lishi mumkin emas. Pensiya ta&#8217;minoti masa- lalari O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Fuqarolarning davlat pensiya ta&#8217;mi- noti to&#8217;g&#8217;risida&#187; qonuni (1993 y. 3 sent.) b-n belgilangan. Uzr da doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo&#8217;lmagan shaxslar, basharti davlatla- raro bitimlar (shartnomalar)da o&#8217;zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo&#8217;lsa, O&#8217;zR fuqarolari b-n teng ravishda P. Olish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchi- lar, shuningdek, ichki ishlar organlari boshliqlari va oddiy xodimlar tarki- bidan bo&#8217;lgan shaxslarni hamda ular- ning oila a&#8217;zolarini P. b-n ta&#8217;minlash shartlari, normalari va tar-tibi uzr qonun hujjatlari b-n belgilanadi. Ayni vaqtda ularga &#171;fuqarolarning davlat pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonun asosida pensiya olish huquqi ham beriladi. P.ning turli xillarini olish huquqiga ega bo&#8217;lgan fuqarolarga ular- ning tanlashiga qarab bitta pensiya tay- inlanadi. P.ning 3 xil turi mavjud: yoshga doir P.; nogironlik P.i; boquvchisini yo&#8217;qotganlik pensiyasi. Yoshga doir P., o&#8217;z navbatida, 2 xil bo&#8217;ladi: umu-miy asoslarda tayinlanadigan va im-tiyozli asoslarda tayinlanadigan P. Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. \u2014 erkaklar 60 yoshga to&#8217;lganda va kamida 25 i. mehnat stajiga ega bo&#8217;lganda, ayol- lar 55 yoshga to&#8217;lganda va kamida 20 yil- lik mehnat stajiga ega bo&#8217;lganda tayin- lanadigan P.dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda ayollar- ning o&#8217;z mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida uzr ning &#171;xotin- qizlarga qo&#8217;shimcha imtiyozlar to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1999 i. 14 apr.) dagi qonuniga asosan, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bo&#8217;lgan ayollar 54 yoshda pensiyaga chiqib, to&#8217;liq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999 y. 1 iyuldan kuchga kirgan. Uzr Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 12 maydagi 250sonli qarori b-n tas- diklangan 1, 2, 3 ro&#8217;yxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari im- tiyozli asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. olish huquqiga ega bo&#8217;ladilar. Mac, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan kat&#8217;i nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan mehnat staji 5 y.ga qisqartirilgan, ba&#8217;zi guruh shax- slar uchun yanada imti-yozliroq shartlar belgilangandir (liliputlar va pakana- lar uchun). Krnunda xodimlarning soni qisqartirilishi va korxonalar, muassa- Salar, tashkilotlar tugatilishi muno- sabati b-n ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e&#8217;tirof etilgan shaxslar (erkaklar -58 yoshga to&#8217;lganida va mehnat staji ka- mida 25 yil bo&#8217;lganida; ayollar -53 yoshga to&#8217;lganda va mehnat staji kamida 20 yil bo&#8217;lganda) P. olish huquqiga ega bo&#8217;lishi ko&#8217;rsatilgan. Yoshga doir P. ishlamaydigan pensi- onerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta&#8217;minot organlari tomonidan to&#8217;liq miqdorda to&#8217;lanadi. Ishlab turgan pensionerlarga ularning ish joyida qonun xujjatlarida belgi- langan tartibda to&#8217;lanadi. Qoidaga ko&#8217;ra, ishlayotgan pensionerlarga yoshga doir P.ning 50% miqdorida to&#8217;lanadi. Bun- dan istisno tariqasida ayrim toifa xo- dimlarga yoshga doir P. to&#8217;liq mikdorda to&#8217;lanadi. Uzr Pre-zidentining &#171;xotin- qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo&#8217;shimcha chora-tad- birlar to&#8217;g&#8217;risi-da&#187;gi farmoni (1999 y. 17 mart)ga muvofiq, yoshga doir pen- siyaga chiqqandan keyin o&#8217;rta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, no- giron bolalarning internat uylari, &#171;Mehribonlik&#187; uylaridagi tarbiyachi- lar, shuningdek, kutubxonachilar sifati- da ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisli- klar bo&#8217;yicha kamida 10 yil stajga ega bo&#8217;lgan ayollarga 1999 y. 1 iyuldan boshlab P. to&#8217;liq mikdorda to&#8217;lanadi. Nogironlik P.i mehnat qobiliyatini amalda uzok, muddatga yoki bu-tunlay yo&#8217;qotish (nogironlik) munosabati b-n tayinlanadi. Nogironlik P.i nogiron- lik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni to&#8217;xtatgandan keyinmi, bundam qat&#8217;i nazar, quyidagi shaxslarga tayinlanadi: mulkchilik shak- li, xo&#8217;jalik yuritish usuli va turidan qat&#8217;i nazar, korxonalarda, mu-assasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi aso- sida ishlayotgan xo-dimlarga; jamoa, kooperativ, AK-tsiyadorlik, jamoa kor- xonalari a&#8217;zosi bo&#8217;lgan xrlda u erda mehnat qilgan shaxslarga; qarbiy xiz- matchilarga; byudjetdan tashqari pensiya jamg&#8217;armasip belgilangan badallarni Mun-tazam to&#8217;lab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xo&#8217;jaligi a&#8217;zo- lariga; pensiya jamg&#8217;armasiga tegishli badallar to&#8217;langani holda ij-timoiy davlat sug&#8217;urtasi b-n sugurtalanmagan bo&#8217;lsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta&#8217;minoti Xu-susida xodimlar- ga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga. Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyasi mehnatda ma-yib bo&#8217;lgan yoxud kasb ka- salligiga chalinganda meqnat stajidan qat&#8217;i nazar to&#8217;lanadi. Umumiy kasal- lik tufayli nogiron bo&#8217;lib qolganda nogironlik pensiyalari tayinlash uchun muayyan umumiy mehnat staji talab etiladi. &#171;Fuqarolarning davlat pen- siya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunning 17moddasida ana shu mehnat stajlari ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. Ushbu konunga bino- an, 20 yoshga to&#8217;lgunga qadar umumiy ka- sallik tufayli ish davrida yoki ishlash to&#8217;xtatilgandan keyin nogiron bo&#8217;lib qolgan shaxslarga P. mehnat stajidan qat&#8217;i nazar tayinlanadi. Pensiyani tay- inlash O&#8217;zR Vazirlar Maqkamasining 1994 y. 11 maydagi 249qarori b-n tas- diklangan &#171;pensiyalar tayinlash uchun zarur bo&#8217;lgan qujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish sharti to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Boquvchisini yo&#8217;qotganlik P.i \u2014 pensiya jamg&#8217;armasi mablag&#8217;i hisobidan xar oyda beriladigan to&#8217;lovlardan iborat bo&#8217;lib, uning mikdori vafot etgan boquvchining ish xakiga, uning qaramog&#8217;ida bo&#8217;lib kelgan meh-natga krbiliyatsiz oila a&#8217;zolari soniga bog&#8217;liqdir. Bularga daxldor masalalar &#171;Fukarolarning davlat pensiya ta&#8217;mi- noti to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunda ko&#8217;rsatilgan (19, 20moddalar). Er (xotin)ning va- FOT etganligi sababli tayinlangan boquvchisini yo&#8217;qotganlik pensiyasi pensioner boshqa nikohga kirganda ham saqlab qoli-nadi. Biroq yangi nikoqga kirgandan keyin pensiya tayinlash uchun muro-jaat qilinsa, pensiya tayinlan- maydi. Mehnatga qobiliyatsiz, ya&#8217;ni 60 va 55 yoshga kirgan yoki nogiron bo&#8217;lgan buva va buvilar, agar qonunga muvo-fiq, ularni boqishi shart bo&#8217;lgan kishilari bo&#8217;lmasa, boquvchisini yo&#8217;qotganlik pen- siyasini olish huquqiga ega bo&#8217;ladilar. Qonunda P. ni tayinlash, xiso- Blash, qayta hisoblash va to&#8217;lash tartibi ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. P. miqdori mehnat staji muddatiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, u: pensi- yaningtayanch mikdori; mehnat staji uchun pensiyaning oshirilgan qis-mi; pensiya- ga qo&#8217;shiladigan ustama haqlardan tash- kil topadi. Qonunga muvofiq, P. Tuman (shahar) ijtimoiy ta&#8217;minot bo&#8217;limlari tomonidan tayinlanadi. Pensiya tayin- lash to&#8217;g&#8217;risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e&#8217;ti-boran 10 kundan kechiktir- may ko&#8217;rib chiqiladi. Yoshga doyr pensiya \u2014 agar pensiya olish huquqi paydo bo&#8217;lgan kundan boshlab 3 oy ichida uni so&#8217;rab murojaat etilgan bo&#8217;lsa, pensiya yoshiga to&#8217;lgan kundan e&#8217;tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi. No- gironlik pensiyasi \u2014 agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya so&#8217;rab murojaat etilgan bo&#8217;lsa, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgi- langan kundan e&#8217;tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun, 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yosh- dan oshgan ayol nogironlarga \u2014 umrbod tayinlanadi. Pensioner nogironlarni kayta tib-biy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshi- riladi. Boquvchisini yo&#8217;qotganlik P.i \u2014 pensiya olish huquqi paydo bo&#8217;lgan kun- dan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e&#8217;tiboran tayinla- nadi. Pensiya Mar-humning oila a&#8217;zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun: oilaning erkaklar -60 yoshga, ayollar -55 yoshga to&#8217;lgan a&#8217;zolari uchun esa umrbod tayinlanadi. Ad.: &#171;Fuqarolarning davlat pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi O&#8217;zbekiston Respublikasining qonuniga sharhlar, T., 1995; O&#8217;zbekiston Respublikasi- ning imtiyozli pensiya ta&#8217;minoti va mehnatni muhofaza qilish bo&#8217;yicha nor- mativ hujjatlari, T., 2000; O&#8217;zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo&#8217;mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, T., 2000. Anvar Inoyatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pensiyalar (lot. pensio \u2014 to&#8217;lov) \u2014 fuqarolarga davlat yoki boshqa sub&#8217;- ektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod to&#8217;lanadigan to&#8217;lovlar. Ijtimoiy ta&#8217;mi- not shakli hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Re- spublikasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pensiyalar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118166","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118166","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118175,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118166\/revisions\/118175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}